- Sotsiologiya fani rivojining ikkinchi bosqichi XX asrning 20 yillarida boshlanib, bugungi kunga qadar davom etmoqda. Mazkur davrda sotsiologiya rivojlanishining markazi sifatida AQSh tan olinadi. Bu yerda sotsiologiya faniga davlat va ko‘pchilik universitetlar tomonidan ko‘mak beriladi. Doktorlik darajasini beruvchi dunyodagi birinchi sotsiologiya fakulteti 1892 yil Chikago universitetida paydo bo‘lgan. 1910 yilga kelib Amerika universitetlari va kollejlarining aksariyati talabgorlarga sotsiologiya kurslarini taklif qila boshlaydi. Amerikada sotsiologiya nisbatan yangicha nazar bilan qaralgani, ya'ni uning amaliy jihatdan hayotga tadbiq etilgani uning yevropadan o‘zib ketishiga sabab bo‘ldi. Ammo nazariy jihatdan Amerika sotsiologiyasi fan uchun faqatgina belgili – interaksionizm oqimini va Tolkott Parsonsni (1902-1979) bera oldi. T.Parsonsning nazariyasi jamiyatning barcha darajalarini va ijtimoiy materiya harakatining barcha shakllarini tushuntirib berishga qaratilgan urinishdir. U kishilik voqye'ligining xilma-xil ko‘rinishlarini qamrab oluvchi mavhum tushunchalarning ulkan deduktivizmini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. AQSh mana shu deduktiv nazariyalar borasida ancha muvaffaqiyat qozondi.
- методология (юн.methodos –йўл, тадқиқот, logos – таълимот) – тадқиқотнинг умумий стратегиясини белгилаб берувчи инстументлдар, воситалар, методлар йиғиндиси. Методика эса тадқиқотнинг тактикасини белгилаб беради.
- AQSh sotsiolog olimlarning ko‘p sonli guruhini dunyoga taqdim etdi: R.Merton, P.Blau, Ch.Kuli, J.Mid, R.Park, I.Gofman, D.Bell, A.Toffler va bqa. Ular zamonaviy sotsiologiyaning amaliy – ilmiy mazmunini belgilab berishdi. Agar yevropada sotsiologik bilim falsafa bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, Amerika sotsiologlari orasida sotsial psixologiya keng tarqaldi. Ikkala madaniyat vakillari ham jamiyat evolyusiyasi va faoliyatini tushuntirishga harakat qilib, turlicha usullardan foydalandi: yevropaliklar ko‘pincha global tarixiy sxemalarga suyanishsa, amerikaliklar aniq modellar va amaliy ishlanmalarga tayandi. Shu tariqa Amerikada XX arsning boshida bixeviorizm, ya'ni xulq-atvorni o‘rganishga asoslangan yo‘nalish paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |