O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti «Tasdiqlayman»


Download 0.86 Mb.
bet1/9
Sana23.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1651271
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ERGASHEV MUHAMMAD O’GIL BOLALAR KIYIMLARINING BICHILGAN BO\'LAKLARIGA ISHLOV BERISH


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI
«Tasdiqlayman»
Milliy libos va san’at fakulteti
dekani _________ A. Turaqulov
«_____» __________2023-yil

Sirtqi ta’lim shakli: “Texnologik ta'lim” ta’lim yo‘nalishi


4-bosqich talabasi
ERGASHEV MUHAMMADNING
"Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash" fanidan

“O’GIL BOLALAR KIYIMLARINING BICHILGAN BO'LAKLARIGA ISHLOV BERISH, KIYDIRIB KO’RISHGA TAYYORLASH” mavzusida yozgan



KURS ISHI

Ilmiy rahbar: F.Muqimova


Termiz 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………..3
I BOB. MASHINADA ISHLASH QOIDALARI VA BICHISH VA TIKISH HAQIDA MA’LUMOT
1.1 Mashinada ishlash qoidalari. Tikuv mashinasida ishlash qoidalari..…………6
1.2.O'g'il bolalar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash.................................11
II BOB. O'G'IL BOLALAR KIYIMLARI ANDAZANI GAZLAMAGA JOYLASHTIRISH, BICHISH VA TIKISH
2.1 O'g'il bolalar ko’ylaklari andozalar loyihasini tuzish………..………..……..16
2.2. Qo’l ishlari va uni bajarishda ishlatiladigan asbob uskunalar
haqida dars ishlanma…………….........................................................................20
XULOSA………………………………………………………………………..26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………28
ILOVALAR…………………………………………………………………….30


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019 yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifining asosiy maqsadidan biri ―Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus‖iga bag`ishlangan bo`lib, ular tamonidan tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. ―Ma`rifat karvoni‖ tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda Xalq ta`limi vazirliklariga muayyan mavzular bo`yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlar sayyor o`tkazilishini tashkil qilish topshirildi. Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g`olib bo`lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o`quv yurtlarining maxsus sirtqi bo`limlarida maqsadli o`qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o`smirlar sport maktablari sonini ko`paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. 2017-2021 yillarda to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, yaqin besh yilda yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish bo`yicha umumiy qiymati 2 milliard 247 million dollar bo`lgan 140 ta investisiya loyihasi amalga oshirildi. Ana shu loyihalar hayotga tadbiq etilishi natijasida mamlakatimizda to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2,2 marta ko`paydi. Keyingi besh yilda Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsuloti 1,7 barobar oshib, unda sanoat sohasining ulushi 16,7 foizga yetdi. Shuningdek, Namangan viloyatida yaqin besh yil davomida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, 4 mavjudlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jiqatdan yangilash bo`yicha umumiy qiymati 2,4 trillion so`mlik 828 ta investisiya loyihasini amalga oshirish mo`ljallanmoqda. Bundan tashqari, kelgusi besh yilda yengil sanoat, charm-poyabzal va farmasevtika tarmoqlarida 1 trillion 565 milliard so`m sarmoya o`zlashtirilib, jami 353 ta investisiya loyihasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu darslik "Tikuv buyumlari texnologiyasi" fanidan yangi fan dastur asosida yozilgan bolib unda, kiyim ishlab chiqarishda tayyorlov-bichish texnologik jarayon bosqichlari, kiyim tikishning texnologik jarayonlari, tikuv buyumlariga ishlov berish bosqichlari, yelka kiyimlarini yig`ish bosqichlari, bel kiyimlariga ishlov berish, yengil kiyim va tikuv-trikotaj buyum detallari, uzellariga ishlov berish jarayonlari bo`yicha ma`lumotlar yoritib berilgan.
Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida yuzaga keladigan shovqin ta’sirini kamaytirish uchun gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonalariga alohida joylashtiriladi. Xona bichish-tikish ishlarini olib borish uchun ixtisoslashtiriladi. Xona keng, yorug‘, quruq, 12–15 ta o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘ lib, bir burchagida kiyib ko‘rish xonasi ajratilishi, unda albatta ko‘zgu bo‘lishi kerak. Xonada bajarilgan ishlarni ko‘rsatish uchun ko‘rgazma javonlari va taxtalari, manekenlar, ko‘rgazmalar va texnik hujjatlarni saqlash uchun javonlar bo‘ladi. Xona o‘quvchilarning ishlarini targ‘ib qiluvchi stendlar bilan jihozlanib, ularni «Tikuvchilar qirolichasi», «Yosh tikuvchi», «Mohir tikuvchi», «Chokdan buyumgacha», «Yosh dizayner» deb nomlash mumkin.
Xonada har 2 ta o‘quvchi uchun bitta maishiy tikuv mashinasi, imkoniyat darajasida hamma foydalanishi uchun maxsus mashinalar, dazmol stoli suv purkagichli apparati bilan, bichish stoli bo‘ladi. Dazmollash stolining ustiga chit gazlamadan g‘ilof tikilib, vaqti-vaqti bilan tozalab va almashtirib turiladi. Dazmol bilan ishlaganda oyoq tagiga rezina gilamcha to‘shaladi. Xonada katta va kichik bichish qaychilari, katta lineykalar, santimetrli lenta, bir nechta ish qutilari bo‘ladi. Unda tikish jarayonida zarur bo‘lgan ish qurollari: qaychi, ignalar to‘plami, to‘g‘nag‘ichlar, pichoqli halqa, iz tushirgich, bo‘r, santimetr lenta, angishvona, qalam, masshtab lineykasi bo‘ladi. Mehnat xonasiga kirgan o‘quvchi ish kiyimida bo‘lishi talab etiladi.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi sanitariya-gigiyena talablari, mehnat va xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga javob berish kerak. Xonaning harorati 19– 21°C bo‘lishi lozim. Xona o‘z vaqtida shamollatib turiladi. Xonaning havosi deraza, eshik orqali hamda mexanik usulda ventilatordan foydalanib, almashtiriladi. Bundan tashqari, qish faslida xonani maxsus isitish tarmoqlari yordamida isitish lozim.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi yaxshi yoritilishining muhim ahamiyati bor. Yoritish yaxshi bo‘lmasa, mehnat qobiliyati pasayadi, ko‘z toliqadi va shikastlanishi mumkin. O‘quvchilarning mehnat qobiliyatlari yanada yaxshi bo‘lishi uchun xonalarni quyosh tushishiga qarab och ranglarga bo‘yash kerak. Ish joylari yoniga o‘ziga mos bo‘lgan mehnat xavfsizligi qoidalari osib qo‘yiladi. Xonada birinchi yordam ko‘rsatishda zarur bo‘ladigan dori quti, albatta, bo‘lishi kerak. Dori qutisi yonida eng yaqin davolash maskanining manzili va unga borish chizmasi osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling