Orol dengizi muammosi va uni xal qilish


Download 88 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi88 Kb.
#1615473
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OROL DENGIZINING FOJEASI


OROL DENGIZINING FOJEASI
REJA:
Kirish
I Bob Orol va Orol buyi muammosi.
1.1 Ekologik vaziyat keskinlashishining asosiy omillari.
1.2 Orol dengizi ]qurigan tubining hozirgi ahvoli.
II Bob Orol mintaqasi ijtimoiy ekologik buxroning sabablari.
2.1 Orol va Orol buyi muammolarini hal etish yo`llari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Orol dengizi muammosi va uni xal qilish


Hozirgi zamonning eng yirik global ahamiyatga ega ekologik fojeasi, Markaziy Osiyo mamalakatlari va uning 60 millionlik xalqini tashvishlantirib kelayotgan Orol dengizi muammosining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar salbiy oqibatlari mintaqaning barqaror rivoji, genofondi va kelajak avlodiga tog’ridan-tog’ri tahdid manbai bo’lib kelmoqda. Orolbo’yi muammosi bevosita Turkmaniston, Qozog’iston va O’zbekiston, hamda bilvosita Tojikiston va Qirg’iziston hududlarini qamrab oladi.
Orolbo’yi hududi o’zining xilma-xil hayvonot va o’simlik dunyosiga ega bo’lib, ushbu havzada 38 turdagi baliq va kamyob hayvonlar mavjud bo’lgan. Jayronlar 1 million boshgacha, flora 638 turdagi kamyob osimliklarni tashkil etgan.
Orol dengizi 1960 yilgacha eng yirik yopiq suv havzalaridan biri bo’lgan, hududi 68,9 ming kv. km, suv miqdori 1083 kub km, uzunligi 426 km, kengligi 284 km va eng chuqur joyi 68 metrni tashkil qilgan.
Orol dengizi mintaqa iqtisodining rivoji, sanoati, aholining ish bilan bandligi va barqror ijtimoiy infratuzilmani shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Avval ushbu dengiz baliq yetishtirish bo’yicha dunyodagi ilg’or maskanlaridan biri hisoblangan bo’lib, Orolbo’yi havzasidagi yillik baliq ovlash hajmi 30-35 ming tonnani tashkil qilgan. Orol dengizi qirg’oqlarida yashovchi aholining 80 foizidan ko’prog’i baliq ovlash va baliq mahsulotlarini tayyorlash va yetkazish bilan band bo’lgan. Amudaryo va Sirdaryo deltalarining unumdor yerlari, hamda serhosil yaylovlari 100 mingdan ziyod odamlarning chorvachilik, parrandachilik bilan mashg’ul bo’lishini, hamda ularning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishlarini ta’minlagan.
Shuningdek, Orol dengizini havzaning iqlimini tartibga solishdagi, hamda butun mintaqada ob-havoning keskin o’zgarishini yumshatishdagi vazifasi aholi turmushi sharoitlariga, qishloq xo’jaligi va ekologiyaga ijobiy ta’sir ko’rsatardi. Qish faslida mintaqaga kirib keladigan ulkan havo oqimi iliq, yoz faslida esa Orol dengizi akvatoriyasida iqlim salqin holatda bo’lgan.
Orol dengizi muammosi XX asrning 60-yillarida mintaqadagi ikki yirik transchegaraviy daryolar Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan o’ylamasdan foydalanish natijasida paydo bo’ldi va ulkan tahdid manbaiga aylandi. Ushbu ikki daryodan Orol dengiziga har yili 56 kub. km suv quyilgan. Aholining sezilarli tarzda ko’payishi, urbanizatsiya, yerlarning shiddat bilan o’zlashtirilishi, ekologik oqibatlarni o’ylamasdan Orol dengizi havzasida yirik gidrotexnik va irrigatsiya inshootlarining qurilishi sayyoradagi eng chiroyli havzaning qurishiga olib keldi. Bir avlod ko’z o’ngida butun bir dengiz qurib bo’ldi. Orolbo’yini jonsiz sahroga aylantirgan degradatsiya jarayoni davom etmoqda.
1990 yillardan boshlab Orol fojeasining halokatini boshidan kechirayotgan barcha mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilot minbarlaridan jahon hamjamiyatining diqqat e’tiborini ushbu muammoga, uni mintaqaviy va global xavfsizlik bilan chambarchas bog’liq ekanligiga jalb etib kelishmoqda. 1993 yil 28 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasida va 1995 yil 24 oktyabrdagi 50-sessiyasida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari vakillari jahon hamjamiyatini Orol va Orolbo’yini qutqarishda ko’mak berishga chaqirdilar, hamda ushbu muammoni BMT shafeligida xalqaro moliyaviy tuzilmalar, rivojlangan davlatlar ko’magisiz amalga oshirish mumkin emasligiga BMTning e’tiborini qaratishdi.
Ushbu muammolarni hal etish bo’yicha amaliy sa’y-harakatlar mintaqaviy hamda milliy miqyosda amalga oshirilmoqda. 1993 yilda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ta’sisligida tashkil etilgan Orolni Qutqarish Xalqaro Jamg’armasi (OQXJ) bunga yorqin misol bo’ladi.
Tashkilotning muhim vazifasi qilib Orolboyini bio fondini saqlash, ekologik muammoning atrof-muhitga va eng asosiysi mintaqada yashayotgan insonlarning hayotiga halokatli ta’sirini qisqartirish kabilar aniqlab olindi.
OQXJ faoliyatining hozirgi vaqtdagi asosiy natijasi Orol dengizi havzasi mamlakatlari uchun uchta ko’mak Dasturining qabul qilinishi bo’ldi (ODHD – 1, ODHD – 2, ODHD – 3).
O’zbekiston OQXJning asosiy ta’sischi davlati bo’lib, tashkilotning faoliyatining har tomonlama mustahkamlanishida muhim hissa qo’shmoqda. 1997-1999 yillardagai OQXJda raisligi davrida O’zbekiston Respublikasi tashkilotning huquqiy asosini takomillashtirishga va Orol dengizi havzasining barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan aloqa va o’zaro hamkorlikni o’rnatishda faol harakat qildi.
1997 yilning oktyabrida Toshkent shahrida donorlarning texnik masalalar bo’yicha xalqaro uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuv natijasida “Orol dengizi havzasida atrof-muhit va suv resurslarini boshqarish” xalqaro loyihasinig amalga oshirish boshlandi.
Milliy miqyosda O’zbekiston Respublikasi Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlariga barham berish bo’yicha 1990 yillardan boshlab yuzlab dastur va loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
2013 yilda Orolboyi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini tashkil etish, sho’rsizlantiradigan qurilmaga ega suv chiqarish inshootlarini qurish, himoya o’rmonini tashkil etish va Janubiy Orolboyi havzasini ornitologik monitoringi kabi loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 1,3 mlrd. AQSH dollari ekvivalentidagi moliyaviy mablag’lar rejasi tasdiqlangan.
Shu bilan birgalikda, Orol dengizi qurishining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlari keskinlashuvini, hamda Orolbo’yida yashovchi aholi yashash muhiti inqirozinining kuchayayotganligini hisobga olib, BMT va jahon hamjamiyatining jiddiy ko’magisiz ushbu global muammoni hal etish mumkin emasligi tobora aniq bo’lib bormoqda.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, 2013 yilning 16 sentyabrida O’zbekiston Respublikasi va OQXJning amaldagi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasinig rasmiy hujjati sifatida “Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo’yi ekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi” tarqatildi.

Ushbu Dastur BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tomonidan har tomonlama qo’llab quvatlandi.


“Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo’yi ekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi” Orol muammosi oqibatlariga barham berish bo’yicha quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
I. Orolbo’yida yashash, aholi genofondni saqlash va qayta tiklash uchun sharoit yaratish;
II. Suv resurslari boshqaruv tizimini takomillashtirish va undan tejamkorlik bilan foydalanish. Orol dengizi akvatoriyasidagi tabiiy havzalar tizimini saqlash;
III Qurib borayotgan Orol dengizi hududlarida daraxtzorlar tashkil etish va ushbu mintaqani sahroga aylanishini oldini olish bo’yicha keng ko’lamda tadbirlarni amalga oshirish;
IV. Bio xilma-xillikni saqlash, biologik resurslarni qayta tiklash, hayvonot va o’simlik dunyosini saqlash;
V. Kelgusida OQXJning institutsional asoslarini takomillashtirish va ushbu tashkilot doirasida mintaqa mamlakatlari hamkorligini mustahkamlash, shuningdek Orol fojeasi bilan bog’liq muammolarni hal etishga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratish;
O’zbekison Respublikasi o’zining OQXJga raisligi davrida yuqoridagi Dasturda qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yo’lida Fondning qolgan boshqa a’zo davlatlari va xalqaro donor tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda kerakli tadbirlarlarni amalga oshirib kelmoqda.
Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurlaridan adolatli va oqilona foydalanish masalalari
Global miqyosda va mintaqamizda ekologik vaziyatning tobora yomonlashuvi va chuchuk suv taqchilligi sharoitida Markaziy Osiyoda suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanishni ta’minlash dolzarb masala bo’lib qolmoqda.
Ma’lumki, Markaziy Osiyoning ikki asosiy transchegaraviy daryolari – Amudaryo va Sirdaryo tarixan mintaqa xalqlarining umumiy boyligi va hayot manbai bo’lib kelgan. Aynan ushbu daryolarning quyilishi hisobiga Orol dengizi havzasi suv bilan ta’minlagan.
Shularni hisobga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Tojikiston va Qig’iziston Respublikalari tomonidan jahon miqyosida yirik andozadagi to’gonlar, Amudaryo yuqori qismida balandligi 350 metrni tashkil etadigan Rog’un va Sirdaryo yuqori qismida Qambarota - 1 GES (Gidroenergetik inshooti)larini qurish bo’yicha olib borayotgan harakatlariga befarq qarab tura olmaydi.
Jahonning yetuk mutaxassislari fikriga ko’ra, yuqorida zikr etilgan yirik suv inshootlarining barpo etilishi daryolar tabiiy oqimining buzilishiga va natijada juda jiddiy ekologik va ijtiomoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi va Markaziy Osiyodagi shusiz ham nozik ekologik vaziyat va tanqis suv ta’minotiga yanada jiddiy talofat yetkazadi.
Shu bilan birgalikda, ushbu inshootlarni Rixter shkalasi bo’yicha 9-10 ballik seysmik va tektonik yoriq hududda barpo etilishi mintaqa mamalakatlari uchun kuchli texnogen halokatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Yuqoridagi xafv-xatarlarni inobatga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi barcha manfaatdor davlatlarning roziligisiz va ular bilan kelishilmagan holda xalqaro suv havzasida yirik gidroenergetik inshootlar qurish mumkin emasligi haqidagi o’zining prinsipial mavqeini qat’iy ilgari suradi.
Xalqaro huquqiy amaliyotda nazarda tutilganidek, Rog’un va Qambarota-1 GESlarining qurilishi Amudaryo va Sirdaryoning tabiiy oqimiga, atrof-muhitga hayvonot va o’simlik dunyosiga qanday ta’sir etishi mumkinligini aniqlash maqsadida BMT shafe’ligida xolis xalqaro tekshiruvdan o’tkazilishi kerak.
Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suv resurslaridan foydalanish bo’yicha Ozbekiston Respublikasining rasmiy mavqei BMTning 1992 yildagi “Transchegaraviy suv oqimlarni va xalqaro ko’llarni himoya qilish va ulardan foydalanish” va 1997 yildagi “Kema yurmaydigan xalqaro suv havzalaridan foydalanish huquqi to’g’risida”gi Konvensiyalari kabi xalqaro huquq me’yorlariga asoslanadi.
O’zbekistonning tabiiy resurs salohiya..
1. «Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» tushunchalarining mazmuni va mohiyati.
2. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy - geografik o’rni hamda tabiiy sharoitining bahosi. 
3. Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ularning geografiyasi, ahamiyati, zaxiralari.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling