«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi
Investitsion loyihalarni amalga oshirish guruhlariga (ILG) xodimlarni ishga qabul qilish doirasida
nomzodlarga qo‘yiladigan talablar hamda mutaxassislarning vazifa-majburiyatlari
Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan
«500 kV Surxon–Puli-Xumri (Xo‘ja-Alvon) elektr uzatish liniyasini qurish» investitsion loyihasini amalga oshirish guruhi
№
Mutaxassisligi
Ish o‘rni
soni
Ariza beruvchiga qo‘yiladigan talab va vazifalar
1.
Loyiha menejeri
1 nafar
Talablar:
• Oliy texnik ma'lumot;
• Kamida 3 yillik ish tajribasi;
• Ingliz va rus tillarini bilish.
Vazifalari:
• Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
ish hajmini aniqlash;
• Ishlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda hujjatlashtirish;
• Ish vaqtini baholash, tanqidiy o‘rganish
va tahlil etish;
• Loyihaning nizomi, maqsadlari, vazifalari
va natijalarini aniqlash;
• Batafsil biznes-rejani ishlab chiqishda qatnashish;
• Xarajatlarni hisoblash va loyiha byudjetini aniqlash;
• Ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni
kuzatib borish va lozim
bo‘lganda ushbu jarayonlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar berish.
2.
Qurilish rejalari bo‘yicha
menejer
1 nafar
Talablar:
• Energetika ob'ektlarini qurish sohasidagi oliy ma'lumot egasi;
• Kamida 3 yillik ish tajribasi;
• Ingliz va rus tillarini bilish.
Vazifalari:
• Qurilish maydonchasini tayyorlash, jihozlash ishlarini rejalashtirish
va monitoringini
yuritish ishlarini amalga oshiradi;
• Mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish
talablariga muvofiq qurilish maydonchasida ishlab chiqarishni rejalashtirishni
amalga
oshiradi;
• Qurilish maydonchasida mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va atrof-
muhitni muhofaza qilish talablari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va bajarish bo‘yicha
chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
• Korxona rejalarini tayyorlash uchun dastlabki ma'lumotlarni tayyorlaydi va ularni
bevosita
rahbarga taqdim yetadi;
• To‘g‘ridan-to‘g‘ri nazoratchining topshirig‘iga binoan rejaning alohida bo‘limlarini
ishlab chiqadi, ular bo‘yicha hisob-kitoblarni asosli ravishda amalga oshiradi;
• Rejaning alohida bosqichlari bajarilishini nazorat qiladi, rejalashtirilgan vazifalarning
bajarilish ko‘rsatkichlarini yig‘adi va qayta ishlaydi, nazorat natijalari bo‘yicha tahliliy
yozuvlar, ma'lumotnomalar tayyorlab, ularni bevosita rahbarga taqdim yetadi;
• Hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlaydi.
3.