Ot so’z turkumi – maxsus


Download 182.5 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi182.5 Kb.
#187429
  1   2   3   4
Bog'liq
OT SO


OT SO’Z TURKUMI – MAXSUS

1. Quyida otlarning tuzilishiga ko’ra nechta turi qo’llangan? Belbog’, osmon, qarindosh-urug’, temir-tersak, qo’ni-qo’shni, tustovuq, daraxt, aka-uka

1) sodda ot 2) qo’shma ot 3) juft ot 4) takroriy ot

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 2,3,4

2. Qanday otlar qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi?

A) fe’lga bitishuv usuli bilan bog’langan otlar

B) otga bitishuv usuli bilan bog’langan otlar

C) otga moslashuv usuli bilan bog’langan otlar

D) otlar har doim kim? nima? qayer? so’rog’iga javob bo’ladi

3. Qo’shma otlar haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?

A) qo’shma otning qismlari turli turkumlarga mansub bo’lishi mumkin.

B) qo’shma otning qismlari ajratib yozilishi mumkin.

C) qo’shma otning qismlari tub yoki yasama bo’lishi mumkin.

D) qo’shma otlar yasama so’z sanalmaydi.

4. Quyida berilgan mikromatnning necha o’rnida bosh harflar imlosi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan? toshkent vohasini chirchiq daryosi suv bilan ta’minlab turadi. shahardan oqib o’tuvchi ariq va kanallarning hammasi chirchiq daryosidan boshlanadi. qorasuv, salor, kaykovus, qoraqamish, shayxontohur, rohat, anhor, oqqo’rg’on kabilar shaharning qon tomirlaridir.

A) 12 o’rinda B) 11 o’rinda

C) 10 o’rinda D) 9 o’rinda

5. Tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yozilishi lozim bo’lgan nomlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

1) xalqaro tashkilot nomlari; 2) oliy davlat tashkilotlari; 3) oliy davlat mansabi; 4) vazirliklar nomi

A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4

6. Qaysi javobda shaxs nomlari berilgan?

A) zargar, suvchi, kampir B) lola, rayhon, temir

C) Aziz, Ilg’or, Lobar D) qoplon, lochin, qaldirg’och

7. Qaysi gapda shaxs oti yasovchi qo’shimcha qo’llangan?

A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi.

B) Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan.

C) Qo’shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish.

D) Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi.

8. Qaysi gapda tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan ot qo’llangan?

A) Dadam kunduzi chopiqda juda charchagan edi.

B) Yoshlik qaytib kelmaydi.

C) Yolqin akam terimdan bo’shagandan keyin hovlini tuzatadi.

D) Qirlarning g’ir-g’ir shamoli, o’pkalarga moydek tuyulgan totli havosi hammamizning ruhiyatimizni ko’tarib yubordi

9. Qaysi javobda otlarning kichraytirish shakli berilmagan?

A) –gina B) –choq C) –chak D) –choq

10. Qaysi gapda subyektiv munosabat shakli qo’llanmagan?

A) Bu Olimtoy yaratgan robot.

B) Huriniso ketib, Saidaga qarashib turgani Kifoyatxonni yubordi.

C) Turg’unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi.

D) Ertaga yaxshilab uycha yasab berib ketaman.

11. Qaysi grammatik shakl(lar) ismlarning sintaktik vazifasini belgilaydi?

1) kelishik shakllari 2) egalik shakllari 3) ko’plik shakli

A) 1,2,3 B) 1,2 C) faqat 1 D) faqat 2

12. So’z birikmasi qismlarini bog’lash uchun xizmat qiluvchi vositalar qaysi javobda qayd etilgan?

1) kelishik qo’shimchalari 2) egalik qo’shimchalari 3) ko’makchilar 4) ohang

A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4

13. -lar qo’shimchasi qarindoshlikni bildiruvchi so’zlarga qo’shilib, qanday ma’no(lar)ni ifodalashi mumkin?

A) faqat hurmatlash ma’nosini B) tusmollash ma’nosini

C) hurmatlash va ko’plik ma’nosiniD) birgalik ma’nosini

14. Qaysi javobda predmetning tinglovchiga qarashliligi ifodalangan?

A) ruchkam B) ruchkang C) yozdim D) yozding

15. Egalik qo’shimchalari haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?

A) Otlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini, tegishliligini ifodalaydi.

B) Viloyat, shahar, tuman, korxona, tashkilot, muassasa kabilarning nomlarida qo’llanib xoslik, umumdan ajratilganlik, mo’ljallanganlik ma’nosini ifodalaydi.

C) Fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllariga qo’shilib, harakat bajaruvchisi(subyekti)ning shaxsi va sonini bildiradi.

D) Egalik qo’shimchalari faqat belgili qo’llanadi.

16. Qaysi kelishik qo’shimchalarining poetik(she’riy) shakli o’zaro shakldosh(omonim) sanaladi?

A) qaratqich va tushum B) jo’nalish va o’rin-payt

C) qaratqich va chiqish D) tushum va chiqish

17. Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar aniq bir sintaktik vazifa bajaradi?

A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish

18. Shoirlik—bu shirin jondan kechmakdir,

Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir.

Shoirlik—jigarni ming pora etmak,

Bag’ir qoni bilan satrlar bitmak. (Erkin Vohidov)

Yuqoridagi to’rtlikda kelishik qo’shimchalari qay tarzda qo’llangan?

A) uch o’rinda belgili, ikki o’rinda belgisiz

B) ikki o’rinda belgili, ikki o’rinda belgisiz

C) to’rt o’rinda belgili, to’rt o’rinda belgisiz

D) ikki o’rinda belgili, uch o’rinda belgisiz

19. Qalb shunday ummonki, uning bag’rida

Dahshatli dolg’alar silsilasi bor.

Qalb shunday zaminki, otash qa’rida

Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor. (Erkin Vohidov)

To’rtlikda belgili qo’llangan turlovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang.

A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta

20. Boshqaruvli so’z birikmasini toping.

A) olov yoqmoq B) olov yoshlik

C) olov tafti D) olov va suv

21. So’z birikmasining qaysi tur(lar)ida tobe so’z qaratqich aniqlovchi vazifasida qo’llanadi?

A) boshqaruv B) moslashuv

C) bitishuv D) boshqaruv va moslashuv

22. Qaysi javobda narsa oti yasovchi qo’shimchalar berilgan?

A) –kor, -uvchi, -dosh B) –kich, -moq, -don

C) –zor, -loq, -ma D) –qin, -ik, -in

23. Qaysi javobda mavhum otlar berilgan?

A) chopiq, qirg’in B) saylov, to’qchilik

C) quvonch, tuyg’u D) dehqonchilik, ko’rik

24. Qaysi javobda tarkibi asos+narsa oti yasovchi qo’shimcha+shaxs oti yasovchi qo’shimcha+faoliyat-jarayon oti yasovchi qo’shimchadan tashkil topgan ot berilgan?

A) bo’yoqchilik B) bilimdonlik

C) tandirsozlik D) qarsakbozlik

25. Boshqalaridan farqli qo’shimcha bilan yasalgan otni toping.

A) taroq B) qayroq C) bodroq D) o’roq

26. Qaysi javobda o’rin-joy otlari berilgan?

A) yulduz, sayyora, kometa B) sharq, madrasa, zavod

C) qishloqlik, shaharlik, buxorolik D) bahor, tong, mart

27. Qaysi kelishik qo’shimchasining uch xil yozilishiga yo’l qo’yiladi?

A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish

28. Qaysi javobda juft ot imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan?

A) kasb kor B) otayu-ona

C) el-u yurt D) ko’prato’shak

29. Qaysi javobda ham imloviy, ham punktuatsion(tinish belgisi bilan bog’liq) xatoga yo’l qo’yilgan?

A) Ichki ishlar vazirligi B) “Istiqlol” san’at saroyi

C) sharq gullari firmasi D) o’zbekiston respublikasi prezidenti

30. Qanday otlar atoqli otlarga mansub emas?

A) tarixiy sana va bayram nomlari B) suv havzalari nomi

C) mavhum otlar D) joy nomlari

31. Qaysi so’zdan uch xil qo’shimcha yordamida shaxs oti yasash mumkin?

A) adabiyot B) baliq C) afsun D) qimor

32. Qaysi javobda qarindoshlikni anglatadigan shaxs otlari berilgan?

A) bola, juvon, chol B) o’quvchi, talaba, nafaqaxo’r

C) bobo, singil, amaki D) do’st, o’g’il, kampir

33. Qaysi javobda ko’plik ma’nosini ifodalagan otlar qo’llangan?

A) ko’zlarim, boshlarim B) g’amlarim, yuraklarim

C) bobolarim, momolarim D) unlarim, suvlarim

34. Otga xos bo’lmagan ma’noni toping.

A) payt ma’nosi B) o’rin ma’nosi

C) holat ma’nosi D) harakat ma’nosi

35. Qaysi javobda sifat vazifasida qo’llangan ot berilgan?

A) g’oz yurmoq B) yayov kezmoq

C) sopol ko’za D) qora bayroq

36. Chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan turlangan otlar gapda qanday sintaktik vazifada qo’llanadi?

1) vositali to’ldiruvchi 2) vositasiz to’ldiruvchi 3) o’rin holi 4) payt holi

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4

37. Qaysi javobda berilgan qo’shimchalar grammatik shakllar sanalmaydi?

A) –ning, -ni, -ga B) –im, -ing, -i

C) –lar, -cha, -jon D) –chi, -qich, -zor

38. Qismlari tub+yasama shaklida bo’lgan juft otni aniqlang.

A) yig’im-terim B) ko’rpa-to’shak

C) yarog’-aslaha D) kiyim-kechak

39. Qaysi gapda qaratqich va qaralmish yonma-yon qo’llangan?

A) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammani hayratga soldi.

B) Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o’rikning shoxi egilib turardi.

C) O’zbek oyimning orzu-havas, to’y-tomoshalarni shartta kesib qo’ygan bu uylanishga nima deyishi , albatta, ma’lum edi.

D) Nigoraning qop-qora ko’zlari doimo chaqnab turadi.

40. Qaratqich kelishigi qo’shimchasi qanday hollarda belgili qo’llanishi lozim?

1) atoqli otlar tarkibida; 2) olmoshlar tarkibida; 3) sifatdoshlar tarkibida; 4) qaratqich va qaralmish yonma-yon qo’llanmagan hollarda.

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4

41. Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar faqat o’timli fe’llar bilan birikadi?

A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish

42. Quyidagi gaplarning qaysilarida egalik qo’shimchasi ta’sirida fonetik hodisa(tovush o’zgarishi) sodir bo’lgan? 1) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek! 2) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. 3) Paxtakorning o’z kitobi bor, bu kitob uning ko’kragida. 4) Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo’shlashdi.

A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2,3 D) 1,3,4

43. Egalik qo’shimchalari qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan qaysi fonetik hodisa unli tovushlar bilan bog’liq?

1) tovush tushishi 2) tovush almashishi 3) tovush ortishi

A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1

44. Sog’inganda izlab bir nishon,

Qabring sari men olaman yo’l.

Keltirarding menga bir zamon,

Endi har chog’ men eltaman gul. (Zulfiya)

Parchada tarkibidagi kelishik qo’shimchasi tushib qolgan so’z qanday sintaktik vazifa bajargan?

A) aniqlovchi B) to’ldiruvchi

C) hol D) kesim

45. Qaysi qo’shimchalar bilan ot yasash jarayonida asosda fonetik o’zgarish yuz beradi?

A) -q, -vchi, -iston B) -lik, -ma, -loq

C) -indi, -v, -iq D) -voy, -im, -oq

46. Ma’lumki, ikkinchi qismi turdosh ot bo’lgan atoqli otlar qo’shib yoziladi.

Qaysi javobda mazkur qoidaga binoan yozilgan otlar berilgan?

A) Beshariq, Qorqiz B) qorbo’ron, ko’ksulton

C) Quyichirchiq, O’rtaosiyo D) Eltuzar, Xonkeldi

47. Atoqli otlarga qo’shilib, shaxsning ma’lum bir hududga tegishli ekanini bildiradigan qo’shimchani toping.

A) -dosh B) -lik C) -loq D) -iston

48. Qaysi so’zlardan morfologik usul bilan o’rin-joy oti yasash mumkin?

A) kitob, qalam B) tosh, qum

C) temir, mis D) dars, mehmon

49. G’isht zavodi, go’sht do’koni, rasm daftari kabi birikmalarga nega oldingi so’z qaratqich kelishigi shaklida qo’llanmaydi?

A) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi qarashlilik ma’nosini bildirmaydi.

B) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi xoslik ma’nosini bildirmaydi.

C) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi umumdan ajratilganlik ma’nosini bildirmaydi.

D) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi mo’ljallanganlik ma’nosini bildirmaydi.

50. Men na amaldorman va na qoziman,

Allohning bandasi, bir she’rboziman.

Dilimdek dil izlab o’tdim dunyodan,

Mendan rozi bo’ling, men ham roziman. (Boboqul Usmonov)

Parchada qo’llangan yasama shaxs otlari miqdori nechta?

A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta

51. Qaysi javobda ravish vazifasida qo’llangan ot berilgan?

A) Temir eshikni qattiq taqillatdi

B) Yaxshiga yondash, yomondan qoch

C) Oy borib, omon qayt, o’g’lim!

D) Ko’pni yomonlagan ko’muvsiz qolar

52. Qaysi javobda sifat vazifasida qo’llangan ot berilgan?

A) Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh?

Jayron, nega ko’zing to’la yosh?

B) Og’ir eshikni sekin ochib Abdusamad kirdi

C) Kumush qishdan, zumrad bahordan,

Qolishmaydi kuzning ziynati

D) Yangisini qurmaguncha, eskisini buzma

53. Qaysi javobda leksik va morfologik usulda ko’plik hosil qilingan?

A) Xalq Eski shahar tomon harakatlana boshladi

B) Qultoy Boybo’rining otlariga qaraydi, qo’yini boqadi

C) Qayoqqa ketayotir shuncha odamlar, Nahotki yo’llari shunchalar yiroq?!

D) Surxayil kampirning yetti alp o’g’li bor edi

54. Eng to’g’ri hukmni belgilang

A) ko’plik shakli egalik qo’shimchalaridan oldin qo’llansa, hurmatlash ma’nosi anglashiladi

B) ko’plik shakli egalik qo’shimchalaridan keyin qo’llansa, hurmatlash ma’nosi anglashiladi

C) ko’plik shakli egalik qo’shimchalaridan oldin yoki keyin qo’llansa, hurmatlash ma’nosi anglashiladi

D) ko’plik shakli egalik qo’shimchalarisiz qo’llansa ham hurmatlash ma’nosini ifodalaydi.

55. Bola yig’lab o’rnidan turdi-da, yana onasining bag’rida uxlab qoldi.

Mazkur gapda so’zga egalik shakllari qo’shilishi bilan sodir bo’lgan fonetik hodisalar nechta?

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

56. Qaysi kelishik shaklini olgan otlar hamisha fe’lga bog’lanib keladi?

A) qaratqich B) tushum C) jo’nalish D) chiqish

57. Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar gapda doim bir xil sintaktik vazifa bajarmaydi?

1) qaratqich 2) jo’nalish 3) tushum 4) chiqish 5) o’rin-payt

A) 1,3 B) 2,4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4

58. Turdosh ot asosida paydo bo’lgan atoqli otlarni aniqlang

A) Lobar, Nodir, Laziz B) Ozoda, Go’zal, O’ktam

C) Temir, Shakar, Muhabbat D) Mahkam, Ozod, Erkin

59. Qaysi javobda mansab-unvonni anglatadigan shaxs otlari berilgan?

A) shifokor, sartarosh, dehqon B) qipchoq, xo’ja, barlos

C) nafaqaxo’r, talaba, ishchi D) rais, vazir, kapitan

60. Qaysi javobda shaxs oti yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan?

A) -dak, -don, -in B) -liq, -soz, -xon

C) -oq, -don, -choq D) -chilik, -kor, -kash

61. Qaysi javobda asoslari ot+ot shaklidagi qo’shma otlar berilgan?

A) shakarqamish, temiryo’l B) savacho’p, cho’lquvar

C) boychechak, yeryong’oq D) ko’rsichqon, boyo’g’li

62. Qaysi javobda sodda tub ot va sodda yasama otlarning o’xshash tomonlari qayd etilgan?

1) bir asosli bo’ladi 2) tarkibida shakl yasovchi qo’shimcha bo’lishi mumkin 3) tarkibida ot yasovchi qo’shimcha bo’lishi mumkin 4) asosi hamisha ot bo’ladi

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,2,4

63. Qismlari yasama+yasama shaklida bo’lgan juft otlarni aniqlang.

A) ko’rpa-to’shak B) tish-tirnoq

C) kirim-chiqim D) yarog’-aslaha

64. Otlarning tuzilishiga ko’ra qaysi turi predmetlarning miqdorini ifodalab, hisob so’z(numerativ) vazifasida qo’llanishi mumkin?

A) qo’shma ot B) juft ot

C) takroriy ot D) sodda ot

65. Qismlari o’zaro ma’nodosh bo’lgan juf otlarni belgilang.

A) baxt-saodat, or-nomus, sharm-hayo

B) el-yurt, fahm-farosat, ota-ona

C) mushk-anbar, gap-so’z, huzur-halovat

D) dur-javohir, yem-xashak, chang-to’zon

66. Bog’bon gulzorni kuzata boshladi: atirgullar ustida asalarilar g’ujg’on o’ynaydi, karnaygullar kosasida kapalaklar raqsga tushadi, tabiat o’zining nodir san’atkor ekanini namoyish etadi.

Mazkur gapdagi yasama otlar miqdorini aniqlang.

A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta

67. Qaysi javobda mavhum otlar berilgan?

A) chopiq, terim B) dehqonchilik, zargarlik

C) kamolot, sevinch D) yong’in, toshqin

68. Ko’plikdagi egalik qo’shimchalarining qaysi shaxs shakli (uslubiy talab bilan) birlik ma’nosini ifodalashi mumkin?

A) I shaxs B) II shaxs

C) I va II shaxs D) I, II, III shaxs

69. Bir narsani boshqa bir narsa bilan chog’ishtirish, qiyoslash ma’nosini yuzaga chiqaruvchi kelishik shakli qaysi?

A) qaratqich B) tushum

C) chiqish D) o’rin-payt

70. Har oila o’chog’in o’z qutlug’ tarixi bor,

Har boshpana kishilar mehnatin obidasi.

Mazkur gapda qaysi kelishikning qisqargan shakli qo’llangan?

A) tushum B) qaratqich

C) jo’nalish D) o’rin-payt

71. Asos+narsa oti yasovchi+shaxs oti yasovchi+faoliyat oti yasovchi tarkibli so’zni toping.

A) terimchilik B) bilimdonlik

C) to’qimachilik D) yog’ingarchilik

72. Jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllarini olgan shaxs va narsa otlari gapda qanday sintaktik vazifa bajaradi?

A) vositali to’ldiruvchi

B) vositali to’ldiruvchi va payt holi

C) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, payt holi

D) o’rin holi va payt holi

73. Kelishik qo’shimchalari so’z birikmasining qaysi turlarida ishtirok etishi mumkin?

1) boshqaruv 2) moslashuv 3) bitishuv

A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2,3

74. Qaralmish tarkibida har doim qaysi qo’shimcha ishtirok etadi?

A) kelishik shakli B) egalik shakli

C) ko’plik shakli D) kelishik va egalik shakli

75. Tub ot berilgan javobni toping.

A) ko’rik B) chopiq C) o’lim D) qasam

76. Qaysi javobda ko’rsatilgan so’z tarkibida ot yasalishining ikki turi sodir bo’lgan?

A) gulbeor B) asalarichi

C) namozshomgul D) bo’yoqchilik

77. Qaysi yasama ot tarkibida ikkita so’z yasovchi qo’shimcha mavjud?


A) dehqonchilik B) bog’dorchilik
C) terimchilik D) temirchilik

78. Qaysi javobda jarayon otlari berilgan?

A) g’azab, sabr, muhabbat B) o’qituvchilik, ta’til, dars

C) qirg’in, bosqin, toshqin D) shifokorlik, chopiq, terim

79. Qaysi javobda yasama otlar berilgan?

A) o’sma, ko’rsatma, eslatma

B) terma, qaynatma, ko’chma

C) olinma, tortma, hovliqma

D) quyma, sochma, bostirma

80. Qaysi javobda ko’rsatilgan otlar tarkibida kichraytirish shakli qo’llangan?

A) olacha, ko’rpacha, eskicha B) qushcha, yigitcha, qizcha C) uycha, qalamcha, o’zicha

D) taroqcha, quroqcha, tog’olcha

81. To’g’ri hukmlarni aniqlang.

1) asosga asos qo’shish bilan qo’shma otlar hosil qilinadi; 2) qo’shma otlar sintaktik usul bilan yasaladi; 3) asosga ot yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan sodda yasama otlar hosil qilinadi; 4) sodda yasama otlar morfologik usul bilan yasaladi 5) sodda yasama otlar va qo’shma otlar yasama otlar hisoblanadi

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,5 D) 2,4,5

82. Qaysi javobda otlarning lug’aviy shakllari ko’rsatilgan?

1) -niki 2) -dek 3) -xon 4) -dan 5) -gacha 6) -dosh

A) 1,2,3,5,6 B) 1,2,3,4,5,6 C) 2,3,5 D) 1,2,3,5

83. Har ikkala qismi ham tub so’zlardan tashkil topgan qo’shma otni toping.

A) mehr-muhabbat B) yig’im-terim

C) qiymataxta D) atirgul

84. So’zlarni mustaqil va yordamchi so’zlarga ajratishda qaysi belgilari mavjud yoki mavjud emasligi inobatga olinadi?

1) atash ma’nosi 2) gapdagi sintaktik vazifasi 3) so’rog’i 4) grammatik ma’nosi

A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,4

85. Qaysi kelishik shaklidagi otlar gapda hol vazifasida qo’llanishi mumkin?

1) qaratqich 2) tushum 3) jo’nalish 4) o’rin-payt 5) chiqish

A) 1,2,3,4,5 B) 3,4,5 C) 4,5 D) 3,5

86. Yantoq/ning tomir/i uzoq/qa ketar,

Bardosh/da tengsizdir yantoqxo’r tuya.

U/ni/si/n odamlar tikan deb atar,

Bu/ni/si/n kamsitar tuyasan deya. (A.Oripov)

Yuqoridagi to’rtlikning necha o’rnida turlovchi qo’shimcha qo’llangan?

A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta

87. Birlik shaklda jamlik ma’nosi ifodalangan ot qaysi gapda qatnashgan?

A) Bolalarning shovqinidan boshim og‘rib ketdi.

B) Ariq to‘la suv, ichgani tashna, bolam.

C) Yomon so‘z tinglovchining ko‘nglini xira qiladi.

D) Hamma ishning boshi to‘g‘rilik va halollikdir.

88. Hasharotlar tuproqda, o‘simlik chirindilari orasida qishlaydi. Bahorda yana ekinlarni zararlantiradi. Ushbu gapda nechta yasama narsa oti bor?

A) 2 B) yo‘q C) 3 D) 1



89. somsapazlarning oti haqida qaysi hukmlar to‘g‘ri?

1. sodda yasama ot, 2. ko‘plik shaklida, 3. shaxs nomi, 4. aniq ot, 5. qaratqich kelishigida, 6. sodda tub ot, 7. shaxs oti, 8. yakka ot, 9. sanalmaydigan ot



A) 1,2,3,4,5,8 B) 1,2,4,5,7,9

C) 2,4,5,6,7,8 D) 1,2,4,5,7,8

90. Qaysi qatordagi nom to‘g‘ri yozilmagan?

A) Qizilqum fosforit kombinati

B) Don mahsulotlari davlat aksionerlik korporatsiyasi

C) Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi

D) Xorazm chanqovbosti ichimliklar zavodi

91. -chi. Ot yasovchi qo‘shimcha haqidagi qaysi hokum no‘to‘gri berilgan?

A) shaxs otini yasaydi B) narsa otini yasaydi

C) ot, sifat va fe’llardan ot yasaydi D) barchasi tog‘ri

92. Kichraytirish otlarini toping?

A) O‘yinchoq, erinchak, toshloq B) Toyloq, belanchak, ukajon.

C) Bo‘taloq, qo‘zichoq, ro‘molcha

D) Qizaloq, kelinchak, tugunchak.

93. Hayotdan ham qadrliroq narsa bor bo‘lsa, bu – sog‘liq, o‘limdan ham qo‘rqinchliroq narsa bor bo‘lsa, bu – kasallik, hayotga teng narsa – boylik, o‘lim bilan barobar narsa – faqirlik. Ushbu gapdagi yasama ot bor?

A) 4 B) 5 C) 6 D) 7

94. Quyidagi gapda nechta mavhum ot bor?


Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling