O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus Ta`lim Vazirligi


Download 0.6 Mb.
Sana27.05.2020
Hajmi0.6 Mb.
#110522
Bog'liq
Dilafruz KURS


O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus Ta`lim Vazirligi

Qo`qon Davlat Pedagogika Instituti

Fizika-matematika fakulteti

Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi

401- guruh talabasi

Ergashaliyeva Dilafruzning

“ “Impulsning saqlanish qonuni“ mavzusini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish”

mavzusidagi

Kurs ishi

TAQDIMOTI

Ilmiy Rahbar: f.m.f.n. N.Bozorov

Kirish

Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlardan asosiy maqsad har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir. Jumladan O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan ta’limning asosiy vazifasi-ta’limmuassasalari o’quv jarayonining sifatini ta’minlashdir. Shu munosabat bilan har bir fan o’qituvchisi oldida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi ,,O’zbekiston Respublikasisni yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi PF-4947-sonli Farmonida belgilangan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:pedagog va mutahasislarning malaka darajasini yuksaltirish, umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillari, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish kabi muhim vazifalar turibdi. Xozirgi kunda turli ta'lim tizimlarining moddiy texnika bazasi axborot texnologiyalari bilan boyitilmoqda, pedagogik, axborot, innovatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan kunga kuchayib bormoqda. Shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar yordamida o’quvchilarning egallashi kerak bo’lgan bilimlarini mustaqil ravishda o’zlari qidirib topishlariga, taxlil qilishlariga, xulosalarni keltirib chiqarishga o’rgatadi.


Shu sababli turli ta'lim tizimlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, dars samaradorligini oshirish fanlarni o’qitishda zarur bo’lgan masaladir. Shu munosabat bilan innovatsion texnologiyalarning metodlaridan foydalanib, akademik litsey va kasb hunar kollejlarda fizika darslarining samaradorligini oshirish metodi xaqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Innovatsion texnologiyalarning asosiy maqsadlaridan biri darsning texnologik xaritasini tuzib olishdir. xar bir darsning qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq. Texnologik xaritani tuzish o’qituvchini darsning qisqartirilgan konspektidan xolos etadi.

Ta’lim muassasida zamonaviy axborot texnologiyalari muxitini tashkil etish bosqichlari psixologik axborot muxitini yaratishdan boshlanadi. Texnologik va ilmiy natijalar, yaratilgan dasturiy maxsulotlar asosida zamonaviy vositalar va metodlardan foydalanishga extiyoj shaklantiriladi. Bunda har bir ta’lim muassasida individual va maslaxat mashg’ulotlar asosida pedagoglarni mustaqil va kompyuter ta’limi tizimini tashkil etish kerak.

Didaktika nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadigan, axbo­rot texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikga erishi­ladigan metodik maqsadlarga:

  • • o’qitish jarayonini individuallashtirish va differentsiyalash;
  • • teskari aloqa bilan o’quv faoliyati nazoratini olib borish;
  • • o’z `o’zini nazorat qilish;
  • • o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida mashq qilish va mustaqil
  • tayyorgarlikni tashkil etish;
  • • o’quv vaqtini tejash;
  • • o’quv axborotlarni kompьyuter orqali vizuallashtirish;
  • • o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish;
  • • kompyuterdan amplify mashg’ulotlarda foydalanish;
  • • kompyuterda laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish;
  • • axborot ma’lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish;
  • • o’qishga qiziqishni orttirish;
  • • talabani o’quv materialini o’zlashtirish strategiyasi bilan qurollantirish;
  • • fikrlashni rivojlantirish;
  • • optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish;

1.1. Umumiy o’rta talim maktablarining DTS va Fizika fanidan o’quv dasturi mazmuni . Umumiy o‘rta ta’limning

DAVLAT TA’LIM STANDARTI

1-bob. Asosiy qoidalar

1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.

2. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida» 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori;
  • O‘zDSt 1.0-98. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar»;
  • O‘zDSt 1.1-92. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari»;
  • O‘z DSt 1.5-93. «Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi»;
  • O‘z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
  • O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
  • 3. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari

4. Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

5. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:

umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.


O‘quv rejasida fizika faniga ajratilgan soat miqdori va dars turlari bo‘yicha taqsimoti



 

Fan bo’limlari va mavzular

Umumiy yuklama , soat

Hammasi

 


Jami

 

 



Dars turi bo’yicha soatlar taqsimoti

 


Mustaqil ish

Maruza

 


Amaliy

 


Laboro

toriya


1

Kirish

1

1

1

-

-

-

2

Kinematika

10

7

3

2

2

3

3

Dinamika

9

6

4

2

-

3

4

Saqlanish qonunlari

4

2

2

-

-

2

5

Tebranish va to’lqinlar

10

8

4

2

2

2

2.Talim jarayonida innovatsion texnologiyalar haqida ma’lumot

Mamlakatimizdagi mavjud oliy o’quv yurtlari, umumiy o’rta ta’lim maktab va kasb-hunar kollejlarida fanlarni innovatsion texnologiyalar yordamida olib borilishi o’qitishni o’quvchi-o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, ularning ilmiy-amaliy salohiyatini oshirish va tafakkurini o’stirishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash, ta’lim-tarbiya berishning samarali usullarini topish, ularni amalga keng joriy etish, oliy o’quv yurtlari, umumiy o’rta ta’lim maktab va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o’rta ta’lim maktabda pedagog-o’qituvchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.



«Blits-o’yin» texnologiyasi

Blits texnologiyasi o’quvchilarni faoliyat ketmag`ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan fan asosida kerakli ma’lumotlarni tanlab olishga o’rgatadi. O’quvchilar dastlab yakka holda, so’ngra guruh bo’lib topshiriqni bajarishadi.

Darsning tashkiliy qismidan so’ng, o’quvchilarga ushbu texnologiyalarni olib borish bosqichlari haqida tushuncha beriladi va bunda vazifalarni bajarilishida beriladigan vaqtga qat’iy rioya etish kerakligi eslatiladi.

“ Muzyorar ”- usuli

Ko’pchilik o’quvchilar notanish vaziyatda (yangi sinf yoki yangi maktabda, kursning boshlanishida) bo’lganlarida o’zlarini jar`atsiz sezishadi. Ko’pincha bir-birlarini bilishmaydi. Agar xech bo’lmaganda bir kishi bilan tanish bo’lsalar, ular birga bo’lishadi. Shuning uchun o’qituvchi (yoki boshlovchi) o’quvchilarga o’zlariga ishonch hissiyotini beradigan do’stona muhitni va ular o’zlari o’rganishlari kerak bo’lgan narsaga diqqatlarini qarata oladigan vaziyatni yaratishi kerak. Bunda Muzyorar usulidan foydalanish mumkin. Bu ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchilar o’rtasidagi «to’siq»ni yo’qotishga qaratilgan usul.

BUM” o’yinining borishi:

Doska oldiga xar bir guruhdan bittadan vakil, ya’ni 4 ta o’quvchi chiqariladi va ketma-ketlikda turib, sanoq sonlarini sanashadi va xar 3 ga bo’linadigan son kelganda son nomini aytmasdan, “BUM” deb murojaat etishlarini ta’kidlaydi. Agarda biror o’quvchi o’yin shartini buzsa, adashsa, o’sha o’quvchi o’yindan chetlashtirilib, mavzu bo’yicha savol beriladi.Shu zaylda o’yin davom etadi va oxirida qolgan o’quvchiga 1 ta “Rag’bat” kartochkasi berilib, agar savol ham tanlashni hohlasa va savolga javob bersa, yana bitta “Rag’bat” kartochkasi beriladi, savolga javob bera olmasa, ham “Jarima” kartochkasi berilmaydi. O’yindan chetlashtirilgan o’quvchilar esa, o’yin davomida chetlashtirilganda: berilgan savolga javob berishsa, “Rag’bat”-kartochkasi, javob bera olmasa, “Jarima” kartochkasi beriladi.

Yuqorida keltirilgan «Blits o’yin», «Tarmoqlar», «Xulosa» texnologiyalari bilan birga «Rolli o’yin», «Bumerang», «Aqliy hujum», «Muloqot» va boshqa bir qancha texnologiyalar, noan’anaviy dars o’tish uslublaridan foydalanib, o’quvchilarning fizik bilimlari va mantiqiy tafakkurini o’stirishda foydalanish mumkin. Ayniqsa, xuddi shunday topshiriqni o’quvchilarning mustaqil ravishda uyda bajarishi ularni ijodkorlikka chorlaydi, hatto dangasa, fanga qiziqmaydigan o’quvchini ham jalb qiladi.

1.3. “Impulsning saqlanish qonuni“ mavzusini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish“

1-ilova

Tezkor savollar

  • Nyutonning 1- qonuni?
  • Jismning inertlik o’lchovi nima?
  • Nyutonning 2-qonunini ta’riflang.
  • Nyutonning 3-qonuni qanday ifodalanadi. Misollar keltiring?
  • Kuch deganda nimni tushunasiz?

2-ilova

Mavzu : Impulsning saqlanish qonuni

Reja :

  • Saqlanish qonunlarni haqida tushuncha
  • Impulsning saqlanish qonuni
  • Reaktiv harakat

  • 3-ilova

    “Aqliy hujum “ savollari
  • Kuch impulsi nima?
  • Jism impulsi deganda nimani tushunasiz?
  • Yopiq sistema deganda nimani tushunasiz?
  • Fazoning bir jinsliligini tushuntiring?
  • Vaqtning bir jinsliligi deganda nimani tushunasiz?

Mustahkamlash 7-ilova

Uyga vazifa 8-ilova

X U L O S A

Kurs ishi nihoyasida shuni ta’kidlab o’tish zarurki, Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishda darslar Davlat ta’lim standariga javob berishi kerak. Davlat ta’lim standarti asosida ishchi dasturlar oquv reja asosida tuziladi. Saqlanish qonunlari fizika fanining 7-sinfida o’tiladi. Bu darsni o’tishga 2 soat sinf soati ajratilgan va 2soat mustaqil ta’limga ajratilgan. talabalarga Saqlanish qonunlarini o’tishda tabiatda impuls va energiya yuqolib ketmasligi va modda va jismlar harikatda bo’lishini o’rgatish lozim. Bu sohada tabiatdan ko’p misollar keltirilish maqsadga muvofiq.


Yangi innavatsion texnologiyalarni fizika ta’limida to’laqonli tarzdagi texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish­­­­­­ — ta’lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini, ko’p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun o’qituvchi yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lib, dars mavzusi, o’quvchilar soni, ularning qiziqishi, qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi ma’lum bo’ldi.

Tajriba fizikadan ma’ruza darslarini o’tishda “T-sexemasi”, Aqliy hujum”, “Muammoli vaziyat” kabi interfaol metodlar, masala yechish darslarida esa, “BUM”, “Tushunchalr tahlili”, “Kichik guruhlarda ishlash” kabi metodlarni qo’llash yaxshi natija berishini ko’rsatdi. Fizikadan muayyan bo’lim yoki mavzularni yakunlash, darsni mustahkamlashda “Baliq skleti”,”Insert”texnilogiyasi“Venn diagrammasi” strategiyasi va shu kabi usullardan foydalanilganda, o’quvchilarning fizika fanini o’rganishdagi qiyinchiliklari bartaraf etilishi kuzatildi.



Foydalanish uchun adabiyotlar:
  • 1.N.M.SHахmаеv, S.N.SHахmаеv, D.SH.SHоdiеv. Fizikа. 7-sinf uchun dаrslik. - T.: “O’qituvchi”, 1996.
  • 2.L.S.Jdаnоv, G.L.Jdаnоv. Fizikа kursi. o’rtа mахsus o’quv yurtlаri (kоllеjlаr) uchun dаrslik. - T.: “O’qituvchi”, 1993.
  • 3.K.Tursunmеtоv, А.Uzоqоv, I.Bo’ribоеv, А.Хudоybеrgаnоv. Fizikаdаn mаsаlаlаr to’plаmi(Аkаdеmik litsеy, kаsb-hunаr kоllеjlаri uchun o’quv qo’llаnmа). -T.: “O’qituvchi”, 2001.
  • Karimov «Barkamol avlod orzusi». T.: 1995 y.
  • I. Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” T. O’zbekiston. 1999 y.
  • AL va KHK lari uchun fizika fanidan o’quv dasturi T. 2016y
  • L.V.Golish, D.M.Fayzullayeva “Innovatsion ta’lim texnologiyalari”. Toshkent-2011
  • Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”, Toshkent-2008
  • Sharifa Abdurazzoqova “Tafakkur gulshani” 1989

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling