O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1412981
  1   2   3   4
Bog'liq
2 - Амалий машғулот


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYaLAR VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


PEDAGOGIKA VA SAN’AT FAKULTETI

TEXNOLOGIK TA’LIM” KAFEDRASI





MATERIALShUNOSLIK’’


fanidan
Amaliy mashg‘ulot uchun
tarqatma ma’lumot


Termiz 2023y.


2 AMALIY MAShG‘ULOT


METALL VA QOTIShMALARNING MIKRO STUKTURASINI O‘RGANISh


Ishdan maqsad. Metall va uning qotishmalarining siniq yuzasining xarakteriga qarab makrostrukturalarini ko‘z bilan, zarur bo‘lsa lupa yordamida 20...30 marta kattalashtirib kuzatish natijasida namuna yoki detalning puxtaligiga putur yetkazuvchi nuqsonlar (g‘ovaklik, darz, shlak qo‘shimchalar, tarkib notekisligi) va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish.
Umumiy ma’lumot. Mashina detallari va turli konstruksiya elementlari konstruksion materiallardan turli texnologik usullar bilan olinadi. Ayrim texnologik sabablarga ko‘ra ularning ishlatilish ko‘rsatkichlariga putur yetkazuvchi nuqsonlar bo‘lishi mumkin. Shu sababli ularning sifatini kuzatish maqsadida oddiy makroanaliz deb ataluvchi usuldan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Talabalar tajriba ishida o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan masalalarni: 1) siniq yuzasini, 2) makro tuzilishini kuzatib o‘rganadilar.
1 . Siniq yuzasini kuzatish. Buning uchun kuzatiladigan metalldan namunalar tayyorlab, ularni mayatnikli kopyorda yoki bolg‘a ila urib sindirib, siniq yuza donadorligi, nuqsonlar bo‘lsa xili, hajmi va xarakteriga ko‘ra metallning xossasi aniqlanadi. Aytaylik, yuza xira tusli tolali bo‘lsa, bunday yuzalar qovushoq metallarga taalluqli bo‘ladi, chunki deformatsiyalangani uchun donalar shakli va o‘lchamini aniqlab bo‘lmaydi. Agar yuza yaltiroq tusli, yirik donali bo‘lsa, bunda ular kristallik mo‘rt metallarga taaluqli bo‘ladi. Bu xil metallarda sinish donalar bo‘yicha yoki donalararo yuz berishi mumkin. Shuni ham qayd etish lozimki, metallarga yuk qo‘yish xarakteriga va harorat sharoitiga ko‘ra qovushoq metallning mo‘rt sinishi va aksincha, mo‘rt metallning qovushqoq sinishi yuz berishi ham mumkin. Uglerodli po‘latlardan farqli o‘laroq legirlangan po‘latlarda flokenlar deb ataluvchi nuqsonlar, shuningdek, shifer tarzidagi nuqsonli sinishlar uchrashi mumkin. Bunga sabab bosim bilan ishlangan legirlangan po‘latlarni 200 - 220°C harorat oraliqlarida tez sovitilganida qattiq eritmada erigan vodorod undan ajralishga ulgirolmaganligi oqibatida bu xil nuqsonlar va sinilmalar uchraydi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling