O’zbekiston respublikasi ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti ‘‘Pedagogika va psixologia ’’ yo’nalishi mustaqil ish mavzu: Zamonaviy pedagogikada pedagoglik kasbi va unga qo'yilgan talablar


Download 110.09 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2023
Hajmi110.09 Kb.
#1660938
  1   2
Bog'liq
Tabiddinova Mohinur

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY VA SIYOSIY FANLAR INSTITUTI ‘‘Pedagogika va psixologia ’’ yo’nalishi MUSTAQIL ISH Mavzu:Zamonaviy pedagogikada pedagoglik kasbi va unga qo'yilgan talablar

Bajardi : Tabiddinova Mohinur Tekshirdi: Salayeva Laylo

REJA:

  • Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalari xodimlarining ijtimoiy himoyalanishi.
  • Pedagoglik kasbi, uning paydo bo’lishi va ravnaq topishi.
  • O’qituvchi shaxsining insonparvarligi.
  • O’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o’rni.
  • Inson sha’ni, avvalo, o’zini himoya qilish, o’z qadrini bilishdan boshlanadi. SHu ma’noda, xalqning o’zini qadrlay bilishi g’oyat muhimdir. CHunki “ o’zini qadrlaydigan xalq hech qachon taqdirini birovga bog’lab qo’ymaydi “. O’zini bilgan odam Vataniga xiyonat qilmaydi. Uning qalbida el – yurtiga xiyonat qiluvchi oriyatsiz kimsalarga nisbatan cheksiz nafrat yashaydi. “ Odamlarimiz, jamiyatimiz mafkurasida Vatan, yurt g’oyasi ustuvor bo’lmog’i kerak, - deb yozadi Islom Karimov, - Milliy g’urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori bo’lmog’i kerak. Bu muqaddas g’oyalar, millati va e’tiqodidan qat’i nazar, shu yurtda, shu zaminda yashayotgan har bir inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog’i, har birimiz uchun eng katta tayanchga, eng katta ishonchga, boringki, haqiqiy iymonga aylanishi kerak ”.

O’zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o’rtasida o’zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla – kuyning farovonligini ta’minlashdan iboratdir.

  •  Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu – umidlari maqsad va intilishlari o’z aksini topadi. Prezident Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt – saodati uchun doimo ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyillikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”.
  • Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning faoliyati mohir tashkilotchilik, teran bilimlilik bilangina emas, balki ularning axloqi va odobi bilan ham yuksak ma’no – mazmun kasb etgan. Odoblilik boshqalarnigina emas, o’zini ham hurmat qilish deganidir. Ayniqsa, bizning milliy an’analarimizga ko’ra, insonning komilligi, avvalo, uning axloqiy yetukligida, ajdodlar merosini chuqur o’rganib, uni boyitish, katta – kichikka ehtirom ko’rsatish borasidagi harakatlarida ko’zga ko’rinadi. Komillik darajasini har kim o’zicha belgilay olmaydi. Komillik har bir shaxsning o’zidan ko’ra boshqalarga yaxshiroq ma’lum bo’ladi. Komil inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bo’lgan inson. CHunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u xech narsaga erishmagan bo’ladi. Komil inson o’z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g’oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan ko’r – ko’rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol bo’ladi.
  • Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog’liqdir.
  • Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tarbiyaning vujudga kelishi uchun asosiy shart bo’ldi. Inson mehnat qurollari tayyorlay boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo’ldi. Eng oddiy mehnat qurollarini qo’llash va ularni ongli ravishda tayyorlashning toboro kengayib va murakkablashib borishi yosh avlodga mehnat bilimlarini, ko’nikma va tajribalarini berish zaruratini tug’dirdi.
  • Dastlab bu hol mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot quynida ro’y berar edi. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi.

Download 110.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling