O’rta Osiyoning qomusiy olimlari
Download 26.83 Kb.
|
qomusiy olimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Nazorat savollari
O’rta Osiyoning qomusiy olimlari Dars rejasi: 1. Qomusiy olimlarning jahon madaniyati sivilizatsiyaga qo’shgan hissasi. 2. Qomusiy olimlar haqida ma’lumot: Al-Xorazmiy, Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy. 3. Ularning adabiyot sohasidagi xizmatlari. Tayanch so’z va iboralar: Qomusiy olimlar, milliy madaniyat, dunyoga mashhur matematik, “Ikkinchi muallim”, tabobat ilmi, Ibn Sinoning adabiyot ravnaqiga qo’shgan hissasi. O’rta Osiyo o’zining qomusiy olimlari bilan ham iftixor qiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Imom Buxoriy, Imom At-Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga o’lkan hissa qo’shadilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum”. Ana shunday qomusiy olimlardan biri Al-Xorazmiydir. Uning asl ismi Abu Abdullo Muhammad ibn Muso bo’lib, 780-yilda Xivada tug’ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Xorazmiy tarixda nomini qoldirgan buyuk asar “Al-jabr val muqobala” risolasidir. U keyinchalik matematikaning alohida sohasi bo’lgan algebra fanining nomiga asos bo’lgan. Ana shu asosda uning nomi Yevropa mamlakatlariga ham yoyiladi. Hozirgi zamon hisoblash texnikasida keng qo’llanilayotgan “algoritm” atamasi ham olim nomidan kelib chiqqan. U matematikaning nazariy masalalarini o’rganish bilan cheklanmay, ularning amaliyotga tatbiq qilinishini ham ko’rsatib bergan. Xorazmiyning “Kitob surat al-arz” (“Yerning surati”) asari geografiya fani sohasidagi o’lkan kashfiyot bo’ldi. Olim tuzgan “Astronomik jadvallar” esa XII asrda arab tilidan lOtin tiliga tarjima qilingan va Yevropa mamlakatlarida mashhur bo’lgan. Uning Yer kurrasi kattaligini aniqlash borasidagi xizmatlari ham tahsinga loyiqdir. Shuningdek , Xorazmiyning “Quyosh soatlari to’g’risida”, “Tarix risolasi”, “ Musiqa risolasi “ singari asarlar yozgani ham ma’lum. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a’zolaridan biri edi. U 850-yilda Bag’dod shaharida vafot etgan. Muhammad Xorazmiyning asosiy asarlari arab tilidan atoqli olim Ashraf Ahmad tomonidan o’zbekchaga tarjima qilingan. O’rta asr mutafakkirlari orasida Abu Rayhon Beruniyning alohida o’rni bor (973-1051). Xorazmlik bu alloma afsonalarga ko’ra Navro’z (21-mart ) va Mehrjon (sentabr) bayramlaridan boshqa har kuni ilm bilan mashg’ul bo’lgan. Uning “Al osor ul-boqiya an al-kurun ul-xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asari taqvim (kalendar) va yil hisobi, shuningdek, sug’diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari tog’risida qimmatli ma’lumotlarni jamlagan. Shunga ko’ra, u O’rta O’siyo va butun Sharq xalqlari uchun muhim tarixiy manbadir. Mahmud G’aznaviy Xorazmni zabt etgach, Beruniyni o’zi bilan G’aznaga olib ketadi. U Mahmudning yurishlarida ishtirok etadi. Hindiston safarida esa Sanskrit tilini o’rganadi hamda Hindiston tarixiga oid yirik asar yozadi. Uning geografiya, minerologiya-ma’danshunoslik, astronomiya, kimyo va boshqa ko’plab fan sohalaridagi kashfiyotlari dunyo ilm faniga bebaho hissa bo’lib qo’shilgan. Qomusiy olimlarimiz borasida Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzluk Tarxon Forobiyning nomi alohida hurmat va ehtiromga sazovor. U 873-yilda Forobda tug’ilib, 950 - yilda Damashqda vafot etgan. Dunyo ahli Arastuni birinchi muallim deb bilishsa, Forobiyni “Muallimus –soniy”, ya’ni “Ikkinchi muallim” deb atashgan. Bunday sharafli nomga u o’z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga qo’shgan katta hissasi, ayniqsa, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanilganligi uchun sazovor bo’lgan. Forobiy “Arastu qonunlarining mohiyati haqida” asarida ustozi avvaldan davlat va huquq haqidagi qarashlarini tahlil qiladi. Boshlang’ich ma’lumotni ona yurtiga olgach, u Toshkent, Buxoro, Samarqandda o’qidi, bilimini yanada oshirish uchun arab xalifaligining yirik madaniy markazlaridan bo’lgan Bag’dodga bordi. Yo’l–yo’lakay Eronning Isfaxon, Hamadon, ray shaharlarida bo’ldi. Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. Forobiy “Kitob mabodi orou al –Madinat ul –fozila” (“Fozillar shahari axolisining fikrlari”) asarida turli ijtimoiy tuzumdagi davlatlar haqida fikr yuritadi. O’zbekchada Abdusodiq Irisov va Mahkam Mahmud tarjimasi nashr etilgan (“Xalq merosi” 1993). Forobiy 160 dan ortiq asarlar muallifidir. U yunon olimlari Platon, Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Porfiriyva boshqalarning asarlarga sharhlar yozilgan. Bu sharhlar O’rta Osiyo va jahon olimlarining dunyoqarashini shakllantirishda, ularning Aristotel falsafasi bilan oshno bo’lishlarida yaqindan yordam bergan. Ibn Sinoning bir kitobdor do’sti yangi kitoblar haqidagi ma’lumotlardan qilib turardi. Bir kuni do’kondor unga yangi bir kitob ko’rsatadi. Bu o’zi tushuna olmagan kitob ekanligini bilib hafsalasi pir bo’ladi. Bu haqda Ibn Sinoning o’zi shunday yozadi: “Bu ilmni bilishning foydasi yo’q ekan, degan xayolda uning ko’rsatishi ham menga malol kelib, kitobni olishni rad qildim. Shunda dallol bu kitobning egasi pulga muhtoj, dedi. Men uni uch dirhamga sotib oldim. Kitob Forobiyning “Metafizika” asari maqsadlari haqidagi risolasi ekan. Uyga qaytdim-u, darrov uni o’qishga tushdim. “Metafizika” dilimga yod bo’lib qolganligi sababli o’sha paytdayoq bu kitobning maqsadlari menga ochildi. Bundan juda xursand bo’lib ketdim, ertasigayoq kambag’allarga ancha narsa sadaqa qildim. Forobiy falsafa, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, tabiat, fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan katta shuhrat qozongan. Uning axloq (etika), pedagogikaga oid asarlari ham shuhrat torgan. Shuningdek, olimning tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, xattotlikka oid asarlari keng tarqalgan. Forobiyning tabiiy –ilmiy fanlar haqidagi qarashlari “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnishi” asarida atroflicha aks etgan. Unda o’rta asrlarda ma’lum bo’lgan 30 ga yaqin fanning ta’rifi, ahamiyati ko’rsatib berilgan. “Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima noto’g’riligi to’g’risida” risolasida osmon jismlari bilan yertdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining Quyosh issiqligi ta’sirida bog’lanishga bog’liqligini, Oy tutilishiga Yerning Quyosh bilan Oy tog’risiga Yerning Quyosh bilan Oy to’g’risoga tushib qolishi sabab ekanligini ko’rsatib berib, bu bilan u osmon jismlariga qarab fol ochuvchilar –astrologlarni fosh etdi. Forobiyning ijtimoiy–siyosiy, axloqiy qarashlari ham alohida ilmiy ahamiyatga ega. U o’rta asrlar sharoitida birinchi bo’lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida kuchli ta’limot yaratadi. Abu Nasr Forobiy “Baxt –saodatga erishuv yo’llari haqida risola”, asarlarida jamiyatning kelib chiqishi, davlat va uni boshqarish, ta’lib – tarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod, urush va tinchlik, mehnat va insoniy qobiyat va boshqa mavzularda bahs yuritadi. Abu Ali Ibn Sino buyuk qomusiy olimdir. Uning falsafa, tibbiyot, astronomiya, zoologiya, mantiq, tilshunoslik, adabiyotshunoslikka oid asarlari mavjud. U badiiy ijod bilan ham shug’ullangan. Olimning to’liq ismi Abu Ali al – Xusayn ibn AbduOlloh inb al – Hasan ibn Ali ibn Sinodir. U hijriy 370(milodiy 980) -yilda Afshonada tug’ilgan. Bu qishloq Buxoro yaqinidadir. Ibn Sino o’tkir qobiliyat egasi edi. U “Qur’on”ni qiroat bilan o’qib, yodlash uchun bir yilgina vaqt sarflaydi, vaholanki boshqalar bu ishga ko’p yillar ajratishardi. Ibn Sinoning shuhrati ko’proq tabobat ilmi bilan bog’liq. Ayniqsa, Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolashda ishtirok etishi yosh tabibning dovrug’ini oshirib yubordi. Bu paytda u 16 –17 yoshlar chamasida bo’lgan. Buning evaziga u eng boy hisoblangan saroy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo’lga kiritadi. Ibn Sino Xorazmda, Jurjonda, Ray, Hamadon, Isfaxonda ham yashab ijod etgan. Ibn Sinoning eng yirik tibbiy asari “Al –Qonun fittib” (“Tib qonunlari”) kitobi bo’lib, u olimning ko’p yillar davomida olib borgan ilmiy –amaliy ishlarining yahlit umumlashmasidir. “Tib qonunlari” besh kitob, 14 jilddan iborat bo’lgan. Ib Sino bir qator tibbiy asarlarini she’riy shaklda yozgan, ular urjuzalar deyiladi. Bunga sabab ularning hajaz vaznida yozilganidir. Shulardan biri “Tibbiy urjuza” dostonidir. Shuningdek, “Tibbiy o’gitlar haqida urjuza”, “Anatomiyaga doir urjuza” va boshqa risolalar ham she’riy shaklda yozilgan. Ibn Sino tabiiy fanlar, aniq fanlar (matematika, geometriya, hisob) bo’yicha ham ko’plab kitoblar yozgan. Birgina astranomiyaga oid o’ndan ortiq kitoblari ma’lum. Musiqa bo’yicha Ibn Sinoning beshta kitobi bor. “Javome’ ilm al-musiqa” (musiqa ilmiga oid to’plam) ularning eng yirigidir. Ibn Sino iste’dodli adib ham edi. Bizgacha uning doston, qasida, g’azal, ruboiy, fardlari yetib kelgan. Ularning asosiy qismi arab tilida. Bir qism she’rlari fors tilida yozilgan. Ibn Sino bir necha falsafiy qissalar muallifi hamdir. Jumladan, “Salomon Valbsol”, “Yusuf qissasi”, “Xayy ibn Yakson”, “Risolat at –tayr” qissalarida insoniyatning kamolot yo’llari tasvirlanadi. Bin Sino qissalarining ko’pi rasmiy –majoziy usuldadir. “Yusuf qissasi”, “Qur’on” syujeti asosida yozilgan shu mavzudagi birinchi asardir. “Risolat at –tayr” (“Qush risolasi”) –ramziy –majoziy asardir. U arab tilida bitilgan, keyinchalik u boshqa tillarga tarjima qilingan. Unda tuzoqqa tushib qolgan qushlarning ozod bo’lishi yo’lidagi harakatlari ko’rsatib berilgan. “Xayy ibn Yaqzon” (“Uyg’oq o’g’li Tirik”) qissasi ham ramziy –majoziy uslubda yaratilgan. U falsafiy muammolarni bilan diqqatga sazovordir. “Salomon va Ibsol” ishqiy –sarguzasht asardir. Ibn Sino o’lkan shoir ham edi. Uning bir qator tibbiy asarlari she’riy shaklda yozilganligini yuqorida ko’rdik. Uning sof she’riy asarlari ham anchagina. Ibn Sino she’riyati uchun falsafiy, teranlik, keng mushohada, olam hodisalariga tiyrak aql bilan qarash xos: Umring ko’pi bilan bir –ikki nafas, Nafas esa kichik bir shamolu –sas. Shamolga tayanmish umring binosi, Mustahkam imorat elga tayanmas. (Sh. Shomuhammedov tarjimasi) Inson umrining qisqaligi, shunga ko’ra uni g’animat bilish she’ridagi asosiy fikrdir. Ana shu qisqa umr binosini shamol (yel) ustiga qurmaslik kerak, demakki umrni behuda o’tkazmaslik lozim. Ibn Sino she’rlarida ilm – ma’rifatga da’vat, dunyo sirlarini sirlarini bilishga intilish, yaxshi axloqiy xislatlarini egallashga chorlov asosiy o’rin tutadi. Ibn Sinoning adabiyot ravnaqiga qo’shgan hissasi faqat badiiy ijod bilan cheklanmaydi. U she’r ilmiga doir ham bir qator ilmiy asarlarni yaratgan. Ayniqsa, “Fan ash – she’r” (“She’r san’ati”) kitobi muhimdir. Unda yunon she’riyati turlari, uning shakllari haqida fikr yuritilgan. She’riyatning nazariy masalalari uning “Musiqa ilmida katta to’plam” asrlarida ham tadqiq etilgan. “She’r obrazli so’zlardan iborat bo’lib, ritmli, bir – biriga muvofiq iboratlardan tarkib topgan hamda misrlari bir – birigaa teng, vaznlari takrorlangan, oxirgi tovushlar bir – biriga o’xshash bo’lib kelgan satrlarga aytiladi”, - deydi Ibn Sino. Bularning hammasi Ibn Sinoning yirik adabiyotshunos sifatida ham katta xizmatlar qilganini ko’rsatadi. Uning buyuk ijod samaralari behuda ketmadi. Butun jahon uning nomig nomini hurmat bilan tilga oladi. Uning asarlari jahondagi ko’uplab xalqlar tillariga tarjima qilingan. Nazorat savollari 1. O’rta Osiyoning qomusiy olimlari deganda kimlarni tushunasiz? 2. Nima uchun ular “qomusiy olim” deb yuritiladi? 3. Al – Xorazmiyning jahon fani taraqqiyotidagi o’rni haqida nimalarni bilasiz? 4. Forobiyning “Muallim us - soniy” nomini olishga nima sabab bo’lgan? 5. Beruniy fanning qaysi sohalarida faoliyat ko’rsatgan/ uning adabiyot sohasidagi xizmatlari nimalardan iborat? 6. Ibn Sino kim edi? Uning tarix va adabiyot sohasidagi qanday xizmatlarini bilasiz? Download 26.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling