O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti


Download 1.67 Mb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1473407
  1   2   3   4
Bog'liq
Boltaboyev Jamshid kurs ishi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Urganch Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyasi yo`nalishi

202-guruh talabasi Boltaboyev Jamshidning

Web dasturlash fanidan tayyorlagan

KURS ISHI

Mavzu: Pasport va viza xizmatlari dasturining xususiyatlari.



Topshirdi: J. Boltaboyev

Qabul qildi: M. Otamuratov

Baholash: _________



Urganch-2022

Reja:

I.Kirish
1.1 Tizim haqida umumiy ma’lumot….…………………….3
II. Asosiy qism
2.1 Pasport va viza tizimi, boshlangʻich sayt loyihasi..............7
2.2 Pasport tizimi, tizimni rivojlantirish..................................10
2.3 Online pasport tizimi va uning avfzalliklari ....................10
2.4 Foydalanuchilar uchun viza tizimida ro`yxatdan o`tish tartibi ...15
III. Xulosa……...……………………………………….……23
IV.Foydalanilgan adabiyotlar…………....……………..........24

Kirish
Pasport tizimi, Pasportlashtirish - aholiga shaxsiy guvohnomalar (pasport yoki boshqa hujjatlar) berish asosida mamlakat ichida va davlatlar oʻrtasida aholini hisobga olish va nazorat qilish uchun davlatdagi qonunlar, maʼmuriy choralar va tadbirlar majmuidir.
Shaxsiy guvohnoma (SSSR va Rossiyada) — davlat xavfsizligini himoya qilish shaklida shubhali shaxslarni kuzatish vositalaridan biri. Oʻz subyektlarini, kelayotgan chet elliklar va fuqarolarni kuzatish orqali davlat organlari ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, ularning jamoat tinchligi uchun xavfli emasligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin. Insonning doimiy yashash joyida bajarilishi oson boʻlgan ushbu talablar sayohatchilar uchun ham, chet elliklar uchun ham qiyin boʻladi. Ularga oʻz shaxsini isbotlash imkoniyatini berish uchun davlatlar kasbi, yoshi, yashash joyi, yuz xususiyatlari, shuningdek, sayohat muddati, maqsadi va joyini koʻrsatuvchi pasportlarni joriy qiladi. Shu bilan birga, pasport ham odamni tark etish uchun ruxsatdir; pasportsiz sayohat qilish taqiqlanadi, shuningdek pasportni yashash joylarida roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati belgilanadi; chet el pasportlariga nisbatan qattiq politsiya choralari joriy etilmoqda. Bunday qonuniylashtirishlar yigʻindisi pasport tizimi deb ataladi. – pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko‘p bo‘lishi lozim);
– 2 nusxada to‘liq to‘ldirilgan viza talabnomasi;
– 2 ta rangli fotosur’at (pasport o‘lchamida).
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tranzit viza olishlari uchun yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari ketayotgan davlatning vizasi va O‘zbekistondan chiqib ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlariga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu holda viza talabnomasini ko‘rib chiqish muddati 3 kunni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizani O‘zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi, Konsullik boshqarmasining Viza bilan ta’minlash bo‘limidan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o‘z davlatidagi pasport tekshiruvidan o‘tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari o‘rnatilgan:


a) Bir martalik vizalar uchun:
7 kungacha — 40 AQSh dollari;
15 kungacha — 50 AQSh dollari;
30 kungacha — 60 AQSh dollari;
3 oygacha — 80 AQSh dollari;
6 oygacha — 120 AQSh dollari;
1 yilgacha — 160 AQSh dollari.
Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.
b) Ko‘p martalik vizalar uchun:
6 oygacha- 150 AQSh dollari;
1 yilgacha — 250 AQSh dollari.
c) Tranzit vizalar uchun:
72 soatgacha — 40 AQSh dollari;
ikki martalik tranzit viza uchun — 50 AQSh dollari.

d) Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari kamida 5 kishi bo‘lishi lozim):


15 kungacha — 15 AQSh dollari (har bir kishi uchun);
30 kungacha — 25 AQSh dollari (har bir kishi uchun).
Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig‘imlar undiriladi. Bunday yig‘imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog‘liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).
Izoh: O‘zbekiston Respubliksasi bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo‘lishi mumkin.
Asosiy qism
2.1 Pasport va viza tizimi.
Pasport (frans. passeport — portga kirish ruxsatnomasi) — ayrim davlatlarda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining P.i — Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini tasdiqdovchi asosiy hujjatdir. Oʻzbekiston Respublikasi da P. berish va undan foydalanish, qayd etish, roʻyxatdan chiqarish tartibi, shuningdek, P. tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida"gi Nizom bilan belgilanadi. Mazkur Nizomga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlgan barcha fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi fukarosi P.iga ega boʻlishlari shart. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar. P. xorijga joʻnab ketish chogʻida ham amal qiladi. Xorijga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻri-sida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (1992-yil 2-iyul)ga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida"gi qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida do-imiy yashab turgan shaxslarga, "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisi-da"gi qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga ham beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.ini Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi. Oʻzbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek, qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i butun Oʻzbekiston Respublikasida yagona namunada oʻzbek, rus va ingliz tillarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, uzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi va 32 betdan iborat boʻladi. P.ga uzbek, rus va ingliz tillarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — qoraqalpoq tilida ham) fuqaroning shaxsi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar yoziladi: familiyasi, ismi, otasining ismi; tugʻilgan yili, kuni, oyi; tugʻilgan joyi; millati; jinsi, shaxs uxshashligini aniqdash raqami. P.da uning egasining imzosi, P. bergan masʼul shaxs imzosi bulishi, shuningdek, P. berilgan vaqt va amal qilish muddati koʻrsatilishi lozim. Shuningdek, P.ga: balogʻatga yetmagan bolalarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, kuni, oyi; har-biy xizmatga munosabati toʻgʻrisidagi; nikoxdan utish va nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi; pasport egasining yashaydigan va doimiy qayd etilgan joyi haqidagi; vaqtincha qayd etilgani toʻgʻri-sidagi; chet elga chiqish uchun ruxsatnoma haqidagi; xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar haqidagi maʼlumotlar yoziladi. Fuqarolar 25 yoshga va 45 yoshga tUlganda ichki ishlar organlari ularga yangi P. beradi. 45 yoshga toʻlgan fuqarolar P.ining amal qilish muddati cheklanmaydi. P. tizimi qoidalari bajarilishini ichki ishlar organlari va ma-halliy hokimiyat organlari nazorat qiladilar. Fuqarolar: P.siz, yoki haqiqiy boʻlmagan P. bilan qayd ettirmay yashaganlik uchun, P.ni ataylab yaroqsiz holga keltirganlik hamda P.lardan gʻarazli maqsadlarda foydalanganlik, P.ni avaylab saqlamay uni yuqotganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi krnunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling