O‘zbek bolalar adabiyotining sevimli shoiri. (Bolalar shoiri,O‘zbekiston xalq yozuvchisi Po‘lat Mo‘min tavalludining 100 yilligiga) To’rtko’l-2022


Download 31.11 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2023
Hajmi31.11 Kb.
#1169701
  1   2   3
Bog'liq
tavsiya polat mumin


TO’RTKO’L TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI AXBOROT-BIBLIOGRAFIYA XIZMATI



O‘zbek bolalar adabiyotining sevimli shoiri.
(Bolalar shoiri,O‘zbekiston xalq yozuvchisi Po‘lat Mo‘min tavalludining 100 yilligiga)
To’rtko’l-2022
Poʻlat Moʻmin 1922yil 24-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Bolalar shoiri Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchi boʻlib ishlagan (1944-47). “Lenin uchquni” gazetasida adabiy xodim (1948-50), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri(1951-52), Respublika yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi(1954-60), Madaniyat vazirligi qoshidagi sanʼat ishlari boshqarmasida dramaturgiya boʻyicha bosh muharrir(1962-64) boʻlib ishlagan. Ilk sheʼrlar toʻplami “Sayrang qushlar” (1949). Shundan keyin uning “Tong kuylari”(1949), “Oltin boshoqlar”, (1951), “Tish choʻtkasi ertagi”(1955), “Hunardan unar” (1958), “Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlur” (1960), “Aql qayerda boʻlar” (1962), “Oltin nay”(1967), “Yaxshilarga oʻxshasam” (1968), “Rahmatga rahmat!”, (1969), “Eson va Omon” (1973), “Ertakdan ertakka” (1989), “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” (1984), “Yurak zavqu dardlarim, aytar baytu –fardlarim” (1993), “Bugʻdoy bobo” (1995), “Bolajon,bolajonim” (2003) va boshqa bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklardan iborat toʻplamlari, “Kuldi xiyol” (1964), “Gul va piyoz” (1971), “Qoʻshiq aytib” (1985) singari qoʻshiqlardan tashkil topgan kitoblari nashr etilgan. Poʻlat Moʻmin mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, gʻazal, tuyuq, fard janrlarida ham koʻplab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qoʻshiqlari gʻazal janrida yozilgan. Poʻlat Moʻminning bolalar hayotidan olingan “Qovoqvoy bilan Chanoqvoy”, “Suqatoy va Konfetvoy” (1970), “Bahodirning botirligi” (1972), “Ona bolam deydi, bola onam deydi” (1975), “Oq fil yoʻqoldi” (1983), “Tuyaqush-boyaqish” (1987) pyesalari Respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. A.S.Pushkin, V.V.Mayakovskiy, S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto va boshqa rus yozuvchilarining bolalarga bag‘ishlangan asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.”El-yurt hurmati”ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Download 31.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling