O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta maxsus ta'lim vazirligi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat univеrsitеti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakelteti Pedagogika psixologiya ta’lim


Download 30.3 Kb.
Sana31.05.2020
Hajmi30.3 Kb.
#112529
Bog'liq
56cea07c92e62


O`zbеkiston Rеspublikasi

Oliy va O`rta maxsus ta'lim vazirligi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat univеrsitеti

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakelteti Pedagogika psixologiya ta’lim yo’nalishi

III bosqich talabasi Orifjonova Nodiraning “Psixologik xizmat” fanidan

KURS ISHI




Andijon – 2016 yil

Mavzu: Amaliyotchi psixologlarning psixokorreksion faoliyati xususiyatlari




Reja:

Kirish: Berilgan nizom asosida korreksion ishlarni tashkillashtirish


Asosiy qism:



  1. Psixologik xizmat tuzilishi va uni boshkarish



  1. Psixologlar oldida turgan muammolar



  1. Amaliyotchi psixologning kasb etikasi



  1. Psixologning o‘quvchilar va o‘qituvchilar, boshqa vakillari bilan munosabatlari


Xulosa

Berilgan nizom asosida korreksion ishlarni tashkillashtirish

Psixologiya fani nimadan baxs yuritadi - degan savol mavjuddir, birok xozirgi zamonda Korreksion psixologiya fani nimani urgatadi, kanaka predmet degan savol tugilmokda. Ma’lumki psixologiya fani shaxsni urganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jixatlarini falsafa, pedagogika, logika, sotsiologiya, xatto kibernetika tadkik kilmokda

Korreksion psixologiya fanida esa inson shaxsi va individualligini targib toptirish jarayoniga faol ta’sir kursatishni takozo kiladi. Psixologik xizmatning ushbu yunalishida aloxida axamiyat kasb etadigan narsa bu - bolalar, ukuvchilar, talabalar xulkining buzilishi, ta’limda uzlashtirishning yomonlashuvi kabilarni urganadi.

Psixolog bolalar, ukuvchilar, talabalarning psixik tarakkiyotidagi xulki va muomalasidagi nukson va kamchiliklarni asta -sekin tuzatish korreksiya kilish dasturini ishlab chikaradi va amaliyotga uni tadbik etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashgulotlar utkazadi va ijodiy kobiliyatlarni ustirish maksadida treninglar olib boradi

Korreksion ishlarda guruxning kadriyatlarga yunalganligi etnopsixologik va etnomadaniyati xususiyatlari, elat tarixi , millat odati, usuli, rasm-rusmlari va boshka etnos uz aksini topishi lozim.

Ayniqsa, I.V.Dubrovina (Moskva) va X.Y.Leymets, Yu.L.Sierd (Tallin) larning ko‘p yillik tadqiqotlari natijasi o‘laroq, umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDX mamlakatlarida qo‘yilgan ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, o‘zbek olimlaridan E.G‘oziev, M.G.Davletshin, G‘.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Sog‘inovlarning ham O‘zbekiston o‘rta umumta’lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator

nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma’lum darajada asos bo‘lmoqda. Shunday bo‘lsada, shuni alohida kayd etish kerakki, hanuzgacha O‘zbekistonda mukammal dasturga va amaliy tajribalar yakuniga asoslangan yagona psixologik xizmat tizimini boshqaruvchi rasmiy maqomga ega bo‘lgan Markazning mavjud emasligi va ayni paytda, psixologik xizmat tizimining bugungi holati va uning amaliy faoliyat yo‘nalishlarini har tomonlama, chuqur tahlil qiluvchi va shu tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus tadqiqotlarning taqchilligi nihoyatda dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Demak, tabiiyki, mazkur muammoni bartaraf etish uchun, O‘zbekistonda psixologik xizmatning joriy etilishi, bugungi holati va istiqbollarini o‘rganishga, tahlil qilishga va izohlashga bag‘ishlangan psixologik va sotsial-psixologik tadqiqotlarning olib borilishi kelajagi buyuk bo‘lgan O‘zbekistonimiz ravnaqi uchun kechiktirib bo‘lmas davr va davlat taqozosidir.

Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan bir qatorda, O‘zbekistonda psixologik xizmat muammosining dolzarbligi quyidagi jihatlar bilan ham belgilanadi: dastavval,shuni ta’kidlash kerakki,"....bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko‘p joylarda yaqqol ko‘rinmoqda. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo‘layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan bog‘lanmaganligi har tomonlama sezilmoqda"(I.A.Karimovning Oliy Majlis to‘qqizinchi sessiyasida so‘zlagan nutqidan. -Ma’rifat ro‘znomasi, 1997 yil 30 avgust, 1-bet). Shundan kelib chiqqan holda, bugungi ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida bo‘lajak kadrlarni har jihatdan tayyorlash bilan bog‘liq psixologik xizmatning ilmiy-tashkiliy jihatlariga va ayniqsa, ijtimoiy-

psixologik muhofaza imkoniyatlarini tadqiq qilishga oid maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlarning nihoyatda tanqisligi; ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya fanlarida bugungi psixologik xizmat tatbiqini qamrab oluvchi vazifalarning aniq va batafsil belgilanganmaganligi; bir necha yillardan buyon talaygina ta’lim va mehnat jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatish jarayoni amalga oshirilib kelsa-da va ayni paytda, o‘zbekistonlik psixolog-olimlar tomonidan ilg‘or psixologiya ilmining hayotga, amaliyotga tatbiqiga oid qator yakunlangan tadqiqotlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi psixologik xizmat samaradorligini alohida tadqiq qilinmaganligi; ta’lim va mehnat muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmat tajribalari misolida o‘quvchi va ishchi-xodimlar muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashdagi ijtimoiy psixologik muhofaza imkoniyatlarini o‘rganish va kamol toptirish bilan bog‘liq bugungi O‘zbekistonning o‘z istiqlol va istiqbol yo‘li, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti talablariga javob beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi kabilarni bugungi dolzarb muammolardan biri sifatida qayd etish mumkin.

Psixologik ishlar majmuasi ukuvchilarni maktab, kollej va litseylarda ukitish davomida psixologik-pedagogik jixatdan chukurrok urganishga yunaltirilgan bulib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim va tarbiyasidagi nuksonlarining sababini aniklashga muljallangandir. Diagnostik va korreksion ishlar guruxiy yoki yakka tartibda (individual tarzda) utkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog kuyidagi yakkol vazifalarni bajaradi:

- Yosh davr tarakkiyotining muayyan mezonlariga muvofikligini aniklash maksadida psixolog bolalar, ukuvchilar, maxsus maktab va bilim yurti tinglovchilarini, oliy ukuv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan utkazadi, ularning kamolot darajalarini belgilaydi. ukituvchilarning kasbiy yarokligi va layokatini diagnostika kiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy

sifatlari, xis-tuygulari, uz-uzini boshkarish imkoniyati, intellektual (akliy) darajasi va pedagogik kobiliyatini tekshiradi;

Psixolog ukuvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning kizikish, mayl, ilk iktidorligi kabilarni urganadi, ularga yakkaxol (individual) munosabat va yondashishni yulga kuyadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam kursatadi, trening (maxsus mashk) utkazadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar, ukuvchilar, xunar-kasb bilim yurti tinglovchilari, yangi tipdagi maktab ukuvchilari, oliy ukuv yurti talablarida uchraydigan ukuv malakalari va kunikmalarini egallashdagi nuksonlar, xulyo-atvordagi kamchiliklar, akliy tarakkiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diagnostika kiladi. Bolalarning voyaga yetgan odamlar va uz tengkurlari (tengdoshlari) bilan muomalasi xususiyatini tekshiradi. Ularning etnokiyofasi va etnomadaniyati xususiyatini xisobga olgan xolda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtiradi (adaptatsiyalashtiradi). Boshka soxaning mutaxassislari bilan birgalikda ruxiy rivojlanishdagi nuksonlar xilma-xilligini xisobga olib, tabakalashgan differensial diagnostikani amalga oshiriladi;

-Nuksonlarning tibbiy va defektologik tabiatni aniklaydi;

-Deviant (konunbuzarlik) aksil ijtimoiy xulk-atvor sabablari va ularning shakllarini belgilaydi;

-Giyoxvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, ugirlik, daydilikning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, ularning omillarini taxlil kiladi va boshkalar.

-Raxbar kadrlar va ukituvchilarning kasbga yarokliligini ilmiy asosda tekshirish va anik tavsiyanomalar ishlab chikish.

-Oliy maktab xodimlari sinov (adaptatsiya) muddatini (stajer, yosh mutaxassis, ukituvchi, aspirant va boshkalarni) urganish va amaliy kursatmalar berish.

-Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, kabul buyicha ilmiy-psixologik prognoz kilish, sodir bulishi mumkin bulgan xavfdan ma’muriyatni ogox etish. Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy- psixologik axborotlar tuplash va ularni umumlashtirib, tavsiya yaratish.

-Chet el muassasalri bilan aloka kilish, kadrlarning malakasini oshirish, ularning intellektual potensialini aniklash, fan va texnikani rivojlantirish imkoniyati, oliy maktabning nufuzi tugrisida materiallar tuplash, ularni psixologik jixatdan taxlil kilish va maslaxatlar berish va

ukuv kullanmalarining sifati, kitobxonlilik muammosi, xodimlar, talabalarning davlat mulkiga munosabati xakida ma’lumotlar tuplash va ularni umumlashtirish, ma’muriyatiga va kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash.

Yotokxonalarda ukuvchilar va talabalarning talabi, extiyoji, kizikishi, ijtimoiy karashlari, nuktai nazari (pozitsiyasi), maslagi, turmushga nisbatan munosabati tugrisida ma’lumotlar tuplash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chikish.

-Maktab xodimlari, ukituvchilar va talabalarning ekologik, iktisodiy, siyosiy, etnopsixologik bilimlari saviyasini tekshirish va mustakillikni mustaxkamlash imkoniyatini urganish, vatanparvarlik xis-tuygularini shakllantirish maksadida tadbirlar tizimini ishlab chikish.

-An’anaviy ta’lim va tarbiya metodlarining yutugi xamda kamchiliklarini tadkikot kilish, innovatsion, faol uslublar samaradorligini amaliyotda sinab kurish, ukuvchilarning ularga nisbatan munosabatini aniklash va ana shularga asosan ukitishni individuallashtirish, tabakalashtirish buyicha ukuv-uslubiy kursatmalar tavsiya kilish.

-Iktidorli ukuvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar, aspirantlarni tanlashda ishtirok kilish, ilmiy-psixologik tavsiyalar ishlab chikish va shunga asoslanib ularga nafakalar belgilash.

-ukuvchilar, ukituvchilar, xodimlar, talabalar ijodiy faoliyati maxsuldorligi, tugaraklar faolligini kutarishning tadbirlarini ishlab chikish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb maxoratini egallash buyicha musobakalar, munozaralar tashkil kilish va ularning maxsuli tugrisida bashorat (prognoz) kilish.

-ukuvchilar, ukituvchilar, xodimlar, talabalar urtasida bush vaktni taksimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy- psixologik nuktai nazaridan tekshirish va bush vaktni maksadga muvofik tashkil kilish yullari xamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy kadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik jixatdan taxlil kilish.

-Maktab ukuvchilari, ukituvchilari, xodimlari va talabalarida davlat mablagini tejash tuygusini aniklash, tejamkorlik, mol-mulkni asrash xissini, noxush kechinmalarni jamoa orasida yoppasiga tekshirish, ularda mexnatni kadrlash burchini shakllantirish buyicha tadbirlar ishlab chikish, milliy gurur, millatlararo munosabatlar madaniyatini tarkib toptirish majmuasini ishlab chikish.

-ukuvchilar, ukituvchilar va maktab xodimlari, talabalarda ishbilarmonlik kobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-psixologik dastur yaratish xamda uning moddiy boylik ishlab chikarishdagi ulushini taxlil kilish.

Psixologik xizmat tuzilishi va uni boshkarish


Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yunalishlarini kuidagicha kursatish mumkin



  1. psixologik madaniy-okartuv ishlari

  2. psixoprofilaktika V)psixodiagnostika

G)psixik rivojlantirish va Korreksion psixologiya D)psixologik maslaxatlar

Psixologik xizmatning asosiy vazifasi tadkikot ishlari, amaliy ishlar va tashfikot ishlaridan iborat 3 ta vazifadan tashkil topadi.



Ilmiy tadkikot vazifalari -ukuvchilar shaxsini shakllantirishning muxim muammolarini, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini, ukuvchilar bilan ukituvchilar, maktab psixologlari bilan ukuvchilar va ukituvchilar urtasidagi uzaro ta’sirini xamda maktab psixologining etikasini uz ichiga oladi.

Amaliy vazifalar-psixologik tadkikotning natijalarini amalda kullab bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini aniklash, ukuvchilarning ukish faoliyatini osonlashtirish, ukuvchi shaxsini xar tomonlama kamol toptirish, ukuvchilarning kobiliyat va mayllarini aniklash va rivojlantirish, talabalar bilan kasb-xunarga oid suxbat, maslaxat ishlarini olib borish, tarbiyasi kiyin bolalar bilan turli xildagi ish olib borish kabi asosiy vazifalarni xal kilishdan iboratdir.

Tashfikot ishlari- psixologik bilimlarni, psixologik ta’limni tashfik kilib ukuvchilarning psixologik bilimlarini oshirish, ota onalar uchun seminarlar, ma’ruzalar va suxbatlar uyushtirish, anjuman telekursatuv va radioda chikish, yakkama yakka maslaxatlar tashkil etish, mulokot treninglarini uyushtirishdan iboratdir.

Psixologik xizmatning uchala vazifasi uzaro boglik ularni birgalikda olib borilishi maksadga muvofik.

Maktabdagi psixologik xizmat Uzbekiston Respublikasi Xalk Ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilib kuyidagi tartib va darajaga egadir:


  1. Yukori daraja – psixologik xizmat vazifalarini aniklash, uning xujjatlarini tartibga keltirish, Respublika xalk ta’limi vazirligi koshidagi psixologik xizmat markazining buyurtmasiga binoan yukori malakali psixologlar (pedagogika institutlari va universitetlarining psixologiya kafedralari) tomonidan amalga oshiriladi.

  2. Urta daraja- mazkur xujjatlar tomonidan xali xisobga olinmagan yangi masalalarni amaliy ravishda xal etish psixologik mutaxassislar (xalk ta’limi vazirligi koshidagi maktab psixologik xizmat markazi) tomonidan amalga oshiriladi.

  3. Asosiy ommaviy daraja – psixologik xizmatning kundalik vazifalarini ( maktabdagi psixologik xizmat xakidagi konun va koidalarga binoan) psixologik jixatdan tugri xal kilish. Bu ish amaliyotchi psixologlar (maktab psixologlari) viloyat xalk ta’limi boshkarmasi koshidagi psixologik xizmat bulimlari, noxiya, shaxar xalk ta’limi bulimlari koshidagi psixologik xizmat (bulimlari) xonalari maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari, xunar texnika bilim yurtlari amaliyotchi psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.

Psixologik xizmatning tuzilishini kuyidagi sxema tarzida tavsiya etish mumkin



Uzbekiston Respublikasi urta maxsus va oliy ta’lim Vazirligi

Tashkiliy uslubiy Psixologik xizmat Ilmiy uslubiy bulim markazi xay’at


Viloyatlar, Toshkent shaxri, akademik litsey va kollejlar boshkarmalari Korakalpogiston urta maxsus ta’lim vazirligi

Psixologik xizmat bulimi


Kollej psixologlari Akademik litsey psixologlari

Kollej va litseydagi psixologlar ta’lim muassasi direktoriga va boshkarmaga buysunadi. Kollej litsey direktorlariga psixologik xizmat xakidagi Konunda kursatilgan vazifalar bilan boglik bulmagan vazifalarni kollej psixologiga topshirish tarikasida berishlariga ruxsat etilmaydi. Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi koshidagi psixologik xizmatni tashkil etish va boshkarishni muvofiklashtirilgan markaz tarikasida xizmat kiladi. Bu markaz psixolog, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3-5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlari bulishi zarur.

Viloyat urta maxsus ta’lim boshkarmalari Korakalpogiston urta maxsus ta’lim Vazirligi va Toshkent shaxar urta maxsus ta’lim boshkarmasi koshida psixologik xizmat bulimlari uz xududlaridagi psixologik xizmatlarni tashkil etish va ularni nazorat kilish vazifalarini bajaradi. Bu bulimlar ikki uch kishilik xizmat xodimlariga ega bulishi kerak. Ukuvchilar soni 500 gacha bulgan maktablarga 1 ta maktab psixologi lavozimi belgilanadi, ukuvchilari 500 kishidan ortik maktablarga xar 500 ukuvchi uchun ikkinchi psixolog

lavozimi belgilanadi. Maktabgacha tarbiya massasalaridagi xar ikkita bolalar muassalarida bolalar psixologi lavozimi tayinlanadi. Yirik maktabgacha tarbiya muassasida bir shtat birligida bolalar psixologining lavozimi belgilanadi.

Kollej va litseylarda xar 250 ukuvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. Ukuvchilar soni 250 kishidan yukori kontingentli xollarda xar 250 ta ukuvchi uchun kushimcha psixolog shtati belgilanadi.

Psixokorreksion dasturlar tuzishga qo‘yiladigan talablar:


Psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur:

  • korreksion ishning aniq maqsadini belgilash.

  • korreksion ishning konkret maqsadini aniqlovchi vazifalarni aniqlash.

  • Ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash)

  • Metodika va texnikani ishlab chiqish.

  • Korreksion ishga ketadigan umumiy vaqtni aniqlash.

  • Uchrashuv kunlarini belgilab olish.

  • Vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat)

  • Korreksion dasturni ishlab chiqish va mazmun moxiyatini belgilab olish.

  • Korreksion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini belgilash.

  • Korreksion dasturni boshlashda dinamika va o‘zgartirishlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligini belgilash.

Korreksion tadbir so‘ngida korreksion dasturning samaraliligi, maqsad va vazifalarining bajarilganligiga baho beruvchi xulosa hisobot tayyorlanadi.
Psixokorreksion tadbirlarning samaraliligini baxolash quyidagicha mezonda aniqlanadi:

    1. rivojlanishdagi qiyinchilikning yechilishi barxam topishi.

    2. maqsad va vazifalarning belgilanishi korreksion effektivligi o‘zoq muddatdan so‘ng ish davom etayotganda, oxirida aniqlanadi.

Korreksion dastur muammoning butunlay hal bo‘lishini oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, balki samarali ish olib borishda muammolarning yo‘qolishi va yechilishiga xar tomondan baho berilayotganiga ham qaraladi.

Masalan: mijoz uchun dasturda ishtirok etayotgan vaktda uning emotsional holatining yaxshilanishi, ijobiy his qilishi bilan belgilanadi.

Psixolog uchun korreksion dastur tashkil etilishi, majburiyatni his etishi oldiga qo‘yilgan vazifani bajarilishi bilan aniqlanadi.

Mijozning yaqinlari uchun esa, mijozda paydo bo‘lgan muammoning qay tarzda ijobiy hal etilganligi bilan aniqlanadi. Korreksion dasturlarning ijobiy ta’sir doirasi uning intensivligidadir.



Korreksion mashg‘ulotlar 1-1,5 soatdan oshmasligi, olib borilayotgan o‘yinning ma’no jihatdan o‘ylanganligi bilan ham bog‘liq. Mashg‘ulotlar tugagandan keyin ham iloji boricha mijozning taraqqiy etishi bilan qiziqib borish muloqotni yo‘qotmaslik 1,2 oyda 1 marotaba uchrashi lozim. Korreksion dasturlar qancha erta aniqlanib ish boshlansa shuncha tez samara beradi.

Psixokorreksiyalarni samaraliligini aniqlovchi omillar.


      1. Mijozning kutgan natijasi.

      2. Mijozni mavjud bo‘lgan muammolaridan xalos bo‘lishi.

      3. Mijoz muammosining xarakteri.

      4. Mijozning birgalikdagi faoliyatga tayyorgarligi.

      5. Korreksion tadbirni o‘tkazayotgan psixologning kutgan natijasi.

      6. Psixologning shaxsiy va professional tayyorligi.

      7. Psixokorreksiyaning samarasi konkret metod va ta’sir etuvchi xususiyatdan aniqlanadi.

Psixokorreksion yordamning samaraliligiga baho berish borgan sari aktuallashmoqda. Bu psixologning ta’sir eta olishi va korreksion ishning sifatliligidandir.

  • Ishning samaraliligini baholashda aniq metodni belgilab olish zarur. Korreksion ishda ma’lum bir metodni oldindan tanlash qiyin, chunki ish faoliyatida psixologlar turli metodlardan foydalanadilar.

  • Hatto bir metod har xil mutaxassisda har xil natija beradi.

  • Ishning bahosini bu metoddan xabari bo‘lmagan ekspert berishi zarur.

  • Psixologning tarbiyaviy-ta’limiy sifatini hisobga olish kerak.

  • Psixologning kasbiga bo‘lgan qiziqishini hisobga olish zarur.

  • Guruhiy korreksion ishda psixologning professional bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

  • Psixokorreksion ishlarda mijoz psixologik ta’siridan so‘ng quyidagilarga qarab baholanadi:

  • Ichki kechinmalarining sub’ektiv mohiyatining o‘zgarganligi.

  • Ta’sir etgandan so‘ng mijozning ijobiy tomonga o‘zgarishi.

  • Psixologik ta’sirning samarasini belgilashda psixofiziologik metodlar ishlatish mumkin. Ular insonning vegetativ-somatik fiziologik va psixik funksiyalarini baholaydi. Psixokorreksion ta’sirning samaraliligi kriteriysi xar bir shaxsdagi salbiy o‘zgarishlarni aynan uni o‘ziga xos ekanligini hamda tanlangan psixokorreksion metodlar ta’siri shu o‘zgarishlarga karatilganligini hisobga olish bilan bog‘liqdir.

Psixologlar oldida turgan muammolar


Bugungi kunda psixologlar oldida turgan muammolardan biri – bu yoshlarga Internetning salbiy ta’siridir. Albatta bugungi axborot asrida yashayotgan bolalar hamma narsaga qiziqish bilan qaraydilar, hamma yangi narsani qilib ko‘rishga harakat qiladilar. Bolalarda taqlid qilish ishtiyoqi kuchli bo‘lgani uchun ular Internetda o‘tirib, kompyuterda jangari va qo‘rqinchi kinofilmlar ko‘rishga qiziqadilar. Internetning yoshlar dunyoqarashiga va ruhiyotiga ta’siri juda katta. Internet vaqtni tejaydi, ya’ni yoshlar adabiyot qidirib sarson bo‘lmaydilar, Internet dunyoqarashni kengaytirishi mumkin. Ammo Internetning salbiy ta’siri ko‘proq. Masalan, Internetdan ayrim yoshlar faqat bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish uchungina foydalanadilar. Masalan, voyaga yetmagan o‘smirlar Internet orqali yoshiga mos kelmaydigan qo‘rqinchli kinolarni ko‘rishlari orqali ularda salbiy xarakter xislatlari shakllanadi, jumladan, bemehrlik, shafqatsizlik, o‘ch olish, keskirlik, uyatsizlik, betgachoparlik kabilar. Bolalarning Internetda ko‘p o‘tirishlari ular diqqatining parishonligi, nutqining buzilishi, ya’ni turli xil bema’ni so‘zlarni ishlatishlari, fantaziyalarining buzilishi, irodasining kuchsiz bo‘lib shakllanishiga olib keladi. Bugungi kunda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qiziqishlarining pasayib ketishiga, maktabga bormasdan vaqtlarini Internet oldida o‘tkazishlari sabab bo‘lmoqda. Kattalar Internetdan to‘g‘ri foydalanishni farzandlariga o‘rgatishlari kerak.

Ayrim o‘quvchilarda o‘z joniga qasd qilish, ya’ni suitsidal hatti-harakatlar ham kuzatiladi. Buning oldini olish ham oldimizda turgan muammolardan biridir. Suitsid - suiqasd degan ma’noni bildiradi. 67 % 25 yoshgacha bo‘lgan kishilarda uchraydi. Suitsidda yigitlar o‘limni tanlasa, qizlar taqlidiy, joniga qasd qilishga harakat qiladi.



Suitsid sabablari: 1) boladan mehrni ayash; 2) boshqa farzandlardan ajratish; 3) alkogol ota-onalar; 4) ruhiy taraqqiyotdan orqada qolish.

Suitsid turlari: 1. Haqiqiy suitsid. 2. Taqlidiy suitsid. Autoagressiv suitsid.

120 ta suitsid qilgan yoshlarning atigi 2 tasining ota-onasi yordam so‘rab murojaat qilgan xolos. Demak, suiqasd ota-onalarning farzand tarbiyasiga befarqligidan kelib chiqadi. Suitsid ko‘proq xolerik va melanxoliklarda uchraydi. Chunki suitsid asab tizimiga bog‘liq.

Biz psixologlarga suitsidning oldini olishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarni

beramiz:


  • Har bir ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixolog o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi, jamoadagi ruhiy-ma’naviy muhitdan boxabar bo‘lishi va uni yaxshilashi zarur;

  • Psixolog tarbiyasi og‘ir va turli voqealar sabab tushkunlik holatiga tushib qolgan o‘quvchilarni aniqlashi, ularning oilasini to‘liq yoki noto‘liq turga mansubligini o‘rganishi lozim;

  • Ota-onalar va kollej yoki maktab o‘rtasida hamkorlikni takomillashtirish, pedagoglarda ota-onalar bilan ishlash rejasini o‘quvchi psixologiyasiga, uning o‘tish davridagi ruhiy holatiga qaratishi;

  • Oilada ota-onalarning farzandlarining barchasiga bir xil munosabatni shakllantirish, bolani kamsitmaslik yoki uni haddan ziyod erkalamaslik, oilada kun tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni ota-onalarga tushuntirish;

  • O‘quvchini yolg‘izlatib qo‘ymaslik, o‘quvchidagi har bir o‘zgarishni kattalar ilg‘ashi va oldini olish chorasini topish, bolani do‘st tanlashiga ko‘maklashishni pedagoglar va ota-onalarga tushuntirish;

  • Suitsid sodir etgan o‘smir bilan suhbatni u xohlagan paytda olib borish, boshqalardan olgan ma’lumotni unga bildirmaslik;

  • O‘quvchilar bilan dildan suhbatlashish, uning muammolarini qanday hal etish yo‘llarini topish;

3. Yana bir muammo - bu tarbiyasi og‘ir bolalar. Ijtimoiy psixologiyada tarbiyasi qiyin bolalar jinoiy (huquqiy) va oddiy (ahloqiy) qonunbuzarlar

guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tadqiqotchilar tomonidan bunday bolalar quyidagi guruhlarga bo‘lingan:



  1. Balog‘atga yetmagan andishasiz, qaysar o‘smirlar. Bunday o‘smirlar shaxsiy qarashi, o‘zgalarga baho berishi ahloq normasiga zid bo‘lgani sababli qonunni buzadilar, o‘z qarashlarini maktab, oila va jamoatchilik fikriga qarshi qo‘yishga harakat qiladilar. O‘rtoqlarini qo‘rqitish, ruhan azoblash, kattalarning izzat-nafsiga tegish orqali rohatlanadilar. Ularda “o‘zini ko‘rsatish” ishtiyoqi kuchli bo‘ladi. Bunday ishtiyoqdan pedagoglar unumli foydalanishlari mumkin. Masalan, ularni sport to‘garaklariga jalb qilish, tadbirlarda tartibni nazorat qilish vazifasini yuklash, ijtimoiy mehnat uchastkalarida mas’uliyatli ishlarni topshirish, darsdan tashqari vaqtlarda rahbarlik ishlarini berish orqali tarbiyasi qiyin o‘smirlarni sog‘lomlashtirish mumkin.

  2. Beqaror yoki subutsiz, ya’ni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmagan bolalar va o‘smirlar. Bunday bolalar barqaror axloqiy e’tiqod, ma’naviy his va shaxsiy qarashlari shakllanib ulgurmaganligi tufayli ikkilanib turadilar. Ularning kishilarni baholash faoliyati favqulodda vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Iroda kuchining zaifligi, ma’naviy dunyosidagi beqarorlik, voqea - hodisalarga nisbatan befarqlik va tashqi ta’sirlarga tez berilishlik tufayli xulq-atvorida o‘zgarishlar kelib chiqadi. Bunday bolalarning ko‘ngli bo‘shligi, xarakteri o‘zgaruvchanligi natijasida ba’zan huquqbuzarliklar kelib chiqishi mumkin. Bundaylar bilan ishlashda ularni mustaqil fikrlashga, o‘z-o‘zini tanqid qilishga o‘rgatish foyda beradi.

  3. Xususiy kechinmalarga boy bolalar va o‘smirlar. Bundaylarda xudbin shaxsiy ehtiyoj va istakning kuchliligi yorqin namoyon bo‘ladi. Ular ma’naviy qashshoqlikni his qiladilar va iztirob chekadilar. Boshqalarga yaxshilik qilishni istaydilar, lekin xudbinliklari sababli yaxshilik qilolmaydilar. Bundaylarni rahbarlik ishlariga jalb qilish, ijodiy fikrini o‘stirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishga e’tibor berish lozim.

  4. Affektiv kechinmali, ehtiroslarga boy, qo‘zg‘aluvchan, ruhiy beqaror bolalar va o‘smirlar. Bundaylar jamoada o‘z o‘rnini topa olmaydilar, doimiy ravishda ruhiy iztirobda bo‘ladilar, ko‘pchilikning nazarida bo‘lishni yoqtirmaydigan, noaniq sabablarga ko‘ra azoblanuvchan bo‘ladilar. Bundaylarga oqilona maslahatlar berish, affektiv harakatlarning oldini olish, irodaviy sifatlarni shakllantirishga doir tadbirlarni ko‘proq olib borish maqsadga muvofiqdir.

Tarbiyasi og‘ir bolalar” bilan ishlashda avvalo ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “ko‘ngilochar o‘yinlar”da ishtirok etishlariga, be’mani “hordiq chiqarish” va ko‘cha-ko‘yda maqsadsiz yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

“Tarbiyasi qiyin o‘smirlar” bilan ishlashda pedagoglar quyidagilarga e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir:


  1. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ning psixologik xususiyatlarini, jumladan, qiziqishlari, temperament (mijoz)i, xarakteri, irodaviy xislatlarini aniqlab beruvchi psixologik testlardan o‘tkazish va ota-onalarga tavsiyalar berish.

  2. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga amaliy yordam berish masalasini rahbariyat oldiga qo‘yish.

  3. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish.

  4. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ni doimiy nazoratga olish.

  5. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ni mas’uliyatli ishlarga ko‘proq jalb qilish.

Amaliyotchi psixologning kasb etikasi


Psixolog akademik litsey va kollejlar o‘quvchilari, o‘qituvchilari, rahbariyat oldida o‘ta mas’uliyatliligi bilan ajralib turishi lozim. U jamoaning psixologik muhitini nazorat qilib turishi, jamoa a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilishi, o‘quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirishi, ularning psixologik xususiyatlarini rivojlanitirib borishi kerak.

Psixologning vazifasi o‘quvchilarning dunyoqarashlarini kengaytirishi, bilimlar, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Psixolog o‘quvchi shaxsini hurmat qilishi shart. Psixolog kasbiy faoliyatida halollik namoyon qilishga va unga bildirilgan ishonchni oqlashga majbur. Psixologning kasbiy faoliyati o‘z sohasida o‘ta bilimdon bo‘lishni talab qiladi. Sohasining eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lishi shart. Psixolog o‘z ishida sinab ko‘rgan ilmiy metodlarni qo‘llashi lozim. Ma’lumki, ijtimoiy psixologiya fanida aynan psixologik xizmat muammosiga bag’ishlangan va uning barcha yo’nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar etarli bo’lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko’rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin.

Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to’g’ri keladi. CHunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy psixologiyaning metodologik tamoyillariga amal qilgan holda psixologik xizmat uchun muhim bo’lgan u yoki bu jihatni nazariy- ilmiy tarzda asoslab beradilar. Bular ichida psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni Andreeva G.M. Davletshin M.G., Zabrodin YU.M.,Karnegi D., Karimova V.M., Parigin B.D., Snigireva T.V., Filippov A.V., SHixirev P.N., SHoumarov G’.B., YAdov V.A.,

G’oziev E.G’.; shaxs faolligi bilan bog’liq tadqiqotlarni Abul’xanova-Slavskaya K.A.,Anufriev E.A., Grimak L.P., Lomov B.F., Leytes N.S.,Golubeva E.A., Qodirov B.R., Lipkina A.I.,Petrovskiy V.A., Rubinshteyn S.L., Qodirov B.R. ; ijtimoiy ustanovka bilan bog’liq tadqiqotlarni Asmolov A.G.,Nadirashvili SH.A., Uznadze D.N., Shixirev P.N., Allpoqt G.W., ijtimoiy extiyojlar va faoliyatdan qoniqish bilan bog’liq tadqiqotlarni Bojovich L.I., Bratko A.A., Vilyunas V.K., Dodonov B.I., Kitvel T.A. Maslow A.H; shaxsga individual yondashuvning ta’minlanishi bilan bog’liq tadqiqotlarni Klimov E.A., Merlin B.S., Nebilitsin V.D., Peysaxov N.M., Rusalov V.M., Slavina L.S.,Strelyau A., Teplov B.M.; shaxsga munosabat tizimi asosida yondashuv istiqbollariga bag’ishlangan tadqiqotlarni Zdravomislov A.G., Kuzmin E.S., Lazurskiy A.F., Muksinov R.I., Myasisev V.N., Stolin V.V , Serbakov A.I., Bogoslavskiy V.V.; shaxsga hissiy-irodaviy sifatlar asosida yondashuv istiqbollarini tadqiq qiluvchi tadqiqotlarni Bassin F.V., Vasilyuk F.E., Gissen L.D., Zil’berman P.B., Konopkin O.A., Majidov N., Naenko N.I., Prixojan A.M., Rozelnblat V.V., Xekhauzen X., Eberleyn G., Nevv D.O.; ta’lim muassasalarida psixologik xizmat modelini tadqiq qilishga bag’ishlangan tadqiqotlarni Breinshteyn M.S., Dubrovina I.V.,Kala U.V., Rudik V.V., Leymets X.O., Mattes G.O., Pratuivich YU.M., Sierd YU.L. mehnat jamoalarida psixologik xizmat vazifalarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlarni (Gerchikov V.I., Zotova O.I., Izard.K., Ishutina G.A., Kovalev G.A., Leonova A.B.H, Loos V.G., Popova I.I., Parigin V.D., Saksakulm T.I., Saylo’s S.M.) va nixoyat oilaviy hayotni tashkil etishdagi psixologik xizmat uchun muhim jihatlarni asoslashga karatilgan tadqiqotlarni ( M.Argoy , Bodalev A.A.,Stolin V.V.,Karimova V.M.,Kovalev S.V., Sog’inov N.A., Shoumarov G’.B.) alohida qayd etish mumkin. Bu esa psixologik xizmatning bugungi kundagi ayrim dolzarb jihatlari, muammolari va uning echimlari haqida o’ylashga, fikr mulohaza yuritishga va o’z tadqiqotimiz vazifalarini belgilab olishga nazariy - ilmiy va metodologik manba sifatida



yordam beradi, deb o’ylaymiz. Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi, printsiplari va vazifalarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlar mazmunida psixologik xizmat muammosining ham ma’lum ma’noda yashirinib yotganligini ko’ramiz.Zero, bugungi kungacha yaratilgan barcha ijtimoiy psixologik printsiplarning asosiy mezonlari bo’lgan "shaxs va faoliyat birligi","ongning faoliyatda taraqqiysi", "muomala", "individual yondoshuv" "munosabat","turmush tarzi", "ijtimoiy ustanovka", "borliqni ob’ektiv va sub’ektiv aks ettirish", "jamoa", "ijtimoiy qoniqish", "ijtimoiy xulq-atvor" kabilarning jamiyatdagi amaliy o’rni va istiqbolini psixologik xizmat tatbikisiz to’liq tasavvur etib bo’lmaydi.Ayniqsa, olimlar tomonidan bugungi kunda ijtimoiy-psixologik xodisalarga inson taraqqiyoti va qadriyatlari asosida yondoshuv muammosining M.G.Andreeva, YU.M.Zabrodin , D. Karnegi, E.G’oziev, V.M.Karimova, I.S.Kon, C.I. Koralev, B.D.Parigin, E.V.SHoroxova, S.I.B.SHoumarov va shaxs va faoliyat uyg’unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi psixologik yondashuvni ta’minlash muammosining Abul’xanova-Slavskaya, J.Bruner, L.S.Vigotskiy,

    1. Davletshin, U.Djems, A.G.Kovalev, A.N.Leont’ev, A.V.Petrovskiy, S.L. Rubinshteyn, V.A.Tokareva, D.I.Feldishteyn, E.Fromm, Qodirov B.R.) o’rtaga tashlanishi psixologik xizmat metodologiyasi haqida jiddiyroq o’ylashni va mulohaza yuritishni taqozo etmoqda.

Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari bilan bog’liq insonning amaliy psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to’g’ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko’rsatish muqarrarligini talab qiladi.Vaholanki, iqtisod, xuquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o’zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim.

Psixologning o‘quvchilar va o‘qituvchilar, boshqa kasb vakillari bilan munosabatlari





      1. O‘zaro ishonchli munosabatlar. Psixologning o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlari bir-biriga to‘la ishonch o‘rnatilishi zarurati tufayli alohida xarakterga ega. Psixolog o‘zaro ishonch yo‘qolgan taqdirda kasbiy majburiyatni to‘xtatish huquqiga ega.

      2. Aniqlik kiritish majburiyati. Psixolog o‘quvchilar va o‘qituvchilarni har bir muhim qadam yoki o‘rganish xarakteri haqida xabardor qilishi shart.

      3. Xolislikni saqlash. Psixolog o‘z o‘quvchilari bilan har qanday shaxsiy munosabatlarga kirishishdan saqlanishi lozim.

      4. Individual maslahat olish huquqi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar psixologning maslahatini olishda uchinchi shaxsning ishtirok etishini rad qilish huquqiga ega.

      5. Psixologning alohida majburiyatlari. Psixolog o‘quvchilarni o‘rganish jarayonida ularning shaxsini hurmat qilishi, dildan suhbatlasha olishi, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni vaqti – vaqti bilan psixologik testlardan o‘tkazib turishi, jamoada o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishi, ruhiy zo‘riqishlarning oldini olishi, yig‘ilishlarda jamoa a’zolari va o‘quvchilarning psixologik holatlari, kasbga qiziqishlari darajasi to‘g‘risida axborot berib borishi lozim.

      6. Boshqa kasb vakillariga munosabat xulqi. Boshqa kasb vakillariga, ya’ni fan o‘qituvchilariga bo‘lgan munosabatida toqat bilan yordam berishga tayyorlik, xolislik namoyon qilishi kerak. O‘qituvchilarni ishga qabul qilishda o‘z munosabatini bildirishi, pedagogik qobiliyatini, tashkilotchilik faoliyatini aniqlovchi psixologik testlardan o‘tkazish haqida rahbariyatga takliflar berish.

Ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni, jamoadagi muhitni yaxshilash, o‘quvchilarni kasbga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan psixologik testlar va metodikalarni qo‘llashni oldindan xabar berishi lozim. Bunda tekshiriluvchilarning xotirjamligi, bardamligini ta’minlash uchun hamma xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim. Tushuntirish ishlari eksperiment tugagandan keyin amalga oshirilishi mumkin.

Psixologlar ish faoliyatlarida quyidagilarga e’tiborni qaratishlari maqsadga muvofiq:



  1. Psixolog hal qiladigan masalalarga faqat psixologik usullar bilan yechilishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti, ijtimoiy munosabatlar va o‘quvchilar, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq muammolar kiradi.

  2. Psixologning maqsadi kollejlar va akademik litseylarda o‘quvchilar, o‘qituvchilar uchun qulay psixologik muhitni yaratishdan iborat. Ya’ni o‘quvchilar, o‘qituvchilar bilan ma’muriyat o‘rtasidagi ziddiyatli holatlarda umumiy manfaatlar bilan shaxsiy manfaat o‘rtasidagi muvozanatni saqlashi lozim. Psixologning vazifasi ta’lim muassasasidagi o‘qish, mehnat, ijodiy samarali bo‘lishi uchun imkoni bo‘lgan hamma narsani qilishdan iborat.

  3. Psixologning asosiy majburiyati jamoaga amaliy yordam ko‘rsatishdir. Shu maqsad yo‘lida u paydo bo‘ladigan muammolarni eng yaxshi ko‘rinishda hal qilishga imkon beradigan ma’muriyat va boshqa fan o‘qituvchilari bilan hamkorlik qilishi lozim.

  4. Psixologlar o‘quvchilar va o‘qituvchilarda test o‘tkazishdan avval ularga natijalar ta’lim muassasasi rahbariyatiga xabar qilinishini aytishlari shart. Yangi xodimlarni ishga qabul qilishda, o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda kasbga layoqatliligini, qiziqishlarini tekshirishda maqsadini aytib roziliklarini olishi kerak.

  5. Ta’lim muassasasi yangi qabul qilinayotgan xodim va o‘quvchini kasbiy layoqatliligi bo‘yicha yo‘llaganda psixolog o‘z faoliyatini sidqidildan bajarishi lozim.

  6. Psixolog testlar va tadqiqot materiallarini boshqa kishilar qo‘liga tushib qolmasligiga mas’ul.

Hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlar masalasi, ayniqsa uning amaliy vazifalari sotsial psixologiya fanining markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yo’nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g’arb davlatlarida ikki xil ijtimoiy psixologiya:"psixologik ijtimoiy psixologiya" va "sotsiologik ijtimoiy psixologiya" mavjud. Bu yo’nalishlar bir-biriga o’xshasa-da, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud. Ya’ni, psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o’z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruxiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan bo’lsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa ko’pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruxlar,gumanistik psixologiya kabilarga alohida urgu beriladi. Psixologik xizmat metodologiyasi esa ko’proq birinchi yo’nalish-"psixologik ijtimoiy psixologiya" asoslari zamirida tarkib toptiriladi. Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy yunalishni ochib beruvchi metodik qurilmalarning tuzilishi bilan bevosita bog’liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo’lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham bo’lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi (shakl jihatdan yangi,mazmun jihatdan esa azaliy-kursiv bizniki) vazifasi psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog’liq nazariy, amaliy va empirik yo’nalishdagi

tadqiqotlar ko’lamini belgilashning bugungi kungacha nechoglik hal qilinayotganligini tahlil qilishga to’g’ri keladi. Bu borada psixologiya olamida hanuzgacha aniq va mukammal tarzda ishlab chiqilgan va rasmiy tarzda tan olingan yagona ilmiy yo’nalish yoki kontseptsiyaning qabul qilinmaganligi (balki olimlarning ilmiy-psixologik qarashlari turlicha bo’lganligi uchun buning iloji ham yo’qdir-kursiv bizniki) ayon bo’lsa-da, ilg’or g’arb psixologlari, Markaziy hamdo’stlik Davlatlari psixologlari va O’zbekiston psixologlari tomonidan olib borilgan (yakunlangan) va olib borilayotgan (eksperimental izlanishlarga yo’l ochib berilayotgan) fan olami uchun o’ziga xos saloxiyatga va nufuzga ega bo’lgan tadqiqotlar mavjudki,ular qaysidir jihati bilan psixologik xizmat modeli va uning psixologik himoya vositasi sifatidagi mohiyati, ahamiyati va ijtimoiy istiqbollari haqidagi ilmiy-amaliy tasavvurlarimizni shakllantirishga asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlardan bizga ma’lum bo’lishicha, ijtimoiy psixologik xizmat metodologiyasining umumiy yo’nalishlari G’arb ijtimoiy psixologiya namoyandalari tadqiqotlarini quyidagicha izoxlashmumkin: V.Vundtning 1900 yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o’n tomlik) epik asari ijtimoiy psixologiya yunalishlarini yorqinlashtirishga xizmat qilib, inson ma’naviyati, madaniyati va mafkurasini o’rganishning murakkab tomonlarini ochib berdi. Taniqli ingliz psixologi Vil’yam Makdugallning 1908 yilda yozilgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" asaridagi "ijtimoiy xulq-atvor instinktlari" nazariyasi freydizmga qarshi o’laroq inson instinktlari va faoliyat uyg’unligini ta’minlash muammosini yoritishga ilk bor asos bo’lib xizmat qildi. Binobarin, E.Fromm, J.Saliven, V.Shutts, G.SHeparde, V.Bayon kabi olimlar tomonidan guruxlar psixologiyasi nazariyasini yaratishga asos solindi. Bunda turli xil ijtimoiy psixologik treninglar orkali guruxdagi shaxslararo munosabatlar bilan bog’liq psixologik iqlimni kamol toptirish yo’llarining ilk bor ko’rsatilishi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psixologik

xizmat vazifalarini belgilash uchun ma’lum darajadagi empirik ma’lumot sifatida xizmat qilishi mumkin.

G’arbda yaratilgan kognitivizm doirasidagi nazariyalar psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, L.Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi (insonning faoliyat ob’ektiga nisbatan xulq-atvori yoki munosabatini ongli ravishda o’zgartirishga asoslangan), T.Nyuxomning hamkorlik kommunikativ nazariyasi (o’zgalarga va umumiy faoliyat ob’ektiga ijobiy munosabatlarni tarkib toptirishga asoslangan), CH.Osgud va P.Tanenbaumaning "kongruentlik" (inson kognitiv tuzilishi asosidagi ob’ektni baholashga qaratilgan) nazariyasi , G.Olport,A. Maslau, K.Rodjers kabi ijtimoiy psixologlarning gumanistik doiradagi qator tadqiqiy izlanishlari shular jumlasidandir. Yana shuni qayd etish kerakki, amerikalik taniqli psixolog Abraham Xarol’d Maslauning "Insonga bir butun yondashuv kontseptsiyasi" psixologik xizmat jarayonida insonni tushunish va ijtimoiy motivatsion rivojlantirish muammosi ustida tadqiqotlar olib borilishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maslauning fikricha, insonning barcha tug’ma potentsial imkoniyatlari faqatgina ijtimoiy shart-sharoitning yaratilishi bilan ruyobga chiqishi va kamol topishi mumkin. Albatta, mazkur fikrlarning ne chog’liq haqiqat ekanligini bugungi kunda har bir insonning o’ziga xos va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiluvchi imkoniyatlari ko’lamini o’rganish va tarbiyalashni asosiy vazifa qilib olgan psixologik xizmatning tashkil etilishini muntazam kuzatishlarimiz natijalari tasdiqlab turibdi.

A.Maslau fan olamida o’ziga xos "motivatsion tizimning ierarxik modeli" ni yaratdiki, (Maslow A.H.) unga muvofiq individ xulq-atvoridagi ijtimoiy jihatdan muhim bo’lgan yuqori extiyojlarning yunalishi quyi

extiyojlarning qay tariqa qondirilishi asosidagina tarkib topishi mumkin. Bu jarayon quyidagi tartibga ega:

1).Fiziologik extiyojlar. 2).Xavfsizlik extiyojlari. 3).Mehr va sadoqat extiyojlari.

4).Tan olish va baholash ehtiyojlari.

5).O’z-o’zini har tomonlama rivojlantirish extiyojlari.

Darhaqiqat, mazkur ierarxik tizim motivatsiyasining ilmiy jihatdan asoslab berilishi birinchidan, ijtimoiy psixologiyadagi extiyojlar va motivlar bilan bog’liq qator tadqiqotlarga hamohang bo’lsa, ikkinchidan, mazkur yo’nalishdagi psixologik xizmat metodologiyasini yaratish uchun alohida istiqbolga ega.CHunki, psixologik xizmatda insonning ijtimoiy extiyojlari muammosi ilmiy jihatdan to’g’ri talqin qilinishi va to’g’ri yunaltirilishi lozim. Bu borada qator taniqli sotsiolog, psixolog va faylasuflar tomonidan e’tirof etilgan ilmiy mulohazalarga tayanish mumkin. Masalan, D.N.Uznadzening "... extiyoj tushunchasi ... tirik organizm uchun zarur bo’lgan va ayni paytda qo’lga kiritilmagan barcha narsalarga taalluqli" va M.S.Kagan, A.V.Margulis,E.M. Etkindlarning "extiyoj bu-kerakli narsalarning etishmaslik oqibati" , V.A.Yadovning "extiyoj-inson shaxsi va organizm faoliyati uchun kerak bo’lgan zarurat va etishmovchilik mahsuli" L.I.Bojovichning"extiyoj-individ organizmi va u shaxs taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan zarurat". A.V.Petrovskiyning"extiyoj - jonli mavjudot hayot kechirishining konkret shart-sharoitlariga uning qaramligini ifoda etuvchi va bu shart - sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir". kabi fikrlari shaxs taraqqiyotini ta’minlash yo’lida extiyojlarning biologik va ijtimoiy uyg’unligini hisobga olgan holda psixologik xizmatning navbatdagi vazifalarini belgilash imkonini beradi.

Xulosa


Psixologik xizmatning mazkur yunalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir utkazishni takozo kiladi. Xalk ta’limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan koida, mezonga asoslanib tashkil kilishdan iborat bulib, yosh davr xususiyatlariga binoan (bolalar, ukuvchilar, talabalar) psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi konuniyatlarini amaliyotga tatbik etish, ukituvchilar jamoasiga bolalar, ukuvchilar va talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning kobiliyati, maylining darajasiga karab ukituvchilarga korreksion (tuzatish) ishlarini amalga oshirishda kursatmalar berish. Psixologik xizmatning ushbu yunalishida aloxida axamiyat kasb etadigan narsa – bu bolalar, ukuvchilar, talabalar usishida (rivojlanishida) kechikish (orkada kolish), ularda xulkning buzilishi, ta’limda uzlashtirishning yomonlashuvi xisoblanadi: psixolog bolalar, ukuvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini xamda jadal rivojlanishini xisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabxalarini kamrab oluvchi dinamik tarakkiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chikarishga butun faoliyatini yunaltiradi, ijtimoiy usish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik konuniyatlar muxitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maksad deb tanlaydi.

Amaliy psixolog bolalar, ukuvchilar, talabalarning psixik tarakkiyotidagi, xulki va muomalasidagi nuksonlar xamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya kilish dasturini ishlab chikadi va amaliyotga uni tatbik etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashgulotlar, buzilishni kamaytirish mashklarini utkazadi, ijodiy (kreativ) kobiliyatlarni ustirish maksadida treninglar olib boradi.

Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan xar xil shakllarda, vaziyatlarda va xolatlarda tashkil kilinadi:


  1. amaliy psixologning maxsus ishi, mashguloti ayrim bolalar, ukuvchilar va talabalar bilan aloxida utkazilishi rejalashtiriladi;

  2. psixologlarning boshka bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar, ukuvchilar, talabalar guruxlariga tarbiyaviy ta’sir utkazishga yunaltirilgan buladi;

v) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashgulotlar olib borish nazarda tutiladi.

Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb kilinuvchilar guruxining kadriyatga yunalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari uz aksini topsin: dasturni xalk, etnos, millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi kabilarni xisobga olgan xolda tuzish maksadga muvofik, xunar-texnika bilim yurtlari ukuvchilari bilan murabbiylar urtasidagi nomutanosiblikni yukotish maksadida maxsus mashgulotlar utkazish: ulardagi ukishdan, ijtimoiy muxitdan, egallagan urnidan, mavkeidan konikmaslik xissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik uyinlari, psixodramadan foydalaniladi, emotsional zurikishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jixozlash (xona jaxon standartlariga javob berishi, boshkaruv pulti, ekran vositalari, audiotrening, sotsial trening, texnik vositalariga, ilmiy-amaliy metodikalarga ega bulishi lozim).

Korreksion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans buyicha utkazilishi shart. Bunda emotsional zurikishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi xisobga olinishi kerak; tuzatish ishlari mashgulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bulishi ta’sir utkazish samaradorligini oshiradi; unda yapon uslublarini kullash xam zarur ma’lumotlar tuplash va tanglikni yukotish imkonini yaratadi.

Xal kilishning psixologik shartlari, ta’lim –tarbiyadagi nuksonlarning oldini olish omillari, yullari yuzasidan yordam kursatish zarur. Bolalar, ukuvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini xal kilishda baxoli kudrat kumak berishi darkor. Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslaxatlar berish, nizoli vaziyat va psixologik xolatlarni birgalikda taxlil kilish va amaliy tavsiyalar beriladi. Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muxtojligi yoki boshka muassasalarga murojaat kilish zaruriyat ekanligini yuysak pedagogik odob bilan tushuntirish, berilayotgan kursatmalarga ularni ishontirishi shart.



Foydalanilgan adabiyotlar


  1. AMINOV N.A., MOLOKANOV M.V. SOTSIALNO- PSIXOLOGICHESKIE PREDPOSЫLKI SPETSIALNЫX SPOSOBNOSTEY SHKOLNЫX PSIXOLOGOV//VP, 1992, № 1-2. S. 74-84.

  2. BODALEV A.A., LOMOV B.F., LUCHKOV V.V. PSIXOLOGICHESKUYU NAUKU NA SLUJBU PRAKTIKE. VP, 1979,

№ 4. S. 17-23.

  1. Bondarenko A.F. Psixologicheskaya pomoщ: teoriya i praktika. - M.: Izd- vo "Instituta psixoterapii", 2000. - 368 s.

  2. Bratchenko S.L. Ekzistentsialnaya psixologiya glubinnogo obщeniya: uroki Djeymsa Byudjentala. M.: Smыsl, 2001.

  3. Burmenskaya G.V., Karabanova O.A., Liders A.G. Vozrastno- psixologicheskoe konsultirovanie. Problemы psixicheskogo razvitiya detey. M.: Izd-vo MGU, 1990.

  4. Vasilyuk F.E. Ot psixologicheskoy praktiki k psixotexnicheskoy teorii. Moskovskiy Psixoterapevticheskiy Jurnal, 1992, № 1. S.15-32.

  5. Viner Dj., Mayzen R., Dakxem Dj. Superviziya supervizora: praktika v poiske teorii. M.: Kogito-TSentr, 2006.

  6. Meyer V., CHesser E. Metodы povedencheskoy terapii. SPb, 2001

  7. Nelsen-Djouns R. Teoriya i praktika konsultirovaniya. SPb.: Piter, 2000.

  8. NEMOV R.S. PSIXOLOGIYA. V 3-X KNIGAX/ PSIXOLOGICHESKAYA SLUJBA V OBRAZOVANII. KN. 2. S. 506- 526.

  9. Ovcharova R. Prakticheskaya psixologiya obrazovaniya. M., 2003.

  10. Ovcharova R.V. Texnologii prakticheskogo psixologa obrazovaniya. M., 2000.

  11. Prakticheskaya psixologiya obrazovaniya/Pod red. I. V. Dubrovinoy. M., 1998.

  12. Rogov Ye.I. Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa v obrazovanii. Uchebnoe posobie. M.: VLADOS, 1996.

Download 30.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling