O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim


Download 68.5 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi68.5 Kb.
#160923
Bog'liq
Ilk davlatlar O'zbekistonda


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim

Vazirligi

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti

Matematika fakulteti







Bajardi: Farmonov.A

Tekshirdi:



Navoi-2008

Ibtidoiy jamoa davrining oxirlarida sinfiy jamiyatga o’tish boshlandi. Bu davrda O’rta Osiyoning qadimiy tarixiy-madaniy o’lkalari Xorazm, So’g’d, Baqtriya va boshqalar shakllangan.

Avestoda O’rta Osiyoda miloddan avvalgi 8-7- asrlarda harbiy-demokratik tuzilishga ega bo’lganligiga ishora qilingan. Yunon mualliflarining yozishicha, bu yerda qabilalar uyushmasi asosida tarkib topgan “Katta Xorazm” va “Baqtriya podsholigi” bo’lgan. Avestoda “Katta Xorazm” ga tegishli viloyatlar sanab o’tilgan. Gerorot “Katta Xorazm” davlati yerlarini sug’orish uchun O’kuz(Tajan)ga to’g’on qurilganligini, O’kuz vohasi ham shu davlatga qaraganligini bayon etgan. Biroq “Katta Xorazm” davlatining qachon inqirozga yuz uchraganligi noma’lum. “Katta Xorazm” davlati parchalanib, uning bir qancha viloyatlarini Ahamoniylar bosib olgan.

Bu davrda O’rta Osiyoda yana bir davlat — Baqtriya podsholigi bo’lgan. Baqtriya poytaxti Baqtra mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Eronda saroy tabibi bo’lib ishlagan Ktesiyning yozishicha, Baqtriya miloddan avvalgi 8—7- asrlarda qudratli davlat bo’lgan. Bu davlat bir qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. Ahamoniylardan Kir II davrida Baqtriya va Sak yerlari Eronga tobe bo’lgan. Bihistun kitobalarida forslarga tobe mamlakatlar qatorida O’rta Osiyo — Marg’iyona, Baqtriya, Xorazm va Sak yerlari ham bor. Kir II miloddan avvalgi 530-yilda katta qo’shin bilan massagetlar yurtiga bostirib kirib, dastlab ularni yengadi, keyin massagvetlar ittifoqining malikasi To’maris qo’shinidan yengiladi. Ammo Kirning o’limi O’rta Osiyo xalqlarini Eron ahamoniylariga tobelikdan qutqarmadi. Eroniylarga qarshi saklarning qo’zg’olonlari davom etdi. Doro I qo’shinlari miloddan avvalgi 520—518-yillarda saklar yurtiga bostirib kirib, ularni Orol dengizi sohillarigacha ta’qib qilib bordi. Saklar hukmdori va lashkarboshisi asir olingach, saklar yurti Doro I davlati tarkibiga kiritilgan va har yili shahanshoh xazinasiga o’lpon to’lab turishga majbur etilgan.

O’rta Osiyoni ahamoniylar 3 harbiy-ma’muriy viloyatga bo’lib idora etganlar. Baqtriya bilan Marg’iyona 12, Parfiya, Xorazm, So’g’d va Osiyo 16, sak va kaspiylar 15-harbiy-ma’muriy viloyatni tashkil etgan. Harbiy-ma’muriyat tepasida faqat ahamoniylarga mansub va cheksiz hokimiyatga ega bo’lgan forslar turgan. Harbiy-ma’murlar o’z nomidan kumush va mis tangalar zarb etish huquqiga ega edi. O’rta Osiyo aholisi og’ir soliqlar to’lashdan tashqari turli xil inshootlar qurilishi va ta’mirlashda podsholikka ishlab berishga majbur etilardi.

Taxti Jamshid, Suza, Ekbatana shaharlaridagi shoh saroylarini qurish uchun Baqtriya, Sug’diyona va Xorazmdan ustalar va ishchi kuchi olib ketilib qul sifatida ishlatilgan. Sug’diyonadan lojuvard, Baqtriyadan oltin, Xorazmdan feruza tashib ketilgan.

Shunday qilib, O’rta Osiyoning Farg’ona vodiysi va Toshkent vohasidan tashqari miloddan avvalgi VI—IV-asrlarda Eron ahamoniylari tasarrufida bo’ldi. Faqat miloddan avvalgi IV-asrda markaziy hokimiyat susaygach, uning chekka o’lkalaridan ayrim viloyatlar ahamoniylar tasarrufidan chiqib mustaqil siyosat yurgiza boshladi. Manbalarda o’sha davrda mustaqillikka erishgan Xorazm davlatining dastlabki podsholaridan Farasman nomi tilga olinadi. Baqtriya ahamoniylarga tobelikda qolgan bo’lsa ham ammo hokim mahalliy zodagonlardan tayinlanadigan bo’ldi.

O’rta Osiyo yerlari tabiiy geografiya qulayliklariga ega bo’lganligidan bu yerda dehqonchilik madaniyati qadim zamonlardan rivojlangan. Jez davrining oxiri — ilk temir davrida hozirgi O’zbekiston yerlarida bir qancha dehqonchilik vohalari vujudga keldi.


Turli yozma manbalarda bu vohalar Sug’diyona, Baqtriya, Choch, Parkana, Usrushona, Xorazm kabi nomlar bilan atalgan. Choch, Parkana va Usrushonaning dehqonchilik vohalari sifatida shakllanishi biroz keyinroq sodir bo’ldi. Shahar madaniyati bu vohalarda miloddan avvalgi IV—III- asrlarda shakllandi.

Vohalar aholisi, an’anaga ko’ra, har bir dehqonchilik vohasining nomi bilan sug’diylar, xorazmiylar, baqtarlar, parkanalilar, chochlilar deb yuritilgan. Ular sharqiy Eron lahjasida, hozirgi Yettisuv, Janubiy Qozog’iston, Toshkent vohasi aholisi etnik jihatdan xilma-xil bo’lganligidan miloddan avvalgi III-II- asrlarda ikki tilda- turkey va sug’diyda so’zlashganlar.

Dehqonchilik vohalarini o’rab turgan dasht va tog’larda o’troq va ko’chmanchilik bilan yashivchi chorvador aholi umumiy nom bilan saklar deb yuritilgan. Ular ham til jihatidan an’anaga ko’ra Eron tillar guruhiga kiritilsa-da, yangi arxeologik va lingvistik dalillar ularning ma’lum etnik qatlami turkiyda so’zlashganligini isbotlamoqda.

Avestoda chorvador aholi turlar deyilgan. Ba’zi mutaxassislar turlar turk demakdir degan noto’g’ri g’ayri ilmiy xulosa qiladilar. Avestoda Eron va Turon yerlari aholisi haqida gap ketganda Amudaryodan janubda yashovchi aholi dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xalq, shimolda yashovchi aholining asosiy mashg’uloti chorvachilik deb izohlanadi. Shu chorvadorlarni turlar, ular yurtini esa Turon deyilgan. Turonda Avesto fikr yuritgan zamonda turkiylar yashamagan.

Ammo jez davri oxirlarida Turon yerlarida ham dehqonchilik vohalari tarkib topdi. Shu vohalarda miloddan avvalgi VII – III – asrlarda Qadimgi Xorazm, Sug’diyona, Choch, Parkana vujudga keldi. Miloddan avvalgi asr arafasida O’rta Osiyo yerlarida sug’diylar, baxtarlar, marg’iyonlar, chochliklar, parkanalilar ma’lum etnik sifatida tarkib topdi. Bunga o’troq hayot , madaniy va til birligi, ma’lum joyni makon tutishi va iqtisodiy birlik muhim rol o’ynadi. Ammo vohalar atrofidagi dasht aholisi – saklar esa hali qabilaviy, urug’ jamoachilik bosqichida yashardi. Ko’chmanchilik turmush tarzi qabila-viy an’analar asosida hayot kechirishni taqazo qilardi

Saklar har xil etnik guruhlardan iborat edi. B u jarayon dasht aholisi hayotida asrlar bo’yi davom etdi.

Miloddan avvalgi 1 – ming yillik o’rtalarida O’rta Osiyo aholisi iqtisodiy hayotida hunarmandchilik rivoj topib , u dehqonchilik xo’jaligidan ajralib chiqdi. Hunarmandchilik savdo bilan birga shahar hayotining iqtisodiy hayotini tashkil etdi. Kulolchilikda charxdan keng foydalanib, tovar mahsulot ishlab chiqarila boshladi. Zargarlik, to’qimachilik, rudadan metall ajratib olish va me’morchilik rivoj topdi. Mudofaa inshootlari qurilishiga e’tibor kuchaydi. Birmuncha yirik irrigatsiya inshootlari qurildi. Bu davrda ijtimoiy hayotda mulkiy tengsizlik, jamoa a,zolari orasida sinfiy tabaqalanish jarayoni tez-lashdi . Aholi orasida urug’ jamoa oqsoqollari, kohinlar, harbiy bosh-liqlar vujudga keldi. Mulkiy tengsizlik va hukmron tabaqalarningshakllanishi chorva-dor aholi orasida nisbatan tez kechdi. Chorvaning ko’payishi bilan yaylov va o’tloqlar egallanib , bo’sh yerlar kam qoldi. Natijada yangi yerlarni egallash uchun harbiylik ruhi ko’chmanchi chorvadorlarning hayot tarziga aylandi . Endi ular dehqonchilik vohalariga tez-tez hujum qila boshladilar. Voha aholisi bosqin-lardan saqlanishning zaruriy chorasi sifatida miloddan avvalgi VII – IV – asrlar-da shahar va yirik qishloqlarni mustahkam mudofaa devorlari bilan o’rab ola boshladi.

Shu davrga mansub mudofaa inshootlarini Samarqandda Afrosiyob , Qashqadaryoda Yerqo’rg’on , Surxondaryoda Talashkontepa , qadimgi Xorazmda Ko’zaliqirva Qal’aliqir yodgorliklari misolida ko’rish mumkin Shahar markazida hukmdorning qarorgohi – arki a’lo joylashgan. Siyosiy hayot harbiy demokratik qat’iyatlari asosida oqsoqollar kengashi tomonidan boshqarilgan. Kengash tepasida xalq saylagan hukmdor turgan. Uning qo’lida diniy, dunyoviy va harbiy hokimiyat mujassamlashgan bo’lsa-da, u jamoaning nufuzli vakillaridan tashkil topgan Oliy kengash a’zolari bilan bamaslahat ish yuritgan . O’rta Osiyo xalqlarining makedoniyalik Iskandar bosqinchilariga qarshi kurashi miloddan av-valgi IV- asr voqealari makedoniyalik Iskandar qo’shinlarining forslar bilan uru-shi jarayonida O’rta Osiyoga bostirib kelishi bilan bog’liq. Fotih qudratli Ahamoniylar davlatining asosiy viloyatlarini egallab o’z saltanatiga qo’shib oldi va 329 yilning bahorida O’rta Osiyoga hujum qiladi, yuqori madaniyat markazla-ridan bo’lgan Baqtriyani egallaydi. Baqtriya va Sug’diyona ahamoniylar urug’i-dan bo’lmish Bess sug’dlik Spitamen, baqtriyalik Oksiart kabi lashkarboshilarni hamda DoroIII ni olib o’z qo’shini bilan Amudaryodan o’tib Qashqadaryo tomon chekinadi. Ko’prik vazifasini o’tab kelgan yagona kema yoqib tashlanadi.Bess o’z qarindoshi DoroIII ni zaharlab o’ldirishda qatnashadi va o’zini Ahamoniylar dav-latining bosh hukmdori Artakserks deb e’lon qiladi. Shundan keyin Bessning ittifoqchilari undan yuz o’giradilar va u keyinchalik DoroIII oilasi tomonidan qatl qilinadi. Iskandar bosib olingan yerlarni saklarning hujumidan to’sib turish uchun Sirdaryo sohilida qal’a bunyod etiladi. Spitamen boshchiligida mahalliy aholi Iskandar qo’shinlariga qattiq qarshilik ko’rsatadilar.
Iskandar Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib , orqaga qaytishda 120mingdan ortiq mahalliy aholini qirib tashlaydi, qishloqlar va qal’alar vayron qilinadi, ekinzorlar payhon etiladi.Iskandar miloddan avvalgi 328-yilda Sug’dda ozodlik qo’zg’olonlarini bostirish bilan band bo’ldi.

Iskandar O’rta Osiyoning bosib olingan yerlarini boshqarishda Ahamoniylar-ning harbiy ma’muriy viloyat(satraplik) tizimini saqlab qoldi. Ammo satrapliklar-ga pul zarb etish va yollanma qo’shin saqlash huquqi berilmadi. Iskandar Sug’diyona va Baqtriyadagi qal’alarga o’z askarlarini joylashtirib ularni tayanch punktlariga aylantirdi. Spitamen o’limidan keyin ham o’troq aholi satraplarga bo’ysunmaslikda davom etsa ham, ammo yunonlarga qarshi jangda ilgarigidek faol qatnashmadi. Chunki uch yil urush davomida aholining ancha qismi qirilgan, dehqonchilik va hunarmandchilik izdan chiqib, savdo ham to’xtagan edi. Mahalliy asl zodalarning bir qismi tog’ tepasidagi mustahkam qal’alarga yashirindi, qolgan qismini Iskandar o’z tomoniga og’dirib oldi. Miloddan avvalgi 327-yil yozida Iskandar O’rta Osiyoni to’liq bo’ysundirdi va sug’dlik Oropiyni Sug’diyona hokimi deb tayinlab, o’zi Hindistonga yurishni davom ettirdi. Shu davrda Sug’diyona va Baqtriyaning unumdor yerlariga minglab yunonlar ko’chirib keltirildi. 325 yili Iskandarning Hindistonda o’lganligi haqida soxta xabar tarqaldi, natijada yunonlar o’z yurtlariga qaytishni talab qilib qo’zg’olon ko’tardilar. Iskandar vafotidan so’ng lashkarboshilar va vi-loyat hokimlari o’rtasida oliy hukmdorlik uchun kurash kuchayib ketdi. Saltanat tanazzulga uchradi. Makedoniyalk Iskandar bosib olgan mamlakatlar o’rnida bir qancha janglardan keyin miloddan avvalgi 311 – 302 – yillar orasida Salavkiylar davlati qaror topdi. 306 yilda O’rta Osiyo viloyatlari ham uning tarkibiga kiritil-di.Miloddan avvalgi 293 yilda Salavk o’g’li Antioxni Sharqiy viloyatlar (Baqtriya, Sug’diyona va Marg’iyona strapligi) hokimi etib tayinladi. Ammo Xorazm Salavkiylar davlati tarkibiga kirmadi, chunki u Iskandarga ham tobe emas edi. Antiox Salavkning Spitamen qizi Apama xotinidan tug’ilgan to’ng’ich o’g’li edi. Apama esa ona tomonidan Ahamoniylar avlodiga mansub bo’lgan .

Salavk vafotidan so’ng Sharqiy viloyatlarda mustaqillikka intilish kuchaydi. Salavkiylar davrida O’rta Osiyoda xalqaro va ichki savdoning bir muncha rivojlanganligi ma’lum. Qulchilik munosabatlari ham takomillashdi. Xo’jalikning tiklana borishi miloddan avvalgi III – asr o’rtalarida O’rta Osiyo xalqlarining salavkiylarga qarshi kurashini tezlashtirdi. Lekin bu kurashga o’z manfaatidan kelib chiqib yunon satraplari va zodangolari boshchilik qildilar.

Miloddan avvalgi 250- yilda Salavkiylarning Baqtriya satrapiyasi o’rnida mustaqil Yunon-Baqtriya podsholigi vujudga keldi. Ayni vaqtda Parfiya davlati ham tashkil topdi. Parfiya haqida dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi VII- asrlarga oid Ossuriya hujjatlarida uchraydi. Miloddan avvalgi VI asrning bosh-larida Parfiya kuchli Midiya hukmronligi ostiga tushib qoladi. Mamlakat harbiy-strategik ahamiyatga ega bo’lgan muhim yerda joylashgan. Midiyaliklarga u skif-lar hujumidan saqlanish uchun zarur bo’lsa Kir uchun boy Xorazm vohalariga chiqish yo’lidagi darvoza yo’lini o’tar edi. Milodning III-asriga qadar Parfiya davlatiga Arshakiylar sulolasi hukmronlik qildi. Milodning 207-222yillarida Parfiyaga Vologez V hukmronlik qildi. Uning hukmronlik davrida davlat ikkiga bo’linib ketdi.Vologez V hukmronligidagi Messopotamiya va Artabon V hukmronligidagi Midiya edi. Shu vaqtga kelib o’zini o’nglab olgan sosoniylar vu-judga kelmoqda edi. Bu yosh davlat ko’hna va ulkan Parfiya saltanatini ag’darib tashladi.Parfiyaliklarning qadimgi madaniyat xususan amaliy san’at ancha rivoj-langan. Parfiyaliklar oromiy yozuvidan foydalanganlar. Davlatda parfiyaliklar tili bilan bir qatorda yunon tili rasmiy davlat tilidan biri hisoblangan. Mamlakat-da yagona diniy e’tiqod bo’lmagan. Lekin zardushtiylik kuchli o’rin egallagan. Yunon-Baqtriya davlatiga Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona, Choch va Dovon viloyatlarning bir qismi va boshqa joylar kirgan. Miloddan avvalgi 170-yillarda budavlatdan avval Sug’diyona va keyin Choch ajralib chiqib, Qang’ davlati tarkibiga kirdi. Yunon-Baqtriya hukmronligiga qarshi O’rta Osiyo xalqlarining ozodlik harakati va shimoli-sharqdan kelgan yuechji qabi-lalarining hujumi natijasida miloddan avvalgi 140—130-yillarda bu davlat quladi. Yunon-Baqtriya podsholigi davrida O’rta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, sinfiy tabaqalanish ham kuchaydi, shaharlar ravnaq topdi. Hunarmandchilik va tashqi savdo yuksaldi. Yunon, hind va O’rta Osiyo xalqlari madaniyati omuxtalashib, o’ziga xos yuksak madaniyat vujudga kel-di. Tarixiy manbalarda Baqtriya “1000 shaharli mamlakat” sifatida tilga olinadi. Termiz shahrida kengaygan Qoratepa, Fayoztepa, Zurmalada, budda ibodatxonalari qurilgan.

Qang’ davlati haqidagi dastlabki ma’lumot miloddan avvalgi II-asr boshlariga tegishli. Bu davlatga taalluqli keyingi xabarlar asosan Xitoy manbalarida , qisman “Avesto” va “ Mahabharata” va ba’zi yunon mualliflariasrlarida uchraydi. Ya. G’. G’ulomovninng fikricha, Qang’ davlati mil-loddan avvalgi IV asr oxiri- III-asr boshlarida vujudga kelgan. O’sha davrda dashtda yashovchi saklar uchun Iskandarga, so’ng Salavkiylarga qarshi uyushgan qo’shin bilan kurashish uchun munosib harbiy kuchga ega bo’lgan davlat zarur edi. Qang’ aholisi asosan Sirdaryo o’rta oqimida yashovchi ko’ch-manchi hamda o’troq dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xalqlardan iborat bo’l-gan. Bu joylarda turkey tilda so’zlashuvchi yangi etnos vujudga kelib, turkey til muhiti qaror topdi. Qang’ davlatiga Amudayo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarning bir qismi hamda Toshkent vohasi va Talos vodiysi kirgan. Farg’ona bilan esa chegaradosh bo’lgan. Miloddan avvalgi I-asrda bu davlatga Xorazm, Sug’diyona yerlari va boshqa mulklar ham bo’ysungan.

Miloddan avvalgi I va milodiy II-I asrlarda Qang’ davlati iqtisodiy va mada-niy jihatdan ancha rivojlangan davlat edi. Davlatning tashqi siyosati qo’shni davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o’rnatish keskinlashgan vaziyatning oldini olish va o’z chegarasida osoyishtalik o’rnatishga qaratilgan edi. Shu bilan birga payti kelganda kuchsizlanib qolgan qabilalarga, viloyatlarga hujum qilib ularni qaram qilish edi.

Qang’liklarning eng ashaddiy dushmanlari usun qabilalari edi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda usunlar Xitoy imperatori bilan yaqinlashib xunnlar va qang’liklar bilan kurash boshlaydilar. Xitoy imperatori esa ko’chmanchilarning bunday kelishmovchiligidan foydalanib o’z davlati yerlarini kengaytirishga hara-kat qiladi va Qashg’ar, Yorkent, Dovon yerlariga hujum qiladi. Qang’liklar xitoy-liklarning maqsadlarini tushunib ularni o’z chegaralariga yaqin yo’latmaydilar.Shuning uchun ham Xitoy qo’shinlari miloddan avvalgi 104va 101 yillarda Dovonga hujum qilganida qang’liklar yordamga kelib, bosqinchilarga qarshi kurashda faol ishtirok etadilar. Qang’ davlatining asosiy aholisi o’troq va yarim o’troq bo’lib uning hududida ko’chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O’troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik,bog’dorchilik va hunarmand-chilik bilan shug’ullanib kelgan. Dehqonchilikda mol qo’shib,omoch bilan yer haydash keng taraqqiy etgan edi. Bu davrda yerni sug’orib ekin ekish, katta va ki-chik kanallarqazish ham rivojlanadi.

Toshkent vohasida yashagan qang’lilar asosan arpa, bug’doy, tariq, no’xat, sholi va boshqa donli mahsulotlarni yetishtirganlar. Vohada yashovchi o’troq aholi dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug’ullangan. Qang’lilarda ko’plab shahar va qo’rg’onlar bo’lib, ular dushman qamaliga bardosh beradigan qilib qurilgan. Aholi yashaydigan uylarning aksariyati paxsa va xom g’ishtdan qurilgan.

Arxeologik tadqiqotlar bu ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Milodiy 5 asr o’rtalari-da Qang’ davlati parchalanib ketgach, Qang’ Choch davlatining poytaxti bo’ldi. Qang’ madaniyatiga oid ashyolar Choch, Xorazm yerlarida topilgan. Qullar mehnati bilan sug’orish inshootlari qurilgan Kulolchilik rivoj topgan, tangalar zarb qilingan. Qang’ davlati qariyb 7 asr yashadi.

Qang’ davlatining iqtisodiy hayoti masalasida,Xitoy tarixchisi Sima-Syan uning ko’chmanchi mamlakat bo’lganligini yozadi. Ammo milodning boshlarida to’ng’ich Xan sulolasining tarixida qang’uylarning o’troq xalq ekanligiga ishora qilinadi.

Qang’uylarda qoramol va qo’ylar ko’p bo’lgan. Ular zotli otlarni ham ko’plab yetishtirganlar chorva mollarning ko’pchiligi Qang’ podsholari va uning yaqinlariga qaragan. Shuning uchun bo’lsa kerak, hoqon va uning urug’lari bahor kelishi bilan qishki qarorgohdan yozgi qarorgohiga ko’chganlar. Chorvasi kam aholi vohadan chiqib keta olmagan. Qang’lilar e’tiqodi mafkurasida zardushtiylik dini yetakchi o’rinni egallagan. Ular quyoshni muqaddas deb bilganlar va sig’inganlar. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda Qang’da madaniyatning boshqa san’at turlari qatorida musiqa san’ati ham rivojlanganligini ta’kidlagan. Qadimgi Farg’onaning tarixi haqida Xitoy manbalarida Davan davlati bo’lganligi tilga olinadi. Ammo bu davlatining qachon bo’lganligi va inqirozga yuz tutib tarix sahnasidan tushganligi masalasida hech narsa deyilmagan. Biz bu davlatining miloddan avvalgi II-I-asrlarda qudratli davlat uyushmasi bo’lganligini bilamiz. Farg’ona vodiysi-ning qadimda salavkiylar tarkibida bo’lganligi haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Farg’ona qadimgi davrda ahamoniylar va yunonlar hukmronligi davrida siyosiy erkini o’z qo’lida saqlab qola olgan. Yunon manbalarida salavkiylarning lashkarboshisi Demodam miloddan avvalgi 280- yilda Yaksart(Sirdaryo)dan o’tib yunon xudosi Appolon sha’niga altar(mehrob) (olovxona) o’rnatdi, degan xabardan bo’lak hech narsani qoldirmagan. Bundan tashqari antik tarixchilar Yunon-Baqtriya podsholaridan biri Sharqiy Turkistonga Farg’ona orqali bir marta qo’shin tortib borganligi qayd qilish bilan cheklanadi. Bu fikr-mulohazalar asosida xulosa qiladigan bo’lsak, qadim-gi Farg’ona davlati— Davan miloddan avvalgi II- asrda emas, balki ancha ilgariroq, taxminan IV yoki III asrlardayoq tarix sahnadida bo’lganligi ma’lum bo’ldi. U paytda bu davlat parkan deb atalgan. Davan nomi esa xitoylar tomonidan berilgan nomdir. Ba’zi bir xitoy yozma manbalarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi II—I asrlarda Davan aholisi ko’p, dehqonchilik va hunarmandchilik xo’jaliklari yuksak darajada rivojlangan, shaharlarga boy va kuchli mamlakat edi. Davan tarixining ushbu davri Sho’rabashad bosqichi deb ham ataladi. Sho’rabashad O’zgan shahri yaqinida joylashgan bo’lib, vodiyning yirik shaharlaridan biri bo’lgan, uning yer maydoni 70 gektarga tengdir.Davan davlati kuchli siyosiy tizimga ega bo’lgan. Davlat tepasida mahalliy aholining aslzodalaridan chiqqan hukmdor turgan. Hukmdor o’zining yonida eng yaqin ikkita qarindoshini yordamchi sifatida tutib davlatni boshqargan. U davlat ishlarini borishda oqsoqollar kengashiga suyangan. Bu kengash hukmdor bilan birgalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va diniy muammolar bilan shug’ullangan va ularni hal etgan. Ayni paytda oqsoqollar kengashi hukmdorfaoliyatini ba’zi bir muhim masalalarda nazorat qilib turgan. Bu oqsoqollar kengashi oldida hukmdorning huquqi cheklanganligini ko’rsatadi. Urush, tinchlik, elchilik masalalarida hal etuvshi kuch va huquq bu kengash qo’lida bo’lgan. Oliy kengash zarur bo’lsa, hukmdorni hokimiyatdan chetlatishi, uning o’rniga yangisini saylashi ham mumkin edi. Hatto o’zga davlatlar bilan bo’lgan janglarda davamliklarning mag’lubiyati uchun oliy, hokimiyat egasi — hukmdor oqsoqollar kengashi qarori bilan o’lim jazosiga tortilganligi ham manbalarda ma’lum. Davan mamlakatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki voha-davlatlarining erkin ittifoqiga tayanardi. Bunday davlat tizimining shakllanishida bronza davrida qaror topgan dehqonchilik vohalari va ular negizida tashkil topgan qadimgi shaharlar asos bo’lgan edi. Bunday dehqonchilik vahalarining soni arxeologiyaga oid izlanishlar ma’lumotlariga qaraganda 10 mingdan ortiq bo’lgan. Bular Aravansoy, Akbura, Sultonobod, Qo’rg’ontepa, Andijonsoy, Qorabosh, Tentaksoy, Maylisoy, Urug’nor, Shahrixonsoy, Akman, Yilg’insoy va boshqalardir. Ularning har birida o’nlab antik davr yodgorliklari mavjud. Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Tsyanning ta’kidlashicha, qadimgi Farg’onabilan Xitoy o’rtasida doimiy suratda siyosiy, iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalari bo’lib kelgan. Xitoy hukmdorlari doimo Farg’ona vodiysi boyliklariga, uning samoga uchar duldul otlariga hasad bilan qaraganlar va shu negizda o’rtada urushlar ham kelib chiqqan. Xitoy manbalarida ma’lumotlarga qaraganda miloddan avvalgi II — I asrlarda Davanda dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Chjan Tsyan bu davrda hammasi bo’lib 70 ta obod shaharlar bo’lganligini, unda bir necha yuz ming aholi yashaganligini yozadi. Voha aholisi yerga ishlov berishda o’ta mirishkor bo’lgan. Ular sholi, bug’doy va boshqa ekinlarni ekib dehqonchilik qilganlar. Farg’ona vodiysida qadimdan boshlab uzumchilik keng rivoj topgan, undan sharbat tayyorlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Boylarning yerto’lalarida on yillab saqlangan sharoblar bo’lgan. Ammo u yerda tanga pullar zarb qilinmagan. Savdo asosan pulsiz mol ayirboshlash yo’li bilan olib borilgan.Antik Farg’onada hunarmandchilikning qator tarmoqlari keng rivoj topgan.

To’qimachilik va kulolchilik sohalari Bundan mustasno emas.Qadimgi Farg’onaning ijtimoiy va siyosiy hayotida ayollarning o’rni salmoqli edi. Ayollarga nisbatan hurmat- tavoze kuchli bo’lgan. Yozma manbalarining guvohlik berishicha, agar ayol eriga biror topshiriq bersa er topshiriqni so’zsiz bajarishi lozim bo’lgan. Bu davlat 60 ming qo’shinga ega bo’lgan. Piyoda askarlar oddiy qurollar bilan qurollangan, otliq qo’shinning harbiy mahoratda tengi bo’lmagan. Davan suvoriylarining chopar ot ustida turib orqaga qayrilib kamondan uzgan o’qlari har qanday dushmanni ham dog’da qoldirgan. Vodiyning hatto ayollari ham kamondan o’q uzish va mohirlikda erkaklardan qolishmagan. Qadimgi farg’onaliklar g’arbda qang’lilar, shimolda usunlar, sharqda esa uyg’urlar bilan doimo yaqin aloqada edilar. Tashqi dushman bilan bo’lgan janglarda ularni har doim qang’uylar qo’llab – quvvatlab yordam berganlar.

Qadimgi Davan davlatini milodning dastlabki yuz yilliklari davomida mahalliy aslzodalar sulolasi boshqargan.Qadimgi Farg’onani 419 yilga-cha bir sulola vakillari uzluksiz idora qilganlar. Markaziy Osiyo hududla-rida Eftalitlar davlati qaror topgach, qadimgi Farg’ona davlati ham o’z mustaqilligini yo’qotib,ana shu Eftalitlar davlati tarkibiga kirgan edi.

Toharlar davlati O’rta Osiyoda uchinchi mustaqil davlat bo’lib, milod-dan avvalgi II – asr o’rtalarida Yunon – Baqtriya hukmronligi tugatilgandan keyin vujudga keldi. Toharlar qisman ko’chmanchi tarzda yashagan. Ular aniq markazlashgan davlatiga birlashmagan, shu bois oliy hukmdori ham bo’lmagan. Har bir shahar va viloyatni o’z hokimi boshqargan. Ijtimoiy hayotda patriarxal – quldorlik jamiyatiga qadam qo’ygan. Baqtriyada aholi o’troq hayot kechirgan, savdo yaxshi rivojlan-gan. Milodiy boshlarida Kushanlar davlati tarkibiga kirgan. Shundan keyin ularni kushanlar ham deb atashgan.

Kushon davlatining paydo bo’lishi uzoq vaqt olimlar orasida katta il-miy munozaralarga sabab bo’lib kelgandi. Milodiy I – asr boshlariga kelib Kushon davlati o’z ahamiyatiga ko’ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar saltanati yanada gullab – yashnadi.Ka-nishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo’shib olinadi. Kanishka davrida zarb etilgan tangalarda Budda xudosi, zardushtiylar xudolari Veretragna, Anaxita, Mitra va boshqalarni uchratish mumkin. Ay-nan shu davrda zarb etilgan tangalarda yunon alifbosidagi Baqtriya tilida yozilgan tangalarzarb etila boshlandi. Kanishka davrida Kushonlar davlatida buddiylik diniga katta e’tibor berildi. Baqtriya tilining ahamiyati yanada oshdi. Hunarmandchilik va savdo yuqori darajaga ko’tarildi.Kushon podsholigi davridagi ijtimoiy – iqtisodiy hayotga nazar tashlasak, bu davrdagi yirik shaharlardan biri Termez shahri edi. Termez asosan Kushonlar davrida yuksak rivojlandi. Bu davrda shahar Hindiston bilan g’arb, shimol, sharq mamlakatlarini bog’laydigan savdo yo’llaridagi yirik shaharga aylangan. Shaharning maydoni katta bo’lib, uning hududi-dan Qoratepa, Fayoztepa kabi Budda ibodatxonalari qazib ochilgan.Ular ibodat qilish joyi bo’lishi bilan birgalikda, ajnabiy savdogarlar savdo – sotiq qiladigan manzil ham hisoblangan. Ibodatxonalar qoshida turli hunarmandchilik ustaxonalari bo’lib, ular faqat qohinlar ehtiyojini qoldi-ribgina qolmay, bozor uchun ham xizmat qilgan.

Kushonlar davrida savdo – sotiq, ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlandi. Savdo munosabatlarining rivojlanishida “Buyuk ipak yo’li”ning ahamiyati katta bo’ldi. “Buyuk ipak yo’li” Xitoydagi Xan imperiyasi poytaxtidan Kushon va Parfiya davlatlari hududi orqali O’rta Yer dengizi-ning shimoliy qirg’oqlarigacha cho’zildi.

Kushon davri iqtisodiy hayot haqida gap ketar ekan yana Kushon podsholari tangalariga to’xtalamiz. Bu tangalar davlatda rivojlangan pul tartibi bo’lganidan darak beribgina qolmasdan, tovar – pul munosabatlari rivojlanganini ham ko’rsatadi. Juda ko’plab mis tangalar, pul munosabat-laining kundalik hayotda va davlatning turli burchaklaridagi savdo aloqa-larida muhim o’rin tutganidan dalolat beradi. Shuningdek, boshqa davlatlar bilan ham savdo avj oldi. Kushon davlati katta va kichik viloyat-lar, dasht va tog’ oldi ko’chmanchilari bilan savdo sotiq munosabatlari olib borgan.

Kushon davri yoki milodiy I – III – asrlar ko’pgina G’arb va Sharq madaniy mamlakatlari bilan qizg’in iqtisodiy, madaniy va siyosiy munosabatlarda bo’lgan qudratli va mustaqil davlatning har tomonlama gullab yashnagan davri bo’ldi. Biroq shuni alohida takidlash lozimki, bu saltanat quldorlik munosabatlari ancha taraqqiy etgan bir sharoitda hayot kechirgan turli xalqlarining aralashmasidan iborat edi.Kushon davlati rivojlanishida Shunday ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar bo’lib o’tdiki, bu jarayonlar shu davrda Rim saltanatida ham, Parfiya va Xan davlatida ham bo’lib o’tgan jarayonlarga o’xshab ketadi. Kushonlar hukmronligi davri Markaziy Osiyo tarixida o’chmas iz qoldirdi va katta ahamiyatga ega bo’ldi. Sharq va G’arbga qatnab turgan elchilar va karvonlar bilan birga madaniy an’analar kirib keldi.

Kushon davri Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyatida jiddiy o’zgarishlar bo’lganligi bilan izohlanadi. Buyuk Kushonlar saltanatining taqdiri, ma’naviyati nuqtai nazaridan ayanchli tugadi, ya’ni o’z davrida uning tarixi va madaniyati deyarli yozilmadi.

San’at yodgorliklari dastlab Hindistonning shimoli- g’arbida ko’plab ochildi va bu turkum san’at yodgorliklari ”Qandahor haykalchilik maktabi” deb nomlandi. Bu hududdan juda ko’plab san’at asarlari topil-gan bo’lib, bu asarlarda buddiylik xudolari,monarxlar tasvirlangan. Undan so’ng kushon davriga oid buddiylik manzilgohlari Xodda va Shotaraka, Butqaradan yuzlab haykallar topilib, kushon madaniyati haqi-dagi tasavvurlar birmuncha kengaydi.

Ayritom ko’hna shahridan topilgan uylarning peshtog’iga ishlangan tosh tasvirlar asrimizning 30 – 40 yillaridayoq ma’lum edi. Bu peshtoqlarda gullarga burkangan, musiqa asboblari chalib turgan qizlar va do’mbira chalib turgan bolalarning tasviri tushurilgan.Lekin saroydagi badiiy madaniyat namunalari ko’plab topilgan. Haykallar loydan ishlanib ustki qismi bo’yalgan. Haykallardan eng kattasi 2 metrga yaqin bo’lib, kichik haykallardan o’nlab topilgan.

1972 yilgi qazishmalar paytida bu yerdan umumiy og’irligi 30kg dan ortiq tilla buyumlar xazinasi topilgan.Bu xazinada hammasi bo’lib 115ta bilaguzuk, xalqalar, to’g’alar, bo’yin taqinchoqlari,oltin qo’ymalar bor edi.

Kushon davri madaniyati namunalaridan yana biri qadimgi Xorazm hududidagi Tuproqqal’a shahridir.Milodning III – IV asrlariga oid bu shaharni kushonlardan alohida bo’la boshlagan dastlabki Xorazm hokimlaridan biri qurdirgan. Qazilmalar natijasida turli devoriy suratlar va haykallar bilan bezatilgan tantanali zallar va boy xonadon uylari ochildi.

Arxeologik jihatdan So’g’d va Farg’ona yerlari Kushon davri Markaziy Osiyoning Janubi va Xorazmga nisbatan kamroq o’rganilgan. Lekin So’g’d va Farg’ona aholisi boshqa davlatlar san’ati va madaniyati-dan xabardor bo’lgan, shuningdek ulardan mahalliy madaniyat namunala-ri topilgan. Milodning I asrlarida So’g’diyonada oromiy yozuvining mahal-liy ko’rinishi mavjud edi, bu davrda Farg’ona vodiysining o’z yozuvi bo’lmasada, farg’onaliklar o’z tangalarini chiqarib turganlar. So’g’diyonadan Kushon davriga oid ko’plab sopolchilik badiiy madaniyati namunalari, idishlar, haykalchalr topilgan.

III asr o’rtalaridan kushonlar saltanati chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz sari yuzlanadi. Ammo Shundan keyin ham Kushon davlati O’rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida yana 100 yildan ortiq vaqt tarix sahnasida turdi. Soson podsholarining kuchayishi kushonlarning Rim saltanati bilan aloqasini mustahkamlanishiga sabab bo’ldi. Kushon elchilari 274 yilda Rumo saltanati hukmdori Avrelinning Palmir ustidan g’alabasiga bag’ishlangan tantanalarda qatnashganligi manbalarda ko’rsatiladi. Natijada sosoniylar Rumo – Kushon do’stligidan xavfsirab, kushonlar bilan aloqani yaxshilash yo’lidan boradilar. Bu maqsadning ijobiiy natijalanishiga erishish yo’lida sosoniylar shohi Xormuzd II ku-shonlar malikasiga uylanadi. Biroq IV asrning o’rtalariga kelib kushonlar bilan sosoniylar o’rtasidagi munosabatlar yana keskinlashdi. Bu davrda Shopur II kushonlarga zarba berib, Shimoliy Baqtriya yerlarini bosib oladi. Kushonlar bu zarbaga ham bardosh berdilar.

Shunday qilib, Kushonlar saltanati tarix maydonida o’z o’rnini boshqa o’zidan kuchliroq siyosiy uyushmalarga bo’shatib berdi. Kushonlar o’zla-rining taxminan 400 yillik hukmronlik davrida insoniyat jamiyati taraqqiy-yotida o’chmas iz qoldirdilar. Bu davrda yaratilgan noyob san’at asarlari, madaniyat yodgorliklari uning o’tmishdagi qudratidan dalolatdir.

Adabiyotlar:

1. O’zbekiston tarixi ensiklopediyasi.
2. Karimov Sh. Shamsuddinov R.

Vatan tarixi. T.,1995
3. Sa’dullayev A.S.

Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda
4. O’zbekiston tarixi.I qism

T., Universitet, 1999
5. Shoniyozov K.

Qang’ davlati va qang’liklar. T., Fan, 1993
Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling