O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo‘nalishlari. «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari»


Download 20.12 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi20.12 Kb.
#161189

O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo‘nalishlari.

 

«Kuchli davlatdan  kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyil va uning mohiyati. O‘tgan asrning 80yillari oxiri  90yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etish islohotlarining jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo‘li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish  bosh vazifadir… Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak»[2].



Mustaqillik davrida fuqarolik jamiyati qurish stregiyasiyani shakllanishida Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Kuchli davlatdan  kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyil muhim ahamiyat kasb etdi. Bu tamoyilning asosiy mazmunmohiyati, yo‘nalishlari, umuminsoniy va milliy jihatlari uning ma’ruzalari va asarlarida mujassamlashdi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlari eng murakkab va mashaqqatli sinovlardan o‘tdi. Chunki, mamlakatda eskidan meros bo‘lib qolgan davlatchilik an’analari va totalitar jamiyat asoratlari hali saqlanmoqda edi. Shuningdek, xalqning ham hali yangi jamiyat qurish va uni tashkil etishga doir tajribasi kam, ruhiyati va siyosiy madaniyati esa fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlardan ancha uzoq edi. Ana shunday sharoitda Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va bozor munosabatlariga o‘tish davrining nazariy asoslariniishlab chiqildi. Albatta, ular mamlakat tarixiy rivojlanish an’analari, demokratik prinsiplar va xalq dunyoqarashi, qolaversa, mamlakat milliy manfaatlarini o‘zida ifoda etar edi.

Bu davrdagi muhim voqeliklardan biri  Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda o‘tish davri uchun davlat qurilishi, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, fuqarolik jamiyati qurish, umuman, jamiyatning barcha sohalarini isloh qilish jarayonlarini beshta asosiy prinsip asosida amalga oshirishning “O‘zbek modeli” konsepsiyasining ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu beshta asosiy prinsiplarning mohiyati quyidagicha ifodalandi:

«birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur;

ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;

uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;

to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichmabosqich amalga oshirilishi kerak.

Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi»[3].

O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etish ham milliy, ham rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida obdan sinalgan demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi uchun, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan demokratik qadriyatlarni Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: «Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi»[4].

Mamlakat Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir nazariy qarashlari uning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida o‘z takomiliga etganini kuzatish mumkin. Bu asarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy institutlari O‘zbekiston mamlakati shartsharoitlari, milliy mentalitetini hisobga olgan holda talqin etiladi. Shuningdek, bu asarda yangi jamiyat qurish muammolari «shaxsjamiyatdavlat» o‘zaro uyg‘unligi asosida tahlil etiladi. Muhimi, davlatning shaxs va jamiyat manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan siyosiy institut ekanligi, bu institutning doimo jamiyatni rivojlanishi va uning ijtimoiyiqtisodiy jihatlardan farovon bo‘lishi hamda barqarorligi uchun mas’ulligini oshirib borish zarurligi asoslanadi.

Umuman olganda, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan «Kuchli davlatdan  kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili ilg‘or demokratik qadriyatlar bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni uyg‘unlashtirish asosida rivojlanib bordi. Shuningdek, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish (liberallashtirish) konsepsiyasini ishlab chiqdi va uning quyidagi yo‘nalishlari belgilab berdi:

 mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;

 mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;

 nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

 jamiyatda fikrlar xilmaxilligi va qarashlar rangbarangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash;

 inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish.

Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari Birinchi Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalaridagi (19952004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005, 28 yanvar) ma’ruzalari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual siyosiy dasturning asosini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) «Bizning bosh maqsadimiz  jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma’ruzasida mamlakat jamiyatini demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasining, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish bo‘yicha asosiy vazifalarning dasturiy konseptual yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur ma’ruzada mamlakatni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan «Kuchli davlatdan  kuchli fuqarolik jamiyati sari», degan tamoyilga asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar aniq va ravshan ifoda etildi. Mamlakatda markaziy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini nomarkazlashtirish asosida kuchli jamiyatning shakllanishi uchun shartsharoitlar yaratish maqsadlarida «hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo‘shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish»[5] vazifasi belgilandi. Shu bilan birga, «o‘zini o‘zi boshqarish organlari  mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish»[6] muhim vazifalar sirasiga kiritildi.

Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Kuchli davlatdan  kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual dasturni amalga oshirish yangi bosqichga kirdi. Bu bosqichda mamlakat yo‘lboshchisining nazariy qarashlarini hayotga tatbiq etish davriga o‘tildi. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarga erkinlik bag‘ishlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha shartsharoitlarni yaratgan, jamiyatning hamma jabhalarini demokratlashtirishga qobil bo‘lgan fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi islohotlarning yangi bosqichi boshlandi.

Shunisi diqqatga sazovorki, Milliy mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi davlat va jamiyat qurish masalasida rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tarixiy tajribasini chuqur o‘rganish natijasida fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi «O‘zbek modeli»ning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Uning nazariy qarashlari «Kuchli davlatdan  kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyilda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish amaliyotida o‘z ifodasini topib bormoqda. Bu sohani rivojlantirish maqsadlarida qonunchilikni isloh etish, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratadigan huquqiy asoslar yaratishga muhim ahamiyat berila boshlandi.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlatning bosh islohotchilik o‘rni. birinchidan, mamlakatda huquqiy davlat qurish demakdir. Chunki, faqat huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyati qurish uchun shartsharoitlar yaratiladi. O‘z o‘rnida, huquqiy davlat ham o‘z shakllanish jarayonida fuqarolik jamiyati sari rivojlanish natijalaridan oziqlanadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati – bu bir medalning ikki tomonidir: bu ikki tomon bir butunlikni tashkil etadi. Ikkinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining shakllanishi va yashashi uchun huquqiy asoslarning yaratib berilishidir. Uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanib, bo‘y cho‘zishi uchun davlat tomonidan ularni ijtimoiyiqtisodiy jihatlardan muhofaza qilish demakdir; To‘rtinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu fuqarolik jamiyatining shaklanishi va rivojlanishi uchun davlat tomonidan ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishidir. Chunki, fuqarolik jamiyati faqat va faqat ijtimoiy barqaror muhitdagina shakllanadi yoki rivojlanadi; Beshinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi  o‘rta sinfni shakllantirish siyosatini olib borishdir. Chunki, fuqarolik jamiyati g‘oyasi, uni shakllantirish o‘rta sinf tashabbusi bilan boshlangan edi. Qolaversa, o‘rta sinf jamiyatda ko‘payib borishiga mutanosib ravishda fuqarolik jamiyatining institutlari rivojlanib boradi.

Albatta, O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchiligi natijasi o‘laroq nafaqat fuqarolik jamiyati, balki huquqiy davlat ham shakllanadi. Huquqiy davlat unsurlari paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalari shakllana boshlaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini yaxshi idrok etish uchun “huquqiy davlat” tushunchasini bilishga ehtiyoj tug‘iladi.

O‘zbekistonda ham Milliy mustaqillikning ilk davridan boshlab ijtimoiy huquqiy davlat qurish asosiy strategik maqsad darajasiga ko‘tarildi. Birinchi Prezident I.A.Karimov o‘tgan asrning 90yillari boshidayoq quyidagi vazifalarni belgilagan edi: «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti O‘zbekistonning davlat suverenitetining iqtisodiy asosi sifatida olingan, u respublika ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi bosqichiga hamda o‘ziga xos sharoitlariga eng ko‘p darajada muvofiq keladi»[7].

Mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy  ijtimoiy islohotlarning bosqichmabosqich rivojlanib borishining asosiy sabablaridan biri ham kuchli ijtimoiy siyosatni qo‘llashga muhim ahamiyat berilganligidir. Shu tufayli ham jamiyatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanib, davlatning islohotlarni izchillik bilan o‘tkazishi uchun shartsharoitlar tug‘ildi. Keyingi davrlarda MDH davlatlari rahbarlarining ko‘pchiligi O‘zbekistonning bu sohadagi tajribasidan keng foydalana boshladi.

O‘zbekistonda Milliy mustaqillik davriga kelib milliy an’analar hamda demokratik qadriyatlarga asoslangan yangi tipdagi davlat hokimiyatini shakllantirish imkoniyatlari tug‘ildi. Yangi o‘zbek milliy davlatchiligi sohasidagi islohotlar Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning besh tamoyili asosida amalga oshirildi. Davlat hokimiyatini yangidan shakllantirish uchun, avvalo, yetuk va rivojlangan davlatlardagi siyosiy tizimning tuzilishi va amal qilish prinsiplarini shakllanish tajribasi va tarixiy milliy an’analar asos qilib olindi. Respublikada Milliy mustaqillik asoslarini yaratishga doir islohotlar jahondagi ilg‘or rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o‘zbek xalqi mentalitetiga xos bo‘lgan an’analarni uyg‘unlashtirish asosida kecha boshladi. Mamlakatda davlatning bosh islohotchi sifatida yangi jamiyat qurishning milliy va demokratik qadriyatlarga doir huquqiy asoslarining yaratish sohasidagi faoliyati muhim strategik maqsadga  fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratildi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakkahokim mafkura zulmi ostida yashadi. Totalitar tuzum O‘zbekistonda bir necha ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan milliy qadriyatlar va milliy madaniy merosni butunlay inkor etib keldi. Sotsializm davrida fuqarolik jamiyatining oddiy bir unsurlari ham shakllanmadi. Jamiyatni partiya va davlat o‘z ichiga «yutib» yuborgan edi. Totalitar tuzumdan qolgan mutelik ruhiyati mustaqillik davrida ham doimo o‘zini namoyon qilib keldi.



Milliy mustaqillikning dastlabki davridan boshlab O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishining huquqiy asoslarini yaratishga kirishildi. Sobiq ittifoq davrida partiya tevaragida faoliyat yuritgan jamoat birlashmalari, ijodiy uyushmalar, turli jamg‘armalar mafkuraviy mazmunlardan xalos etildi, ularning aksariyat qismi qaytadan tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun butunlay yangi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik tizimining hamda turli ijtimoiysiyosiy va milliy nodavlat notijorat tashkilotlarning shakllanish davri boshlandi.
Download 20.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling