6-Ma’ruza. Qattiq eritmalar


Download 165.65 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi165.65 Kb.
#1533050
  1   2   3
Bog'liq
6-Ma\'ruza.


6-Ma’ruza. Qattiq eritmalar.
Kirib joylashtirigan va o’rin olish natijasida hosil bo'lgan qattiq eritmalar. Komponentlari o’zaro cheksiz va va chekli eriydigan qattiq eritmali sistemalar. Izomorfizm va polimormizm hodisalari.


Komponentlari o’zaro cheksiz eriydigan qattiq eritmali sistemalar.
Komponentlari o’zaro chekli eriydigan qattiq eritmali sistemalar.
Ikki yoki undan ko’proq komponentlardan iborat tarkibi o’zgaruvchan bir jinsli sistemalar qattiq eritmalar deyiladi. Qattiq eritmalar 2 xil bo’ladi: kiritib joylashtirilgan va o’rin olish natijasida hosil bo’lgan qattiq eritmalar. Kiritilgan qattiq eritmalarda bir komponentning zarrachalari (atom, molekula, ion) ikkinchi komponent kristall panjarasining tugunlari orasida joylashadi. Bunday eritmalar, masalan, metallmaslarni (bor, uglerod, vodorod, azot) metallarda eritib olinadi. O’rin olish qattiq eritmalarida bir komponentning zarrachalari boshqa komponentning kristall panjara tugunlaridagi zarrachalarining o’rnini oladi. O’rin olish qattiq eritmalarida panjara turi va atomlar soni saqlanadi, lekin uning hajmi va zichligi o’zgaradi. Kristall panjaradagi bunday o’zgarish izomorf o’zgarish yoki izomorfizm hodisasi deyiladi.
Qattiq eritma hosil bo’lishi uchun qator shartlar bajarilishi kerak. Masalan, ion kristall panjarali birikmalar uchun komponentlarning kimyoviy tuzilishi bir xil bo’lishi, ionlar zaryadlarining ishoralari teng bo’lishi, ion radiuslarining iloji boricha yaqinligi, simmetriyaning va kristall yacheyka o’lchamlarining o’xshashligi talab qilinadi. Ikkita izomorf komponentning zarrachalari kristall panjara tugunlarida bir-birini butunlay xaotik ravishda almashtiradi.
Qattiq eritmalar kimyoviy birikmalardan (K2SO4 va Rb2SO4; KMnO4 va KClO4) va oddiy moddalardan (Cu va Au; Ag va Pt) hosil bo’lishi mumkin. Bertollidlar qattiq eritmalarga kiradi, ularning kristall tuzilishi boshlang’ich komponentlarnikidan farq qiladi.

Download 165.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling