O'tga chidamli materiallar va ularning xillari hamda ishlatilishi joylari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 1.05 Mb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1480581
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu


O'tga chidamli materiallar va ularning xillari hamda ishlatilishi joylari
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Shixta va o'tga chidamli materiallar
2. O'tga chidamli materiallar va ularning xillari
3. O'tga chidamli materiallarning ishlatilishi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Tayanch so'zlar va iboralar:
Shixta, shlak, koks, domna pechi, kislotaga chidamli, pechning foydali hajmi, furma, flyus
Izohli lug'at (glossary)
1. shlak – ruda. yoqilg‘i va begona jinslarning flyus bilan bog‘lanishidan hosil bo‘lgan chiqindi.
2. Koks – sifatli toshko‘mirni maydalab, kokslovchi batareyada havosiz 1000–1100oС ragacha bir necha soat qizdirish natijasida olingan qattiq, g‘ovak massa.
3. Shixta – cho‘yan olishda foydalaniladigan temir ruda, yoqilg‘i va flyuslar majmuasi.
Shixta va o‘tga chidamli materiallar.Domna pechida cho‘yan olishda foydalaniladigan asosiy shixta materiallarga temir ruda, yoqilg‘i, flyuslar kiradi va ular haqida quyida ma’lumotlar keltiriladi.

  • Koks – sifatli toshko‘mirni maydalab, kokslovchi batareyada havosiz 1000–1100oСragacha bir necha soat qizdirish natijasida olingan qattiq, g‘ovak massa.

  • shixta – cho‘yan olishda foydalaniladigan temir ruda, yoqilg‘i va flyuslar majmuasi.

Temir ruda. Ko‘pincha, temir rudalarda temir oksidlari bilan birga qum, giltuproq, silikatlar, shuningdek, oz bo‘lsada S, P va boshqa qo‘shimchalar uchraydi . Shuni qayd etish joizki, ba’zan temir rudalarda Fe dan tashqari oz bo‘lsada Cr, Ni, W, Cu, Mo, Ti va boshqa metallar uchraydi. Bu xil rudalarga kompleks rudalar deyiladi, ulardan yuqori sifatli cho‘yanlar olishda foydalaniladi. Maydalash va saralash. Yirik rudalarni begona jinslardan tozalab, saralash uchun ularni karerlarning o‘zidayoq turli konstruksiyali (jag‘li, konusli) maydalash mashinalarida maydalab, mexanik g‘alvir-larda elanib, 30–80 mm.li bo‘laklarga ajratiladi. Yuvish. Rudalarni qum va gillardan tozalash uchun ularni suv bilan yuviladi. Buning uchun maydalangan rudalar tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib, tagidan suv haydaladi, shunda begona jinslar suv bilan yuqoriga ko‘tarilib, tashqariga chiqib ketadi, boyigan rudalar esa qurilma tagiga yig‘iladi va keyin u yerdan olinib quritiladi. Magnit separatorli mashinada boyitish. Bunda maydalangan magnit temirtoshlarni magnit separa-torning uzluksiz harakatlanuvchi lentasiga yuklab turiladi. Ruda elektromagnitning ta’sir zonasiga kirganda, uning Fe3O4 oksidli qismi elektromagnitga tortilib, begona jinslardan tozalana boradi. Boyigan temir ruda elektromagnitning ta’sir zonasidan chiq-qach tashqaridagi yashikka ortila boradi. Mayda rudalarni yiriklashtirish. Ma’lumki, rudalarni qazib olishda, maydalab elashda ko‘plab mayda rudalar yig‘iladi. Bulardan ma’lum o‘lchamli (10–40 mm) konsentratlar olish uchun maxsus tarkibli maydalangan shixta (40–50% temir ruda, 15–20% ohaktosh, 20–30% konsentrat, 4–6% koks) suv bilan qorishtirilib mashina qoliplariga kiritilib, 1300–1500oС ragacha qizdirib yiriklanadi. Bunda rudadagi begona jinslarning bir qismi, karbonatlarga parcha-lanishi natijasida suyuq faza hosil bo‘ladi. Bu suyuq faza ruda zarrachalarni o‘zaro bog‘lab, flyusli g‘ovak konsentrat (aglomerat) olinadi. (Ba’zi hollarda mayda rudalarga bog‘lovchi material sifatida gil, smola qo‘shib, ularni pressfonnada presslab briketlar ham olinadi.) Keyingi yillarda mayda temir ruda va konsentrat-larga ma’lum miqdorda ohaktosh va koks maydalari, biroz bentonit gil qo‘shib suv bilan qorishtirilgan massa olib, uni sayoz idish (granulator)da yoki aylanuvchi havoli barabanlarda ishlab, diametri 25–30 mm.li g‘ovak sharsimon bo‘lak (okatish)lar olinadi. Keyin ularni pechda 1300–1400oС temperaturagacha qizdirish bilan puxtalab, so‘ng saralanadi. Okatishlar aglomeratlardan puxtaroq bo‘ladi. Okatishlardan domnada foydalanish ham agromeratlar kabi koksni tejab ish unumdorligi ortadi. O‘rtachalashtirish. Metallurgiya korxonalariga rudalar doim bitta shaxtadan keltirilmaganligi uchun ularning kimyoviy tarkibi turlicha bo‘ladi. Shuning uchun ularning tarkibini o‘rtachalashtirish talab eti-ladi, chunki shixta materiallari kimyoviy tarkibining bir xil bo‘lishi pechning ish unumini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Shu boisdan kimyo-viy tarkibi turlicha bo‘lgan rudalarni o‘rtacha kimyoviy tarkibga keltirish maqsadida maydalangan rudalar o‘zaro aralashtiriladi. Yoqilg‘i va ularning xillari Domna pechlarda foydalaniladigan yoqilg‘ilar yonganda zarur miqdorda issiqlik ajratish bilan birga temir oksidlaridan temirni qaytarmog‘i ham kerak. Ma’lumki, ular organik moddalar bo‘lib, tarkibida uglerod, vodorod, va uglevodorodlar, oltingugurt birikmalari, kislorod, azot hamda SiO2, A12O3, CaO va boshqalar bo‘ladi. Uglerod, vodorod va ugle-vodorodlar yoqilg‘ining asosiy yonuvchi kompo-nentlari bo‘ladi, qolganlari esa yonmaydigan komponentlardir.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling