Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси: устувор вазифалар, режа ва лойиҳалар


Download 1.07 Mb.
bet5/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1576252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu

Ibn Sino (980-1037) Sharqda “Shayhur-rais” – “olimlar boshlig‘i” nomini olgan, uyg‘onish davri madaniyatining yirik qomusiy olimlaridan biri. Allomaning bizgacha 242ta asari yetib kelgan bo‘lib, ular falsafa, ilohiyot, tasavvuf, tabobat, mantiq kabi sohalarga bag‘ishlangan. Ular orasida “Kitob ash-shifo”, “Donishnoma”, “Kitob ul-insof”, “Tib qonunlari kitobi” bugungi kunda ko‘pchilik tomonidan o‘qib o‘rganiladi. Olimning “Solomon va Ibsol”, “Yusuf qissasi” nomli risolalarida uning ijtimoiy, ma'naviy, ahloqiy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Uning komil insonni shakllantirishga doir qarashlarida ilk uyg‘onish davri mutafakkirlari kabi ma'naviy qadriyatlarning moddiy hayot qadriyatlaridan ustun bo‘lishiga moyillik kuchliligi sezilib turadi.
  • Arab tarixchisi va mutafakkiri Ibn Xoldun (Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd, 1332-1406) o‘zining asarlarida sotsiologiyaga oid fikrlarini ilgari surib, mazkur bilimlarini “ilm al-ijtimo” nomi bilan yuritgan. Shuning uchun Sharqda aynan shu mutafakkir sotsiologiya fanining asoschisi sifatida tan olinadi. Olim 1370 yilda yozilgan “Kitob ul- Ibar” asarining muqaddimasida o‘zining tarixiy sotsiologik nazariyasini bayon qilgan. U insoniyat ijtimoiy fikri rivojlanishi tarixida birinchi bo‘lib, jamiyat va uning ichki rivojlanish qonuniyatlari hamda taraqqiyot an'analari haqidagi fanni yaratdi.
  • Sotsiologiya jamiyat hayotini o‘rganuvchi ijtimoiy fan bo‘lgani uchun uning vujudga kelishida jamiyatdagi muhim ijtimoiy ehtiyojlar hamda olimlarning ilmiy yetukligi asosiy o‘rin egallaydi. Uning fan sifatida qaror topishida xristianlik dinidagi bo‘linish, ya'ni G‘arbiy yevropada protestantlik25 g‘oyalarining tarqalish hamda aholi dunyoqarashiga ta'siri natijasida kapitalistik munosabatlarning o‘rnatilishi, aniq va tabiiy fanlarning rivojlanishi ijobiy sharoit yaratdi. XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida boshlangan sotsial o‘zgarishlarning yalpi tus olishi, aholi tabaqalari hamda olimlar dunyoqarashining o‘zgarishi monarxiyaga asoslangan turmush tarzidan voz kechilib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan yangi boshqaruv shakllariga o‘tishni taqazo etdi. Fuqarolarning yangi huquq va erkinliklari iqtisodiy, siyosiy va diniy jihatdan jamiyat a'zolariga mustaqil tanlov imkonini berdi.
  • Jamiyat a'zolarining yangi imkoniyatlari, ya'ni tanlash huquqi ularda jamiyat hayotini o‘rganish, undagi ijtimoiy jarayon va hodisalardan xabardor bo‘lish ishtiyoqini, yangi ijtimoiy manfaatlarni uyg‘otdi. Iqtisod va siyosatdagi raqobat tadbirkor hamda siyosatchilarni jamiyatdagi jarayonlardan ogoh bo‘lish, keng jamoatchilik kayfiyatini o‘rganish, aniq sotsial mexanizmlarni bilish, bashorat qilish imkoniga erishish kabi talablarini keltirib chiqardi. XIX asrga kelib jamiyatning sotsial rivojlanishi va jamiyat to‘g‘risidagi mavjud bo‘lgan fanlarning rivojlanish evolyusiyasi yangi turdagi sotsial bilimlarni shakllantiruvchi fanga ehtiyoj tug‘ilganini namoyon qildi. Natijada G‘arbiy yevropada shakllanishni boshlagan fuqarolik jamiyati va uning ehtiyojlariga javoban sotsiologiya fani vujudga keldi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling