Овчилик гувоҳномасига


Download 17.14 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi17.14 Kb.
#1376199

1-savol
Dunyoda juda ham antiqa qonunlar ko‘p. Ayniqsa, bu borada AQSH yetakchilik qiladi. Shunday antiqa qonunlardan birini eshiting. Kaliforniya shtatida uyiga qopqon qo‘ymoqchi bo‘lganlar, albatta bir hujjatga ega bo‘lishlari shart ekan. Diqqat savol, bu qanday hujjat?
Овчилик гувоҳномасига
2-savol
Fors donishmandlari fikricha, saltanatda har doim egri va qing‘ir ishlarni qiluvchi amaldorlar shoh yonidan joy olishgan. To‘g‘riso‘z va vijdonli insonlar esa doimo chetda qolib ketishgan. Diqqat savol, donishmandlar o‘zlarining bu fikriga isbot sifatida nimani misol keltirishadi?
Жавоб: Тўғрисўз, яъни фақат тўғрига юрувчи тўра шоҳдан узоқда, энг чеккадан жой олган, аксинча от, фил ва фарзин эса шоҳнинг ёнгинасидан жой олган. Донишмандлар мисол тариқасида, шаҳмат доскасини эслаб ўтишган.
3-savol
Marokash qirolligining 1 dirhamlik tangasi yuz qismida ikkita sanani ko‘rish mumkin. Birinchisi - 1987. Bu albatta tanga zarb etilgan yilni bildiradi. Ikkinchi 1407 raqami nimani bildiradi?
Жавоб: Бу ҳам зарб этилган йил.
Изоҳ: биринчиси милодий тақвим бўйича, иккинчиси эса ҳижрий тақвим бўйича.
4-savol
U joylashgan mamlakat aholisi uni “Dunyodagi eng uzun qabriston” deb atashadi. U balki dunyodagi eng katta qabriston emasdir, lekin eng uzuni ekanligiga ishonish mumkin. Gap nima haqida bormoqda?
Жавоб: Буюк Хитой Девори. Бундай ўзига ўхшатиш қилинишига сабаб, девор қурилишида минглаб одамлар ҳалок бўлган.
5-savol
Keniyaning Nayrobi shaxridagi hayvonot bog‘idagi timsohlar bor basseyni yonida shunday yozuvlar bitilgan: "Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda........." Marhamat qilib jumlani to‘ldiring.
Жавоб: “Илтимос, тимсоҳларга нарса ташламанг. Акс ҳолда ўзингиз олиб чиқасиз”

6-savol
Eng mashhur avikompaniyalarda so‘zsiz bajarilishi shart bo‘lgan qoidalar mavjud. Masalan, styuardessalar birinchi va ikkinchi uchuvchiga ovqat berishda albatta bitta qoidaga rioya etishlari shart. Diqqat savol, qanday qoidaga?


Жавоб: Хавфсизлик нуқтаи назаридан, биринчи ва иккинчи учувчига бир хил овқат берилиши мумкин эмас. Агарда бирон овқатдан заҳарланиш юзага келса, ҳеч бўлмаганда битта учувчи омон қолиши керак.
7-savol
Dunyoda juda ko‘p antiqa qonunlar qabul qilingan va ularning baʼzilari xozir ham amalda. Savol, qadimiy bir qonun haqida. Afinadagi bir qonunga ko‘ra, ichki urushlar, nizolar paytida, Afina o‘zaro kurash olib boradigan ikki yoki undan ortiq harbiy qismlarga bo‘linib ketgan vaqtda har bir fuqaro BU ISHNI amalga oshirishga majbur bo‘lgan, yo‘qsa o‘sha fuqaro polisdan haydab yuborilgan.Diqqat savol: nima qilish haqida gap ketmoqda?
Жавоб: Урушаётган томонларнинг биронтасига қўшилиш. Бетарафлар эса полисдан ҳайдаб юборилган.
8-savol
Rols-Roys avtomobilining birinchi modellaridan biri “Kumush arvoh” deb atalgan. “Kumush” deyilishiga sabab uning baʼzi qismlari kumush bilan qoplngan edi. Nima uchun avtomobilni arvoh deyishgan?
Жавоб: Машина юрганида умуман овоз чиқармас эди. Шовқинсиз ишлагани учун уни “арвоҳ” дейишган.
9-savol
1820 yili Londondagi bir parkda qurib qolgan bir daraxtni rasman kesish marosimi bo‘lib o‘tgan. Juda ko‘p jurnalistlarni ham bu marosim befarq qoldirmagan. Aytingchi, bu qanday karomatli daraxt edi?
. Жавоб: Роса 50 йил олдин Ньютонни бошига олма шу дарахтдан тушган эди. Уни парваришлаб, туристларга ҳам кўрсатиб юришган.
10-savol
Apachi hindulari Shimoliy Amerikadagi eng mag‘rur va dimog‘dor qabila bo‘lishgan va yengilmas jangchi ekanliklari bilan dong taratishgan. Aytishlaricha, bir safar oq tanli apachi hindusidan nahotki apachini mag‘lub etadigan inson bo‘lmasa deya so‘raydi. Hindu uzoq o‘ylanib turib, javob beradi: “Bor. Bu - ....” U kimni aytgan?
Жавоб: Бошқа апачи
11-savol
Aynan bir poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashgan. Bu qaysi shahar va davlat?
Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan davlat Vatikan
12-savol
Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borganda o’z vafodorliklarini belgisi sifatida bir kichkina idishda hech qayerda sotilmaydigan suyuqlik quyib kelishar ekan. Savol: qanday suyuqlik haqida gap ketmoqda?
Javob Koz yosh
Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling