O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti urdu mt yo`nalishi maxsus sirtqi bo`lim 183- guruh talabasi Axmedova


Download 30.42 Kb.
Sana12.02.2020
Hajmi30.42 Kb.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI


UrDU MT yo`nalishi maxsus sirtqi bo`lim 183- guruh talabasi Axmedova Go’zalning “Ona tili va bolalar adabiyoti” fanidan oraliq nazorat ishi

I SH L A N M A S I


Urganch -2019
UrDU MT yo`nalishi maxsus sirtqi bo`lim talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti” fanidan oraliq nazorati savollari

5-variant

I.Nazariy savollar

1. Frazeologiya haqida ma’lumot.

Frazeologiya, frazema, frazemaning ifoda plani – frazemaning moddiy-material tomoni: shakli, tuzilishi, leksik va fonetik tarkibi, frazemaning mazmun plani – frazemaning frazeologik ma’no va uslubiy bo’yoqdan iborat semantik tarkibi, frazeologik monosemiya – frazemalarda bir ma’nolilik hodisasi, frazeologik polisemiya – frazemalarda ko’p ma’nolilik hodisasi, frazeologik butunlik – frazemaning umumlashgan ko’chma ma’nosini shu frazema tarkibidagi so’zlar ma’nolari bilan izohlash mumkin bo’lgan ibora, frazeologik chatishma – frazemaning umumlashgan ko’chma ma’nosi shu frazema tarkibidagi so’zlar ma’nolari bilan izohlanmaydigan ibora, Lеksika (lug`at bоyligi), lug`at tarkibi, istorizm, arxaizm, neologizm.



  1. Leksikografiya haqida umumiy ma’lumot.

Leksikografiya tilshunoslikning lug’atchilik bilan shug’ullanuvchi sohasi, ensiklopedik lug’atlar – tabiat va jamiyatdagi muhim hodisalar, tarixiy-ilmiy voqeliklar, buyuk shaxslar haqida ma’lumot beruvchi lug’at tiplari, lisoniy lug’atlar – til birliklari, til tizimiga xos kategoriyalar haqida ma’lumot beruvchi lug’atlar, universal ensiklopediyalar – tabiat va jamiyatning barcha sohalariga oid muhim voqelik-hodisalar haqida ma’lumot beruvchi qomusiy lug’atlar, soha ensiklopediyalari – faqat bir sohaga oid ma’lumotlar beriladigan qomusiy lug’atlar, bir tilli lug’atlar – bir til materialiga asoslangan lug’atlar, ko’p tilli lug’atlar – bir necha til materiallariga asoslangan lug’atlar, izohli lug’atlar – so’z ma’nolari izohlangan.

  1. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari haqida umumiy ma’lumot.

  2. So`zning leksik ma’nosi deganda uning asl ma’nosi tushuniladi. Masalan, Kitob- o’quv quroli. Do’ppi- bosh kiyimi.

  3. So`zning leksik ma’nosi qotib qolgan, o`zgarmas hodisa emas, u ancha barqaror bo`lsa-da, ma’lum omillar ta’sirida, uzoq yillar davomida o`zgarishi mumkin. Bunday o`zgarishlarga sabab bo`ladigan omillar ikki xildir: 1) ekstralingvistik (nolisoniy) omillar – ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ong, tafakkur rivoji va b.lar. Masalan, oyoq so`zi dastlab inson a’zolaridan birini nomlagan, keyinchalik u xontaxta, kursi, stol, stul, karavot kabi mebellarning «oyog`i»ni ham atay boshlagan: xontaxtaning oyog`i, kursining oyog`i, stolning oyog`i, karavotning oyog`i kabi. Bunga inson yashab turgan muhitda turli-tuman mebel-jihozlarning paydo bo`lganligi, shu bilan bog`liq ravishda inson ongida yangi tasavvurlarning yuzaga kelganligi, nihoyat, til bilan ijtimoiy hayot, ong va tafakkur o`rtasidagi murakkab aloqalar sabab bo`lgan; 2) lingvistik (lisoniy) omillar – til birliklarining til sistemasi ichidagi munosabatlari. Masalan, tilning lug`at boyligidagi aniq va ochiq leksemalari kontekstual sinonimiya munosabatida bo`lishi mumkin: aniq gapirmoq va ochiq gapirmoq kabi, ammo «ochiq eshik»ni «aniq eshik» deb bo`lmaydi, bunga aniq va ochiq leksemalarining ma’no xususiyatlaridagi o`ziga xoslik, ularning valentlik imkoniyatlari yo`l qo`ymaydi. Demak, leksemaning leksik ma’nosi yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida o`zgarib turadi, leksik ma’no taraqqiyoti deyilganda shular nazarda tutiladi. Bunday taraqqiyotning yo`llari ham har xildir: ma’noning ko`chishi, kengayishi va torayishi, bundagi miqdor va hajm o`zgarishlari shular jumlasidandir.

So’zning grammatik ma’nosi deganda quyidagilarni tushunish mumkin:

1.So’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi ma’nosi;

2.Gapda qanday sintaktik vazifani bajarayotganligini ko’rsatuvchi ma’no.

So’zning gapda qanday sintaktik vazifani bajarayotganligini ko’rsatuvchi ma’no – uning grammatil ma’nosi hisoblanadi. Masalan, Kitob – Ot so’z turkumi, turdosh ot, birlikda, gapda bosh bo’lak va ikkinchi darajali bo’laklar.



  1. Savol: Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog‘liqligi

O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, o‘rganilgan ilm va hunarni xalq, yatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqtirdi.

Alisher Navoiy ilm, ma’rifat haqida ajoyib fikrlarni olg‘a surdi. U aql, ilm - insonning eng go‘zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm- ­fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak. «Yoshligingda yig‘gil bilimni, qarigach sarf qilg‘il ani», - degan shoirning o‘zi ham yoshligidan ta’lim oladi, o‘qishga beriladi. U yoshligidanoq ko‘p she’rlarni yod bilgan. Jumladan, Fariddidin Attorning «Mantiqut­-tayr» «Qush nutqi») asarini bolalik chog‘laridayoq qayta-qayta o‘qib, yod olgan. Alisher Navoiy keyinchalik maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi. U mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qildi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida, podsho Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining «Ixlosiya» madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim bo‘lgan mablag‘ ajratadi.

Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini o‘zi yaratgan badiiy asarlarida ko‘proq barkamol insonni ifodaloychi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-ma’rifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarda bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning xislati juda katta, deb hisoblaydi.

Buyuk so‘z san’atkori va mutafakkiri o‘zining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bag‘ishlaydi. «Hayrat ul-abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») falsafiy-ta’limiy dostondir. Navoiy bu asarida o‘zining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy hamda kishilarga ta’lim va o‘git berish masalalariga katta e’tibor beradi. Dostonda zolim hukmdorlarni qoralab, ikki yuzlamachi riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini keskin fosh etadi.



II. Amaliy topshiriq

  1. “Ona tili” darsliklaridan fonetik va morfologik tamoyilga ko‘ra yozilgan so‘zlarni topish va izohlash.

Fоnеtik tamоyilga asоslanib tuzilgan imlо qоidalari so`z, o`zak-nеgiz va affikslarni talaffuzdagi shakliga mоs ravishda yozishni taqоzо qiladi. Masalan, ruscha krоvat, pоdnоs, prоpusk, uchastоk so`zlari o`zbеk tilida karоvоt, patnis, prоpuska, uchastka dеb talaffuz qilinadi va shu shakliga mоs hоlda yoziladi. Shuningdеk, jarangsiz k yoki q bilan tugagan ko`p bo`g`inli so`zlarga egalik affiksi (yoki unli bilan bоshlangan bоshqa qo`shimcha) qo`shilganda, nеgiz охiridagi jarangsiz k undоshi jarangli g undоshiga, jarangsiz q esa jarangli g` undоshiga o`tadi. Talaffuzdagi bu hоl yozuvda ham saqlanadi: eshik >eshigi, tеlpak>tеlpagi, o`rоq>o`rоg` kabi.

Dеmak, fоnеtik tamоyilga ko`ra, yozuvda talaffuzdagi rеal tоvushga mоs harf ishlatiladi.



Mоrfоlоgik tamоyilga asоslangan imlо qоidalari so`zlarni, o`zak-nеgiz va affikslarni talaffuzdagi shakliga mоslab emas, balki asl shakliga muvоfiq yozishni taqоzо qiladi. Chunоnchi, asab, rubоb, maqsad, tanqid kabi so`zlar asal, rubоp, maqsat, tanqit dеb (jarangsiz p va t bilan) talaffuz qilinsa –da, asliga muvоfiq jarangli b va d bilan yoziladi. SHuningdеk, -ga, -gan, -di, -da, -dan kabi bir qatоr affikslar t, s, sh, p, ch kabi jarangsiz undоshlar bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda –ka, -kan, -ti -ta, -tan shaklida talaffuz qilinsa-da, asliga ko`ra –ga, -gan, -di, -dan shaklida yoziladi: qishga, kеtgan, kеsgan, uchdi, tоpdi, tоshdan (yozuvda) – qishka, kеtkan, kеskan, uchti, tоpti, tоshtan (talaffuzda) kabi.

.

  1. 5 ta sinonimik qator tuzish va ularni qatnashtirib gaplar tuzish.

III.Test tuzish

  1. Orfoepiyaga doir 10 ta tesr tuzish.

Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling