Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси: устувор вазифалар, режа ва лойиҳалар


Download 1.07 Mb.
bet3/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1576252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu

Suqrot (Sokrat, m.a. 470-399yy) haqidagi ma'lumotlar uning shogirdlari Aflotun va Ksenofont tomonidan qoldirilgan asarlarda uchraydi. Manbalarda yozilishicha, Suqrotning falsafaga qiziqishiga Delfiyadagi Appolon ibodatxonasiga bitilgan Xilonga tegishli bo‘lgan “O‘zingni o‘zing angla” shiori sabab bo‘lgan.
  • Suqrotning fikricha, polis (shahar - davlat) hayotini qonunlarsiz faqat ahloqiy qadriyatlar asosida tashkil etish mumkin emas. Uning fikricha, faqat ilmli insonlar boshqaruvda band bo‘lishi va qonunlarni ishlab chiqishi mumkin.
    • Aflotun (Platon, m.a. 427-347yy) avvaliga shoir sifatida faoliyat olib borgan, so‘ng Suqrot g‘oyalari ta'siri ostida mashhur yunon faylasufiga aylandi. Uning ijtimoiy qarashlari “Kriton”, “Bazm”, “Fedon”, “Gipiy Kichik” nomli asarlarida, siyosiy qarashlari esa “Davlat”, “Qonunlar” kabi asarlarida bayon etilgan.
    • Aflotunning fikricha, insonning o‘z sezgilari orqali atrof olam haqida olayotgan axborotlarini butkul to‘g‘ri va o‘zgarmas, deb bo‘lmaydi. Olingan axborotlar ob'ektiv ravishda g‘oya sifatida shakllangan bo‘lsagina, u o‘zgarmas va qaytariluvchandir. Shuning uchun olim atrof olam g‘oyalardan iborat, deb hisoblagan. Inson ruhi shu g‘oyalarga eng yaqin hisoblanib, ruh tanaga kirgunga qadar atrofdagi g‘oyalarni mukammal o‘zlashtirgan bo‘ladi. Ammo tanaga kirgach, bu g‘oyalarni unutadi va hayoti davomida izlanishlar natijasida inson ruhi o‘zi unutgan g‘oyalarini eslay boshlaydi. Aflotunning fikricha, eng oliy g‘oya bu Yaratguvchi va ezgulik g‘oyasidir.
    • Olim davlatni insonning yirik shakldagi proeksiyasi, deb hisoblagan. “Davlat inson o‘z ehtiyojlarini faqatgina o‘z kuchi bilan qondirish imkoniga ega bo‘lmaganida vujudga keladi. O‘z ehtiyojlarini qondirish ishtiyoqi insonlarni birlashishga undaydi, ular o‘zaro bir-biriga yordam bera boshlaydi va jamoalarga birlashib, davlat shakllanadi”. Olimning fikricha, davlatning asosiy maqsadi fuqarolarda ezgu xulqni shakllantirish orqali-ideal insonni yaratish va shu bilan davlatning barqaror saqlab qolishdan iborat.
    • Qadim yunon faylasufi Arastu (Aristotel, m.a.384-322yy.) “Siyosat” nomli asarida siyosat to‘g‘risidagi fanga asos solgan. U Aflotunni o‘zining ustozi sifatida tan olgan bo‘lsada, uning ko‘pgina fikrlarini inkor qilgan. Ammo bu ikki alloma yevropa madaniyati va sivilizatsiyasining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan. Chunki ular ilk bor davlatning qaror topishi, shakllanishi va boshqaruvidagi teologik konsepsiyalarga qarshi chiqib, mazkur jarayonning tabiiy ravishda kechishi g‘oyasini ilgari surgan.
    • Arastu o‘zining ijtimoiy qarashlarini “Metafizika” (“Birinchi falsafa”), “Jon to‘g‘risida”, “Analitika”, “Siyosat to‘g‘risida” kabi bir qator asarlarida bayon etgan.
    • Qadimgi Rimda Yunonistondagi kabi faylasuf olimlar ko‘p bo‘lmagan. Bu diyorda asosan qonunlar ishlab chiqilgan. Rim huquqi va jamiyatini o‘rgangan mashhur olim Mark Tulliy Sitseron (m.a.106-43yy.) yunon falsafasini Rim aholisi orasida keng yoyish orqali aholining dunyoqarashini shakllantirishga harakat qilgan. U Aflotun asarlaridan ruhlanib, “Davlat haqida”, “Qonunlar haqida” nomli asarlarni yozgan (m.a.54-51yy.). Mazkur ishlarida Sitseron Rimning davlat tuzilishini o‘rganib, uni mukammallashtirish yo‘llarini qidirgan.
    • Sitseronning fikricha, davlat (respublika) xalqning boyligidir. Shuning uchun u xalq tushunchasi borasida quyidagilarni bildirgan: “xalq qandaydir tarzda birgalikda to‘plangan har qanday odamlarning birlashmasi emas, balki huquq va manfaatlar umumiyligi masalalarida o‘zaro bir-birlari bilan, kelishish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pchilik odamlarning qo‘shilmasidir”. Shuningdek, mutafakkir barqaror va adolatli jamiyat qurishni orzu qilar ekan, uning markazini ideal fuqarolar tashkil etishini chuqur anglab yetgan. Ideal fuqaro burchlari sifatida Sitseron haqiqatni, adolatni anglagan, ruhiyati ulug‘vor va odob-ahloq doirasida bo‘lgan, o‘z intilishlarini faqat ezguliklarga qaratgan insonni tushunadi. Olim fuqarolarning burchlari borasida fikr yuritib, fuqaroning vatan oldidagi askar sifatida himoya qilish majburiyatini asosiy burchlardan biri sifatida ko‘rsatgan.
    • Fozil jamiyat qurishga oid nazariy izlanishlar bir qator Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari tomonidan yaratilgan. Adolatli jamiyat qurish, fuqarolik jamiyati unsurlarining shakllanishiga doir ulkan ilmiy meros qoldirgan buyuk mutafakkirlardan bir
      Download 1.07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling