O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


Download 277.5 Kb.
bet1/10
Sana02.01.2022
Hajmi277.5 Kb.
#191067
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dilshodbek Sharapov Kurs ishi Makroiqtisodiyot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI


MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” fanidan
KURS ISHI

Mavzu:Bozor iqtisodiyotida firmalar faoliyatining asosiy xususiyatlari

Bajardi: ST-50 guruh talabasi Sharapov Dilshodbek
Tekshirdi: _______________________________


Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana

«____» _______2020 y.




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana

«____» _______2020 y.

Kurs ishi himoua qilingan sana

«____» _______2020 y.
Baho «_____» _________


___________

(imzo)

___________

(imzo)

___________

(imzo)

Komissiya a’zolari:

__________________

__________________

__________________


TOSHKENT–2020

Mavzu:Bozor iqtisodiyotida firmalar faoliyatining asosiy xususiyatlari



Reja:

Kirish…………………………………………………………...3

1. Firmalar va ular o’rtasidagi aloqadorlik. Firmalarning asosiy shakllari…………………………...….........................…………6 2. Firma faoliyatining iqtisodiy tahlili……...…………………14

3. Bozor iqtisodiyotida firmalar faoliyatining asosiy xususiyatlari…………………..…..…………………………...23 4.O’zbekistonda firmalar faoliyati uchun yaratilgan qulaylik va imtiyozlari…………………………..…………….…………...31 Xulosa…………………………………………………………37Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………38

Kirish.

Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g`oyat muhim vazifa, eng avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo`llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bo`lgan mana shu ijtimoiy turni, uning faoliyat sohalari shakllarini o`rganishni nazariya ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zaruriyat ham shart qilib qo`ymoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig`i, qishloq xo`jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga to`g`ri kelmoqda.Har qanday tadbirkorlik ma`lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma`lum bir ishchi muhiti bo`lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qabul qilingan Farmoni, eng avvalo, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan va ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishidan dalolat beradi.

Xususan, Farmon “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga aralashuvni tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaslik”ni eng muhim ustuvor yo‘nalish va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida mustahkamlaydi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes salohiyatini to‘liq amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan muammolarni ta'kidlab o‘tishimiz lozim.

1. Kichik biznesda bandlarning 62 foizidan ko‘prog‘i yakka tartibdagi tadbirkorlikda band bo‘lsa, atigi 16 foizi kichik korxona va mikrofirmalarga to‘g‘ri kelmoqda. Kichik korxonalarning bandlikdagi past darajalari Navoiy (11,3 %), Qashqadaryo (12,4 %) va Toshkent  viloyatiga (13,2%) to‘g‘ri kelmoqda. 

Kichik biznesda bandlarning 34,2 foizi qishloq xo‘jaligida, 12,7 foizi - sanoatda, 11,6 foizi qurilishda, savdoda 13,4 foizi va 28,1 foizi xizmatlar sohasida band. 

Yuqoridagi bandlarning tarmoqlar kesimidagi tahlilidan ko‘rinib turibdiki, boshqa tarmoqlarga nisbatan yaratilayotgan ish o‘rinlari samaradorligi yuqori bo‘lgan sanoat tarmog‘ida kichik biznesning nisbatan past darajadagi o‘rnini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu ko‘rsatkichni hozirgi o‘sish darajasining saqlanib qolishi kelgusida aholining ish haqi va tadbirkorlik faoliyatidan oladigan real daromadlarining oshishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat davlatning aholiga ajratadigan ijtimoiy kafolatlarini cheklashiga olib kelishi mumkin.  

3. Kichik biznes sub'yektlari sonining savdodagi ulushi yuqori darajada saqlanib qolmoqda (jami kichik biznes sub'yektlarining 26,7%i yoki 63,7 mingta sub'yekt). Chakana savdo tovar aylanmasida esa, 20,2%ni kichik bisnes va mikrofirmalarning ulushi tashkil etgan bo‘lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushi 69,4% ni tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin, bu bank sektoriga pul tushumiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va kichik biznes sub'yektlarining soliq solinadigan bazasida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi. 

4. Hududlar kesimida kichik biznes sub'yektlari sonini qaraydigan bo‘lsak eng ko‘p sub'yekt Toshkent shahrida (22,6%), Toshkent (9,6%), Farg‘ona (8,8%) va Andijon (8,7%) viloyatlari o‘z faoliyatlarini yuritishmoqda. Bu to‘rt hududda kichik biznes sub'yektlarining umumiy sonining 50%i atrofida o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, Sirdaryo (3,2%), Navoiy (3,3%) va Jizzax (4,2%) kabi respublikamizning boshqa viloyatlarida kichik biznes sub'yektlarining mavjud potensialidan yetarli darajada foydalanilmayotganidan darak bermoqda.

Mamlakatimizda kichik biznesning rivojlanishida qurilish va pardozlash materiallari, asbob - uskunalar, mashinasozlik ehtiyot qismlari va uskunalari, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, iste'mol tovarlarining ko‘plab turlarini ishlab chiqarish va boshqalar yuqori potensial ega sohalar hisoblanadi.

Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish orqali ko‘rishimiz mumkin.

Shuni ham ta'kidlash joizki, yetarli eksport salohiyatiga ega bo‘lgan, biroq ayni paytda yanada rivojlanish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo‘lmagan muvaffaqiyatli va istiqbolli kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash katta ahamiyatga ega.

Ushbu chora-tadbirlarlarni samarali kichik biznes sohasida ko‘proq ish o‘rnini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyatini oshirishga va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi.



Download 277.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling