О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi
Download 348.49 Kb. Pdf ko'rish
|
malakali voleybolchilarni tarbiyalashda jismoniy va funksional tayyorgarlikning orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarshi davlat universiteti Fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi
- Malakali voleybolchilarni tarbiyalashda jismoniy va funksional tayyorgarlikning o’rni Reja
- ADABIYOTLAR
1
О„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI Qarshi davlat universiteti Fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi Pedagogika fakulteti “Boshlang„ich ta‟lim” yunalishi 2 kurs 204 gurux talabasi Abduazizova Marhaboning Jismoniy tarbiya fanidan «Malakali voleybolchilarni tarbiyalashda jismoniy va funksional tayyorgarlikning o’rni» mavzusida yozgan R E F E R A T I Topshirdi: _______________Abduazizova M Qabul qildi: _____________kat.o„qit. SH.Nurov
Qarshi - 2014 yil. 2
tayyorgarlikning o’rni Reja 1. Jismoniy sifatlarning mazmuni va dastlabki tayyorgarlik bosqichida tarbiyalash uslubiyati 2. Jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikning bog‗liqligi va uni nazorat qilish masalalari 3. Yosh voleybolchilarni tarbiyalashda harakatli oyinlardan foydalanish tajribasini o’rganish
Jismoniy tayyorgarlik - tayyorgarlikning turlaridan biri
b o’lib,
voleybolchining organizmini rivojlantirish, uning jismoniy sifat va qobiliyatlarini takomillashtirishga, hamda oyin faoliyatini samarali amalga oshirishni ta‘minlovchi mustahkam poydevor yaratishga qaratilgandir. Zamonaviy voleybol shug‗ullanuvchilardan nihoyatda katta kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini talab qiluvchi sport oyinlari turiga mansubdir. Voleybolchining har bir oyin davomida ko‘pdan-ko‘p to‘siq qoyish, zarba berish va to‘p kiritishdagi sakrashlari, yiqilishlar, yugurish, to‘xtash, burilish, egilish va boshqa harakatlarlarni yuqori tezlikda ijro etishi katta jismoniy kuch, o‘ta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik va ruhiy uyg‗unlikni talab qiladi. Binobarin, ushbu yuklama (nagruzka) ta‘siri shug‗ullanuvchi organizmining funksional jihatdan mukammal shakllangan bo‘lishini taqozo etadi. Bugungi voleybolchi boyi jihatdan 185-195 sm, harakatchan, tezkor, sakrovchan, ziyrak, zukko, tez fikrlovchi, o‘tkir zehnli, maydonda roy beradigan vaziyatni tez fahmlab «foydali» javob qaytara oladigan ko‘rsatkichlarga ega b ӯlishi kerak. Sportchilarning yoshiga, tayyorgarligiga, malakasiga, hamda sport trenirovkasi davriga va vazifalariga qarab jismoniy tayyorgarlikni mazmuni, hajmi va shiddati turlicha b o’ladi.
3 Voleybolchi organizmining funksional imkoniyatlari undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil qiladi. Funksional imkoniyatlarning darajasi konkret sport ishchanligida namoyon bo‘ladi. Chunonchi, trenirovkalar ta‘sirida b o’ladigan o’zgarishlar mustahkam bo‘lishi uchun oyinchi uzoq vaqt davomida o‘ziga xos (spetsifik) ishni bajarish qobiliyatiga ega b o’lishi lozim. Trenirovka mashg‗ulotlari jarayonida voleybolchiga hajm va intensivligi jihatidan anchagina katta nagruzkani bajarishga t o’g‗ri keladi. Ko‘pincha bu nagruzka musobaqa nagruzkasidan ham ortiqroq b ӯladi. Ma‘lumki, oyinda aktiv ishtirok etgan oyinchi harakatlanadi, sakraydi, zarbli urish qiladi, to‘siq qoyadi va x.k. Bunday sharoitda bajarilayotgan ishning darajasi organizmning faqat energetika imkoniyatiga bog‗liq bo‘lmay, balki ma‘lum darajada nerv-mushak koordinatsiyasiga, texnik
kamolotga va
harakat faoliyatining mustahkamligini hamda tejamkorligini ta‘minlab beruvchi boshqa faktorlarga ham bog‗liq bo‘ladi. Sportchilarning funksional imkoniyatlari mushaklardagi energetik moddalarni umumiy zahirasidan tashqari gipoksiya holatiga psixik tayyorgarlik bilan qarshilik k o’rsata bilish, ya‘ni toliqishni chaqiradigan kislorod yetishmasligiga bardosh bera olishiga ham bog‗liq. Organizmni haddan tashqari katta ish ta‘sirida toliqishdan saklab qolishga subyektiv toliqish sezgisi yordam beradi. Toliqish sportchi bajargan ishga doimo adekvat bo‘lavermaydi. Trener sportchini toliqish alomatlariga t o’g‗ri baho berishga, o‘z organizmining haqiqiy ishchanligi chegarasini bilishga o‘rgatishi kerak. Shu bilan bir qator, shikastlanishlar dastavval qattiq toliqishdan, nagruzkaning hajmi va intensivligi juda katta b ӯlishidan, razminkaning yetarli darajada bo‘lmaganligidan kelib chiqishligini esda tutish kerak. Voleybolda harakat faoliyati spetsifik bo‘lgani uchun trenirovkaning turli intensivlikda bajariladigan mashqlari qisqa va aytarli uzoq interval (vaqt passiv va aktiv dam olish bilan olib borilishi lozim).
4 Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda, ayniqsa, dastlabki ӯrgatish bosqichida, bolalarni funksional imkoniyati e‘tiborga olinishi kerak. Tezkorlik - ma‘lum ishning qisqa vaqt ichida bajarilishini talab etuvchi sifat b o’lib, uni samarali rivojlantirish ayniqsa yosh bolalarda (7-11 yosh) yaxshi natija beradi. 12-15 yoshli bolalarda tezkorlikning rivojlanishi ko‘proq ularning mushak kuchini, tezkorlik-kuch sifatini orttirish hisobiga r oy beradi. Tezkorlik - uch tarkibiy qismdan iborat. Oddiy aks ta‘sir (tezkorlik). Masalan: joyda o‘tirgan holda turli tashqi ta‘sirlarga (lampochkaning yonishi, issiq, sovuq, tovush va hokazo) tez javob qaytarish. Murakkab aks ta‘sir yoki tana harakati bilan ta‘sirlarga (vaziyatga) javob qaytarish. Masalan: bokschi, futbolchi, voleybolchini tezkor harakati. Siklik harakatning qaytarilishi. Masalan: velosipedchi, suzuvchining tezkor harakati. Tezkorlikning ushbu tarkibiy qismlari bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‘lmaydi, ya‘ni oddiy aks ta‘sir harakatini qanchalik ko‘p mashq qilinsa ham tana harakati yoki siklik harakat deyarli rivojlanmaydi va aksincha. Tayyorgarlikning boshlang‗ich bosqichida tezkorlik sifatini tarbiyalash quyidagi vosita - mashqlar yordamida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: harakatli ӯyinlar, qisqa masofalarga yugurish, turli estafetalar, sakrashga oid mashqlar, gimnastika va akrobatika mashqlari, qoidasi soddalashtirilgan sport oyinlari. Mazkur vositalarni q ӯllashda kompleks uslubdan foydalanish yaxshi samara beradi. Jismoniy fazilatlardan biri bo‘lgan
tezkorlik deganda
biz voleybolchilarning ma‘lum sharoitda qisqa vaqt ichida harakatlarni bajara olish qobiliyatini tushunamiz. Tezkorlik namoyon bo‘lishining quyidagi formalari mavjuddir: - tafakkur (fikrlash) jarayoniningtezligi;
5 - oddiy va murakkab reaksiyalarning qanday b ӯlmasin biron-bir tashqi ta‘sir yoki kompleks ta‘sirlarga javoban tezligi; - yakka harakatni bajarish tezligi; - harakatlar chastotasi. Oyinchi harakat faoliyatining tezligi birinchi navbatda harakatlarni koordinatsiya qiluvchi markaziy nerv sistemasining faoliyatiga munosib b o’lishi lozim. Voleybolchining tezkorligi konkret reaksiya tezligida, jadal siltanishda hamda to‘p bilan, t o’psiz texnik priyemlarni bajarish tezligida aniq ifodalanadi. Tezkorlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosipedda uchish va shunga o‘xshash har hil maksimal chastota bilan bajariladigan siklik mashqlardan foydalaniladi. Qayta tezlanishda maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis oshirib borib, harakat amplitudasini kattalashtirish lozim. Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan yana ko‘pgina mashqlarni keltiramiz: - yonboshlab, orqa bilan jadal yugurishni bajarish; - tizzani yuqoriroq k ӯtarib va qadamlarni maksimal chastotada qoyib yugurish; - 25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab harakat qilish; - maksimal chastotada aylantirilayotgan kalta va uzun arg‗amchi bilan sakrash, aylanib turgan arg‗amchi tagidan yoki ustidan yugurib o’tish; - o’rta masofaga yugurayotganda tempni to‘satdan ӯzgartirish; - dastlabki yugurib borishda s ӯng 20-30 m masofada maksimal tezlikka erishish. Siltanish va tez yurishlar har hil estafetalarda musobaqa uslubi bilan o‘tkazilgani ma‘qul. Bir mashg‗ulotga mo‘ljallangan tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan trenirovka ishining hajmi uncha katta bo‘lmasligi kerak. 6 Kuch - bu tashqi qarshilikni yengish yoki «ushlab» turish ma‘nosini anglatadi. Kuch ikki turga bo‘linadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch - bu o‘zgaruvchan kuch. Statik kuch - bu bir hil vaziyatda ijro etiladigan kuch. Statik kuch 3 ga bo‘linadi: - «yengib» olinadigan statik kuch: Masalan: yerda yotgan og‗ir toshni ko‘tarib olib ushlab turish; - bir hil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir hil holatda ushlab turish; - qarshilikni «yenga olmaydigan» statik kuch. Masalan; shu tosh o’ta og‗ir bo‘lgani sababli uni ko’tarish imkoniyati yӯq. Lekin mushaklar taranglashadi va statik ish bajarib turadi. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortikcha zo‘riqish bilan bog‗liq b o’lmasligi kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq. Bunday mohiyatga ega bo‘lgan mashqlarni uncha og‗ir bo‘lmagan anjomlar bilan katta tezlikda bajargan ma‘qul. Qiz bolalar guruhida bunday mashqlarni q o’llash alohida nazorat va extiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. Tayergarlikning mazkur bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish oyin malakalarining texnikasini o‘zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu sifatni tarbiyalash - turli t o’plar bilan mashkq qilish, gimnastika, akrobatika, sport oyinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday mashqlarni sekin-asta murakkablashtirib borish zarur. Kuch zamonaviy sport trenirovkasi amaliyetida sportchining eng muhim jismoniy fazilatlaridan biri bo‘lib xisoblanadi. Chunki kuch ma‘lum darajada oyinchining maydonda harakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi darajasini belgilaydi. Kuch o‘z xarakteriga k ӯra: absolyut kuch, nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» bo‘lishi mumkin. 7 Absolyut kuch - mushak (yoki mushaklar guruhi) o‘z og‗irligidan qat‘iy nazar qisqargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi. Nisbiy kuch – oyinchi tanasi og‗irligining bir kilogramiga to‘g‗ri keladigan miqdor. Portlovchi kuch - sport mashqi yoki oyin harakati sharoitida reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishishi qobiliyatini bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, to‘p kiritishda, zarbli urishda, to‘siq qoyishda konkret amalga oshiradilar. Shuningdek «portlovchi» kuchning darajasi mushakning reaktiv qobiliyatiga bog‗liq bo‘ladi. Ishlayotgan mushaklar zarba bilan mexanik cho‘zilgandan keyinrok muskul qisqarish samarasi yordamida katta harakat kuchlanish xosil bo‘ladi. K o’zgalgan mushaklarning elastik o‘zgarishini chaqiradigan dastlabki cho‘zilish ularda kinetik energiyani ӯziga olishi tufayli bo‘ladigan ayrim kuchlanish potensialining jamg‗arilishini ta‘minlab beradi. Sport mashg‗ulotlarida muskullar o‘z uzunligini o‘zgartirmasdan (statik, izometrik rejim) va uzunligini qisqartirgan holatda kuch ko‘rsatadi. Mushaklar ch o’zilganda ustun keladigan va to‘siqsiz rejimlar birgalashib «dinamik rejim» tushunchasini hosil qiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch qobiliyatlarining barcha turlarini rivojlantirish kerak. Kuchni og‗irliklardan foydalanish xarakteri boyicha rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni ikki guruhga b ӯlish mumkin: tashqi og‗irlanish yoki qarshilanish va o‘z og‗irligi yoki badanning qisman og‗irligi orqali bajariladigan mashqlar. Mashqlarning birinchi guruhi voleybolchining muskullarini rivojlantirishda katta imkoniyat yaratadi. Og‗irlanishlar va qarshiliklardan (gantellar, yadrolar, to‘ldirma to‘plar, og‗ir toshlar, shtanga, raqibning og‗irligini va qarshiligini yengish, espanderlar va hokazo) keng qo‘llamda foydalanish va ularning turli-tumanligi trenirovka nagruzkasining hajmini va intensivligini belgilab berishga sharoit yaratadi. Bunday kerakli
8 mashqlar muskullar gruppasining rivojlanishiga qaratilgan b o’lib u sportchini tezda katta kuchlanishlardan t ӯliq bushatish qobiliyatiga o‘rgatishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda sherigi tomonidan k ӯrsatiladigan har hil qarshiliklar orqali bajariladigan mashqlar sportchilardan katta iroda kuchini talab qiladi. Negaki ular faqat kuchdagina musobaqalashib qolmasdan, shu kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda ham baxslashadilar. Ikkinchi guruh uchun o’ziga xos xususiyat, bu snaryadda bajariladigan gimnastik mashqlar, arqonga chiqish, o‘z vaznini kuch bilan ko‘tarish, ӯtirish-
turishlar, oyoqlar tizzalari yarim bukilgan holatda yurish va hokazolar hisoblanadi. O’z og‗irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar oyinchilar uchun asta-sekin bajarishdan tez bajarishga, oddiydan murakkabga o’tishga imkon yaratadi. Bu mashqlarni bajarishda muskul gruppalari ishga qanchalik kam jalb qilingan b o’lsa, badanning siljish yӯli qanchalik qisqa bo’lsa va badanning kamroq qismi og‗irlik bo’lib qarshilansa, ularni shunchalik kuproq takrorlash lozim.
Oyoq va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichma-bosqich oshib boruvchi rejimda bajariladigan mashqlar samarali mashqlar hisoblanadi. Ana shunday mashqlardan biri - yelkaga q oyilgan shtanga bilan o’tirib turish - tipik mashqdir. Chaqqonlik - turli murakkab harakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak. Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda muayyan vaziyatga nisbatan to‘g‗ri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini antlatadi. Bu sifat keng mazmunli tushuncha b o’lib, o’z ichiga tezkorlik, kuch, chidamkorlik, egiluvchanlik kabi sifatlarni qamrab olgan. Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mazkur sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin-asta murakkab mashqlarga o’tish zarur. 9 Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobatika, sport va milliy oyinlar juda qo’l keladi. Egiluvchanlik - bu tana b o’g‗imlarining maksimal amplitudada bukilishi va yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (ch o’ziluvchanligi) va tonusiga bog‗liq. Egiluvchanlikni o’stirish, birinchi navbatda, muntazam muvofiq mashqlar bilan shug‗ullanishga bog‗liq. Chidamkorlik deb organizmning uzoq vaqt charchamasdan faoliyat k o’rsatish yoki biror - bir harakatni yuqori samarada uzoq vaqt davom ettira olish qobiliyatiga aytiladi. Chidamkorlik sifatini tarbiyalash trenirovka jarayonining asosiy vazifalaridan biridir. Bu sifatning yuqori darajada rivojlanganligi sport mahoratining samarali o’sishiga, uzoq vaqt davomida egallagan texnik va taktik malakalarning musobaqa jarayonida faol ijro etilishiga zamin b ӯladi.
Chidamkorlik shug‗ullanuvchi sportchilarning yoshiga, tayyorgarligiga, malakasiga qarab tarbiyalanishi kerak b o’ladi. Bunda harakatli va sport oyinlari, chopish - krossdan foydalanish qo’l keladi. Umumiy chidamkorlik uzoq masofaga chopish, suzish, velosipedda uchish kabi vositalar yordamida rivojlantirilishi mumkin. Voleybolchilarga xos maxsus chidamkorlikni tarbiyalash uzoq vaqt davomida voleybol va o’zga sport oyinlari, harakatli oyinlar, har hil y o’nalishlarga – o’zgaruvchan yo‘nalishlarga qayta - qayta chopish, charchash holatida turli mashqlarni bajarish asosida amalga oshiriladi. Harakat malakalari jismoniy sifat va qobiliyatlar asosida amalga oshirilaldi. Binobarin, jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik bir-biri bilan uzviy bog‗liqdir. Shunday ekan bu ikki turdagi tayyorgarlik jarayonini nazorat qilib turish o’quv — trenirovka mashg‗ulotlarini to’g‗ri tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. 10
Shug‗ullanuvchining jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur b o’lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashdan iboratdir. Yosh voleybolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashga, sog‗liqni mustahkamlash, hilma-hil k o’nikma va malakalarni egallab olishga, voleybol oyini texnikasi va taktikasining boshlang‗ich asoslariga o’rgatishga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik nazorat shug‗ullanuvchilarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini aniqlashning asosiy shaklidir. Pedagogik nazorat trener va shifokor tomonidan olib boriladi. Bunda o’tkazilgan mashg‗ulotlarning mazmuni, hajmi va shiddati xisobga olinadi hamda trenirovka rejalarining bajarilishi tahlil qilinadi. Quyidagilarni tahlildan o’tkazish tavsiya etiladi. - jamoalarning trenirovka rejalari va ularning bajarilishi; - mashg‗ulot vositalari, shakllari va uslubiyati hamda ularning mashg‗ulotlarda qӯllanilishi; - shug‗ullanuvchilar jismoniy sifatlarining qay darajada oshganligi, texnika va taktikasidagi o’zgarishlar; - shug‗ullanuvchilarning sog‗ligi va funksional imkoniyatlarining o’zgarishi. Mashg‗ulot rejalarining bajarilishini hisobga olish jurnallari, kundaliklari konspektlar boyicha va trenirovkalarni kuzatish y o’li bilan aniqlanadi. Mashg‗ulot vositalari, uning shakli va usuliyati hamda ularning qo’llanilishi mashg‗ulot jarayonidagi pedagogik kuzatishlar yo’li bilan hamda tuzilgan rejalarni tahlil qilish yordamida aniqlanadi. Jismoniy, texnik
va taktik
tayyorgarlikning qay
darajada rivojlanganligini nazorat-sinovlar, oyin natijalariga qarab aniqlanadi.
11
Voleybolchilarning trenirovkasini pedagogik jihatdan nazorat qilish uchun nazorat mashqlar komplekslari va testlar tuziladi. Bunda harakat sifatlarining ham umumiy, ham maxsus rivojlanishiga baho berish uchun bajariladigan mashqlar olinadi. Jismoniy sifatlarning maxsus rivojlanishidagi o’zgarishlarni baholash uchun olinadigan mashqlar shaklan asosiy sport harakatlariga yaqin b o’lishi kerak. Testlar bir muddatda va imkon boricha bir sharoitda o’tkaziladi. Testlar komplekslari va sinovlarini o’tkazish sharoitini tez-tez o’zgartirish tavsiya etilmaydi. Ularni tez-tez almashtirish trener - pedagogning test davomida k o’rsatilgan natijalarni taqqoslash imkonidan mahrum qiladi. Trenirovkaga stimul berish uchun nazorat mashqlar komplekslarini joriy qilish bilan bir qatorda meyoriy talablar ham joriy etiladi. Nazorat mashqlariga oid meyorlar voleybolchilar yoshiga, jinsiga va mahorat darajasiga muvofiq ravishda differensiatsiyalanadi. Shug‗ullanuvchilarning texnik va taktik tayyorgarligini quyidagicha kuzatib borish mumkin: 1. Shug‗ullanuvchilarning musobaqada faollik
va ishchanlik k o’rsatishi. Musobaqada bajargan ishlari (yugurish, sakrash, texnik va taktik harakatlarning bajarilishi)ga qarab baho beriladi. 2.
Harakat k ӯnikmalarining barqarorligini nazorat qilish qӯshimcha k o’nikma barqarorligining buzilish xarakteri, buzilish vaqti va oqibatlari, buzilishga sabab b o’lgan vaziyat va omillar o’rganiladi. 3. Maqsadga muvofik ravishda bajarilgan harakatlar soni. O’quv trenirovka jarayonini samaradorligini oshirish uchun uni ko’p jihatdan kompleks nazorat qilish dasturi ishlab chiqilmog‗i zarur bӯladi. Bosqichma - bosqich nazorat qilish bu voleybolchilarning har bir tayyorgarlik bosqichining boshi va ohiridagi tayyorgarligini baholashdir. 12
Joriy nazorat qilishda oylik va xaftalik sikllardagi mashg‗ulotlar natijasida r oy beradigan fiziologik, bioximik, psixologik o’zgarishlar va nagruzkalarning mikdori hamda y o’nalishi baholanadi. Shug‗ullanuvchilarning texnik va taktik tayyorgarligi darajasi vizual kuzatishlar usuli bilan nazorat qilinadi. Voleybolchilar bajargan texnik va taktik usullar balli tizim b ӯyicha baholanadi. Oyin texnikasi va taktikasida o’zgarishlarni baholash uchun vizual yozib olishdan foydalaniladi. Bunda texnik va taktik harakatlar uchun maxsus ishlab chiqilgan ballar q oyiladi. Mashg‗ulot va musobaqa vaqtlarida shug‗ullanuvchilarni muntazam kuzatib borish va ularni doimo taqqoslash trenirovka mashg‗ulotlarining samarasini oshiradi va musobaqalarda yaxshi natijalarga erishishga imkon yaratadi. Umumiy o’rta ta‘lim uchun jismoniy tarbiya boyicha davlat ta‘lim standartlari ta‘li jarayonining sifatiga, ta‘lim va mazmuniga doir talablarni: o’quvchilar tayyorgarligining zarur yetarli darajasi, ta‘lim muassasalaridagi faoliyati va jismoniy ta‘lim hamda tarbiya sifatiga baho berish tartibi va mexanizmlarini belgilab beradi. «Ta‘lim to’g‗risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta‘lim olish yo’llari xilma-xilligi sharoitida har bir ta‘lim muassasasi o’quvchilarning sog‗ligini saqlash va mustahkamlash jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolotlovchi shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir. «Jismoniy tarbiya va ta‘lim» kursi umumiy o’rta ta‘limda quyidagilardan tarkib topadi: 1. Jismoniy tarbiya darslari. 2. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari: darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika, jismoniy daqiqalar, uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ӯyinlar. 13
3. Jismoniy mashq mashg‗ulotlarining sinfdan tashqari shakllari: sport seksiyalari, fakultativlar, sport turlari b oyicha musobaqalar va boshqalar. Jismoniy tarbiya ӯquv dasturiga sport oyinlari materiallari kiritilgan (voleybol, basketbol, q o’l tӯpi va alohida futbol). Voleybol b ӯyicha dastur materiallarini ӯrgatish uchun zarur bo’lgan mashqlar, texnik va taktik usullar hamda oyinning nazariy va amaliy qoidalapri kiritiladi. Mashg‗ulotlarning samaradorligi o‘qituvchining darsni t o’g‗ri rejalashtirishi va tashkil etishiga, k o’proq foydali harakatlarni o’rgatishning koeffitsiyentiga bog‗liq b o’ladi. Jixoz va asbob - anjomlardan foydalanish muhim rol oynaydi. Voleybol b oyicha mashg‗ulotni muvaffaqiyatli ӯrgatish uchun bir necha t o’p va maydoncha bo’lishi yetarli emas. Albatta, to’ldirma to’p, osib q oyilgan tӯplar, amortizatorli to’p va boshqa shu kabi jihozlar bo’lishi zarur. Dasturda voleybol uchun ajratilgan soat (yiliga 20 soat) harakat texnikasi va taktikasini zarur va yetarli darajada o’zlashtirib olishga yetmaydi. Shuning uchun
umumta‘lim maktablarida voleybol sporti
b oyicha
seksiya mashg‗ulotlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Voleybol sport seksiyasini tashkil etish yosh voleybolchilarni tayyorlashdan boshlanadi. O’quv guruhlarida shug‗ullanuvchilarning tarkibiy uyg‗unligi hamda yosh jihatdan bir hilligi trenirovka mashg‗ulotlari shakliga mos tushadi. Umumiy faoliyatda muntazam ravishda ishtirok etish shug‗ullanuvchilarni yagona jamoa qilib jipslashtiradi, bu ham jismoniy tarbiyaning o’quv hamda tarbiya vazifalarini samarali hal etishda muhim omil b o’lib xizmat qiladi. Voleybol seksiya mashg‗ulotlarini o’tkazishda ham qabul qilingan qator umumiy talablarni bajarish kerak b o’ladi.
14
Birinchidan, shug‗ullanuvchilarni o’qitish va tarbiyalash butun mashg‗ulot davomida amalga oshirib borilishi kerak. Ikkinchidan, mashg‗ulot o’tkazishda har qanday yo’llar bilan bo’lsa ham usuliy shablonlardan qochish kerak. Mashg‗ulot mazmuni va usuliyatini hilma-hil qilish kerakligini vazifalarning doimiy ravishda murakkablashib borishi, shug‗ullanuvchilarning organizmi va psixikasida sodir b o’ladigan siljishlar dinamikasi, tashqi sharoitning o’tkazuvchanligi taqozo etadi. Uchinchidan, shug‗ullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni bir tekisda o’quv faoliyatiga jalb etish kerak. Faqat shu yo’l bilan shug‗ullanuvchilar uchun uzoq vaqt davomida bir butun o’quv - tarbiya jarayoniga erishish mumkin va shug‗ullanuvchilarning mashg‗ulotni tashlab ketishlari yoxud qoloqlar paydo b o’lishini oldi olinadi. T o’rtinchidan, har bir mashg‗ulotdagi o’quv faoliyatini usuliy tamoyillarga qat‘iy rioya qilgan holda olib borish kerak. Mashg‗ulotning ta‘siri har tomonlama sog‗lomlashtiruvchi, bilim va tarbiya beruvchi bo’lishi kerak. Beshinchidan, mashg‗ulot oldiga mazkur darsda hal etish mumkin bo’lgan mutlaqo aniq vazifalar q oyish kerak. O’quv - tarbiya jarayonining umumiy masalalari (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik) hal etilishiga alxoida aniq vazifalar tizimini bajarish orqali erishiladi. Voleybol - mashg‗ulot darslari kabi uch qismga: tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga b o’linadi. Sӯngra belgilangan qismlarning oldiga qoyilgan vazifalarni hisobga olgan holda darsning aniq ustalashgan tuzilmasi ishlab chiqiladi. Mashg‗ulotning tayyorgarlik qismida boshlanadigan asosiy faoliyatga funksional tayyorgarlik markaziy o’rinni egallaydi. Bunga meyorlash oson, tayyorlanish va bajarishga k o’p vaqt ketmaydigan mashqlar yordamida erishiladi.
15
Yugurish, sakrash, ӯyinlar va o’quvchilarga yaxshi tanish bo’lgan harakatlar shular jumlasiga kiradi. Umumiy rivojlantirish mashqlari kompleksini birin- ketinlik tamoyiliga rioya qilgan holda, k o’pgina hollarda quyidagi tartibda bajariladi: kirishish mashqlari; q o’l va yelka kamari uchun mashqlar; oyoqlar uchun mashqlar; ch o’nqayishlar; gavda uchun mashqlar; sakrashlar; mushaklarni kuchaytirish mashqlari. Mashg‗ulotning eng murakkab vazifalari asosiy qismda hal etiladi. Odatda, yangi materialni, koordinatsiyasi jihatdan murakkab harakatlarni o’rganish asosiy qismning boshida hal etiladi. Voleyboldagi texnik va taktik harakatlarga o’rgatish vazifalari bosqichlariga qat‘iy rioya qilgan holda (tanishtirish, o’rgatish, takomillashtirish) asosiy qismda xal etiladi. Texnik va taktik harakatlarga o’rgatishda tayyorlov, yaqinlashtiruvchi mashqlar kompleksidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mashg‗ulotlarning yakuniy qismida harakat shiddatini asta-sekin kamaytirish, bajarilgan ishni shug‗ullanuvchilar tomonidan tahlil qila bilishga erishish juda muhimdir. Uy vazifalariga alohida e‘tibor berish kerak. Mashg‗ulot mustaqil bajariladigan mashqlar bilan t o’ldiriladi. Voleybol mashg‗ulotlarini o’tkazish joylarini tanlash ham muxim ahamiyatga ega. Mashg‗ulotlarni mumkin qadar ochiq havoga olib chiqish imkoniyatidan t o’la foydalanish kerak. To’g‗ri, ochiq maydonchada shug‗ullanuvchilarga rahbarlik qilish qiyin b o’ladi.
Ba‘zan, quyosh, shamol, shug‗ullanuvchilar e‘tiborini chalg‗itadigan predmetlar dars ӯtkazishga halal berib turadi. Ammo ochiq havoda o’tkazilgan mashg‗ulotlarda ish qobiliyati oshadi va bu mashg‗ulotlar chiniqishga, sog‗liqni mustahkamlashga yordam beradi.
16
Shu bilan bir qatorda jismoniy sifatlarni, ayniqsa voleybolchilar uchun o’ta muhim bӯlgan tezkorlik va sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‗ulotlarda doimo an‘anaviy standart mashqlarni qo’llash kutilgan natijani bermaydi. Aksariyat mutaxassis olimlarning tadqiqotlariga k o’ra qayd etilgan sifatlarni tarbiyalashda nostandart oyinsimon mashqlardan foydalanish shugullanuvchilarda juda katta qiziqish oygotar ekan. Futbol bо‗yicha BО‗SM larda о‗quv-trenirovka jarayonini ilmiy asosda tashkil qilish, iste‘dodli yosh sportchilarni tanlash va tayyorlash imkoniyatini kengaytiradi. Kо‗p yillik statistik ma‘lumotlarga qaraganda Respublikamizning aksariyat BО‗SM larida yuqori malakali, raqobatbardosh sport zahiralarini tarbiyalash va О‗zbekiston yoshlar terma jamoalariga munosib sportchilarni yetishtirib berish juda sust amalga oshiriladi. Hatto Toshkent viloyati, Qibray tumanida ham faoliyat kо‗rsatilayotgan BО‗SMlarda ham о‗quv-trenirovka jarayonini tashkil qilish va rasmiy musobaqalarni о‗tkazib turish talab darajasiga munosib deb bо‗lmaydi. Mashg‗ulotlar ilmiy asoslangan rejalashtiruv xujjatlari asosida о‗tkazilmaydi, ularga uslubiy jixatdan kо‗r-kо‗rona yondoshiladi. Dastlabki о‗rgatish guruhlarida (10-12, 13-14 va 13-14 yosh) shug‗ullanayotgan bolalar tarkibi о‗xtin-о‗xtin о‗zgarib turadi. Pedagogik tadqiqotning pirovard maqsadi shug‗ullanishni endi boshlagan 11-12 yoshli futbolchi bolalarda sakrovchanlik sifatlarini nostandart oyinsimon mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini o’rganishdan iborat. Tadqiqotning obyekti nazorat va tajriba guruhlarida shug‗ullanuvchi 11-12 yoshli futbolchi bolalar va ularda sakrovchanlik sifatlarini nostandart oyinsimon mashqlar ta‘sirida rivojlanish dinamikasi. Pedagogik tadqiqotning asosiy vazifalari: 1. Yosh futbolchilar mashg‗ulotlarida sakrovchanlik sifatini harakatli oyinlar yordamida rivojlantirish tajribasini o’rganish; 17
2. 11-12 yoshli futbolchilarda sakrovchanlik sifatlarini nostandart oyin- simon mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini aniqlash. Yosh sportchilarni tayyorlash k o’p bosqichli murakkab pedagogik jarayon b o’lib, mashg‗ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilishni taqazo etadi. Mashg‗ulotlarda qo’llaniladigan jismoniy va texnik - taktik mashqlar hajmi va shiddati shug‗ullanuvchi bolalarning yoshi, jismoniy va funksional imkoniyatlariga moslab rejalashtirilishi va qo‘llanilishi muhim. Ushbu mashqlar hajmi, shiddati, qaytirilishi va davom etish vaqti biologik qonuniyatlarga asoslanishi lozim. Agar mashqlar yuklamasi bolaning imkoniyatidan ӯta
yuqori b o’lsa, bunday yuklama shu bolaning organizmiga salbiy ta‘sir etishi mumkin. Aksincha, yuklama imkoniyatdan kam b o’lsa, shakllanish jarayoni sustlashishi muqarrar. Ayrim trenerlar qisqa muddat ichida jismoniy sifatlarni rivojlantirishni jadallashtirish, tezroq malakali sportchi tayyorlash maqsadida maxsus va ixtisoslashgan mashqlarni z o’rma-zo‘raki qo’llaydilar. To’g‗ri ayrim hollarda, ya‘ni agar bolaning nasliy va individual jismoniy imkoniyatlari serzahira b o’lsa, bunday bola orada yaxshi sportchi bo’lib yetishishi mumkin. Ammo, aksariyat hollarada bunday katta yuklamali mashg‗ulotlar bolaning tez charchashi, z o’riqishi, hatto uning kasallanishiga olib kelishi mumkin. Sport amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir-biriga o’xshash muntazam beriladigan mashqlar sport bilan endi shug‗ullanishni boshlagan bolada qiziqishni s o’ndiradi, unda sportga bo’lgan ixlos yo’qoladi, pirovardida u sport bilan shug‗ullanmay quyadi. Shuning uchun yosh sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa, dastlabki o’rgatish bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik- taktik mahoratni shakllantira borish uchun harakatli oyinlardan foydalanish juda foydali va ӯta muhimdir.
18
Voleybol musobaqalarida tezkorlik va
sakrovchanlik sifatlari samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biridir. Voleybolchi qanday uyin funksiya (amplua) siga ixtisoslashgan b o’lmasin, uning hujum yoki himoya xarakatida tezkor-kuch (sakrovchanlik), shu harakatning unumdorligi b o’lmaydi, pirovord samaradorlik q o’ldan boy beriladi. Bordiyu portlovchi kuch (sakrovchanlik) sifati shakllangan b o’lsa, lekin sakrash chidamkorligi bo’lmasa, k o’p marta sakrab zarba berish, to’siq qoyish, uzatish, to’pni oyinga kiritish malakalarini foydali ijro etish imkoniyati b o’lmaydi. Aksariyat mutaxassislarining fikriga asosan bu sifatlarini samarali rivojlantirish dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlanishi o’ta muhim deb ta‘kidlanadi. Fiziologik jixatdan ham mazkur sifatlar aynan bolalik yoshidan rivojlantirishi o’ta samarali ekanligi isbotlab berilgan. B O’SM larda yosh voleybolchilarni tayorlash boyicha olib boriladigan mashg‗ulotlarda jismoniy sifatlar an‘anaviy stnadart mashqlar ustunligida amalga oshiriladi. Tezkor-kuch (sakrovchanlik) va sakrash chidamkorligiga mashqlar muvofiq oyin vazyaitlariga moslashtirilmaydi. Ma‘lumki, voleybolchilar uchun sakrovchanlik va sakrovchanlikka bo’lgan chidamkorlik sifatlari t ӯpni qabul qilishda, uzatishda yoki uni sakrab zarba berishda, t o’siq qoyishda muhim ahamiyatga egadir.
1
1. Qoraboyev U. ―О‗zbek xalq о‗yinlari‖ Toshkent 2001 3-5 bet. 2.Qurbanova M.A. 500 mashq va harakatli о‘yinlar. II qism. T.: 1999. – 60 b.
3.Nasriddinov F.N. О‗zbek xalq milliy о‗yinlari. T.: 1993. – 27 b. 4.Rasulev A.T., Pulatov A.A., Qosimova M.U. О‗zbek xalq о‗yinlari ularning tasnifi va tavsifi. //О‗quv qо‗llanma. T.: 1996. – 98 b. 5.Usmonxо‗jayev T.S., Xо‗jayev F. 1001 о‗yin. T.: Ibn-Sino, 1990. – 350 b. 6.Usmonxо‗jayev T.S., Xо‗jayev F. Harakatli о‗yinlar. T.: О‗qituvchi, 1992. - 80
7.Usmonxо‗jayev T.S., Qosimova M.U. 500 mashq va harakatli о‗yinlar. T.: 1999. - 60 b. 8. Ayrapetyans L.R., Kleshev Y.N. Voleybol. О‗quv qо‗llanma.Toshkent., 1995 yil. 36 -43 bet. 9. Ayrapetyans L.R., Godik M.A. Sport о‗yinlari va uni о‗qitish uslubiyti. Toshkent., 1991yil. 58 – 62 bet. 10. Ayrapetyans L.R., Pulatov A. Yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlashda tanlovning о‗rni. «JT, sport va ma‘naviyat» tо‗plami, T., 1995. Download 348.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling