Sotsial dinamika esa sotsial o‘zgarishlar jarayonlarini o‘rganadi. U jamiyatda kechuvchi jarayonlarni bosqichma-bosqich yoritadi. Kontning sotsial dinamikasi statikaga bo‘ysundirilgan bo‘lsada, jamiyatni o‘rganish davomida dinamika islohotlar uchun yo‘l ochib beradi, deya ta'kidlangan. Faktlar va merosiylik nuqtai nazaridan turli tashkilotlarni o‘rganuvchi tarix fanidan farqli ravishda sotsial dinamika inson va jamiyat ongi shakllanish bosqichlarini tadqiq etishi lozim. - O.Kont jamiyatni o‘rganishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullarni ishlab chiqishga harakat qilgan. U sotsiologiyada kuzatish, eksperiment, qiyosiy va tarixiy usullarning qo‘llanilishini asoslab bergan. Kontning fikricha, jamiyatni sotsiologik jihatdan tadqiq etishda tadqiqotchining tasavvuri qat'iy ravishda nazoratdagi kuzatuvga bo‘ysundirilishi kerak. Sotsial hodisalar va jamiyat rivolanishining tabiiy qonunlarini qayd etish orqali sotsial utopiyalardan voz kechish mumkin. Shuning uchun Kont jamiyatni o‘rganish davomida tarixiy-taqqoslash usulidan foydalangan. U mazkur usulni sotsiologik umumlashtirish va pozitivistik sotsiologiyaning muhim vositasi sifatida baholagan. Olimning fikricha, jamiyatning o‘tmishini faktlar orqali o‘rganmasdan turib, uning kelajagi to‘g‘risida bashorat qilish mumkin emas. Bunda olingan faktlarni falsafiy mushohada asosida emas, balki umumilmiy usul orqali tadqiq etish lozim. Jamiyatni sotsiologik jihatdan o‘rganishning asosiy mohiyati shunda mujassamlashgan.
- E. Dyurkgeymning fikricha, sotsiologiyaning predmeti sotsial faktlar sanaladi. Sotsial faktlarning asosiy xususiyatlari: ob'ektiv va individdan xoli ekanligi; individga bosim o‘tkazib, uni jamiyatdagi qadriyatlar, kutishlar va normalar asosida harakatlanishga majburlashidir. Olim tomomnidan sotsiologiyada sotsiologizm nazariyasiga asos solingan. U jamiyatni individlardan jismoniy va ahloqiy jihatdan ustuvorlik kasb etishini ta'kidlagan. Olimning nazarida sotsiologiya ijtimoiy fanlar orasida markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun uning vazifasi faqatgina sotsial faktlarni o‘rganish emas, balki ijtimoiy hayotni tadqiq qiluvchi boshqa fanlarni nazariy-metodologik asos bilan ta'minlashdan iborat.
- Ingliz olimi
Do'stlaringiz bilan baham: |