Sotsial ayirboshlash (almashish) nazariyasining tarafdorlari ijtimoiy munosabatlarning asosini almashish munosabatlari tashkil etadi, deb hisoblashadi. Ularning fikricha, sotsiallik xususiyatiga ega bo‘lgan har qanday holat sotsial ayirboshlash uchun yaroqli sanaladi. Misol uchun mehnat moddiy rag‘batga, jismoniy ko‘rkamlik boylikka almashiladi. Shu bilan birgalikda yuqoriroq statusni egallagan tomonning ayirboshlash shartlarini belgilashi jamiyatda ko‘p uchraydigan holat bo‘lib, u almashish munosabatlarining notengligi muammosini keltirib chiqaradi. - 6. Sotsiologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni
- Sotsiologiya fani siyosatshunoslik fani bilan uzviy bog‘liq. Sotsiologiya tomonidan jamiyatda mavjud bo‘lgan sotsial guruhlar, siyosiy vaziyat va kuchlar borasida olingan ma'lumotlar va xulosalar siyosatshunoslik fani tomonidan keng qo‘llaniladi. Siyosiy sotsiologiya, davlat sotsiologiyasi, hokimiyat sotsiologiyasi, siyosiy munosabatlar sotsiologiyasi siyosatshunoslik fani bilan nazariy va amaliy hamkorlikda rivojlanib kelmoqda.
- Sotsiologiya fani takomili umumiy va ijtimoiy psixologiya fanlari bilan ham yaqin hamkorlikda bo‘lishni taqozo etadi.
- Sotsiologiya fani statistika fani bilan ayniqsa yaqin aloqada rivojlanadi.
- So‘nggi yillarda sotsiologiya fanida konkret sotsiologik tadqiqotlar amaliy natijalarining hayotga faolroq va ko‘proq tadbiq etila borishi uning ahloq, estetika, meditsina va pedagogika, rejalashtirish nazariyasi va boshqaruv singari fanlar bilan aloqasini yanada mustahkamlanmoqda.
- Sotsiologiya va iqtisod fanining o‘zaro aloqadorligi va hamkorligi tarixga nazar tashlasak, shuningdek, insonlarning moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
- Sotsiologiya va antropologiya tarixiy jihatdan birgalikda, hamkorlikda rivojlandi, desa bo‘ladi.
- Sotsiologiya va sotsial ish o‘zaro uzviy bog‘liq fanlar sanaladi.
- Sotsiologiya va tarix fani jamiyat hayotini izchil ravishda o‘rganadigan ikki fan.
- Insoniyat tomonidan fan – texnikaning rivojlantirilishi jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashuviga olib keldi. Bu o‘z navbatida sotsiologiya va tabiiy fanlarning hamkorlikda faoliyat olib borishiga sabab bo‘lmoqda. Insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta'siri kundan-kunga ortib borishi ekologik sotsiologiya va demografik vaziyatning keskinlashuvi sotsiologiyasining rivojlanishi va mazkur muammolarni hal etishga jalb qiladi.
- Hozirgi kun sotsiologiyasini matematika fanisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki matematik usullarsiz sotsiologiya mavhum qarash bo‘lib qoladi.
- Yuz yillik yil mobaynida sotsiologiya tushunchasining mazmuniga ta’rif berishga nisbatan ikki xil yondashuv kuzatiladi. Birinchi yondashuv tarafdorlari sotsiologiyaning maqsad va vazifalarini yaxlit ijtimoiy organizmni, ijtimoiy va ijtimoiy-madaniy tizimlarni o’rganish doirasida ta’riflaydilar. Ikkinchi yondashuv sotsiologiyani ommaviy ijtimoiy jarayonlar va ommaviy xulq-atvor haqidagi fan sifatida tushunishga asoslanadi. Boshqa ko’pgina fanlardan keyin paydo bo’lgan sotsiologiya ularning tushunchalari va aniq natijalari, statistikasi, jadvalga solingan ma’lumotlari, grafiklari va tushunchalarga oid sxemalari, nazariy kategoriyalarini o’z ichiga oladi.
- Sotsiologiya fanining hozirgi holati uning mazmuniga ta’rif berishga nisbatan yangicha qarashlarni taqozo etadi. Bu yerda ham ikki xil yondashuv kuzatiladi:
- sotsiologiya – bu ijtimoiy birliklarning shakllanishi, rivojlanishi va o’zgarishi hamda ularning o’z-o’zidan uyushish shakllari – ijtimoiy tizimlar, strukturalar va institutlar haqidagi fan;
- sotsiologiya – bu yirik ijtimoiy guruhlarning vakillari sifatidagi odamlar xulq- atvori, shuningdek ijtimoiy munosabatlar, o’zaro aloqa mexanizmlari, ijtimoiy harakatlarning qonuniyatlari haqidagi fan.
- Sotsiologiya o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
- jamiyatni bir butun tizim sifatida o’rganish;
- jamiyatni ilmiy vositalar yordamida o’rganish;ijtimoiy munosabatlarni o’rganish.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |