O’Z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy tarmoqlari?


Download 361.61 Kb.
Sana08.05.2020
Hajmi361.61 Kb.
#104100
Bog'liq
Topshiriq va test


O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR.

1.  Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy tarmoqlari?

2.     Hozirgi zamon psixologiya fanining tamoyillari?

3.     Hozirgi zamon psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari?

4.     Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy metodlari?

5.     Hozirgi zamon psixologiya fanining yordamchi metodlari?

6.     Eksperiment va uning turlari, mohiyati?

7.     Kuzatish, uning turlari va mohiyati?

8.     Testlar, turlari, mohiyati, qullanilishi?

9.     Suhbat, anketa, interv'yu va boshqa metodlar?



Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy tarmoqlari?

Hozirgi zamon psixologiyasi shakllanishining turli bosqichlarida va amaliyotning har xil sohalari bilan bog`liq ilmiy fanlarning juda ham kеng tarmoqli tizimi tashkil etadi.

Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinadi:

1. Konkrеt faoliyat;

2. Rivojlanish;

3.Odamning jamiyatga, o`zi yashayotgan muhitga munosabatlari.

Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin:

1.Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi psixologiya sohalari–umumiy psixologiya, zoopsixologiya.

2. Kishilarga ta'sir etish, ularga ta'lim va tarbiya bеrish, psixik rivojlanishni boshqarish, ya'ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o`rganadigan soha psixologiyasi (yosh psixologiyasi, pеdagogik psixologiya)

Hozirgi zamon psixologiya fanining tamoyillari?

Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari quyidagicha:

1. Determinizm tamoyili;

2. Ong va faoliyat birligi tamoyili;

3. Psixikaning faoliyatda rivojlanish tamoyili ishlab chiqildi.

Determinizm tamoyiliga ko`ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o`zgarishi bilan o`zgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa paydo bo`lishi, shakllari, taraqqiyoti, moddiy narsalar ishlab chiqarish usullari - ijtimoiy taraqqiyotning qonunlari bilan belgilanadi.

Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko`ra, ong va faoliyat bir - biriga qarama - qarshi ham, aynan bir narsa ham emas, ular bir butunlikni tashqil etadi. Ong faoliyatning ichki rejasini, dasto`rini tashqil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq - atvori, xatti - harakatlari va faoliyatini o`rganish orqali xatti - harakatlaridan ko`zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta`minlovchi ichki psixologik mexanizmlar, ya`ni psixikani ob`ektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi.

Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko`ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to`g`ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vo`gotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlarning ishlarida aks etgan. L.S.Vo`gotskiy ta`lim psixikani rivojlanishini yo`naltiradi, P. P. Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o`yinlar bilan, o`spirinlik yoshida o`qish bilan bog`liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn “ong faoliyatda paydo bo`lib, faoliyatda shakllanadi” degan edi.



Hozirgi zamon psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari?

Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Ob’ektiv voqelikning bunday hodisalarini to‘plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning ob’ektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega bo‘lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. SHunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. Ilmiy metod o‘z tuzilishiga ko‘ra, yondoshuvlar va muolajalar yig‘indisidan iborat. Ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar.

Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. Birinchi guruhga qiyosiy, longityud va majmua metodlari kiradi. Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so‘rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi.[1]

Endi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to‘liqroq holatda ko‘rib chiqamiz.


Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi.
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish.

Qiyosiy va longityud metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini to‘ldiradi.



Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o‘rtasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish usuli.

Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan), erkin (oldindan o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo‘ladi.

Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy metodlari

Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. CHunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.







Hozirgi zamon psixologiya fanining yordamchi metodlari

Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulqatvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z - o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir.

So’rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi.

Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopik anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi.

Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o’rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham mikdor xarakteristiqalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo’ladi.

Eksperiment va uning turlari, mohiyati

Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o’sha qiziqtirayotgan 13 fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kaniqulda yozgi lagerda, litsey auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob - uskunalar vositasida ataylab o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida yoki «Landolьt halqachalari» deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar o’lchangan.



Kuzatish, uning turlari va mohiyati

Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulqatvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z - o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining qayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin.

Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim 11 va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. SHu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham mumkin.

Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi. Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatkichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabrqanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.

Testlar, turlari, mohiyati, qullanilishi

Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o’rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham mikdor xarakteristiqalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo’ladi. Ayni testga qo’yilgan talab hech qachon o’zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular 12 turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni ulchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir.

Test - so’rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o’lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo’q» tarzida javob berish so’raladi.

Test - topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o’zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga qarabshaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, mikdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o’tkazish imkoniyatining borligi bo’lsa, kamchiligi – yu ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko’rsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi mumkinligidir.

Testlar ichida proektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo’ladi. Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashxur Rorshaxning «siyox dog’lari» testi, yoki TAT (tematik appertseptsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning proektsiyasidan guyoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. O’sha 1921 yilda kashf etilgan «siyox dog’lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog’lar nimalarga o’xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo’nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo’llashi va natijalarni mohirona tahlil qilishi talab qilinadi. Ushbu metod turli yoshdagi (chaqaloqlik, bolalik, o’quvchilik, o’spirinlik, yetuklik, keksalik) odamlar psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi.

Suhbat, anketa, interv'yu va boshqa metodlar

Suhbat metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi. Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash imkoniga ega bo’ladi.

Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopik anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi. So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi



Insert jadvali

 

Tushunchalar

V

+

-

?

1

Inson faoliyati psixik muammolarni          o‘rganuvchi sohalar

 


 

+

 

 

2

Determinizm tamoyili.

 

+

 

 

 

3


Ong va faoliyatning birligi tamoyili

 

+

 

 

4

Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etishi tamoyili

 

+

 

 

5

Psixologiya faninig boshqa fanlar bilan bog`liqligi

 

+

 

 


TEST

S

1

2

3

4

5

6

7

8

J

A

S

S

A

A

A

B

A

Download 361.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling