- Reja:
- Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta'limotlari zamonaviy sotsiologiyaning muhim manbalari sifatida
- Sotsiologiya fanining fan sifatida vujudga kelishida diniy, iqtisodiy, ilmiy va siyosiy omillarning o‘rni
- O.Kont - pozitiv sotsiologiyaning asoschisi, uning sotsiologiyani mustaqil fan sifatida yaratishdagi dastlabki rejalari. Kontning izdoshlari.
- Sotsiologiyaning ob'ekti va predmeti, vazifalari, metodlari va metodologiyasi.
- Mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishni shrganishda sotsiologiya faning o’rni.
- Muhriddin Sodirjonov – Namangan davlat universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi, sotsiologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).
- Insoniyat tarixida jamiyatning paydo bo‘lishi natijasida rivojlanishning yangi bosqichi boshlandi. Chunki, faqat insoniy jamiyatgina odamlaming ezgu maqsadlari va manfaatlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi mumkin edi. 0 ‘z o‘rnida, jamiyatning paydo bo‘lishi barobarida sotsial (ijtimoiy, jamiyatga oid) tushunchalar va munosabatlar ham shakllana boshladi. Shu tariqa, jamiyatni paydo bo‘lishi uni yanada rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy (sotsial) fikrlar va qarashlarni rivojlantirishni taqozo etdi. Sotsiologiya fanining kelib chiqishiga zamin tayyorlagan sotsial bilimlar shakllana boshladi: jamiyat to ‘g‘risida tasawurlar, ijtimoiylik va sotsial voqelikka (reallikka) doir tushunchalar shakllandi. Ayniqsa, XIX asrning o‘rtasiga kelib sotsial voqeliklarni tadqiq etish va bilish jarayonlari nazariy jihatdan o‘z takomiliga yetdi.
- 1. Elementar sotsial aloqalarning turlari va shakllari (sotsial aloqalar, sotsial harakat, sotsial o‘zaro harakat)
- Sotsiologiya – insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. «Sotsiologiya» tushunchasi (lot.«societas» – jamiyat va yunon. «logos») – ta’limot so‘zlaridan olingan bo‘lib, jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot ma’nosini anglatadi. Sotsiologiya jamiyatni tizim sifatida, uning mavjud tarkibiy tuzilmalari mohiyati, ularning harakat tendensiyalari va taraqqiyot qonuniyatlarini sotsial tashkil etilgan tarzda tadqiq etadi.
- Shuningdek, sotsiologiya asosiy e’tiborni jamiyatni har xil sotsial va hududiy tizim bosqichlarida vujudga keladigan keng ma’nodagi inson- lararo munosabatlar va jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratuvchi fandir. Sotsiologiya fani jamiyatning turli sohalari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy va boshqa tarmoqlarida tadqiqotlar o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |