O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiyaviy sudi va ularning vakolatlari Reja


Download 28.76 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1491104
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiyaviy sudi va ularning vakolatlari


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiyaviy sudi va ularning vakolatlari
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va uning tizimi.
2. O’zbekiston Respublikasida odil sudlovning Konstitutsiyaviy prinsiplari.
3. Sudlarning konstitutsiyaviy –huquqiy maqomi.
4. Sud – huquqiy islohoti.

Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida mustaqil shoxobchalaridan biri bo’lib, jamiyat xayotida odil sudlovni amalga oshirishga safarlar etilgan. Odil sudlov o’z mohiyatiga ko’ra, davlat faoliyati hisoblanadi, bunda vakolatli sud muassasasi huquq normalari talablarini buzish oqibatida kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, hal qiladi.


Sud hokimiyati – bu sudlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so’zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo’jalik ishlarini va ma`muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rish bo’yicha vakolatidir. O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati davlat hokimiyatining bir tarmog’i sifatida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir davlat funksiyasini bajaradi. O’zbekiston Respublikasi sud tizimi oldida g’oyat katta ahamiyatga ega vazifa-davlat organlarini inson huquqlarini hurmat qilishga majbur etish, mavhum huquqiy me`yorlarni real huquq va majburiyatlarga aylantirish, davlatning inson oldidagi o’z vazifalarini bajarishini ta`minlash vazifasi turadi.
Sud hokimiyatini amalga oshirish tartib-qoidalarining bir necha ko’rinishlari qaror topganki, ularga sud ishlarini yuritishning Konstitutsiyaviy, fuqarolik, xo’jalik, jinoiy va ma`muriy turlari kiradi.
Sud tizimining huquqiy negizi Konstitutsiyaning 107-moddasida berilgan. Unga muvofiq respublikada Konstitutsiyaviy sud, xo’jalik sudlari va umumiy yurisdiksiya sudlari amal qiladi. Mamlakatda qandaydir favqulodda sudlar tuzilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Konstitutsiyaviy me`yorlar sudlar tizimini umuman belgilaydi. Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatish tartibi alohida qonun bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda sud hokimiyatining Konstitutsiyaviy huquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining «Sudlar to’g’risida»gi (yangi tahrirdagi 2000 yil 14 dekabr`) qonuni bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaning 106-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Konstitutsiyaning 107-moddasi «Sudlar to’g’risida»gi qonunning 1-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi sud muassasalari besh yil muddatga saylanadi.
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati tizimi quyidagi sudlardan tashkil topgan:
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
2. O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi;
3. O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudi;
4. Qoraqalpog’iston Republikasining fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;
5. Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman, (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudlari;
6. Harbiy sudlar;
7. Qoraqalpog’iston Respublikasining xo’jalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xo’jalik sudlari.
O’zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.
Qonun sudlarini tashkil etish, ularni saylash va tayinlash tartibini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining tarkibi Oliy Majlisga saylov o’tganidan so’ng shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudining sud`yalari O’zbekston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi va xo’jalik sudining sud`yalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan, Qoraqalpog’iston Respublikasining Jo’qorg’i Kengesi tomonidan saylanadi.
Viloyat sudyalari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sud`yalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha Oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan; xo’jalik sudlari sud`yalari esa O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlarning sud`yalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sud`yalarini tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha Oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Sud`yalar Konstitutsiya va qonunga muvofiq, odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir. Sud`yalikka nomzodlarga muayyan talablar qo’yiladi.
Yigirma besh yoshdan kichik bo’lmagan, oliy yuridik ma`lumotga, yuridik ixtisos bo’yicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega bo’lgan hamda malaka imtihonini topshirgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi tumanlararo, tuman (shahar) sudi, xo’jalik sudi sud`yasi bo’lishi mumkin.
Oliy yuridik ma`lumotga hamda yuridik ixtisoslik bo’yicha kamida besh yillik, shu jumladan, sud`ya bo’lib, kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo’lgan va malaka imtihonini topshirgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, O’zbekiston Respublikasining harbiy sudi sud`yasi bo’lishi mumkin. Oliy yuridik ma`lumotga hamda yuridik ixtisos bo’yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoidaga ko’ra, sud`ya bo’lib, kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo’lgan va malaka imtihonini topshirgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi sud`yasi bo’lishi mumkin.
Haqiqiy harbiy xizmatni o’tayotgan, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonga ega bo’lgan va ushbu moddadagi talablarga javob beradigan O’zbekiston Respubliksining fuqarosi, harbiy sud sud`yasi bo’lishi mumkin. Harbiy sudlar sud`yalariga “ Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, harbiy ustavlar, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan, shuningdek, ushbu qonunda nazarda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoyalash choralari tatbiq qilinadi.
Ilk bor sud`yalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs qasamiyod qilganidan keyin o’z vazifasini bajarishga kirishadi.
Sud`yalar O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i oldida, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat bayrog’i oldida ham tantanali vaziyatda qasamiyod qiladilar.
Sud`yalar quyidagi tartibda qasamiyod qiladilar:
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sud`yalari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar sud`yalari – O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi majlisida;
Xo’jalik sudlari sud`yalari – O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi plenumi majlisida;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sud`yalari – Qoraqalpog’iston Respublikasining tegishli Oliy sudi rayosati majlisida.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 108- va 109- moddalarida O’zbekiston Konstitutsiyaviy sudining huquqiy holati mustahkamlangan. Unga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi.
Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan – Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o’rinbosari va sud`yalardan, shu jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasining vakilidan iborat tarkibda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a`zolari deputat bo’lolmaydilar.
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a`zolari siyosiy partiyalar va harakatlarning a`zosi bo’lishlari va boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sud sud`yalari o’z faoliyatlarida mustaqildirlar va faqat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo’ysunadilar.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi:
1. Qonunlarning va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan boshqa hujjatlarning, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburiyatlarining O’zbekiston Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
2. Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi;
3. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi;
4. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko’rib chiqadi.
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e`lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat`iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sud Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Konstitutsiyaviy sud sud`yalari Oliy Majlis roziligisiz, sessiyalar o’rtasida ega, Oliy Majlis Kengashi ijozatisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tartibida ma`muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Konstitutsiyaviy sud sud`yalariga nisbatan faqat Bosh prokuror jinoyat ishi qo’zgata oladi. Konstitutsiyaviy sud sud`yalarini majburan keltirishga, ushlab turishga, shuningdek shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joy va xizmat joyini ko’zdan kechirishga yo’l qo’yilmaydi.
Umumiy yurisdiksiya sudlari fuqarolik, jinoyat va ma`muriy ishlarni ko’radi.
«Sudlar to’g’risida»gi qonunda umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi aniq belgilab qo’yilgan. Qonunning 1-moddasiga muvofiq mazkur tizim tarkibiga O’zbekiston Respublkasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar kiradi.
Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimida tumanlararo, tuman (shahar) sudlari asosiy bo’g’in hisoblanadi, chunki aynan ular ko’pgina fuqarolik va jinoyat ishlarini, shuningdek, ma`muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’radilar.
Protsessual qonunlarga muvofiq fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudlari faqat birinchi isntansiya sudi sifatida ish yuritish funksiyasiga egadirlar. Deyarli barcha sudlar o’z vakolatlari doirasida fuqarolik va jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudi sifatida ko’rib chiqishi mumkin.
«Sudlar to’g’risida»gi Qonunning 36-moddasida fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudi tarkibi belgilab qo’yilgan.
Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi sud raisi va sud`yalardan tarkib topadi.
Jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudi tarkibida sud raisi va sud`yalardan tashqari xalq maslahatchilari ham bo’ladi.
Barcha fuqarolik ishlari, shuningdek, jinoiy ishlar, qonun bo’yicha besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi ko’zda tutilgan jinoyat ishlarini birinchi instansiyada sud`yaning yakka o’zi ko’radi. Qolgan jinoyat ishlari sud`ya va ikkita xalq maslahatchisi ishtirokida ko’riladi.
Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimida o’rta bo’g’inni Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi tashkil etadi.
Jinoyat ishlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais o’rinbosari, sud`yalar, xalq maslahatchilaridan iborat va sud rayosati hamda sudlov hay`atlari tarkibida faoliyat ko’rsatadi.  
Fuqarolik ishlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais,rais o’rinbosari va sud`yalardan iborat bo’lib, sud riyosati va sudlov hay`ati tarkibida faoliyat ko’rsatadi.
Konstitutciyaga muvofiq, O’zbekiston Respubikasi Oliy sudi umumiy yuridiksiya sudlariga taalluqli bo’lgan fuqarolik va ma`muriy ishlar bo’yicha oliy sud organi hisoblanadi hamda qonunda ko’zda tutilgan protsessual shakllarda sud faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va amaliyot masalalari bo’yicha tushuntirish beradi. Oliy sud quyi instansiyadagi barcha sudlar chiqargan hukmlar va boshqa sud qarorlarining qonuniyligi va asoslanganligini tekshirishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, umumiy yurisdiksiya sudlari ko’rgan muayyan sud ishlari bo’yicha Oliy sud oxirgi xulosani beradi.
Oliy sud Plenumi, Rayosat, Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay`ati, Jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay`ati, harbiy hay`atdan iborat tarkibda ish yuritadi.
Oliy sud raisi, rais o’rinbosarlari, sud`yalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
Oliy sud Plenumi tarkibiga qonunga muvofiq Oliy sud sud`yalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudlari raislari kiradi. Plenum majlislarida bosh prokror ishtirok etadi. Unda Adliya vaziri, Konstitutsiyaviy sud raisi, maslahat kengashi a`zolari ishtirok etish huquqiga ega.
Oliy sud Plenumi har to’rt oyda kamida bir marta chaqiriladi va plenum a`zolaridan kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Oliy sud faoliyatida uning Rayosati muhim o’rin tutadi. Oily sud Rayosati Oliy sud Plenumi belgilab bergan miqdorda Oliy sud sud`yalaridan tarkib topadi. Oliy sud Raisi, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari egallagan lavozimiga ko’ra Rayosat tarkibiga kiradi. Rayosat majlisi har oyda kamida bir marta o’tkaziladi va Rayosat a`zolarining ko’pchiligi qatnashganda vakolati hisoblanadi.
Oliy sud Rayosati o’z vakolati doirasida quyi sudlar faoliyati ustidan sud nazoratini olib boradi.
Bundan tashqari, u sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko’rib chiqadi, Qoraqalpog’iston Oliy sudlari, viloyat va Toshkent shahar sudlari, O’zbekiston harbiy sudi raislarining mazkur sudlar faoliyati to’g’risidagi, qonunlarni qo’llash amaliyoti to’g’risidagi ma’ruzalarini eshitadi va boshqa masalalarni ko’rib chiqadi.
Sud faoliyatining asosiy qismi sudlov hay`atlari zimmasiga tushadi. Bu bo’linmaning tarkibini raisning tavsiyaiga ko’ra sud a`zolari orasida Oliy sud Plenumi belgilaydi.
Sudlov hay`atlari ishiga bevosita ularning raislari rahbarlik qiladi.O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay`atlari ishlari birinchi instansiyada, appelyatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida ko’radi, sud amaliyotini o’rganadi va umumlashtiradi, qonunchilikni takominlashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi, sud statistikasini tahlil etadi va boshqalar.
Harbiy sudlar «Sudlar to’g’risida»gi qonunga muvofiq umumiy yurisdiksiya sudlari tizimiga kiritilgan.Ularning zimmasiga odil sudlovni amalga oshirish, harbiy xizmatchilar huquqi va erkinliklarini buzadigan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxs hatti-harakatining qonuniyligini tekshirish, hukmlarni, boshqa sud qarorlari ijrosini ta`minlash, sudlar korpusini (harbiy sudlarni) shakillantirishda ishtirok etish yuklatilgan.
Respublika Qurolli Kuchlarida qonuniylik va huquqiy tartibotni ta`minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi «Harbiy tribunallar va harbiy prokuratura organlari to’g’risida» gi farmoni bilan mamlakatimiz hududida joylashgan harbiy tribunallar sud tizimiga kiritildi va O’zbekiston Respublikasi nomidan odil sudlovni amalga oshira boshladi. Shu Farmon bilan Turkiston harbiy okrugi harbiy tribunali o’rnida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy sudi tashkil etildi. 1992 yil 3 iyulda O’zbekiston Oliy sudi tarkibida Harbiy hay`at tashkil etildi.
Harbiy sudlar tizimi «Sudlar to’g’risida»gi Qonunda belilab berilgan va qonuning 39- moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudlari tizimi,O’zbekiston Respublikasi Harbiy hay`ati, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi,okrug va hududiy harbiy sudlaridan iborat.
Harbiy sudlar tizimida asosiy bo’gin okrug va hududiy sudlar hisoblanadi.
Viloyat sudi huquqi doirasida ish olib boradigan O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi Harbiy sudlar tizimida o’rta bo’g’in xisoblanadi.
Harbiy sudlarga nisbatan eng yuqori sud instansiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi bo’lib, uning tarkibiga Harbiy hay`at kiradi.
Harbiy sudlar O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo’mitaning, Milliy xavfsizlik xizmatining,favqulodda vaziyatlar vazirligining, ichki ishlar vazirligi qushinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa Harbiy tuzilmalarning, shuningdek o’quv yig’inlarida bo’lgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar va xizmatchilar tomonidan sodir etigan jinoyat to’g’risidagi ishlarni;
Harbiy qi0mslar, qo’shilmalar va bo’linmalar, harbiy boshqaruv organlarining qo’mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarni da`volari bo’yicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi hatti-harakatlari ustidan shikoyatlarni;
Alohida holatlarga ko’ra umumiy yuridiksiya sudlari faoliyati ko’rsatmayotgan joylarda hamma fuqarolik va jinoyat ishlarini;
Davlat sirlariga taalluqli ishlarni ko’radi.
Konstitutciyaning 111-moddasiga muvofiq mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar,muassasalar, tashkilotlar o’rtasida iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo’jalik nizolarini xo’jalik sudlari hal etadi.
Umumiy yuridiksiya sudlari tizimidan farqli ravishda xo’jalik sudlari tizimi ikki bo’g;indan iborat.Uning tuman (shahar) bo’g’ini yo’q bo’lib, asosiy bo’g’in viloyat xo’jalik sudlari va unga tenglashtirilgan sudlar hisoblanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo’jalik sudlari rais, rais o’rinbosarlari va sud`yalardan tarkib topadi.
Birinchi instansiya bo’yicha xo’jalik sudlarida ishlarni sud`yaning yakka o’zi ko’radi.Sud raisining qaroriga ko’ra har qanday ish uning murakkablik darajasidan kelib chiqib kollegial tarzda ko’rilishi mumkin.
Xo’jalik sudining ishlarini yuritish bo’yicha sud hokimiyatining oliy organi O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik sudi hisoblanadi.U Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xo’jalik sudlari sudlari faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Oliy xo’jalik sudi raisi,uning birinchi urinbosari, sudlov xay`atlarining raislari, Oliy xo’jalik sudi, sud`yalaridan iborat bulib,O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik sudi Plenumi,Oliy xo’jalik sudi Riyosati, Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chikadigan nizolarni xal etish bo’yicha sudlov xay`ati, tarkibida ish olib boradi. Oliy xo’jalik sudi Plenumi Oliy xo’jalik sudi sud`yalari va Qoraqalpog’iston xo’jalik sudi sud`yalari va Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi.
Oliy xo’jalik sudi Plenumi majlislarida O’zbekiston Respublikasi bosh Prokrori ishtirok etadi. Oliy xo’jalik sudi Plenumi majlisda Konstitutciyaviy sud raisi, Oliy sud raisi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri, sud`yalar, Oliy sudi xo’zuridagi ilmiy masalaxat kengash a`zolari katnashishi mumkin.
Oliy xo’jalik sudi Plenumi bir yilda kamida ikki marta chakiriladi. Muxokama kilinadigan masalalarga oid xujjatlar loyixalari oliy xo’jalik sudi Plenumining a`zlariga, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokroriga majlisdan yigirma kun ilgari yuritiladi.
Oliy xo’jalik sudi Plenumi a`zolarining kamida uchdan ikki kismi katanashgan takdirda Plenum vakolatli xisoblanadi.
Oliy xo’jalik sudi Plenumi:
-sud amaliyotini umumilashtirish materiallarini kurib chikadi va qonun xujjatlarini kullash masalaalri bo’yicha tushuntirishlar beradi.
-Oliy xo’jalik sudi raisining tavsiyasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Rayosatining tarkibini, sudlov xay`atlarning tarkibini va raislarini, shuningdek Oliy xo’jalik sudi Plenumini kotibini tasdiklaydi.
Oliy xo’jalik sudi Rayosatining ishi to’g’risidagi axborotni, shuningdek Oliy xo’jalik sudi sudlovxay`atlarining faoliyati xakidagi ma’ruzalarni tinglaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo’jalik sudlari raislarining qonun xujjatlarini kullash amaliyoti to’g’risidagi, shuningdek Oliy xo’jalik sudiPlenumining qonun xujjatlarini kullash masalalari bo’yicha tushuntirishlarini bajarish to’g’risidagi ma’ruzalarni tinglaydi:
-Oliy xo’jalik sudi raisining tavsiyasiga binoan Oliy xo’jalik sudi xo’zuridagi ilmiy-maslaxat tarkibini tasdiklaydi;
-Oliy xo’jalik sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiklaydi va qonunga muvofik boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
-Oliy xo’jalik sudi Rayosati Oliy xo’jalik sudi sud`yalaridan Oliy xo’jalik sudi Plenumi belgalaydigan mikdorda to’ziladi. Oiy xo’jalik sudi raisi, uning brinchi urinbosari va urinbosarlari Oliy xo’jalik sudi Rayosatining tarkibiga lavozimi bo’yicha kiradilar.
Oiy xo’jalik sudining Rayosatining majlislari xar oyda kamida bir marta utkaziladi va Oliy xo’jalik sudi Rayosati a`zolrining kupchiligi katnashgan takdirda vakolatli xisoblanadi.
Oliy xo’jalik sudi Rayosati:
-ishlarni nazorat tartibida kuradi.
-sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini kurib chikadi;
-Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo’jalik sudlari raislarining qonunlarini kullash amaliyoti to’g’risidagi ma’ruzalarni tinglaydi;
-Xo’jalik sudlari, Oliy xo’jalik sudining sudlov xay`atlari va apparati ishni tashkil etish masalalari va xokozolarni kurib chikadi.
O’zbekiston Respublikasi odil sudloni amalga oshirish huquqiy davlatning moxiyati va vazifalarni ifodalovchidemokratik prinsiplarga tayanadi.
Kuydagi prinsiplar Konstitutsiya va qonunlar mustaxkamlangan:
1.Odil sudlarning faqat sud tomonidan amalga oshirish. Buning ma`nosi shuki, suddan boshqa xech kaysi davlat organi fuqarolik, jinoiy va boshqa ishlarni kurish va xal qilish huquqiga ega emas.
Odil sudlovni faqat sud tomonidan amalga oshirish prinsipi fuqarolarning va tashkilotlarning huquqlari va qonuni manfaatlarning ximoya qilishning muxim kafolatidir. Bu prinsip sud hokimiyati faoliyati va chegaralarining Konstitutsiyada belgilanganligida, ya`ni Konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma`muriy va jinoyat ishlarini amalga oshirish orqali ruyobga chikarilishidagi, shuningdek, sud tizimi normalarining qonuniy mustaxkamlanganligida o’z ifodasini topadi.
Konstitutsiyaning 107-moddasida favkulodda sudlar to’zishga yo’l kuyilmaydi, deb aloxida ta`kidlashda xam yukoridagi prinsipning amal qilishga katiy kafolat yaratilganligini kurish mumkin.
2.Sud hokimiyatining va sud`yalarining mustaqilligi, Konstitutciyaning 122- moddasi va «sudlar tugrisi»gi qonunning 4- moddasiga binoan , sud`yalar mustaqildirlar ular faqat qonunga buysinadilar.Sud`yalarning odl sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini birdan-bir tarzda almashishiga yo’l kuyilmaydi va bunday almashish qonunga muvofik javobgarlikka sabab buladi.Sud`yalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi. Sud hokimiyati qonun chikaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan siyosiy partiyalardan, boshqa birlashmalaridan mustaqil xolda ish yuritadi.
Sud`yalarning mustaqilligi, shuningdek, ulaning biron-bir partiyaga mansub bulmasligi bilan xam ta`minlanadi. Konstitutsiyaga muvofik, sud`yalar shu jumladan, tuman sud`yalari siyosiy partiyalar va xarakatlarning a`zosi bulishlari va boshqa xak tulanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.
Sud`yalarning mustaqilligi - sud hokimiyati tuliksiz erki ruyobga chikish va obru bilan xarakatlanishning muxim shartidir. U kanchalik mustaqil bulsa, qonun asosida faoliyat yuritsa odil sudlovni amalga oshirish,inson huquqlari va manfaalarini muxofaza qilish shunchalik samarali buladi.
Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar va boshqa tashkilotlar, mansabdao shaxslar, fuqarolar sud`yalarni xurmat qilishi va ularning mustaqilligiga roiya etishi shart.
Sud`yaga nisbatan xurmatsizlik qilish, shuningdek, uni ochikdan-ochik mensimaslikdan dalolat beruvchi xatti-xarakatlar qilish qonunga binoan javobgarlikka saba buladi.
Sud`yalarning odil sudloviniamalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishiga yo’l kuyilmaydi.Muayyan ishni xar tamonlama, tula va xolisona kurishga tuskinlik qilish gayriqonuniy sud qarori chikarilishiga erishish maksadida sud`yalar kanday bulmasin, biron-bir tarzda ta`sir etish qonunga muvofik, jinoyi javobgarlikka sabab buladi.
Sud`yadan kurilgan yoki ish yurituvchi ishlar moxiyati bo’yicha biron-bir tushuntirishlar berishni, shuningdek, qonun xujjatlari nazarda tutilgan.xollarda va tartibdan tashkari, kimga bulmasin, tanishib chikish uchun ishlarni takdim etishni talab etish takiklanadi.
Ommaviy axbarot vositalari o’z xabarlarida muayyan ish yo’zasidan sud muxokamasi natijalarini oldindan o’zicha xal kilib kuyishga yoki sudga boshqa tarzda ta`sir etishga xakli emas.
3.Sud ishlarining oshkoraligi:
Xamma sudlarda ishlar ochik kuriladi.Ishlarni yopik majlisda tinglashda qonunda belgilangan xoldagina yo’l kuyiladi.
Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling