O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.78 Mb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1210837
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

“FIZIKA-MATEMATIKA” FAKULTETI


“MATEMATIK INJINIRING” KAFEDRASI
“Algoritmik tillar va dasturlash asoslari”
FANIDAN KURS ISHI
Mavzu: “Qidirish algoritmlari va ularning taxlili”
5130300 - “Matematik injiniring (Ishlab chiqarish sohalari bo’yicha)”
Bajardi:1-kurs Boltaboyev Azimboy Quranboy o’gli
Ilmiy rahbari: ____________________________
Topshirgan sanasi:_______________________________
Himoya qilgan sanasi:____________________________
Baho:___
Urganch – 2023
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB.
Dasturlashtilllari…………………………..……………………………. 3
1.1. C# dasturlash tilining afzalliklari …………..…………………….. 6
1.2. Visual Studio 2022 muhitida ishlash …………...............…………8
1.3.Algoritmlar va ularning to’liq tuzilishining bosqichlari va ishlab chiqish uslublari…………………………………………………….
II BOB. Dasturning asosiy qismi
2.1.Qidiruv algoritlari.chiziqli binary qidiruv …………………… …..
XULOSA………………………...……................................... …….…
Foydalanilgan adabiyotlar…………………...........................................
Ilova…………………………………………….....................…….


KIRISH
Dasrurlash tillari Inson kabi kompyuter ham o‘ziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til bo‘lib, u cheklangan lug‘at va qat’iy yozish qoidalaridan iboratdir.Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan “til” dasturlash tili deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs o‘z dasturini bemalol tuza oladi. Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni to‘g‘ridan – to‘g‘ri tushunmaydi.
Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli o‘tkazib beruvchi) tarjimon tili –translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator . Kompilyator dasturlash tilida yozilgan dastur kodini to‘laligicha o‘qib , mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig‘adi. Interoretator dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib , tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi.
Agar xatolik sodir bo‘lsa, o‘sha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda ko‘p bo‘lib, ularning har biridan o‘ziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida ma’lumotlar bilan tanishamiz. C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun mo‘ljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun mo‘ljallangan til. SCRATCH dasturlarni o‘rganish uchun eng qulay vizuallashgan dasturlash tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun mo‘lljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun mo‘lljallangan til. PYTHON turli masalalarni yechish, sun’iy intellekt tizimlari uchun mo‘lljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++ , C#, Pascal , Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega. IDE ( Integrated Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti)- dasturiy ta’minot yaratish uchun dasturiy vositalar majmui. Dasturlash tillari ishlash muhiti va qulayliklari bilan bir-biridan farqlanadi.
Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, C va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, C va Assembler tillari mashina tiliga ancha yaqin tillar bo‘lib, quyi yoki o‘rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101. Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo‘linadi, quyi va yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo‘lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko‘pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo‘lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo’lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi insonga ’’tushunarli” tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko‘pchiligi hozirda deyarli qo‘llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. Quyidagi jadvalda dasturlash tillarining yaratilgan yili va yaratuvchilari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

C# dasturlash tilining afzalliklari


C# (C-Sharp) - .NET Framework platformasi uchun yaratilgan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili bo‘lib, 2000 yilda A. Haylsberg va P. Goldelar tomonidan yaratilgan. C# yaratilishida “har bir mavjud narsa – obekt hisoblanadi” postulatasiga asos qilingan. Bu dasturlash tilini yaratishda A. Haylsberg va P.Goldelar C++ tilidagi kabi imkoniyatlarni va Java dasturlash tilidagi oddiylik va ko‘rinishni birlashtirib yangi dasturlash tili yaratishni maqsad qilganlar va natijada C# dasturlash tili yaratilgan. Bu dasturlash tili o‘zgarmas turg‘un komponentli arxitekturaga va yuqori saviyadagi xavfsizlik kodiga ega. C# dasturlash tilining C++ va Java dasturlash tillari bilan xarakterli o‘xshashlik tomonlarini quyida sanab o‘tamiz:



  • Java dasturlash tili bilan

    • obyektga yo‘naltirilganlik (vorislilik)

    • interfeysi - xatoliklarni bartaraf qilish

    • ko‘p oqimlilik (funksiyalilik)

    • nomlar - turlar turg‘unligi

    • ko‘p masalalik

    • havfsizlik kodiga tegishli suzuvchi nuqtaning arifmetik amallari dastur kodini dinamik tiklash С++ dasturlash tili bilan o‘xshash tomonlari:

    • ko‘p operatorlilik

    • havfsizlik kodiga tegishli suzuvchi nuqtaning arifmetik amallari dastur kodini dinamik tiklash

    • soddalilik

    • ko‘p komponentalilik

    • tushunarli interfeysi

C # dasturlash tili yordamida tarmoq yoki Internet dasturlaridan tashqari Windows plotformasida ishlovchi ixtiyoriy dasturni yaratish mumkin. C# va .NET platformasi orqali Windows muhitida dasturlar yaratish metodikasini mukammallashtirish ko‘zda tutilgan. .NET Framework deb platforma mustaqil izohlarni rivojlantirish va bajarishni qo‘llab-quvvatlovchi muhitga aytiladi.U dasturlashning turli tillarida birgalikda ishlash imkonini beradi. Shuningdek, Windows uchun umumiy dasturlash modellari va dasturlar o‘tkazuvchanligini taminlaydi. C# dasturlash tili obektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) prinsplariga asoslanadi va barcha qo‘shimcha dasturlar qaysidir darajada obektga yo‘naltirilgan bo‘lib xisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, C# dasturlash tili o‘zining obyektga yo‘naltirilganlik prinsipi bilan boshqa dasturlash tillaridan farq qiladi, turli xil dasturlarni C# dasturlash tilida yaratilganida bir qancha qulayliklar namoyon bo‘ladi.



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling