Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси: устувор вазифалар, режа ва лойиҳалар


Download 1.07 Mb.
bet4/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1576252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu

Abu Nasr Farobiy (875-950yy). Uning fikricha, jamiyatda har bir tabaqa yaxlit ijtimoiy organizmning ajralmas qismi sifatida, o‘zining muayyan funksiyalariga ega bo‘lib, shu vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashgan bo‘ladi. Olim jamiyatning kelib chiqishi haqida shunday yozgan: “Har bir inson o‘z tabiatiga ko‘ra shunday tuzilganki, u yashash va oliy toifali yetuklikka erishish uchun ko‘p narsalarga muhtojlik sezadi, uning o‘zi esa bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi. Shu bois ularga ega bo‘lishda kishilik jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... Shu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-biriga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin”.
  • Olim jamoani uch toifaga ajratgan: buyuk jamoa – dunyodagi barcha xalqlarning birlashuvi; o‘rta jamoa – bir xalq yoki millatni birlashtiruvchi jamoa; kichik jamoa – alohida bir shahar. Albatta bunda olim o‘rta jamoa doirasida ilk fozil jamiyatni tushungan va tadqiq etgan. Uning fikricha, fozil jamoa qurish uchun insonlarning ma'naviy yuksalishi va ularda fuqaroviy fazilatlarning shakllanishi zaruriy shartdir. U shunday yozadi: “Fuqarolardan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq emas. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan, eng olijanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan himoya qiladilar. Bunday rahbarlar hammaga barobar munosabatda bo‘ladilar, xatto hammaning manfaatini o‘zlarining manfaatlaridan ortiq ko‘radilar, umumning manfaati uchun o‘zlarining shaxsiy manfaatlaridan voz kechadilar, xalq manfaati uchun o‘zlaridagi kuch-g‘ayrat va boyliklarni ayamaydilar”.
  • Farobiy o‘z davridagi turli mamlakatlar hayotiy faoliyatini, ularning boshqaruv usullarini o‘rganish davomida ideal jamiyatning asosiy maqsadi insonlarni baxt va saodatga yetkazish, deya ta'kidlagan.
  • Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani va taraqqiyotida ulkan iz qoldirgan Sharq olimlaridan biri. U o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan tarixiy yodgorliklar”, “Mineralogiya”, “Hindiston” kabi asarlarida o‘zining ijtimoiy hayotga tegishli bo‘lgan asarining muqaddimasida olim inson va uning jamiyatdagi ijtimoiy ahvoli, burchlari, oliyjanobligi, ijtimoiy adolat borasidagi g‘oyalari bitilgan.
  • Beruniy ham ideal jamiyat borasida o‘z fikrlarini bildirib, adolatli jamiyatni barpo etish uchun komil inson shakllanishi kerak, degan g‘oyani ilgari surgan. “Oliyjanob inson o‘zining joni va mulkidan boshqa hech narsaga egalik qilmaydi, qonunan o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkni boshqaradi. Agar bunday odam boshqalarning og‘irini o‘z yelkasiga olib, ular uchun o‘zi mashaqqat tortib, Olloh unga in'om etgan narsalarni muhtoj odamlarga bersa, unday odam javonmard, deb ataladi. Javonmard o‘zining oliyjanobligi va hayr- sahovati bilan mashhur bo‘lgan odam. Ayni vaqtda u o‘zining xushmuomalaligi, mehr- shafqati, sabr-matonati, sabr-toqati, obro‘-izzati bilan ham nom chiqargan odamdir”.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling