O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tvсhdp insitituti boshlang`ich ta`lim fakulteti
Download 24.75 Kb.
|
Eshbayeva Umida Ona tili metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi : Eshbayeva U.S. Chirchiq– 2022 USTOZ…..
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi TVСHDP INSITITUTI Boshlang`ich ta`lim fakulteti “ona tili va uni o`qitish metodikasi”fanidan Mustaqil ish MAVZU: USTOZTekshirdi: Eshonqulova S.I Bajardi : Eshbayeva U.S. Chirchiq– 2022 USTOZ….. Ustoz deya etgayman e`zoz, Butun umrim hayotim ichra. Qancha qilsak ustoz uchun oz, Chunki bilim berganda kecha. Qadim zamonlardan ustozga bo`lgan chuqur xurmat va e`tiroz saqlanib qolgan. Ustoz deganda, har kaysi inson kunglida chukur xurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg`ulari, shu bilan birga, xech kanday boylik bilan o ‘lchab, ado qilib bo ‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo`ladi. Inson yashar ekan, eng avvalo, unga bilim va ma`rifat dunyosi sari yo ‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo ‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko ‘nglida hamisha minnatdorchilik tuyg ‘usi bilan yashaydi. Maktab ostonasiga ilk qadam qo ‘yganimizda qo ‘limizga qalam tutqazib, alifboni o ‘rgatgan birinchi ustozimiz siymosini, ustozimizning fidokorona mehnatini doimo chuqur entikish bilan eslaymiz va qalbimizda ularga nisbatan hurmat-ehtirom hissini tuyamiz. K o ‘z nuri va qalb qo ‘rini ustozdek mashaqqatli va fidokorona kasbga bag ‘ishlagan ustozlarimizni samimiy ardoqlab , minnatdorchilik bildirish biz shogirdlar uchun ham qarz, ham farzdir! Aziz xalkimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo ‘lsang, bug`doy ek, o ‘n yil yaxshilik qilmokchi bo ‘lsang, ta`lim – tarbiya ber» – deyilgan. Olamning gultojisi inson bo ‘lsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Ustozlar xaqida so ‘z ketganda beixtiyor beg ‘ubor bolaligimiz, orzu – intilishlarga to ‘la bolalik yillarimiz, ilk bora qo ‘limizga qalam tutqazgan birinchi o ‘qituvchimiz kuz oldimizda gavdalanadi. Bizlarning har bir savolimizga chuqur e`tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim. Qaysidir ijtimoiy tarmoqda o`qigan edim. Yaponiyada ustozlarni vazirlar bilan teng ko`rishar ekan . haqiqatdan ham xatto vazirlar –u , podsholarni ham ustozlari bo ‘lishgan. Ustoz… Ustoz desam maktabda bilim bergan boshlang ‘ich sinf rahbarim bilan bir qatorda , yuqori sinf rahbarim Jumanova Mo`tabar opa, tahsil olgan maktab direktorimiz Xaitkulova Zinatoy Ibragimovnani esga olmasam bo ‘lmaydi. Ular menga, bu sharafli kasb , ustozlik , boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi bo ‘lishimga turtki bo ‘lishgan. Ustozlarim katta hayot yo ‘lida ham , bilim yo ‘lida ham katta bilim berishgan. Ayniqsa , Xaitkulova Zinatoy Ibragimovna ning bergan saboqlari menga hayot , ish faoliyatim yo ‘lida katta saboq bo ‘lgan. Angren Pedagogika kollejini “Boshlang`ich ta`lim” yo ‘nalishini tamomlab rosa ish qidirdim , lekin hech qaysi maktab o ‘rta mahsus mutahassislarni ishga olishni hohlashmaydi. Faqatgina Zinatoy Ibragimovna menga ishonch bildirib meni ishga oldi. Hali maktabda qanday ishlashni bilmagan , soddagina bir qiz edim. Ta`lim tizimida ishlab ko ‘rmaganim uchun ish faoliyatim davomoida juda qoqilar edim , chunki o ‘qish boshqa , ish boshqa ekan. Hatto bir kuni (o‘quvchilar bilan yaxshi ishlay olmay, tadbir ko ‘ngildagidek chiqmagan uchun ) maktabda ishlamayman , deb ustozning oldiga yig ‘lab kirganimda ham , hali hayot oldinda . Sen yoshsan lekin yoshlar senga o ‘hshgan sho ‘x- quvnoq . Oldingda bundan ham mashaqqatli kunlar keladi. Sen bu mashaqqatdan o‘tsang , huddi tog ‘dan oshganday sezasan o ‘zingni deb, menga taskin berdi. Menga har kuni vaqt ajratib huddi onalardek g ‘amxo ‘rlik bilan nima ish qilayotganligimni tekshirar , hato kamchiliklarimni to ‘g ‘irlashga yordam berar edi. Ko ‘proq kitob o ‘qishimni tavsiya etar edi. Balki shundandir kitob o ‘qimasam huddi nimadir yemasdan och qolgan odamdek sezaman o ‘zimni. Aslida kitoblar ham huddi ustozdek , ilm yo ‘lini yoritadi. Men hozir mana shunday dargohda , sharafli kasb , “boshlang`ich sinf o ‘qituvchsi” bo`lib o ‘qiyotganim sababchilari sevimli ustozlarim Noraliyeva Xatima opa , Jumanova Mo ‘tabar opa , Xaitkulova Zinatoy opa va boshqa menga ta`lim bergan Angren shahar XTB ga qarashli 24- umumtalim maktabi ustozlarimning hissasi katta . Sizlarga bugun qo`limni ko`ksimga qo ‘yib tashakkurlar aytaman , boshim yerga tekkuncha ta`zimdaman .! Sizning ta`limingiz olmagan kim bor, Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan Olimmi , shoirmi va yo san`atkor, Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan Shogirdingiz hurmat va ehtirom ila Anarbayeva Umida ! Download 24.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling