O`zbekinvest aj


Download 126.55 Kb.
Sana03.05.2023
Hajmi126.55 Kb.
#1423503

Fundamental tahlil “O`zbekinvest AJ”

1 Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar:


Yaim 2020-yilda 59,89 miliard AQSH dollarini tashkil qilgan, 2021-yilda esa 69,24 miliard AQSH dollar bo`lgan. 1yilda YAIM 15,6%ga o`sgan.

O`zbekistonda ishsizlik darajasi 2020-yilda 9,4% bo`lgan, 2021-yilda esa 10,2%ga ko`tarilgan. Buning sababi asosan COVID19 pandemiyasi hisoblanadi.

O'zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2021 yilda 42,1 milliard dollarga yetdi va 2020 yilning shu davriga nisbatan 5,8 milliard dollarga o'sdi, bu Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlaridan kelib chiqadi. Eksportning ulushi 16,6 milliard dollarni (10 foizga o'sish), import esa 25,4 milliard dollarni (20,4 foizga o'sish) tashkil etdi.


O`zbekistonda geosiyosiy vaziyat. Rossiya va Ukraina urishi sababli shu ikkal Davlat va Yevropa mamlakatlaribilan savdo boyicha muamolar yuzaga keldi. Rossiyaga qoyilagan sanksiyalar sababli Rossiya va o`rta Osiyo Davlatlari orasida pul o`tkazmalar qiyinlashdi, bu O`zbekistonga Rossiyadan keladigan investitsiyalar kamayishiga sabab bo`lishi mumkun.


O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ittifoqchilik shartnomasini imzoladi. Bunga kora O`zbekiston va Qozog`iston orasida savdoni rivojlantirish, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish, shuningdek, strategik islohotlar, elektron savdoni rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaligi, davlat xizmati sohalarida memorandumlar, Toshkent va Turkiston, Navoiy va Qizilo‘rda, Jizzax va Turkiston viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xarita»lari, energetika, kimyo sanoati, transport va logistikada loyihalar amalga oshirish bo‘yicha bitimlar qabul qilindi.

Investorlar huquqlarini himoya qilish


Me’yoriy-huquqiy xujjatlar

  • 25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

  • 01.08.2018 yildagi PF-5495-sonli “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

  • 11.04.2005 yildagi PF-3594-sonli “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

  • 10.04.2012 yildagi PF-4434-sonli “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

  • 17.01.2017 yildagi PF-4933-sonli “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

  • O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi

2 Sanoatning ko'rsatkichlari.
2019 yil yakuni bo’yicha hisobot ma'lumotlariga ko’ra, 40 ta sug’urta kompaniyasi tomonidan 7401287 ta shartnomalar tuzilgan yoki 2018 yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda 112,0 foizni tashkil etdi. Respublika bo’yicha sug’urta summasi jami 690462,7 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lib, 2018 yilga nisbatan 15,6 foizga yoki 93012,4 mlrd. so’mga ko’paydi. Ixtiyoriy sug’urtaning ulushi 68,0 foiz (469250,7 mlrd. so’m) bo’lsa, 32,0 foizi (221212,0 mlrd. so’m) majburiy sug’urtaga to’g’ri keladi. 2019 yilda sug’urta mukofotlari tushumi 2138,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. Shundan ixtiyoriy sug’urta 1832,1 mlrd. so’m (85,7 foiz umumiy summadan), majburiy sug’urta 306,7 mlrd. so’m (14,3 foiz). 2019 yilda jami sug’urta to’lovlari hajmi 808,6 mlrd. so’mni tashkil etdi. Ushbu ko’rsatkich 2018 yilning shu davrida 442,8 mlrd. so’mni tashkil etgan.


3 Kompaniyaning ko'rsatkichlari.
O`zbekinvestning sof daromadi 2020-yilda 42 miliard so`m 2021-yilda esa 12 miliard so`m bo`lgan.
O`zbekinvest AJ xozirgi kunda bozorga chiqmagan, shu sababli kapitallashuvi va aksiyalarining bozor narxi mavjud emas. Aksiyalarining nominal narxi 1000 so`m, qimatli qog`ozlarning umumiy soni 28 miliardta. Shunda “O`zbekinvest AJ”ning Kopitalashuvi(nominal narxi bo`yicha) 28 trilion so`m.


Xulosa
O`zbekinvest AJ” xozirgi kunda bozorga chiqmagan, bozorda mavjud bo`lganda xam, aksiyalarini sotib olishni tavsiya qilmasdim. Sababi dunyoda iqtisodiy inqiroz, korxonaning oxirgi yilda daromadi pasayishi, korxonaning malumotlari yetarli darajada oshkormasligi deb o`ylayman.
Download 126.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling