O’zbek tilim jonu dilim !


Download 11.32 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi11.32 Kb.
#1433455
Bog'liq
Maqola.O\'zbek tilim - jonu dilim!


O’zbek tilim – jonu dilim !

Til – millat ko’zgusi. Davlat timsoli va uning ma’naviy mulkidir. Ana shu ma’naviy mulkni asl holicha asrash, rivojlantirish – millat va davlatning tom ma’nodagi yuksalishi demakdir.


Jannatmonand O’zbekistonimiz va sofdil, shirinsuhan o’zbek xalqimiz ana shunday yuksalish yo’lini tanladi. Bundan 31 yil muqaddam o’zbek tilimizga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu esa o’zbek millatimizning milliy mustaqillik uchun , yuksalishga qo’ygan ilk poydevori bo’lgan desak mubolag’a bo’lmaydi.
Shu yillar oralig’ida o’zbek tilimizning nufuzini oshirish va uni ilmiy rivojlantirish uchun anchayin samarali say’i – harakatlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda esa ona tilimizga mehrni, uning badiiyligi,sofligi,takrorlanmas go’zalligini yosh avlod ongu shuuriga maktabgacha yoshdanoq singdirib borish ko’p jihatdan biz pedagoglarning vazifamizdir. Kichik yoshdanoq bolalarga badiiy o’zbek tilida to’g’ri so’zlashishni,atrofdagilar bilan sof, samimiy munosabatni, kitobga bo’lgan mehrni shakllantirib borsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Zero 1-prezidentimiz Islom Karimovning ,,Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch’’asarida ta’kidlanganidek , jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo ona allasi va ona tilining betakror jozibasi orqali singdiriladi.
Shunday ekan,o’zbek tilimizning buguni va ertasi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.
Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 78-DMTT tarbiyachisi Jalilova Gulchehra.
Download 11.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling