Sotsiologiya – shaхsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga ko’nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko’maklashadigan, shular bilan bir qatorda insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay variantini topishda va uni amalga oshirishda jismoniy, emotsional-psiхologik va ma’naviy imkoniyatlarni ishga solishga yordam bеradigan fandir. - Zamonaviy sotsiologiya bu ijtimoiy tizimlar, ularning vazifalari, ijtimoiy tizim va jamoalarning (dunyo, jamiyat, institut, guruh, tashkilot, oila shaxs) harakatlanish va rivojlanish (faoliyati va o‘zaro ta'siri) qonuniyatlari haqidagi fan. U tabiiy va aniq fanlar bilan ko‘p umumiylikka ega. Mazkur o‘zaro munosabatlarning sababi shundaki, sotsiologik bilishning ob'ekti jamiyat hisoblanadi. Ammo jamiyat barcha gumanitar fanlarning ob'ekti sanaladi. Sotsiologiya ob'ektining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u jamiyatni yaxlit sotsial voqye'lik sifatida ob'ektiv jihatdan barcha ijtimoiy hodisalarini o‘rganadi (ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy sub'ektlar). Shundan kelib chiqqan holda sotsiologiyaning predmeti sifatida shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamoa va butun jamiyat faoliyati hamda rivojlanishining qonuniyatlari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy hayotidagi voqyea va hodisalari (ijtiimoiy rollar, ijtimoiylashuv muammolari) namoyon bo‘ladi.
- Zamonaviy sotsiologiyaning predmeti uzoq yillar davomida olimlar tomonidan yaratilgan nazariyalar asosida shakllanib, boyitib borilgan. Kravchenkoning fikricha, “status”,“rol”, “sotsial normalar” zamonaviy sotsiologiya predmetining bosh tushunchalari hisoblanadi. “Status” sotsiologiya predmetining statik holatini, “rol” esa uning dinamikasini namoyon qiladi. Status insonning jamiyatdagi mavqeini belgilab beradi. Ijtimoiy mavqe' ijtimoiy munosabatlarga, shaxsiy statuslar esa shaxslararo munosabatlarga dahlddor bo‘ladi. Sotsiologiya aynan ijtimoiy mavqyelarni o‘rganadi. Har qanday sotsial status unga muvoffiq bo‘lgan sotsial rolga ega bo‘ladi. Inson sotsial rollarni bajarish orqali jamiyatda sotsial munosabatlarga kirishadi. Jamiyatdagi mavjud bo‘lgan sotsial normalar esa mazkur rollarni ma'lum qolipga solib turadi. Shu nuqtai nazardan sotsiologiya insonlar o‘rtasidagi sotsial munosabatlarni o‘z o‘rganish predmeti sifatida qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |