O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi universiteti


Download 32.77 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi32.77 Kb.
#1153035
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Banklarni qayta tashkil etish tartibi va shakllari.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
____________________________________________UNIVERSITETI
_______________________________________________FAKULTETI
_______________________________________________KAFEDRASI


__________________________________________ta’lim yo‘nalishi


________________________________________________________
fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Banklarni qayta tashkil etish tartibi va shakllari.

Bajardi: ______________________


Qabul qildi: ___________________
__________2022
MAVZU: Banklarni qayta tashkil etish tartibi va shakllari.

Reja:
Kirish.
1. Tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etish.
2. Tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etishning huquqiy asoslari.

3. Tijorat banklarining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, boshqa barcha tarmoqlar va sohalar qatorida, mukammal bank tizimini yarata oldi. Hozirgi bank tizimining holati va bank tizimining moliyaviy ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasi ham bunga yaqqol isbot bo‘lishi mumkin. Ammo shu bilan bir qatorda bank tizimidagi ayrim kamchiliklar mavjudligi, bu kamchiliklarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilinishi bank tizimining istiqbolini belgilab beradi.
Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash amaliyotini olib borish jarayonida uchraydigan kamchiliklar quyidagilardan iborat:

  • litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘gri taqdim etilishi;

  • tijorat banklarida, o‘z imkoniyatlari darajasida yetarlicha erkinlik yo‘qligi;

  • bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning markaziy bank talablarga javob bermasligi;

  • muassis va aksiyadorlarning moliyaviy ahvolining yomonlashuvi;

  • tijorat banklarida kapitalizatsiya jarayoniga amal qilmasligi;

  • bank rahbar xodimlarining kasbiga nomuvofiqligi;

  • bank hisobot materiallarini muntazam ravishda buzib ko‘rsatilishi;

  • qonun xujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank operatsiyalari amalga oshirilishi;

  • litsenziya berilgan paytdan e’tiboran bank operatsiyalarini amalga oshirish bir yildan ortik muddatga kechikkanda;

  • bank o‘z omonatchilari va boshka kreditorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishga kodir bo‘lmaganida.

Yuqoridagi kamchiliklarning bo‘lishi va bartaraf etilmasligi litsenziyalash va nazorat jarayonlarida ma’lumotlar bekitilishi banklarning moliyaviy holatining pasayishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Albatta, tijorat banklarining litsenziyalash amaliyoti, uning kelajakdagi iqtisodiy taraqqiyotini ham belgilaydi. SHunday ekan faqatgina bankning litsenziyalashdan oldingi faoliyati emas balki, bankning asosiy litsenziyani olib faoliyatini boshlagan davrdan boshqa hisobot materiallarini, jumladan; kapital etarligi, resurs bazasi tahlili, kon’yunktura tahlili, kredit portfeli tahlili, daromadlilik darajasi tahlili, bank balans tahlili va boshqa bir necha omillarning tahlili asosida bank faoliyatini o‘rganish mumkin. Bu ko‘rsatkichlarni baholash markaziy bank tomonidan o‘rnatigan normativlar asosida uning qiyosiy darajasi belgilanib boriladi.
Bank tizimining barqarorligi ko‘p jixatdan uni nazorat etish tizimining rivojlanganlik darajasiga, uning mavjud hamda favquloddagi muammolarini aniqlab olish va echish qobiliyatiga bog‘liq. Nazorat muassasalarining asosiy vazifasi bank tavakkalchiligini aniqlash va baholashdir. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini faoliyatini litsenziyalovchi va nazorat qiluvchi organ bo‘lib markaziy bank hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini doimiy tahlil qilib borish va nazoratda saqlash va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni o‘rganish qat’iy tartib asosida o‘rnatilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarini talab darajasida bajarishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011 - 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks choratadbirlar» dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda banklar faoliyatini litsenziyalashni yanada takomillashtirish boorasida bir qator ishlar amalga oshirish rejalashtirlmoqda.
Bu borada bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, Respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni so‘zsiz amalga oshirish, bank nazoratini kuchaytirish, bank aktivlari va kredit portfelining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozim .
Shuningdek, bank tizimi nazoratini Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish, bank tizimini va alohida banklarni yuqori xalqaro reyting baholariga ega bo‘lishini ta’minlash, tijorat banklarining resurs bazasini yanada kengaytirish, ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish hamda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llabquvvatlashga yo‘naltiriladigan kreditlar hajmlarini ko‘paytirish kabi muhim choratadbirlarni amalga oshirish orqali bank infratuzilmasini yanada kengaytirish, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini ko‘paytirish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Download 32.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling