О`simliklarda kuzatiladigan mavsumiy о`zgarishlar reja


Download 24.5 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi24.5 Kb.
#114599
Bog'liq
Mavsumiy ozgarishlat


О`SIMLIKLARDA KUZATILADIGAN MAVSUMIY О`ZGARISHLAR

Reja:

1.O‘sish va rivojlanishning tavsifi.

2.O‘simliklar o‘sishi va o‘sish xillari.

3. O‘simliklar o‘sishiga tashqi sharoit omillarining ta’siri.

4.O‘simliklarning tinim holatlari.

5. O‘simliklarning yoshiga nisbatan o‘zgarishlari

6.O‘simliklarning mavsumiy hodisalari
O‘simliklar ontogenezini tavsiflovchi eng muhim jarayonlar o‘sish va rivojlanishdir. Ular o‘simlik tanasidagi barcha hayotiy reaksiyalarning natijasi hisoblanadi, bu jarayonlar bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, faqat o‘sish asosida rivojlanish va rivojlanish asosida o‘sish tavsiflanadi. Natijada ikkalasi o‘simlikning hayotiy siklini belgilaydi. Biroq ayni vaqtda o‘sish va rivojlanish bir-biridan farq ham qiladi. O‘sish — bu o‘simliklar bo‘yi va eni tobora ortib, umumiy massaning oshishidir. Bunday o‘sish orqasiga qaytmaydi. CHunki yangidan-yangi hujayralar, to‘qimalar va organlar vujudga kelib, protoplazma va undagi organoidlar .(xloroplastlar, mitoxondriyalar va boshqalar) to‘xtovsiz shakllanib turadi.Rivojlanish — o‘simlikning hayotiy siklini (ontogenezini) tavsiflovchi yoshlik, voyaga etish ko‘payish, qarish va o‘lish arafalaridagi sifatiy morfologik va fiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlarning o‘zaro nisbati o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, ayrim o‘simliklarda o‘sish ancha faol, rivojlanish esa juda sekin borishi, boshqalarida aksincha bo‘lishi mumkin. O‘sish juda faol kechadigan o‘simliklar tanasi odatda yirik, o‘sish sekin va rivojlanish faol bo‘lgan o‘simliklar, aksincha karlik (kichik) bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar o‘simlik turlariga, navlarning hususiyatlariga, ichki va tashqi omillarning ta’siriga bog‘liq. O‘sish va rivojlanish umumiy bir yaxlitlikni tashkil etib, o‘simlik tanasida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga, o‘simlikning ildiz orqali va havodan oziqlanishiga, energiya bilan ta’minlanishiga, umuman, assimilyasiya va dissimilyasiyada ishtirok etuvchi barcha jarayonlar yig‘indisiga bog‘liq bo‘ladi.

O‘SIMLIKLARNING O‘SISHI O‘sish —o‘simlik hayotining faollik darajasini ko‘rsatuvchi eng muhim jarayonlardan biridir. Chunki bu jarayon o‘simlik tanasidagi barcha fiziologik va biokimyoviy reaksiyalar natijasida sodir bo‘lib, yangidan-yangi hujayralarning, organlarning hosil bo‘lishi va ularning umumiy quruq massasining ortib borishi bilan tavsiflanadi. O‘simliklarning o‘sishi hayvonlardan farqli ravishda butun ontogenezida davom qiladi va yangidan-yangi organlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun yuz yillik va ming yillik daraxtlarda ham yosh, bir necha kunlik organlarning borligini ko‘rish mumkin.

URUG‘LARNING UNISHI. O‘sish asosan urug‘larning unish jarayonida boshlanadi. Urug‘da asosan uchta muxim qism mavjud:

1) urug‘ni qoplab turadigan va uni tashqi sharoitning noqulay omillari ta’siridan saqlaydigan qobiq. 2) boshlang‘ich murtakdan iborat embrional qism (bargcha, ildizcha va poyaning dastlabki qismi); 3)g‘amlab qo‘yiladigan moddalarning to‘planish joyi. Bir pallali o‘simliklarning urug‘ida g‘amlab qo‘yiladigan moddalar asosan endospermida joylashgan bo‘ladi. Endosperm urug‘ning deyarli hammasini to‘ldirib turadigan bir turdagi parenximatik to‘qimadan iborat, murtak esa bir chetga surilgan bo‘ladi.Masalan, bug‘doy donida buni yaxshi ko‘rish mumkin. Urug‘ning unishi, suvni shimib olib bo‘rtishi, embrional to‘qimalarning o‘sa boshlashi qobiq yorilishiga bog‘liq. O‘sish jarayonida fermentlar ishtirokida murakkab organik moddalarning (oqsillar, polisaxaridlar, yog‘lar) oddiy moddalarga (aminokislotalar, monosaxaridlar, yog‘ kislotalar va boshqalar) parchalanishi sodir bo‘ladi. Buning hisobiga murtakning o‘sishi boshlanadi.. Murtakdan o‘sib chiqqan urug‘bargchalar va ildizchalar mustaqil oziqlana boshlaydi. Urug‘barglar er ustiga chiqqandan keyin yashil tusga kiradi (chunki xlorofill hosil bo‘ladi) va havodan oziqlanish boshlanadi. Ildizchalar esa tuproqdan oziqlana boshlaydi.



O‘simliklarning xayvonlardan eng muhim farqi shundaki, ular butun ontogenezi davomida o‘sadi. Oliy, ko‘p hujayrali o‘simliklarning o‘sishi hujayralarning bo‘linishi va o‘sishi, yangi organlar va to‘qimalar hosil bo‘lish jarayonlarining yig‘indisidan iborat. O‘simliklarning o‘sishi embrional to‘qimalarda — meristemada sodir bo‘ladi, chunki u erda hamma hujayra bo‘linish xususiyatiga ega. Poya va ildizlarning bo‘yiga o‘sishini ta’minlovchi. meristema ularning ichki qismlarida joylashgan bo‘ladi Ildizlarning o‘sishi ularning uchida, 1 sm dan oshmaydigan juda kalta qismida sodir bo‘ladi. Bu qismi odatda, ildiz qini bilan muhofaza qilinadi. Poyalarning o‘suvchi qismi ildizga nisbatan ancha uzun, 2-30 sm.gacha bo‘ladi. Poya va ildizlar butun ontogenezi davomida o‘sadi. Masalan, daraxtlar bir necha yuz va ming yillargacha ham o‘sadi.Poya, novda va ildizlarning o‘sishi apikal o‘sish deyiladi. CHunki bu apikal meristema (apeks- - o‘sish nuqtasi) hisobiga sodir bo‘ladi. O‘simliklarning eniga o‘sishi lateral (yon) meristema hisobiga sodir bo‘ladi. Bunga kambiy, peritsikl va ferrogen kiradi. Kambiy hujayralarining bo‘linishi va o‘sishi natijasida ksilema va floema elementlari paydo bo‘ladi. Ksilema elementlari floemaga nisbagan ancha ko‘p bo‘ladi. Aksariyat bir pallali o‘simliklarning bargida o‘sish xududi barglarning tubida joylashgan
bo‘ladi va shu asosda o‘sa boshlaydi. Lekin ko‘pchilik ikki pallali o‘simliklar bargining o‘sishi bundan farq qiladi. Bu barglarning butun yuzasidagi hujayralar ma’lum davrgacha o‘sish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Barglarning o‘sishi doimiy xususiyatga ega emas, ya’ni ular tez vaqtda muayyan kattalikka etib, o‘sishdan to‘xtaydilar. Shunday qilib, morfogenez o‘simliklarning shakllanishi, embrional hujayralar (sitogenez), to‘qimalar (gistogenez) va organlar (organogenez)ning hosil bo‘lishi, o‘sish va rivojlanishni o‘z ichiga oladi.

O‘SIMLIKLARNING O‘SISHIGA TASHQI SHAROIT OMILLARINING TA’SIRI. O‘simliklarning o‘sishiga tashqi sharoitning juda ko‘p omillari ta’sir etadi. CHunki o‘simliklarning yaxshi o‘sishi uchun yetarli darajada xharorat, yorug‘lik, namlik, gazlar tarkibi, mineral oziqlanish va boshkalar talab etiladi.

HARORAT. O‘simliklarning o‘sishiga eng faol ta’sir etadiganlardan biri haroratdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning o‘sish tezligi harorat 00 dan 350 gacha o‘zgarganda Vant-Goff qonuniga bo‘ysunadi. Lekin harorat 35-400 Sdan oshgandan keyin o‘sish tezligi ham pasayadi. Umuman, o‘sishga nisbatan ham haroratning uchta kardinal nuqtasi bor: minimal (eng past), optimal (maqbul), maksimal (eng yuqori). Bu nuqtalar darajasi o‘simliklarning turlariga bog‘liq,.Quyidagi jadvalda ayrim o‘simliklar urug‘larining unib chiqishi uchun harorat darajalari keltirilgan (00S):

O‘simliklarning nomi

Minimal

Optimal

Maksimal

Arpa. suli. bug‘doy
Kungabokar
Makkajo‘xori
Oshqovoq
qovun.
Bodring
G‘o‘za

0-5
5-10
5-10
10-15
15-18
10 - 12

25-
31 -
37-
37-
31 -
25-

31
37
44
44
37
35

31 -
37 -
44 -
44 -
45 -
40 -

37
44
50
50
50
46

O‘simliklar haroratga bo‘lgan munosabatlari asosida bir necha guruhga bo‘linadi: 1) issiqsevar o‘simliklar — minimal harorat darajasi 100S dan yuqori, maqbul 30-400S atrofida; 2) sovuqqa chidamli o‘simliklar — minimal harorat O0 dan to 50S va maqbul 25-310S. Lekin aytish lozimki, o‘sishni eng faol ta’minlaydigan fiziologik maqbul harorat hamma vaqt ham samarador bo‘lmaydi. CHunki o‘sishning eng tez borishi doim ham sog‘lom va baquvvat o‘simlik olish degan gap emas. Aksincha, ko‘p organik moddalar sarf qilinishi natijasida o‘simliklar kuchsiz bo‘lib qolishi mumkin. SHuning uchun ham o‘sishni ta’minlovchi sof fiziologik optimum o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini eng baquvvat o‘simlik olinishini ta’minlovchi garmonik optimumdan farq qiladi. Bu xharorat darajasi fiziologik jarayonlarning bir tekisda faollanishi uchun sharoit yaratadi.
YORUG‘LIK. O‘simliklar yorug‘likda ham, qorong‘ida ham o‘sadi. Lekin qorongida o‘sgan o‘simliklar o‘zlarining me’yoriy shakllarini ancha o‘zgartiradilar. YAshil rang yo‘qoladi. Bular etiollangan o‘simliklar deyiladi. Etiollangan o‘simliklar me’yoriy o‘simliklardan asosan, poyalarining xaddan tashqari cho‘zilishi va barg plastinkalarining esa aksincha, rivojlanmay qolishi bilan farq qiladi. Etiollangan o‘simliklarning bo‘g‘in oraliqlari uzun bo‘ladi. Mexanik to‘qimalari yaxshi rivojlanmaydi, hujayralararo bo‘shliqlar katta bo‘ladi, barglar rivojlanmay qoladi. YOrug‘likda o‘sgan o‘simliklar qorong‘ida o‘sgan o‘simliklarga nisbatan past bo‘yli ham ixcham tuzilishga ega. Hamma fiziologik jarayonlari bir me’yorda sodir bo‘ladi. YOrug‘lik ta’sirida hujayralarning cho‘zilish fazasi tezlashadi va qiska muddat ichida hujayralarning differensiyalanish fazasi boshlanadi. Organik moddalarning sintez jarayoni faollashadi, natijada yangi hujayralar, to‘qimalar va organlarning hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Bunday o‘simliklarda generativ organlarning hosil bo‘lishi tezlashadi.

GAZLARNING MIQDORI. Xavo tarkibi, ayniqsa, kislorod va karbonat angidridning miqdori ham o‘sishga ta’sir etadi. Ammo havo tarkibidagi kislorod ikki martagacha kamaytirilsa ham o‘simliklarning o‘sishiga ta’sir etmaydi. Tuproq tarkibidagi kislorodning kamayib ketishi esa ildizlarning o‘sishiga ta’sir etishi mumkin.Bu albatta, o‘simlik turlariga ham bog‘liq. Tuproqda ildizlarning faol o‘sishi uchun pomidorga — 16, suliga — 8, soyaga — 6 va sholiga — Z kislorod kerakligi aniqlangan. O‘sish tezligiga sezilarli darajada karbonat angidrid miqdori ham ta’sir etadi. Xavo tarkibidagi CO2 ko‘payganda hujayra po‘stining cho‘ziluvchanligi ortadi va qisqa muddatga to‘qimalarning o‘sishi tezlashadi. Bu hujayra po‘stida rNning pasayishi bilan bog‘liq deb tushuntiriladi. Ekinzorlarda tup soni juda qalin bo‘lganda o‘simliklarning o‘sib ketishi ham shunga bog‘liq degan tushunchalar bor.

SUV MIQDORI. Tuproq va havo tarkibidagi nam miqdori o‘simlikka ham ta’sir etadi. Hujayraning, ayniqsa, sitoplazmaning me’yoriy tuzilmasi va faoliyati, demak, o‘sish ham suv bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Buni urug‘ misolida ko‘rish mumkin. Tarkibida 10-12 %suvi bo‘lgan urug‘lar ko‘p yillar davomida unmasdan saqlanish qobiliyatiga ega. Urug‘lar ekish oldidan namlanganda, o‘z og‘irligining 50 % gacha suvni shimib oladi va faol o‘sish boshlanadi.O‘simliklarning ildiz tizimi ham namlik sharoitida yaxshi o‘sadi. YA’ni tuproq eritmasining osmotik bosimi 1-1,5 MPa.dan yukori bo‘lmaganda ildizlar suv bilan yaxshi ta’minlanadi.

MINERAL OZIQLANISH. O‘simliklarning mineral oziqlanishi ham o‘sish jarayonida katta ahamiyatga ega. Zarur elementlarning birontasini chikarib tashlash, avvalo o‘sishning to‘xtashiga, keyinchalik esa nobud bo‘lishiga olib keladi. Ammo mineral elementlarning ko‘p bo‘lishi o‘sish samaradorligini ancha pasaytirishi mumkin. Ayniqsa, azot miqdori ko‘p bo‘lishi o‘simlikning yer ustki qismlarining o‘sishini juda tezlashtirib yuboradi, bu esa vegetatsiya davrining cho‘zilishiga va urug‘lar pishishining kechikishiga olib keladi. Azotning yuqori konsentratsiyasi hujayralarning differensiatsiya fazasini kechiktiradi va natijada gullarning hosil bo‘lishi xam ancha kech boshlanadi. Shuning uchun ham o‘g‘itlardan foydalanish jarayonida vegetativ a’zolarning bir yoqlama o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

O‘SIMLIKLARNING TINIM HOLATLARI. Yuksak o‘simliklarning o‘sish jarayoni ma’lum davriylik xususiyatiga ega. Eng faol o‘sish, sekin o‘sish va tinim davrlari ritmik ravishda navbatlashib turadi. Bunday ritmik davriylik yil fasllarining almashinib turishi bilan bog‘liq. Faqat doim nam va havo harorati kam o‘zgaradigan tropik yyerlarda o‘simliklar butun yil davomida to‘tovsiz o‘sa oladi. Fasllar asosida iqlim sharoiti o‘zgaradigan barcha yyerlarda o‘simliklar kuzdan boshlab, asosan qishda o‘sishdan to‘taydi, barglarni to‘kadi, xatto yosh novdalaridan ham ajraladi, ya’ni tinim xolatiga o‘tadi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to‘la to‘xtamaydi, balki faol modda almashinish jarayoni juda sekinlashadi. Tinim holatiga o‘tgan daraxtlar, butalar, ko‘p yillik o‘tlar, tuganaklar, ildizpoyalar, urug‘lar va umuman tirik hujayrlarga ega bo‘lgan o‘simlik organlari va bugun o‘simlikda nafas olish to‘xtamaydi. Faqat nafas olnsh jadalligi juda past bo‘ladi. O‘simliklardagi ikki xil tinimlik yaxshi o‘rganilgan: majburiy tinimlik; fiziologik tinimlik. Majburiy tinimlikning asosiy sababchisi tashqi sharoit omillaridir. Ya’ni o‘sish uchun zarur sharoitning yo‘qligi sababli o‘simlik tinimlik holatiga o‘tishga majbur bo‘ladi. Majburiy tinimlik davriyligi ayniqsa, daraxtlar, mevali daraxtlarda va ko‘p yillik o‘simliklarda har yili takrorlanib turadi. Bu o‘simliklarda tashqi o‘zgarishlardan tashqari, ichki zaxira moddalarning kimyoviy o‘zgarishlari ham yuz beradi. Kuzda va qish boshlarida daraxtlarning novdalari va kurtaklarida to‘plangan kraxmal zaxiralari asta-sekin shakarlarga aylanadi. To‘qimalarda suvning miqdori ham kamayadi. Buning natijasida ularning sovuqqa chidamliligi oshadi. Baxorga kelib, buning aksicha o‘zgarishlar bo‘ladi va faol o‘sish boshlanadi. Ko‘pchilik o‘simliklar tinimlik holatini maxsus organlari — ildiz tuganaklar, piyozboshlar, ildiz poyalar holatida o‘tkazadilar. Yozning jazirama issiqlikarin ham shu holatda o‘tkazishlari mumkin. Urug‘lar ham suvning miqdori kam bo‘lganda o‘zgarishning tinchlik holatini saqlaydi. Agar ular yetarli suv bilan ta’minlansa, faol o‘sish boshlanadi.
Fiziologik tinimlik o‘simlikning ichki sabablari asosida sodir bo‘ladi. Masalan, ichki murtak va tashqi qobiqning xususiyatlari tufayli unmasligi mumkin. Bunga murtakning fiziologik va morfologik to‘la etilmagani yoki boshqalar sabab bo‘lishi mumkin.

O‘SIMLIKLARNING YOSHIGA NISBATAN O‘ZGARISHLARI

Hayoti davomida bir marotaba gullab, meva hosil qilib quriydigan o‘simliklarga monokarpiklar deyiladi (yunoncha mono − bir; karpos − meva), masalan, bir yillik o‘tlar. Ko‘p yillik o‘tlar, butalar daraxtlar hayoti davomida ko‘p marotaba gullab meva hosil qiladilar va ularga polikarpiklar (yunoncha poli − ko‘p) deyladi.

Ba’zi ko‘p yillik o‘simliklar hayoti davomida bir marotaba gullab, meva hosil qilib ko‘rishadi. SHuning uchun ularni ham monokarpiklar guruhiga kiritish mumkin (ba’zi palmalar, agava, murakkab guldoshlar vakillari sabzi, karam va boshqalar).

KO`P YILLIK POLIKARPIK O‘SIMLIKLARNING KATTA HAYOTIY SIKLLARI.

Har bir organizm shaxsiy taraqqiyotida − ontogenezida (embrio-


nal holatidan to voyaga etib qurigunicha) yoshiga nisbatan turlicha fiziologik o‘zgarishlarni boshidan kechiradi. Bu esa organlar birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, vegetativdan generativ holatga o‘tishi, ma’lum bosqichida vegetativ ko‘payishi, tanasining kattalashib yo‘g‘onlashishi bilan ifodalanadi.

Ba’zi urug‘dan ko‘paygan ko‘p yillik polikarpik o‘simliklar ontogenizining ma’lum bir bosqichida partikulyasiya natijasida o‘zining bir butunligini yo‘qotib, bir necha yosh o‘simliklarga ajraladi. Paydo bo‘lgan yosh o‘simliklar o‘zining hayotiy siklini urug‘dan emas, balki onasidan ajralgan vaqtdan boshlaydi.

Novdalarini tez-tez almashtirib turadigan o‘tsimon o‘simliklarning novdalari o‘z hayotiy siklini kurtakdan paydo bo‘lganidan o‘sib, gullab, mevalab er ustki qismi qurigunicha bo‘lgan vaqtda o‘tadi va uni kichik hayotiy sikli deb atash mumkin.

O‘simliklarning butun ontogenezi, ya’ni urug‘ining ichidagi murtagi shakllanishdan boshlab butun vegetatsiya davrini o‘tab (klonlari bilan birgalikda), tabiy nabud bo‘lishigacha katta hayotiy sikli deyiladi. Katta hayotiy siklni T.A.Rabotnov (1950) 4 ta davr 8 ta bosqichga ya’ni yoshiga nisbatan xolatiga bo‘lgan I-latent (lat. latens-yopiq, ko‘rinmaydigan) urug‘, II-virginil (maysa, yoshlik, immatur-individ, virginil o‘simlik), III-generativ, IV-senil o‘simlik (qari vegetativ), keyiniroq shu yo‘nalishni rivojlantirib A.A.Uranov (1975) o‘quvchilari bilan o‘simlik ontogenezini 4 ta davr 11 ta bosqichga, ya’ni yoshiga nisbatan holatiga bo‘lgan.

Latent (lat. latens - yashirin) davrga tinimdagi urug‘ holati kiradi.Urug‘ unishi bilan o‘simlik hayotida o‘zgarishlar yuz berib murtakdan maysaga o‘tadi. Maysa bosqichidan boshlab o‘simliklar mustaqil hayot kechira boshlaydi, o‘sadi, rivojlanadi.

Virginil davrining (lat. Virginitas– qizlik vaqti) yoshlik bosqichida o‘simliklar morfologik tuzilishining, ya’ni barglarning oddiyligi, ildiz sistemasi sust rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda urug‘ palla barglari ko‘pincha saqlanib qoladi.

Immatur (lat. immaturus - yetilmagan) yoshidagi o‘simliklar yoshlik bosqichdan o‘tib, to birinchi gullagungacha o‘sib rivojlanadi.

Generativ davrda o‘simliklarning reproduktiv (ko‘payish) organlari yetilib gullash boshlanadi, generativ novdalarning soniga, o‘lchamlariga, ildiz sistemasining qurigan va tirik qismlariga qarab yosh generativ, o‘rta yoshdagi generativ va qari generativ o‘simliklarga bo‘linadi.

Ko‘pchilik o‘simliklarning polikarpiklik xususiyatlari ular umirining uzoqligini, ko‘p yil yashashini ko‘rsatadi. Odatda, daraxtlar uzoq umr kechiradi, ulardan keyin butalar, o‘t o‘simliklar esa ularga nisbatan kamroq yashaydi. Barcha hayotiy shakllardagi o‘simliklar (daraxtlar, butalar, butachalar, yarimbutalar va o‘t o‘simliklar) ontogenezining davr va bosqichlarida o‘zining asosiy o‘q qismini, tanasini, kaudeksini saqlab qoladi. Senil davriga etganda eniga kengayishi tuxtab markaziy qismidan boshlab sekin-asta emirila boshlaydi. Ildizpoyali, o‘rmalab o‘suvchi o‘simliklarning asosiy o‘q qismi o‘zidan paydo bo‘lgan uncha uzoqda bo‘lmagan ildizpoyalar, kaudekslar bilan almashinadi, asosiy o‘q qismi esa qurib boradi.Turli yoshdagi turlicha hayotiy shakllarga ega bo‘lgan o‘simliklar, ontogenezining barcha bosqichlarini o‘tsalarda, ularning morfologik belgilari, umri turlicha bo‘ladi. O‘simliklar hayoti davomida o‘zlari yashayotgan tashqi muhitga, turli ekologik sharoitlarga moslashgan holda o‘sadilar.

O‘SIMLIKLARNING MAVSUMIY HODISALARI

O‘simliklar hayotiy shakllarining asosiy belgilaridan biri mavsumiy xodisalar bo‘lib hisoblanadi. O‘rta iqlim sharoitida yashagan o‘simliklarda mavsumiy hodisalar uncha sezilarli bo‘lmaydi. Sovuq va qurg‘oqchil iqlim sharoitida o‘sgan o‘simliklarda esa mavsumiy xodisalar ancha keskin borib, morfologik va anatomik tuzilishlarida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.

Bahorda o‘simliklar uchki kurtaklaridan yillik novdalar shakllanadi, barglar, gullar, to‘pgullar paydo bo‘ladi. SHu bilan birga poya va ildizlarida kambiy jadal ishlab, yangi xujayra va to‘qimalar paydo bo‘ladi. Bu vaqtda o‘simliklarda oziqa moddalarning harakati tezlashadi. YAngi organlarning paydo bo‘lishi jadallashadi. O‘simlik vegetatsiyasi davomida barglarida fotosintez natijasida paydo bo‘lgan organik moddalar kraxmal donachalari, oqsil va yog‘lar sifatida hujayralarda to‘planadi.

Kuz fasli boshlanishi bilan barglar qariy boshlaydi. Natijada barglarda fotosintez, nafas olish jadalligi susayadi, to‘qimalarda oqsil va RNKning miqdori kamayadi, bir xil tuzlarning kristallari ko‘payadi. Xloraplastlar membranalik tuzilishini yo‘qotadi, moddalar almashinishi o‘zgaradi. Organik moddalarning sinteziga nisbatan to‘planishi kamayadi. Natijada qarigan barglardan uglevodlar, aminokislotalar ildizlarga, ildizpoyalarga, tuganak va piyozlarga, floema to‘qimasi orqali harakatlanib, to‘planadi. Ikkinchi yili bahorda yangi vegetatsiya davri boshlanganda to‘plangan moddalar kurtaklarning harakatiga, yangi novda ildizlarining o‘sishiga, meristema to‘qimalarining jadal ishlashiga sarf bo‘ladi. O‘simliklarda yillik vegetatsiyasi davomida yangi novdalar paydo bo‘ladi, etiladi, vegetativ o‘sish reproduktiv o‘sishga o‘tadi, gul, meva oxiri yana urug‘ paydo bo‘ladi.Qish kelishi bilan o‘simliklar barglarining to‘kishi shu faslga moslashish xususiyatidir. Novdalar barglarini to‘kib, er ustki qismini qurishidan saqlaydi, poya va tanasida ikkilamchi, uchlamchi po‘st hosil bo‘ladi. Barglarini to‘kkan daraxtlarda qor yig‘ilib qolmaydi va nozik novdalar sinishidan saqlaydi.

Turli o‘simliklarning vegetatsiya muddati, gullash vaqti turlicha bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklar erta bahorda qor ketishi bilan gullay boshlaydi (shaftoli, bodom, o‘rik). Ba’zilari kechroq gullaydi (Yapon soforasi). Ko‘pchilik daraxtlar tagida o‘sadigan o‘tsimon o‘simliklar (Po‘fanak, Burmaqora) daraxtlar barglari paydo bo‘lib, soya tushgunicha gullab, hashoratlar yordamida changlanib oladilar. Cho‘l va adir zonalarida o‘sadigan o‘simliklar (lola, mushuko‘t) erta bahorning namligidan foydalanib, gullab changlanadilar.



Turli gurux o‘simliklar vegetatsiya muddati turlicha bo‘lishi, ularning yil fasllarida yorug‘lik, namlik, haroratning va boshqa omillarning o‘zgarishiga moslashish xususiyatlaridir.
Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling