O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi va tuzilishi va vakolatlari. Reja
Download 19.53 Kb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi va tuzilishi va vakolatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari, tarkibi
- 2.O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Rayosatining vakolatlari
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi va tuzilishi va vakolatlari. Reja: 1.O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari, tarkibi. 2.O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Rayosatining vakolatlari. 3. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlarining vakolatlari. 1. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari, tarkibi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatinig oliy organidir. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko`radi. U o`zi birinchi instansiya sifatida ko`rgan ishlarni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish ) huquqiga ega bo`lgan shaxslarning xohishiga ko`ra apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko`rish mumkin. Apellatsiya tartibida ko`rilgan ish kassatsiya tartibida ko`rilmasligi kerak. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishini quyidagicha nazorat qiladi: O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o`rinbosari va o`rinbosarlari, sudlov hay'atlari raislari, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan iborat bo`lib, quyidagi tarkibda ish olib boradi: O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi; O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati; Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov hay'ati; Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay'ati; Harbiy hay'at. 2.O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Rayosatining vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi eng yuqori sudlov instansiyasi bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori,O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy xo`jalik sudi raisi, adliya vaziri, sudyalar, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a'zolari ishtirok etishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi to`rt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihalari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining a'zolariga, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum a'zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo`lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Download 19.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling