О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida


Download 327.78 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi327.78 Kb.
#1192539

О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.


O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI - IKKI TARIXIY DAVRGA BO‘LINADI:
MILLIY TIKLANISH — 1991-2016 yillarni o‘z ichiga oladi.
MILLIY YUKSALISH - YANGI O‘ZBEKISTON DAVR - 2017-2022 yillarni o‘z ichiga oladi.
YANGI DAVR
Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. Ana shu muloqotni amalda yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta'minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi. Ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi.Shu ma’noda mustaqil Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor.
2016-yil 24-sentabrda O‘zbekiston hukumati portalida Bosh vazirning virtual qabulxonasi pm.gov.uz (2017-yil yanvar oyidan Prezident virtual qabulxonasi) ochilishi murojaatlar bilan ishlash tizimini bugungi shiddatli XXI asr talablariga mos holda takomillashtirish imkonini berdi. Hukumat rahbari bilan oddiy odamlar o‘rtasida hech qanday vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Shu bois ham mazkur virtual qabulxona ishga tushgan kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar kelib tushdi.
Virtual qabulxona ochilgunga qadar ham mamlakatimizda davlat organlarining «Ishonch telefoni», Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mavjud edi. Bu sohada maxsus “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Lekin, ming afsuski, bu qonun amalda to‘la ishlamaganini, uning ijrosini nazorat qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilganini, aniqrog‘i, bu masalaga ikkinchi darajali bir ish sifatida qaralganini bugun ochiq tan olishga majburmiz.
Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi.Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili, bugungi kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi..
Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan:
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (Moviy havorang – osmon va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi);
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish (Siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi);
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (Tillarang – iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi);
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (Qizil rang – hayot va aholining munosib turmush tarzini ta’minlash ramzi);
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat (Oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan tinchlik va sofl ik ramzi).
VAZIFALARI:
Jahondagi ilg’or, taraqqiyparvar demokratik davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida xalqimizda yangicha ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash madaniyatini shakllantirish;
Taraqqiyotning umume’tirof etilgan tamoyillariga asoslangan yo’llarni to’g’ri belgilab olishga ko’maklashish, yo’l qo’yilgan xatolarni takrorlamaslik, ulardan zarur xulosa va saboqlar chiqarish;
Taraqqiyotga, millat kelajagiga xavf soluvchi asosiy omillarni oldindan ko’ra bilish va ularni o’z vaqtida bartaraf etish;
Qo’shni va dunyo xalqlari bilan hаmjihatlikda, tinch-totuv yashash tamoyillarini shakllantirish.
O’zbekistonning eng yangi tarixi
giz uchun rahmat
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 327.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling