Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси: устувор вазифалар, режа ва лойиҳалар


Sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichi


Download 1.07 Mb.
bet15/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1576252
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-mavzu

Sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichi
  • Strukturaviy–funksionalizm yo‘nalishi – zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy metodlardan biri sanaladi. Unga ko‘ra, jamiyat yaxlit tizim sifatida o‘zaro aloqador tagtizimlardan tashkil topgan. Har bir tizim o‘zining jamiyatdagi o‘rnidan kelib chiqqan holda ma'lum vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi. Strukturaviy – funksionalizm paradigmasiga G. Spenser va E. Dyurkgeymning qarashlari asos bo‘lgan. Amerikalik R. Merton va T. Parsons ushbu yo‘nalishning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishgan.
  • Konfliktologik paradigma funksional nazariyaga qarama-qarshi ma'noga ega bo‘lib, unga ko‘ra, jamiyat rivoji konsensus emas, balki turli ijtimoiy qatlamlarning kurashi natijasida sodir bo‘ladi. Konfliktologik paradigma XXasrning 50-60yillarida R.Darendorf, R. Mills, L. Kozer, R. Mur, K. Boulding va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Nemis sotsiologi Rolf Darendorfning fikricha, konflikt har qanday integratsiyaning qarama-qarshi tomoni bo‘lgani uchun undan qochib qutilishning iloji yo‘q.
  • Bixeviorizm (ingl. behavior — xulq-atvor) — Amerika sotsiologiyasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri – xulq-atvor to‘g‘risidagi fan. Bixeviorizmning asosini insonning tashqi ta'sirlarga nisbatan “stimul-reaksiya” ko‘rinishidagi javob xulq-atvorini tadqiq etish masalasi yotadi. Mazkur yo‘nalishning metodologik asosini pozitiv falsafa tamoyillari va struktur-funksional tahlil tashkil etadi. Bixeviorizm yo‘nalishining zamonaviy tushunchalari E.Torndayk, Dj.Uotson va boshqalar tomnidan ishlab chiqilgan.
  • Belgili interaksionizm (ingl.interaction — o‘zaro harakat) — zamonaviy sotsiologiyaning yo‘nalishlaridan biri. Mazkur yo‘nalishning mohiyati shundan iboratki, sotsial xulq-atvorni o‘rganish davomida individning tashqi holati bilan birga uning ichki olami ham o‘rganiladi. Bunda ular til belgilariga alohida e'tibor qaratishadi, ya'ni inson tashqi tomondan qabul qilgan har bir so‘zini o‘zining nuqtai nazari asosida ma'lum belgi sifatida qabul qiladi.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling