O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Navoiy davlat konchilik instituti Energo-mexanika fakulteti 11-20 TJA guruh talabasi Abduahatov Orifbekning sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari fanidan O‘lchash qurilmasi uzeli maketini tayyorlash va tajribaviy tadqiq qilish (Releli sath o’lchash datchigi). mavzusida tayyolagan taqdimoti O’lchash va o’lchash xatoliklari haqida - O‘lchash-maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo‘li bilan topish demakdir
- Tabiat qonunlari u yoki bu hodisa obyektlarining miqdoriy xarakteristikalari orasidagi munosabatlar tarzida ifodalanadi. Bu miqdoriy xarakteristikalar fizik kattaliklar deb ataladi
- O‘lchash vositasi-Normallashtirilgan metrologik tavsifga ega bo‘lgan o‘lchash asbobi. O‘z navbatida, o‘lchov, o‘lchash o‘zgartirgichlari, o‘lchov asboblari, o‘lchash axborot tizimi va qurilmalari kabi turkumlarga bo‘linadi
- O‘lchash xatoligi-O‘lchash natijasining o‘lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir
Har qanday o‘lchash olib borilganda turli sabablarga ko‘ra o‘lchanayotgan kattalikning qiymati asl qiymatiga nisbatan chetlashishi mumkin. O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan chetlashishi – o‘lchash xatoligi deb aytiladi. - Har qanday o‘lchash olib borilganda turli sabablarga ko‘ra o‘lchanayotgan kattalikning qiymati asl qiymatiga nisbatan chetlashishi mumkin. O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan chetlashishi – o‘lchash xatoligi deb aytiladi.
- O‘lchash xatoliklari quyidagicha tasniflanadi: xatoliklarning namoyon bo‘lish xarakteriga Muntazam xatolik deyilganda, faqat bitta kattalikni qaytaqayta o‘lchaganda o‘zgarmas bo‘lib qoladigan yoki biror qonun bo‘yicha o‘zgaradigan o‘lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bo‘ladi, ularni tuzatmalar kiritish yo‘li bilan yo‘qotish mumkin.
- Tasodifiy xatolik deyilganda, faqat bitta kattalikni qaytaqayta o‘lchash mobaynida tasodifiy o‘zgaruvchi o‘lchash xatoligi tushuniladi. Bu xatolik borligini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qaytaqayta o‘lchagandagina sezish mumkin. O‘lchashning qo‘pol xatoligi deyilganda, berilgan shartlar bajarilganda kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o‘lchash xatoligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |