O‘rta asr o‘zbek leksikografiyasi taraqqiyoti Reja: XIII-XIV asrlarda o‘zbek leksikografiyasi taraqqiyoti. «Badoyi al lug‘at»


Download 29.74 Kb.
bet1/2
Sana22.11.2023
Hajmi29.74 Kb.
#1794338
  1   2
Bog'liq
O‘rta asr o‘zbek leksikografiyasi taraqqiyoti


O‘rta asr o‘zbek leksikografiyasi taraqqiyoti
Reja:
1. XIII-XIV asrlarda o‘zbek leksikografiyasi taraqqiyoti.
2. «Badoyi al lug‘at» va «Sangloh» lug‘atlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Mavzuiy lug‘atlar.
4. XVII asrda Turkistonda ijtimoiy-siyosiy hayot.
5. Abulg‘oziy Bahodirxonning lingvistik qarashlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
«Shajarai turk», «Shajarai tarokima», gumanitar, sharqshu-noslik, sharq tillari, qo‘lyozma, imperiya, duma, ma’rifat, jadidizm, usmonli turk, tatarcha element, qo‘llanma, oqim, so‘l oqim, panturkizm, «chig‘atoy gurungi», ajnabiy lug‘at, ajnabiy so‘zlar.

Ma’lumki, o‘zbek leksikografiyasi uzoq tarixga ega. Bunga Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari misol bo‘la oladi. XIII-XIV asrlarga kelib O‘rta Osiyoda, ayniqsa, tarjima lug‘atlari tuzish kuchaydi. Bunga asosiy sabab Alisher Navoiyning asarlari turkiy tilda yozilgani uchun forsiyzabon adiblarning turkiy tilga qiziqishlari kuchaydi. Jumladan, Toli Imomiyning «Badoyi al-lug‘at», «Sangloh», «Lug‘ati atrakiya», shuningdek, Muhammad Rizo Xansarning «Muntahab al-lug‘at» asari, shu jumladan, eski o‘zbekcha-turkcha «Abushqa» va boshqalar yaratildi. Shunga o‘xshash lug‘atlar forsiyda mavjud emas edi.


Shunisi xarakterliki, o‘zbek leksikografiyasiga oid asarlar dastlab Evropa olimlarini qiziqtirdi. Xususan, «Abushqa» lug‘ati G.Vamberi (1862), V.V.Velyaminov-Zernov (1869), «Badoyi al-lug‘at» A.K.Borovkov (1961) tomonidan nashr etildi. Buning natijasida jahon olimlarining diqqati o‘zbek leksikografiyasi tarixiga jalb etildi.
Alisher Navoiy asarlari asosida tuzilgan lug‘atlarning hech qaysisi shoir asarlarida qancha so‘z qo‘llanganini va uni sharhlashni maqsad qilib qo‘ymaydi. Navoiy asarlari asosida tuzilgan lug‘atlarda leksikograflar ko‘proqeski o‘zbek tiliga xos bo‘lgan so‘zlarni tanlab olishga harakat qilgan. Tilshunos Dj. Klosonning hisobiga ko‘ra «Sangloh» lug‘atida mo‘g‘ul, fors, arab va boshqa tillardan o‘zlashgan 970 ga yaqin leksik birliklar mavjud. Shu davrdagi lug‘atlar orasida «Badoyi al-lug‘at» va «Sangloh» lug‘atlari o‘z mukammalligi bilan ajralib turadi.
Alisher Navoiy asarlari asosida tuzilgan lug‘atlarda so‘zning semantik tahliliga ham katta o‘rin beriladi. Bu lug‘atlarning deyarli hammasida so‘z ma’nosi ikki guruhga bo‘linadi: 1) ma’noyi haqiqiy yoki ma’noyi asliy; 2) ma’noyi majoziy.
Shuningdek, ma’noyi istiora ham ajratiladiki, bu ham aslida ma’noyi majoziyning bir ko‘rinishidir. Keyinchalik XIX asr oxirida Evropa tilshunosligida so‘z ma’nosining komponent tahlili deb yuritiluvchi tahlil usuli paydo bo‘ldi. Komponent tahlil usulining paydo bo‘lishi XIX asrda turli fanlarda sistem-struktur metodning etakchi metodga aylanishi natijasida maydonga keldi deyiladi. Bunga katta hissa qo‘shgan rus olimi A.A.Potebnya deb yuritiladi. A.A.Potebnya ham so‘z ma’nolarini ikki guruhga ajratadi: 1. Yaqin ma’no 2. Keyingi ma’nolar. Yaqin ma’no har qanday leksemaning nutqqa kirgunga qadar vokabulada anglatgan ma’nosi. Keyingi ma’nolar esa so‘zning majoziy ma’noda qo‘llanishi natijasida nutqda namoyon bo‘ladi.
Darhaqiqat, bu holat A.A.Potebnyaga qadar va tilshunoslikda strukturalizm paydo bo‘lgandan bir necha yuz yillar oldin o‘zbek tilshunosligida bayon qilingan edi.
Ma’lumki, Hindistonda Boburiylar davrida badiiy adabiyotda turkiy tilning nufuzi katta bo‘ldi. Boburiylar ona tilini saqlab qolishga intildilar. Bu tilda o‘zlarining go‘zal badiiy asarlarini yaratdilar. Turkiy tilni o‘rganishga katta ehtiyoj turli lug‘atlarning yaratilishiga sababchi bo‘ldi. Ana shunday ehtiyoj asosida Abu Muzaffar Muhitdin Avrangzeb (1658-1707) saroyida xizmat qilgan Muhammad Yoqub Changiy «Kelurnoma» asarini yaratdi.
Bu asar ikki xil lug‘atning ajoyib namunasidir. Lug‘at 15 bobdan va 332 fasldan iborat. Ulardan 14 bobi arab alfaviti asosida joylashtirilgan 400 dan ortiq fe’llarni izohlashga bag‘ishlanadi. Sarlavha so‘z sifatida fe’lning infinitiv shakli beriladi.
O‘zbek tilshunosligi tarixida grammatika masalalarini o‘z ichiga olgan lug‘atlar ham uchraydi. Ana shunday lug‘atlardan biri Mirza Mehdixonning «Sangloh» lug‘atidir. Bu lug‘at «Maboni ul-lug‘at» («Til asoslari») nomli grammatik ocherkni ham o‘z ichiga oladi. Unda Mirzo Mehdixonning lingvistik qarashlari atroflicha berilgan. Lug‘at 1172-1173 yillarda yozilgan. Lug‘atda fe’l zamonlari, affikslarining fonetik variantlari, olmoshlar hamda umuman grammatik tushunchalar haqida fikr yuritiladi.
Sohibqiron Amir Temur vafotidan so‘ng Temuriylar o‘rtasidagi toj-taxt uchun olib borilgan to‘xtovsiz kurashlar natijasida u asos solgan buyuk imperiya asta-sekinlik bilan tanazzulga uchrab bo‘laklarga bo‘linib ketdi.
Siyosiy tarqoqlik, dengiz yo‘lining kuchayishi ipak yo‘lining mavqeini tushirib yubordi. Natijada XVII asrda Turkiston Xiva xonligi, Buxoro xonligi, Qo‘qon xonligi, Ulug‘ juz, O‘rta juz, Kichik juz hamda Qashqariya (Sharqiy Turkiston) xonliklariga bo‘linib ketdi. Amir Temur davrida gullagan Turkiston o‘z mavqeini yo‘qota boshladi.
Barcha davrdagi kabi bu davrda ham madaniy hayot ma’lum darajada davom etdi. Abdulg‘oziy Bahodirxon, So‘fi Olloyor, Boborahim Mashrab, Turdi Farog‘iy, Saido Nasafiy, Yusuf Qoraboniy singari shoir, tarixchi, faylasuf va tabiatshunos olimlarning asarlari maydonga keldi.
XVIII asrga kelib Qo‘qon va Xiva xonliklarida madaniy hayot ma’lum darajada taraqqiy etdi. Xususan, Amir Umarxon saroyida Umarxon boshchiligidagi adabiy muhitda Nodirabegim, Uvaysiy singari shoiralar, Xiva xonligida esa Munis, Ogahiy, Feruz singari shoirlar ijod qildilar. Xonliklar davrida tilshunoslik sohasida maxsus asarlar yuzaga kelmagan bo‘lsa ham, tarix, adabiyotshunoslikka oid asarlarda tilshunoslikning ayrim masalalari e’tirof etiladi. Bu jihatdan Abulg‘oziy Bahodirxonning «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» asarlari alohida o‘rin egallaydi.
«Shajarai turk», «Shajarai tarokima» asari bilan mashhur bo‘lgan Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon 1612 yilda Urganch shahrida tug‘ildi. U «Shajarai turk» asari to‘g‘risida shunday deydi: «Bu tayirg‘a xudoyi taolo inoyat qilib, ko‘p nimarsa bergan turur. Xususan, uch hunar bergan turur. Avval sipohigarlikning qonuni va yo‘sinikim, nechuk otlanmoq va yurumak va yosoq yasamoq, ko‘p birlan yuruganda nechuk qilmoq, oz birlan yuruganda nechuk qilmoq. Do‘stga, dushmanga nechuk so‘zlashmak. Ikkinchi, masnaviyot va qasoid va g‘azaliyot va muqatta’ot va ruboiyot va barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy va forsiy va turkiy lug‘atlarning ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, odam axdindin to bu damgacha Arabistonda, Eron va Turonda va Mo‘g‘ulistonda o‘tgan podshog‘larning otlari va umrlarining va saltanatlarining kam yoki ziyodin bilmaklik».
Uning asarlari taxminan 1658-1661, 1663-1664-yillarda yozilgan. «Shajarai tarokima»da turkmanlar tarixi haqida ma’lumotlar beriladi. Uning tarjimasi 1958 yili Leningradda nashr etildi. 1995 yilda esa Qozoqboy Mahmudov tomonidan nashrga tayyorlandi.
«Shajarai turk» asari turklar tarixiga bag‘ishlangan asardir. Ushbu asar tugallanmagan bo‘lib, uning vafotidan so‘ng o‘g‘li Anushaxon uni tugatishni Mahmudiy ibn Mulla Muhammad Urganchiyga topshiradi. Bu to‘g‘rida u shunday deydi: «Abulg‘oziyxoni jannat makon bu kitobni tasnif qilib yarmiga etganida xasta bo‘ldilar, o‘g‘illariga vasiyat qilib turarlarkim, bu kitobni notamom qo‘ymangi itmomiga sa’y qiling. Ul sababdin Abdulmuzaffar valmansur Anushaxon ibn Abulg‘oziyxon Marhum va mahturiy bu badayi bediroat va kaminai beistitoat Mahmudiy ibn mulla Muhammad zamon Urganchiy bo‘lg‘ayman, «bu kitobni itmomiga etkur»-, deb hukm qildilar».
Abulg‘oziy Bahodirxonning tilga bo‘lgan munosabati yuqoridagi ikki asarda o‘z ifodasini topadi. Muallif har ikki asarda onomastik (antroponimik, toponimik, etnografik) ma’lumotlar berayotgan paytda, avvalo, uning etimologiyasi haqida so‘z yuritadi. Masalan, mungul-mo‘g‘ul-soddadil, ya’ni qayg‘uli sodda demakdir; do‘rman-do‘rmon –to‘rt demakdir. Yana oqayotgan suvni turklar soy, tojiklar rudxona, arablar vodiy derlar; qiyot tog‘dan oqqan suv va boshqalar.
Abulg‘oziy Bahodirxon poliglot bo‘lishiga qaramasdan turkiy tilning sofligi uchun jon kuydirgan olimdir. U xalq bilan sodda tilda muloqot qilish lozimligini uqtiradi: «Barcha bilinkim, bizdin burun turkiy tarix aytganlar arabiy lug‘atlarni qo‘shib tururlar va forsiylarni ham qo‘shib tururlar va turkiyni ham saj’ qilib tururlar, o‘zlarining hunarlarin va ustodliklarini xalqqa ma’lum qilmoquchun biz munlarning hech qaysisini qilmaduk, aning uchunkim, bu kitobni o‘quvchi va tinglaguvchi albatta turk bo‘lgusi turur. Bas turklarga turkona aytmak kerak, to ularning barchasi fahm qilg‘aylar, bizning aytgan so‘zimizni bilmasalar andin ne hosil?»…
Muallif insonning paydo bo‘lishi, yaratilishi, tilning kelib chiqishi to‘g‘risida fikr yuritadi. Barchaga ayonki, insonning paydo bo‘lishi haqidagi qarama-qarshiliklar hanuzgacha o‘z echimini topgan emas. Ulardan birinchisi insonning evolyutsion yo‘l bilan paydo bo‘lganini e’tirof etsa, ikkinchisi, esa inson birdaniga paydo bo‘lgan, ya’ni uni Xudo yaratgan deydi.
Dunyodagi deyarli barcha dinlar ikkinchi ta’limotni qo‘llab-quvvatlaydilar.
Abulg‘ozi Bahodirxon ham islom dini vakili sifatida olamning, odamning Olloh tomonidan yaratilganini e’tirof etadi. Mavjud diniy tarixiy manbalarda Turk Yofasning o‘g‘li ekanligi to‘g‘risida ma’lumot keltiriladi. Tillarning xilma-xil bo‘lishi Bobil minorasiga borib taqaladi. Odamlarnining birlashib, barcha ishlarni bajarishini ko‘rgan Olloh ularni tarqatib turli dinlarni – tillarni yaratganligini qayd etadi.
Abulg‘ozi Bahodirxon «Shajarai turk» asarida Yofas avlodi bo‘lgan Turk va uning shajarasi haqida batafsil ma’lumot beradi. «Shajarai tarokima» asarida esa, turk shajarasi tarkibiga kiruvchi O‘g‘izxon shajarasi haqida fikr yuritadi. Ulug‘ alloma turkiy xalqlar va ularning genezisi hamda tillari haqida ma’lumot bergan etuk olimdir.
Ma’lumki, Markaziy Osiyoning iqlim sharoiti, boyligi, ayniqsa, Rossiyani juda qiziqtirib kelardi. Pyotr I bu o‘lkani yaxshi o‘rganish maqsadida sharq tilini, dinini biladigan etuk olim Zigfrid Bayerni Germaniyadan taklif qilib josus sifatida O‘rta Osiyoga yuboradi. Keyinchalik 1732 yili Leyptsig shahridan Leningradga taklif etilgan Georgiy Yakovlevich Ker O‘rta Osiyoga kelib sharq qo‘lyozmalarini o‘rganishga kirishadi.
Shved Stralenberg tomonidan Abulg‘oziy Bahodirxonning «Shajarai turk» asari qo‘lga kiritilib, Bayer bilan birgalikda lotin tiliga, Ker bilan hamkorlikda nemis tiliga tarjima qilindi.
Markaziy Osiyoda xonliklar o‘rtasida kurashlar kuchayishi natijasida bundan foydalangan Rossiya XIX asrniing 50-yillarida Markaziy Osiyoga yurish boshlab, 70-yillarga kelib Turkiston o‘lkasini ishg‘ol qildi. Mahalliy aholini tutqinlikda saqlash uchun uning tilini o‘rganish ma’lum darajada yo‘lga qo‘yildi. Bu sohada N.Ostroumov, V.Nalivkin, M.Nalivkina, N.Pantusovlar katta xizmat qildilar. Ularning ko‘pchiligi mahalliy aholi bilan yaqin aloqada bo‘lib, butun ongli hayotini Rossiya manfaatiga bag‘ishlaydi va shuning evaziga hukumat tomonidan doimo rag‘batlantirib turilgan. Shu bilan bir qatorda, ular tishunoslik sohasida ma’lum ishlarni bajargan. M.Nalivkina turmush o‘rtog‘i N.Nalivkin bilan birgalikda «Russko-sartovskiy i sartovsko-russkiy slovar obheupot-rebitelnix slov s prilojeniem kratkoy grammatiki po narechiyam Naman-ganskogo uezda» (Kazan, 1884) asarini yaratdilar. Bu davrga kelib ruslarning o‘zbek tilini, o‘zbeklarning rus tilini o‘rganishiga imkoniyat yaratildi. Shuningdek, V.Nalivkinning «Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu sartovskogo yazo‘ka» (Samarkand, 1998) asari ham uzoq vaqtlar o‘zbek tilini o‘rganuvchi ruslar uchun qo‘llanma vazifasini o‘tadi.
Dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan N.I.Ilminskiy 1877 yilda Turkiston xalq ta’limi inspektori bo‘ladi. 1879 yildan Turkiston o‘qituvchilar seminariyasi direktori, keyinroq Toshkent erkaklar gimnaziyasi direktori lavozimida ishlaydi. 1883 yildan boshlab o‘zbek va qirg‘iz (qozoq) tillarida nashr etilgan «Turkestanskaya tuzemskaya gazeta» gazetaga muharrirlik qiladi. N.Ostroumov o‘zbek tili, uning urf-odati, tarixi, adabiyoti haqida yuzdan ortiq asarlar yozadi. Rus bosqiniing ilk davrida rus missionerlari tomonidan o‘zbek tili va o‘zbek madaniyatini rus bosqinchilariga tanishtirish maqsadida amaliy xarakterdagi bir qator asarlar yaratildi.

Download 29.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling