Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси: устувор вазифалар, режа ва лойиҳалар


Download 1.07 Mb.
bet6/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1576252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu

N.I.Kareev o‘zining «Sotsiologiyani o‘rganishga kirish» (1897) asarida shunday yozadi: «Davlat, huquq va qishloq xo‘jaligidan tashqari jamiyat hayotida shunday voqyea va hodisalar bor ediki, ularni bu uchta soha nuqtai nazaridan tadqiq qilishning iloji yo‘q edi. Bu jamiyatning diniy madaniyati, tili, ahloqi va an'analari, e'tiqodi, dunyoqarashi, san'ati va adabiyoti. Biz jamiyatni yuqorida aytib o‘tilgan uchta soha nuqtai nazaridangina ko‘rib chiqsak, jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurimiz juda tor bo‘lib qoladi. Jamiyatning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarini birgalikda ko‘rib chiqish orqali ham jamiyat hayoti nima ekanligi to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur olib bo‘lmaydi29”.
  • Sotsiologiyaning paydo bo‘lishida ishchi sinfining shakllanishi va ijtimoiy munosabatlar inqirozning jadallashuvi muhim o‘rin egallaydi. Tarixiy jihatdan ishchi sinfining shakllanishi XV asrda boshlangan bo‘lsada, inqilobdan keyingi holat proletariat sinfining yetakchi sinfga aylanishini ta'minladi. Avvaliga ular o‘zining asosiy muammosi sifatida yangi stanok va mexanizmlarning paydo bo‘lishini ko‘rishgan bo‘lsa, keyinchalik sotsial jarayon va holatni o‘zgartirish zarurati birlamchi ekanligini tushunib yetishdi. Shundan so‘ng fabrikalarda proletar sinf vakillaridan iborat bo‘lgan va ularning manfaatlarini ko‘zlovchi tredyunionlarning paydo bo‘ldi. Kapitalizm va uning ilk qarama- qarshiliklari XIX asr boshlarida sanoatlashib, katta fabrikalarga aylanayotgan tashkilotlarda proletar sinf vakillarining o‘zaro birlashib, ishsizlik, ekspluatatsiya, bolalar va ayollar mehnati kabi sotsial muammolarga qarshi kurashishga undadi. 1825 yildan boshlab kapitalistik iqtisodiyotda davriy inqirozlar kuzatila boshlandi va xaddan tashqari yuqori ekspluatatsiya, ish soatlarining uzoqligi, mehnat sharoitlarining yaxshi emasligi, ish haqining pastligi, ayollar va erkaklar mehnatining bir xil baholanmasligi kabilarda o‘z ifodasini topdi. Bu proletar sinfning kambag‘allashuviga, kichik hunarmand va savdogarlarning esa kasod bo‘lishiga olib keldi. Natijada ishchi sinfi qarshilik munosabati sifatida qurolli chiqishlarni amalga oshira boshladi. Undan tashqari proletariat sinfining talablari borgan sari tizimli va tartibli ko‘rinishga kirib, siyosiy xarakter kasb eta boshladi. Natijada marksizm g‘oyasi tug‘ildi va rivojlandi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling