O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Buxoro davlat universiteti
mustaqil ishi
Mavzu: Narx tushunchasi va uning mohiyati
Iqtisodiyot va turizim fakulteti
“iqtisodiyot“ kafedrasi iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 2-mutaxassislik 3-6 iqt im-20 guruh talabasi
Hojiyev nodirbekning
Global iqtisodiy rivojlanish fanidan tayyorlagan
REJA:
1
- Qiymat va narxning zamonaviy nazariyasi. Ularning mehnat qiymati va naflilik nazariyalaridan farqi
2
3
- Narx turlari va ularning mazmuni
4
5
- Xorijiy davlatlarda narxni tartibga solish tajribalari
6
1. Qiymat va narxning zamonaviy nazariyasi. Ularning mehnat qiymati va naflilik nazariyalaridan farqi
Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi — bu iqtisodiy munosabatlarning muhim tizimchasi va bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan biridir. Narx — bu ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar harakatlarini belgilovchi ko'r-satkichi va bozor iqtisodiyotining asosidir. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda narx va narx belgilash orqali ta'sir ko'rsatadi.
Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi - bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Zamonaviy nazariya - bu mehnatning qiymat nazariyasi va naflilik nazariyalarining o'zaro aloqalari va farqlari nuqtayi nazaridan, ya'ni marjinalistik nazariya tahlillari natijasidir.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat sarflar bilan aniqlanadi degan qarashlari qiymatni tovarning nafliligi belgilaydi, degan marjinal nazariya, naflilik nazariyasining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Ushbu nazariyaning asoschilari avstriya maktabi namoyandalari K.Mengera, E.Bem-Baverka va F.Vizerlar hisoblanishadi. Bu nazariyaga asosan qimmat (qiymat) quyidagilarga bog'liq:
1) iste'molni qondirishning muhimligiga (nallilikka);
2) naflilikni ta'minlanganlik darajasiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |