O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 214.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.09.2023
Hajmi214.69 Kb.
#1682121
  1   2   3


O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA`LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN MUHANDISLIK-IQTISОDIYOT INSTITUTI 
«Menejment» fakulteti 
«Iqtisоdiyot» kafedrasi 
 
“Iqtisоdiy ta`limоtlar tarixi” fanidan 
 
« F.Kene va A.Tyurgolar - fiziokratizm ta'limotining asoschisilari » 
mavzusidagi 
 
 
 
 
Tоpshirdi:
2u-10 gurux talabasi 
Sh.Soatov 
Qabul qildi:
kat. o’q. N.Tursunov 
Namangan 2011 y. 
 



MAVZU: 
F.Kene va A.Tyurgolar - fiziokratizm ta'limotining asoschisilari 
1. F.Kene - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. 
 
Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi g’oyalari. Fransua Kene. (1694-1774y) 
har tomonlama keng bilimli olim bo’lib, Versal yaqinidagi kambagal dehqon 
oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan medisinaga xavas qo’ydi., qishloq 
jarroxidan dars oldi, medisina amaliyoti unga shuxrat keltirdi. Dvoryan unvoniga 
ega bo’ldi va Versal saroyiga (Lyudovik XV qirol saroyiga) o’tdi. 1718 yilda 
vrachlik kasbini oldi.1744 yilda medisina doktori ilmiy darajasiga yerishdi, 1752 
yildi esa Lyudovik XV xonadonida tabiblik qildi. Meditsina va biologiyaga oid 
ko’pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u 60 yoshdan boshlab iqtisodiyot 
muammolari bilan bevosita shug`ullana boshladi. Shuni ta'kidlab o’tish kerakki, 
F.Kenening iqtisodiy g’oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu yerda u 
umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda ob'ektiv 
iqtisodiy informasiya etarli bo’lgan va olim ulardan yaxshi foydalanib, o’z 
ta'limotlarini yaratgan.1766 yilda Adam Smit ham uningmexmoni va suxbatdoshi 
bo’lgan edi. Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan "Komo’s"da F.Kenening 
dastlabki iqtisodiy maholalari: "Fermerlar", "Don", "Aholi", "Soliqlar" paydo 
bo’ldi. 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - "Iqtisodiy jadval" kitobi 
dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida Fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning 
nazariy va siyosiy dasto’rini ta'riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII
asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat arbobi A.Tyugo (1727-1781 
yy) davom ettirdi. Fiziokratizm g’oyalarini (ayniqsa F.Kene ta'limotini) Dyupon de 
Nemur, D.Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ’ib etdilar. 
Shunday qilib, haqiqiy Fiziokratlar maktabi yoki o’sha davr tili bilan aytganda 
"iqtisodchilar maktabi" tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 
60-70 yillariga to’g’ri keladi. 
F.Kene "Tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bunda u paydo 
bo’layotgan, mustaxkamlanayotgan kapitalizm tizimini tushundi, iqtisodiyot erkin 



raqobat asosida rivojlanishi, bozor bahosining stixiyali o’zgarishi, ya'ni davlatning 
aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo’llab-quvvatladi. Iqtisodiy rivojlanish 
odamlarning iktak xoxshiga bog’liq bo’lmagan tabiiy jarayon bo’lib, uning ma'lum 
qonuniyatlariga buysinishi tan olish Fiziokratlarning so’zsiz yutuqi edi. Bu 
qonunlar ularning fikricha tarixiy bo’lmay, abadiy qonuniyatlar deb qaralgan edi. 
Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik shkli tabiiy va abadiy ishlab chiqrash 
shakli deb hisoblangan (hozirga rivojlanish buni ko’p jiqatdan isbotlanmoqda). 
F.Kene almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U almashuv yoki savdo 
boylik yaratmayda, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarishmayda, 
deb hisoblagan. Erkin raqobat sharoitida almashuv sohasi keng miqdorli 
qiymatlarning almashuvi ro’y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlarga 
kirmasdan oldin ham mavjud bo’ladi. (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv 
paytida paydo bo’ladi degan fikri noto’g’ridir). Bundan kelib chiqadiki almashuv 
jarayonida boylik yaratilmayda va foyda paydo bo’lmayda. Almashuvning 
ekvivalentligi to’g’risidagi ta'limot Merkantilistlarning qarashlarini inkor etish 
uchun nazariy asos bo’ldi. Bu holat shu bilan birga Fiziokratlardan boylik 
manbaini muomila sohasidan tashqaridan izlashni taqozo etdi. Ammo F.Kene 
miqdorli qiymatlarning almashuvi sababini to’g’ri ishlab chiqilmagan edi va u 
qiymatni ishlab chiqarish harajatlari bilan aynan bir deb hisobladi. 
Fiziokratlarning asosiy tizimida "sof mahsulot" to’g’risida ta'limot markaziy 
o’rinni egallaydi. F.Kene yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari 
o’rtasidagi farqni sof mahsulot deb biladi, boshqacha qilib aytganda bu ishlab 
chiqarish chiqimlaridan oshikcha mahsulotdir.F.Kene "sof mahsulot" faqat qishloq 
xo’jaligida, dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol 
qiymatlarimiqdori ko’payadi, deb ta'kidlaydi. Sanoatda esa iste'mol qiymatlari 
faqat turli kombinasiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida, dehqonchilikda 
yaratilgan mahsulotning shakli o’zgaradi lekin uning miqdori ko’paymayda, 
shuning uchun "sof mahsulot" paydo bo’lmayda va boylik yaratilmayda (kuchli, 
ammo noto’g’ri mantik bor). 



A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) unumsiz, foyda 
bermaydagan sinf deb qaralgan. Aslida esa Fiziokratlar bu sinfning borligini tan 
oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof qo’shimcha daromad keltirmaydigan 
sinf deb qaraganlar. A.Tyurgo esa bu sinfga yuqori baho berib "haq to’lanadigan 
sinf" deb qaraydi. Fiziokratlar qiymatni iste'mol qiymatiga, xatto tabiat 
mahsulotiga tenglashtirganlar. Ularni faqat miqdoriy soha, ya'ni ishlab chiqarish 
jarayonida olingan iste'mol qiymatlarining ortiqcha qiymati (ise'mol qilingandan 
ortigi) qiziktirgan. Bu narsa asosandehqonchilikda aniq namoyon bo’ladi ammo 
F.Kene ta'limotining boshqa tomoni ham bor, uning fakricha "sof mahsulot" 
miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog’liqdir, bu chiqimlarga xom-
ashyo sarflari, matyeriallar va ish haqi kiradi. Materiallarning qiymati 
belgilanganligi tufayli ish haqi tirikchilikning minimum harajatlariga keltirilgan 
ekan, "sof mahsulot" (qo’shimcha qiymat) qo’shimcha mehnatning samarasi 
sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, Fiziokratlarda qo’shimcha qiymat 
tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatni sof xadyasi hamda, 
ya'ni dehqonlarning qo’shimcha mehnati natijasidir, deb qaraganlar (qo’shimcha 
qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). 
Fiziokratlarning 
bunday 
fikrlash 
qiymatining 
ijtimoiy 
tabiatini 
tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste'mol qiymati bilan qorishtirib 
yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga 
ajratilmagan, xatto inkor etilgan. 
Renta qo’shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilingan ekan, 
foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo’lishi mumkin edi. 
Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda go’yoki odatdagi ish 
haqidan o’zining kattaroq miqdori bilan farq qilingan va kapitalistlar tomonidan 
foyda sifatida to’la iste'mol qilingan. 
Fiziokratlarning "unumli" va "unumsiz" mehnat to’g’risidagi ta'limoti "sof 
mahsulot" to’g’risidagi ta'limot bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning mantiqiyi 
davomi hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular "sof mahsulot" 
yaratuvchi mehnat unumdor bo’ladi, ya'ni qo’shimcha qiymatni yaratadidegan 



edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to’g’risidagi masalaga prinsipial tagri to’g’ri 
yondashish yo’li edi.ammo renta qo’shimcha qiymatning yakkayu-yagona aniq 
shakli sifatida tan olinganligi sababli dehqon mehnati birdan -bir unumli mehnat 
deb hisoblanadi, ishlab chiqarishning boshqa sohalardagi (sanoatda ham) mehnat 
"unumsiz", ya'ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa 
mehnat turlariga qarshi qo’yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab 
chiqarishning qaysi sohasida qo’llanmasin, qo’shimcha qiymat yaratadi, demak bu 
ham mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir.
F.Kene "sof mahsulot" to’g’risidagi o’z qarashlari asosida jamiyatni uch 
sinfga bo’ladi:
1. “unumli sinf” (fermerlar, dexqonlar),
2. “yer egalari sinfi” (dvoryan, lendlordlar) 
3. “unumsiz sinf” (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). 
Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo’jalik ishchilari 
ham, fermerlar ham, ya'ni uningcha "sof mahsulot2 yaratuvchilarning hammasi 
kiradi. Yer egalari "sof mahsulot" yaratmaganligiga qaramasdan, shu bilan birga 
bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular ijara to’lovi sifatida 
oladilar. Samarasiz, "unumsiz sinf" vakillari esa dehqonchilikdan boshqa 
tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular "sof mahsulot" 
yaratmaydilar. Jamiyatning sinfiy tuzilishi to’g’risidagi bu ta'limotning asosiy 
kamchiligi shuki, F.Kene yangi jamiyatnig asosiy sinflarini ko’ra bilmayda, 
to’g’rirog`i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar 
bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o’sha davrda kam bo’lsa ham, 
proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganligidan 
burjua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga 
ajralmagan edi. Sinflar to’g’risidagi ta'limotning bu kamchiliklaridan qat'iy nazar, 
jamiyatni sinflarga bo’lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini 
ko’rsatishga o’rinish ijobiy voqea hisoblanadi. 
Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular kapital tushunchasini 
tahlil qilishgan. Asarlarda bevosita "kapital" so’zi qo’llanilmagan, ammo 



yerlarning zaxini kochirish, ya'ni yer sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona 
uchun ma'lum tipdagi avans boshqacha ekanligi aniq belgilangan. Chunki 
birinchisiga qilingan qarajat bir necha yilda bir marta bo’lib, o’z-o’zini asta-sekin 
qoplaydi, ikkinchisi yiliga yoki doim bo’lib, har yilgi hosil tufayli qoplangan. Shu 
sababli F.Kene ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtai - nazaridan asosiy 
kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu g’oya A.Smit tomonidan 
rivojlantirildi.bu o’sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Dehqonchilikda 
qo’llaniladigan kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo’jaligi qurollari va 
inventar, mol, urug`lik, odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. 
F.Kene Merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb 
hisoblaganlar), pullarning o’zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqarish 
vositalari kapital hisoblanadi deydi. Ammo kapitalning bu moddiy elementlari 
sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan 
ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo’lmagan kategoriya 
deb ko’rsatiladi. 
Ishlab chiqarish chiqimlari (harajatlari) ni tadqiq qilish orqali kapitalning 
tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo’ldi, bunda kapitalning (oborot) 
aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlangich avans (bunak) 
hisoblanib unga qishloq xo’jalik inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan 
sarflar kiradi, shulardan 10 % yillik amortizasiya hisoblangan, yillik avans deb 
atalgan kapitalning boshqa qismiga uruqlik olish, asosiy qishloq xo’jalik ishlari, 
ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi. Boshlangich avans bilan bog’liq kapital sarfi
ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator) yillar ichida to’la aylansa, yillik avansga 
sarflangan karipital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to’la aylanadi. 
Bu yerda amalda doimiy va aylanma kapital to’g’risidagi g’oya berilgan, ammo bu 
tushunchalar boshqa so’zlarda ifoda etilgan xolos. Shunisi diqqatga sazovorki, 
F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo’lganda faqat ishlab chiqarish 
kapitali bilan boqlangan holda bergan, uni muomila kapitali (savdo kapitali) bilan 
qo’shib yubormagan. Shu sababli u pul va tovarni ishlab chiqarish kapitalining 
biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, to’g’ri fikr yuritgan. Shunday qilib, 



Fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga oid muammoni nazariy jiqatdan echishga 
asos soldilar. 
F.Kene iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi 
ijtimoiy mahsulot muomilasini butunicha ko’rsatish uchun birinchilardan bo’lib 
o’rinib ko’rdi. U o’sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo’ladi: birinchisi - 
unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi (pomeshchiq, cherkov…) va 
uchinchisi unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon 
sxematik ravishda "Iqtisodiy jadval"da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab 
chiqarishilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi 
ko’rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash 
uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
"Iqtisodiy jadval" ning bir necha variantlari mavjud, biri Versalda 1758-
1759 yillarda chop etilgan. Birinchi varinat bo’yicha kapital aylanishi quyidagicha 
ro’y beradi. qishloq xo’jaligida yaratilgan jami qiymat 5 mingga teng bo’lib, 
shundan 3 minggi yerni ishlashga ketgan qarajatdir.Fermerlar etishtirilgan 
mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi 
unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni (asbob-anjomni) ta'mirlash uchun 
kerakli asbob-o’skuna olinadi. Bu yerda fermerlar faqat "boshqarish uchun haq 
olganliklari" sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. qoldik esa 
yer egasiga renta sifatida to’lanadi. Yer egalari o’zlarining 2 minglik daromadining 
yarmini sanoat tovarlari olishga sarf qiladilar, "unumsiz sinf" 2 mingta xom - 
ashyo va qishloq xo’jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko’rinishda 
ham namoyon bo’lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomilaga karitiladi, 
undan huddi pul shakligda ham foydalanish mumkin. Unda jarayon boshidan 
fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega bo’ladilar.Yerdan foydalanish 
xuquqiga ega bo’lish uchun bu summa egalari (yer ularniki) beriladi, ular esa bu 
summani ozik-ovkat mahsulotlari (1 ming) va sanoat tovarlari (1 ming) olish 
uchun sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash uchun 
hunarmandlarga (unumsiz sinfga) beradilar, ular esa olingan 2 mingni qishloq 
xo’jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibatda fermerlar 3 ming oladilar 



va 1 minggini sarflaydilar (qoldiq 2 ming); shu yo’l bilan boshlangich holatga 
qaytadilar. "Unumsiz" sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish 
sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga (renta) beriladi. 
Barcha aytilgan faktlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo’yicha ham tahlil etish 
mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi V.Leontevning "harajatlar - 
chiqarishlar" jadvalini eslatadi. huddi Leontev tizimidek ma'lum boylikni yaratish 
uchun kerakli barcha omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur 
sektorning mahsulot qiymati boshqa sektorning umumiy to’lovlari bilan to’la 
qoplanadi (1-jadvalga qarang). Bizning misolda uchta sektor mavjud (uning soni 
ko’p ham bo’lishi mumkin).  
1-jadval 

Download 214.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling