O'zbek mumtoz adabiyotining Rossiya va Evropada o'rganilish tarixi


Download 169.33 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi169.33 Kb.
#1646354
Bog'liq
Suray slayd


O'zbek mumtoz adabiyotining Rossiya va Evropada o'rganilish tarixi.
Xorijda oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻrganish boshlanganiga ancha boʻldi. Xususan, Alisher Navoiy va uning ijodi Gʻarb olimlari diqqat markaziga tushganidan beri bir necha asr oʻtdi. Afsuski, XX asrda shoʻro tuzumi siyosati oqibatida maʼnaviy va ilmiy aloqalar uzilib qolgani bois xorijdagi oʻzbek adabiyoti tadqiqotchilarining izlanishlaridan, koʻp jihatdan, bexabar va bebahra qoldik. Endilikda Gʻarb olimlari va ular yaratgan ilmiy asarlar bilan tanishish imkoni kengayib bormoqda. Quyida, asosan, Alisher Navoiy ijodi boʻyicha shugʻullangan ayrim zamondosh gʻarblik tadqiqotchilar va ularning ishlari bilan tanishtirmoqchimiz.
Mumtoz adabiyotimiz tadqiqotchilarining keyingi yuz yildagi taniqli vakillari sifatida kanadalik Mariya Sabtelni va Elizar Birnbaum, germaniyalik Ingeborg Baldauf va Zigrid Klaynmihel, Vengriyadan Benedek Peri va Ferench Chirkes, fransiyalik Mark Toutant, turkiyalik Fuod Koʻprulzoda, Zaki Validi Toʻgʻon, Kamol Eraslan, Osman Sertkaya, Tanju Seyhan, ozarboyjonlik Hamid Orasli, Jannat Nagʻiyeva singari olimlarni koʻrsatish mumkin.
Ulardan ayrimlarining ilmiy faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot beramiz.
Zigrid KlaynmiHel. Germaniya sharqshunosligida Oʻrta Osiyoni oʻrganish XIX asr avvallaridan boshlangan. Bundan roppa-rosa 200 yil muqaddam – 1818 yili nemis olimi Xammer Purgshtall “Navoiyga oid bitiklar” asarini yaratib, unda Alisher Navoiyning nasl-nasabi, ijodi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati va bunyodkorlik ishlariga toʻxtaladi. Islomshunos olim Martin Hartmann (1851–1918) XX asr boshida Turkistonga kelib ketgan. Bu yerda toshbosma kitoblar nashri va tarqalishi haqida oʻz kuzatishlari asosida yozgan tadqiqotini 1904 yili Berlinda chop ettirgan.
Umuman, germaniyalik olimlar turkiy tillar tarixi va grammatikasini oʻrganishga koʻproq eʼtibor qaratishgan. Adabiyotshunoslik sohasida esa, professor Ingeborg Baldaufni eslashning oʻzi kifoya. Berlindagi Humboldt universiteti qoshidagi Oʻrta Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari sifatida salkam oʻttiz yildan beri ishlab kelayotgan I. Baldauf nomi oʻzbek jadid adabiyotini oʻrganish bilan chambarchas bogʻliq.
Doktor Zigrid Klaynmihel yarim asrdan beri oʻzbek adabiyoti bilan shugʻullanib kelmoqda. Oʻzbek tilida juda ravon soʻzlasha olishidan tashqari, eski oʻzbek tilidagi qoʻlyozmalar ustida ham ishlaydi. U Oʻzbekistondagi kitobxonlik masalalariga qiziqadi. Keyingi bir yarim asr davomida Fargʻona vodiysi va Xorazmdagi oʻzbek ayollari marosimlarida oʻqilgan qoʻlyozma asarlar tahliliga bagʻishlangan kitobi nashr qilingan.
Hozirgi paytda u oʻzbek adabiyotini tadqiq etayotgan faol olimlardan biri. Bu yoʻnalishdagi ilmiy faoliyatini 1901–1934 yillardagi oʻzbek adabiyotini oʻrganishdan boshlagan va shu davr soʻz sanʼatimizga oid kitobini nemis tilida chop ettirgan. 1990–2000 yillarda Z. Klaynmihel Alisher Navoiy ijodi boʻyicha maqolalar yozdi. Jumladan, “Alisher Navoiy va Ahmad Posho” nomli bir yuz oʻttiz besh sahifadan iborat tadqiqotini eʼlon qilgan. Bundan tashqari, Uning “Alisher Navoiy va usmonli shoirlari” nomli maqolasi ham chop etilgan. Bu maqolalarda Alisher Navoiy ijodining usmonli turk adabiyotiga taʼsiri, Navoiy asarlarining soʻnggi besh yuz yil mobaynida usmonli turk tiliga qilingan tarjimalari haqida soʻz yuritiladi. Olima oʻzbek adabiyotiga doir tadqiqotlarini davom ettiryapti.
Ma’lumki, Sharq adabiyoti tarixining ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida adabiy an’ana muhim o‘rin egallaydi. Shoirlar salaflari ijodiy merosiga murojaat qilar ekanlar, avvalo, o‘z estetik qarashlariga mos, ko‘ngillariga yaqin, dunyoqarashlariga nisbatan uyg‘un keladigan asarlarni maqbul ko‘rganlar. Yana bir tomoni, o‘rta asrlar estetikasi me’yoriy xarakterda bo‘lib mavzular ko‘lami hamda janrlar tabiati avvaldan belgilangan qoidalar asosida voqe bo‘lgan va bu holat o‘sha davr kishilarining mental dunyoqarashi bilan izohlanadi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, asosiy yo‘nalishlari
O‘zbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O‘tmishda yaratilgan mo’’tabar og‘zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o‘rganish va bilish har bir o‘quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug‘ burchidir. Bugungi kunda, yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga erishgandan so‘ng, o‘tmish mеrosimizga e’tibor yanada kuchaydi.
O‘zbek adabiyoti qadimiy tarixga ega. Adabiyot jamiyat hayotining o‘ziga xos ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o‘zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettirdi. Adabiyot, avvalo, so‘z va ruhiyat san’atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg‘ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o‘xshamaganlariday, ularning qalb kеchinmalari ham takrorlanmasdir.
Badiiy adabiyot bilan adabiyot tarixi shug‘ullanadi. O‘zbek adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg‘ota oladi, ularning ma’naviy boyishlariga tеgishli hissa qo‘sha oladi. Ular ma’naviy kamolotga xizmat qiladi.
Adabiyot tarixi fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o‘rganadi va o‘rgatadi. Har bir xalqning o‘z tarixi, madaniyati, san’ati va adabiyoti bor. Shunga ko‘ra, adabiyot tarixi ma’lum bir xalqning-shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi bilan ataladi.
Download 169.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling