Oriental universiteti taqdimot Gurux: 2/19 Fan: Jaxon tarixi Bajardi: Ametova Nargiza Tekshirdi: 2022 y Ma’ruza 2


Download 41 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi41 Kb.
#1542487
  1   2   3
Bog'liq
Toxirova Maxfiratxon


ORIENTAL
UNIVERSITETI

Taqdimot


Gurux:2/19
Fan:Jaxon tarixi
Bajardi:Ametova Nargiza
Tekshirdi:______________
2022 y

Ma’ruza 2. Islomning vujudga kelishi va yoyilishi

  • REJA:

  1. Islom arafasida arablarda yakka xudolik g‘oyalari.

  2. Islomning vujudga kelishi. Muhammad (s.a.v.)ning payg‘ambarlik faoliyatlari.

  3. Xulafoi Roshidiynlar davrida Arab xalifaligi




  • TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR

Makka shahri, Quraysh, Hoshim, Halima, Abu Tolib, Buhayra, Hadicha, Hiro, islom, vahiy, Qur’on, Abu Sufyon, Ka’ba, Avs, Hazraj, muhojirlar, ansorlar, “Madinat an-Nabiy”, “ashob”, munofiqlar, zakot, vidolashuv haji.



  1. Islom arafasida arablarda yakka xudolik g‘oyalari

Islomdan avvalgi davrda (“johiliya”) arablar orasida qabila xudodari kulti bilan bir qatorda turli-tuman diniy e’tiqodlar mavjud edi. Xristianlik (monofizitlik va nеstorianlik shaklida) Suriya, Falastin va Mеsopatamiyaga ko‘chib kelib o‘rnashgan arab qabilalari orasida idrok etib qabul qilingan edi. Shuningdеk, xristitanlik ta’siriga Arabiston shimoli va g‘arbidagi ayrim qabilalar ham uchragan edi. Shimoliy-g‘arbiy Arabistonning ayrim vohalarida kеng tarqalgan yahudiylik ham xristianlik bilan raqobatlashmoqda edi. 517 yilda hatto yahudiylik Yamandagi Himyar podsholigining rasmiy dini dеb e’lon qilingan, ammo tеz orada Yamanni xristian efioplar (habashlar), kеyin esa, zardushtiy forslar bosib olishi natijasida amalda yahudiylik dini hukmron dinga aylana olmadi.


Xuddi shu davrda arab jamiyatida o‘ziga xos bir toifa kishilar paydo bo‘ldi-ki, ular sanamlarga sig‘inmasdilar, yahudiy ham, nasroniy ham emasdilar, qandaydir yagona xudoga sig‘inardilar. Axboriylar ular haqida ko‘pincha mavhum, bir-biriga zid ma’lumot bergan bo‘lsalar-da, yakdillik bilan ularni hunafo (birligi hanif) deb ataganlar. Haniflar ochiqdan-ochiq butparastlarni masxara qilar, o‘sha davr arablari orasida keng tarqalgan ichkilikbozlik, qimorbozlik va boshqa zararli illatlarga qarshi kurashga chaqirardilar. Albatta, ularning da’vati zodagonlar va sanamlarga xizmat qiluvchilarning qarshiligiga uchradi. Ko‘p haniflar bir joyda muqim turmay, darvesh-qalandarlar tarzida hayot kechirishga, mamlakat bo‘ylab daydib yurishga majbur bo‘ldilar. Haniflarni yahudiylar yoki xristianlar singari mustaqil din vakillari sifatida tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularga har turli qabilaga mansub bo‘lgan, o‘zaro yirik robitaga birlashmagan, asosan sanamlarga qarshi islohotga da’vat qilish fikri bilan band kishilar sifatini berish mumkin. Haniflar asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi Yamomada - Arabiston sharqidagi bir viloyatda yashar edilar. Xristianlik va yahudiylik ta’sirini his etgan haniflar Makka va uni qurshab turgan qabilalar ko‘pxudoligiga o‘zlarining yakka xudolari-Rahmonga e’tiqodini qarshi qo‘ygan edi. Makkaliklar ko‘pxudoligi va butparastiligini qoralay turib, haniflar badavlat savdogarlar, sudxo‘rlar va zamindorlarga tanbeh va kinoya tariqasida qashshoq cho‘llar mamlakati dehqonlari uchun tabiiy bo‘lgan zohidlik-askеtizmni targ‘ib qilgan edilar. Bundan tashqari, haniflar qabilaviy kultlar-sanamlarning mahalliychiligi va tarqoqligiga posangi sifatida umumarab dini g‘oyasini ilgari surmoqda edilar.
Qadimgi Arabiston dinlarining tarixi VII asrgacha qo‘shni o‘lkalardagidek kechdi. Aholining katta qismi ko‘p xudolikda edi. Ammo arabcha “al-vasaniya” deb atalgan, but-sanamlarga sig‘inishga asoslangan bu din oddiy e’tiqod bo‘lmay, nisbatan rivojlangan. Yaman va Hijoz shaharlarining aholisi esa mustaqil ravishda ko‘p xudolar qatori bosh xudoni tanishgacha yetib kelgandi. Arabistonga monoteistik dinlar-yahudiya va xristianlikning kirib kelishi, shubhasiz, diniy jarayonni jadallashtirdi. Lekin ularning arab jamiyatiga korsatgan ta’sirini yuqori baholab yubormaslik kerak. Aks holda, aytaylik, Arabiston aholisi hukmron din sifatida xristianlikni osongina qabul qilgan bo‘lardi.
Shuni unutmaslik joizki, islom arafasidagi arab jamiyatida sof arab yakkaxudoligiga qaratilgan harakatlar-“hanifiya”, “sobia” singari tavhid g‘oyasiga juda yaqin keladigan diniy aqidalar mavjud edi. Tavhid g‘oyasiga intilish, bilishimizcha, ko‘p qadimgi xalqlarga xos narsa. Buning natijasi o‘laroq qadimgi rimliklarda Yupiter, greklarda Zevs, yahudiylarda Yaxve, slavyanlarda Perun, turkiy xalqlarda Tangri tushunchasi vujudga kelgan. VII asrda arablarda tavhid g‘oyasi “Alloh” tushunchasi va Muhammad alayhissalom faoliyatida o‘z ifodasini topdi.
Uchchala monoteistik din-yahudiy, xristian va islom dinlarining keyinchalik aynan tavhid g‘oyasiga intilish kuchaygan joylarda nisbatan tez tarqalgani bejiz emas, chunki u yerlarda buning uchun munosib zamin mavjud edi.
Xullas, islom dinining genezisi masalasini chuqur anglash uchun, albatta, arablarning islomdan oldingi bir necha ming yillik tarixini bilmoq kerak. Qadimgi Arabiston tarixini o‘rganish umumbashariyat tarixini to‘g‘ri idrok qilishga ko‘maklashadi.
Demak, Makka ahli to‘lig‘icha diniy jihatdan johil, xalq va xoliq tushunchalaridan bexabar, ko‘plab xudolarga e’tiqod qilgan, ya’ni tom ma’nosi bilan butparast qavm bo‘lgan, deyish juda ham to‘g‘ri emas. Ularning ba’zilari yagona xudoning mavjudligiga iqror bo‘lgan, islom tavhidiga juda yaqin g‘oyaga e’tiqod qilgan kishilar bo‘lib chiqyapti. VI asr oxiri-VII asr boshida Arabistonning siyosiy, iqtisodiy va diniy markazi hisoblangan Makka shahri, shubhasiz, diniy izlanish jarayonida ham yetakchilik rolini o‘ynashi tabiiy hol edi.




  1. Download 41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling