O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti 5A111401 – Xorijiy til va Adabiyoti (Ingliz tili) mutaxassisligi magistratura talabasi Sharipova Dilnoza To‘lqin


Download 12.72 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi12.72 Kb.
#1527103
Bog'liq
mmm


O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti 5A111401 – Xorijiy til va Adabiyoti (Ingliz tili) mutaxassisligi magistratura talabasi Sharipova Dilnoza To‘lqin qizi tomonidan “B1 darajali EFL o'rganuvchilar uchun asl o'qish materiallarini tanlash mezonlari” mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiyaga
TAQRIZ
Bugungi kunda chet tillarini o`rganish va uni hayotga tadbiq etish borasida juda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, barcha oliy ta`lim muassasalarida chet tillarini o`qitish sistemasini yanada takomillashtirish, yangi davlat standartini yaratish, dasturlar ishlab chiqish, ushbu dasturlar asosida darsliklarning yangi avlodlarini yaratib, ular asosida bugungi kun talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi turadi.
Magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa va foydanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Uning kirish qismida dissertatsiyaning dolzarbligi asoslangan, tadqiqot maqsadi va vazifalari hamda ob'ekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, dissertatsiya tuzilishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Dissertant oʻz oldiga aniq maqsad va vazifalarni belgilagan, ishning bunday tartibda yozilishi uning oʻz oldiga qoʻygan muammolar mohiyatining toʻgʻri hamda izchil hal etilishini taʼminlaydi.
Tadqiqot usuli sifatida miqdoriy va sifat usullaridan foydalanilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Chet tilini o'rganuvchilarda so'z boyligini kengaytirishning nazariy asoslari” deb nomlangan bo’lib, bunda chet tili o'rganuvchilariga leksik birliklarini o'qitishning ilmiy-nazariy ahamiyati, lingvistik kompetensiyani rivojlantirishning nazariy hamda amaliy jihatlari, ingliz tili o'rganuvchi talabalarning leksik ko'nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari ochib berilgan.
Ishning ikkinchi bobi “O'quvchilar so'z boyligini oshirishda til o'rgatuvchi ilovalardan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari” deb nomlangan bo’lib, bu bobda til o'rgatuvchi mobil ilovalar tasnifi hamda ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyati, ingliz tilini xorijiy til sifatida o'rganayotgan talabalarga leksika o'qitish metodlari, Oliy ta'lim muassasalarida mobil ilovalar asosida o‘quv jarayonini takomillashtirishning xorij tajribasi, talabalar so`z boyligini Blended English Language Learning va mobil ilovalar hamkorligida oshirish metodikasining ilmiy asoslari nazariy jihatdan asoslangan.
Uchinchi bob “OTM talabalarining leksik ko'nikmalarni shakllantirish jarayoniga mobil ilovalarni qo'llash bo'yicha tajribalar va ularning natijalari” deb nomlangan boʻlib, bu bobda 1-kurs talabalari so'z boyligini Duolingo va Quizlet mobil ilovalari orqali oshirish bo'yicha tajriba-sinov ishlarining mazmuni, maqsad va vazifalari, olib borilgan tajribalar bo'yicha natijalar va muhokamalar bayon qilingan.
Dissertatsiyada asosan
Ishda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda baʼzi kamchiliklar ham mavjud boʻlib ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Ba`zi betlarda imloviy va leksik xatolar uchraydi;

  2. Xulosalar qayta ishlanishi zarur, ularda keltirilgan fikrlar erishilgan natijalarni aniq koʻrsatadigan tartibda berilishi shart;

  3. Ilmiy dalillar va natijalardan samarali foydalanilishi kerak;

  4. Haqiqiy o'qish materiallari, ularni tanlash mezonlari va strategiyalarini B1 EFL talabalari uchun xoslangan shaklda ko‘proq misollar bilan ochib berish kerak;

  5. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati qayta shakllantirilishi va havolalarda keltirilgan adabiyotlar toʻliq kiritilishi lozim.

Lekin bu kamchiliklar ishning mohiyatiga ta’sir qilmaydi. Dissertatsion ish tugallangan hisoblanib, nazariy jihatdan mukammal hamda ravon ilmiy uslubda yozilgan.
Yuqorida zikr etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, Sharipova Dilnoza To‘lqin qizi tomonidan “B1 darajali EFL o'rganuvchilar uchun asl o'qish materiallarini tanlash mezonlari” mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi nazariy, uslubiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lib, uni yuqori ball bilan a'lo baholashni tavsiya etaman. Magistratura bitiruvchisi esa 5A111401 – Xorijiy til va Adabiyoti (Ingliz tili) mutaxassisligi bo'yicha Magistr akademik darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.

Taqrizchi: f.f.f.d.(PhD) Z. R. Sobirova
Download 12.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling