O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.10.2020
Hajmi0.89 Mb.

 

 

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 

O'RTA MAXSUS 

TA'LIM VAZIRLIGI 

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 

320- GURUH MEHNAT TA’LIM 

YO'NALISHI 

3-KURS TALABASI 

Servis xizmati fanidan

 

 PARDAYEVA MUNAVVARNING 



14-VARIANT 

 

YAKUNIY NAZORAT ISHI 



 

 

 

 



                                                                                                                   Topshirdi : M.Pardayeva 

                                                                                       Qabul qildi: F.Muqimova 

 

 

14-variant

 

1. Kiyim eskizini chizishga qo‘yiladigan talablar.

 

2. Qizbolalar fartugining shablon chizmasini chizish.



 

3. Tikuv buyumlarini modellashtirish tartibi.

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.Kiyim eskizini chizishga qo‘yiladigan talablar.

 

 

Yelka qismi va yeng o`mizini modellash (kengaytirish, turli 

shakldagi yeng o`mizlarini o`zgartirish). 

 

1-rasm.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi 

1-eng o’miziga burma uchun bahyaqator yuritish va yeng qirqimlariga ishlov berish; 

2-qaytarma manjetni o’ngini ag’darish va dazmollash; 3-manjetni chok haqini yeng 

tomonga bostirib tikish; 4-elka va yon qirqimlariga ishlov berish. 

Ko’ylaklar  bichimi  yeng  konstruksiyasi  tuzilishiga  va  yeng  o’mizining 

 

 



 

 





o’yilishiga  qarab  o’tqazma  yengli,  reglan  yengli,  ort  va  old  bo’laklari  

bilan  yaxlit bichilgan  yengli  bo’lishi  mumkin.  Yenglar  tor,  keng,  yeng  uchi  

ulanma,    qaytarma  manjetli,   manjetsiz,   terib    burma    hosil    qilingan,   taqilmali,  

uzun,  kalta  bo’lishi mumkin.  Ular  bir,  ikki  va  uch  chokli  bo’ladi.  Bir  choklining  

choki  ostki  tomonda,  ikki  choklining  yeng  oldi  va  tirsak  chokli  yoki  ustki  

o’rta  chok  va  ostki  chokli bo’ladi. 

Bukib    tikiladigan    yeng    uchlari    andaza    yordamida    bo’rlanadi.    Yeng  

uchining qirqimi teskariga 0,7-1 sm buqilib va bukish chizigi bo’ylab yana bukib 

0,1-0,2 sm kenglikda  bostirib  tikiladi  Ipak  va  jun  gazlamadan  tikilgan  bo’lsa  

yopiq    qirqimli  qilib    yashirin    baxyali    mashinada    bukib    tikiladi    Yeng    uchi  

qaytarmali  bo’lsa,  belgi chiziq  qaytarma  kengligidan  2  baravar  ortiq  kenglikda  

chok  haqi  qo’shib belgilanadi. Yeng qirqimi teskari belgi chiziq bo’ylab bukiladi 

va  sirma  qaviq bilan ko’klanadi,   yoki   ko’klan-may    maxsus   igna    bilan    qadab  

qo’yiladi.  Bukish  haqi  0,5-0,7  sm.  kenglikda  teskariga  bukiladi  va  ziyidan  0,1-

0,2  sm.  kenglikda  bostirib tikiladi. 

Eng  uchida  bukish  haqi  oldirmay  bichiladigan  yenglarning  uchiga  magiz 

qo’yib  tikiladi.  Magiz  agdarma  chok  bilan  yeng  uchiga  tikiladi,  chok  haqi  

magiz  tomonga    qaytarilib,    agdarma    chokdan    0,1-0,2    sm.    oraliqda    magizga  

bostirib tikiladi.  Qalin  gazlamadan  tikiladigan  bo’lsa  ochiq  qirqimi  yo’rmalanadi  

va maxsus  yashirin  baxyali  mashinada  tikiladi.  Yeng  uchini  magiz  chok  bilan 

tikishda,  magiz  buklagich  yordamida  buqilib, 1  ta  baxyaqator  bilan  tikiladi.  

Yeng uchiga  elastik  tasma  qo’yilsa,  yeng  uchi  yopiq  qirqimli  qilib  buqilib,  bir  

yo’la ichiga  elastik  tasma  qo’yib  tikiladi  .  Yeng  uchiga  bezak  yoki  asosiy  

gazlamadan bichilgan  beyka  maxsus  moslama  yordamida,  qirqimlari  ichkariga  

0,7  sm.  buqilib, bostirib tikiladi. 

Englar  taqilmalarini  tikish  manjetli  yenglarning  taqilmalari  tirsak  chokining 

davomida  yoki  yaxlit  detalning  kesimida  tiqilishi  mumkin.  Yaxlit detalning  

kesimi bitta  magiz  qo’yib  tikila  o’ng  tomonga  bukiladi.  So’ngra  ular  ustma-ust  

qo’yilib,  taxlama    hosil    qilinadi    va    to’g’ri    qismi    to’g’ri    burchak    shaklida  

baxyaqator  yuritib puxtalanadi). 

Engning    tirsak    choki    davomida    taqilmani    tikish    uchun    taqilma    joyida  

ishlov haqi tashlab  bichiladi.  Ostki tomon qirqim  shakliga bichilgan  magiz bilan 

agdarma chok  solib  tikiladi,  ichki  qirqimi  esa  ochiq  qirqimli  buklama  chok  

bilan  tikiladi.  

Magizga    chok    solib    puxtalanadi    Tirsak    choki    davomida    (yoki    kiritma  

chokida)  planka  qo’yib  yo’rmalab  tikish  mumkin.  Bunda  magiz  detalga  o’ngini  

pastga qaratib  maxsus  moslama  yordamida  ulanadi.  Magizning  taqilma  yuqori  

tomonini  hosil    qiladigan    qismini    teskari    tomonga    bukib,   butun    eni    bo’ylab  

taqilma  ziyiga burchak  ostida  2  ta  baxyaqator  yuritib  puxtalanadi.  Kesimdagi  

taqilmani  magizsiz xam  tikish  mumkin.  Bunda  asosiy  detal  belgilangan  chiziq  

bo’ylab  tanda  ipi yo’nalishida  qirqiladi  va  oxirida  tugri  burchak  ostida  0,5-0,7  

sm.  qirqma  hosil qilinadi.  So’ngra  qirqimga  parallel  qalib  0,5-0,7  sm.  naridan  

qirqmalar  bukiladi.  

Taqilmaning  ustki  tomonini  hosil  qiladigan  cheti  teskari  tomonga,  ostki  

tomonini hosil  qiladigan  cheti  esa  manjet  tikish  va  yengga  ulash.  Manjetlar  


qotirma  bilan yoki  qotirmasiz  tikiladi.  Ulanma  manjet  tikishda  kotirma  buklama  

chok    bilan  ulanadi.    So’ngra    yon    tomonlari    agdarma    chok    bilan    tikiladi.  

Burchaklaridagi    chok  haqidan    0,2  sm  qoldirib  ortikchasi  qirqilib    tashlanadi  va  

manjet o’ngiga agdariladi.  

Manjetga  0,5  sm.  kenglikda  bezak  baxyaqator  yuritiladi.  Ulanma  manjet  

choklash  mashinasida    yoki    tikish-yurmash    mashinasida    yengga    ulanadi.  

Manjetning  ostki qismi  yengga  ulanib,  chok  manjet  tomonga  qaytarib  qo’yiladi.  

Ustki  manjet  ulash baxyaqatorini yopadigan qilib 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi 

Tikish-yo’rmash    mashinasida    manjet    yeng   uchi   bilan   o’ngini   ichkariga  

qilib mashinada  yo’rmalanib  ulanadi  Qaytarma  manjetli  yengni  tikishda  bitta  

bo’lakdan  iborat    menjetning    yon    tomoni    biriktirib    tikiladi.    Choklar    yorib  

dazmollanadi.  

O’ngiga  agdarilib  ikki  buklab  dazmollanadi.  Manjet  yengning  teskarisiga  

qo’yib ulanadi,  chok  qirqimi  yo’rmalanadi.  Chok  haqi  biriktirma  chokdan  0,1-

0,2  sm. masofada  yengga  bostirib  tikiladi.  Yeng  uchi  dazmollanadi.  Engni  yeng  

o’miziga o’tkazish  qo’yimlarini  to’grilab  agdarma  chok  bilan  tikiladi.  Chok  

haqini  magiz tomonga bukib, agdarma chokdan 0,1 sm. oraliqda magizga bostirib 

tikiladi.  Magiz  detal    teskarisiga    o’tkaziladi    va    asosiy    detaldan    0,1-0,2    sm.  

kenglikda  kant  hosil qilib  dazmollanadi.  Magizning  ichki  tomonidagi  qirqimi  

universal    mashinada    0,1  sm  kenglikda  bukib  tikiladi,  yoki  maxsus  51-A  kl 

mashinasida yurmalanadi. 

Engni yeng o’mizi ichiga kiritib, ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi 

va  yeng  tomondan  maxsus  302 kl  mashinasida  ustki  materialdan qiyalama  

qismida solqi  hosil  qilib,  yeng  o’miziga  1,2-1,5  sm.  kenglikdagi  chok  bilan  

o’tkaziladi.  

Hosil    qilingan    yeng    solqilari    dazmolda    yoki    pressda    kirishtirib  

dazmollanadi  (ip gazlamadan  tikilgan  bo’lsa  kirishtirib  dazmollanmaydi).  Bir  

chokli  yenglarni o’mizga  o’tqazishda  yeng  choki  yon  chokiga  to’gri  keltirib  

o’tqaziladi,  chok qirqimlari yurmalanadi. 

 

 



Murakkab uslubdagi ayollar kuylagini eskizini chizish va 

modellashtirish 

Ko’ylakning ko’krak qismi va yubkasi alohida-alohida yoki yaxlit bichiladi. 

Ko’ylaklar etagi siluetiga qarab to’g’ri, toraytirilgan, past tomonga kengaytirilgan 

yoki  bo’lak-bo’laklardan  iborat  bo’ladi.  Ko’ylak  yenglari  uzun,  kalta,  sal 

uzaytirilgan  yoki  yengsiz  bo’lib,  ular  asosiy  bo’laklar  bilan  yaxlit  bichilgan, 

o’tqazma yengli, reglan yengli, chala reglan yengli bo’lishi mumkin. Yeng uchlari 

manjetli,  rezinkali  va  hokazo  bo’ladi.  Yoqalar  qaytarma,  shol  yoqa,  tik  yoqa 

shaklida, old va orqa bo’laklar bilan yaxlit bichilgan, o’tqazma yoki turli xil bezakli 

bo’lishi mumkin. Yoqa o’mizi aylana, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak yoki turli 

shaklda  bo’ladi.  Ko’ylak  cho’ntaklari  ham  turlicha  bo’lib,  qoplama,  qirqma, 

biriktirma chokda joylashishi mumkin. Ko’chalik kiyim murakkabroq bo’lib, yeng 

yoqalari turli bo’laklar bilan bezatiladi.  

Tavsiya etilgan ko’ylakni tikishda oldin old bo’lak relef qirqimlarini biriktirib 

tikiladi, chok haqi bir tomonga yotqizib dazmollanadi.  

Old  bo’lak  relef  chok  haqi  qirqimlari  maxsus  mashinada  yo’rmalanadi. 

Modelga  muvofiq  old  bo’lak  o’ng  tomonidan  relef  ziylaridan  bezak  bahyaqatori 

yuritiladi. Ko’ylak old bo’lagiga bezak uchun kiritilgan koketkani relef bo’laklari 

tikib  tayyor  qilingan  old  bo’lakka  kertimlari  asosida  o’ngini-o’ngiga  to’g’rilab 

to’g’nog’ich  to’g’naladi  va  biriktirib  tikiladi.  Choklar  koketka  tomonga  yotqizib 

dazmollanadi. Koketka chok haqining qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. 

Old bo’lak o’ngiga ag’darilib koketka ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi.  

Ort o’rta bo’lak qirqimini shlitsa kertimigacha biriktirib tikiladi, choklar bir 

tomonga  yotqizib  dazmollanadi. Shlitsa  qismiga  yelimli  qotirma  namlangan  mato 

yordamida  dazmollanib  yopishtiriladi.  Shlitsa  qismi  qirqimlari  alohida-alohida 

maxsus mashinada yo’rmalanadi. Orqa bo’lak relef qirqimlari, koketkasi old bo’lak 

relef qirqimlari koketkasi kabi tikiladi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-rasm.  

 

 

 

 

Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi 

1- Old va ort bo’lakka koketkani tikish; 2- Old va ort bo’lak koketka chok haqlarini 

yo’rmalash; 3- Old o’rta bo’lagini tikish; 4-Old va ort relef bo’laklarini tikish; 5-Ort 

o’rta bo’lagini tikish; 6-shlitsani o’ng tomondan puxtalash. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 







2. 

Qizbolalar fartugining shablon chizmasini chizish.

 

 

      Fartuk  bir  necha  qismlardan,ya’ni  ko’krak  qismi,  bog’ichi,belbog’I  etagi  vqa 

cho’ntagidan iborat bo’lib, bular alohida alohida tayo’rlanib, so’ngra o’zaro biriktiriladi. 

Kiyimlar qaysi vaqtda kiyilishiga qarab har hil gazlamalardan tikiladi.Umuman fartuk 

va ro’molni tikishda ochiq rangli sidirg’a yoki mayda gulli yoki paxta tolasidan to’qilgan 

gazlamalar  tanlanadi.Bunday  gazlamalarning  tashqi  ko’rinishi  chiroyli  bo’lishidan 

tashqari, ular  oson  yuviladi, yaxshi  dazmollanadi.  Shuning  uchun  gazlamani  tanlashda 

uning texnologik xususiyatlariga ham e’tibor berish kerak. 

To’qimachilik sanoatida eni har hil gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.Shuning uchun 

kiyimga ketadigan gazlama miqdorini aniqlashda uning eni hisobga olinadi. 

Fason  gazlamaga, uning bajaradigan ishiga, rangiga, fasliga, yoshga qarab tanlanadi. 

Fartuk va ro’molni tayyorlashda ularga turli usulda ishlov berish va tikish mumkin. 



Fartuk  1.Ko’krak  qismli,  jiyak  bilan  bezatilgan.Ko’krak  qismiga  cho’ntak  va  etak 

qismiga jiyak tikilgan. 



Fartuk  2.Ko’krak  qismli,kashta  bilan  bezatilgan.Yon  qismi,  etyagi  yopiq  buklov 

chokida tikilib,ustidan bezak baxyaqatori berilgan. 



Fartuk 3.Kokrak qismsiz, katta cho’ntagi applikasiya bilan bezatilgan. Cho’ntak usti, 

etak qismi yopiq buklov baxyaqatorda tikiladi, ustidan bezak bazyaqator beriladi. 



1.Ro’molni tayyorlash texnologiyasi 

 -Bichish 

-Bichilgan buyumning qismlarini tikishga tayyorlash 

-Ro’molning chetlarini tikish 

-Ro’molga oxirgi ishlov berish va bezash 

2.Fartukni tayyorlash texnologiyasi 

-Bichish 

-Bichilgan buyumning qismlarini tikishga tayyorlash 

-Fartukning qismlarini tikish 

-Fartukning qismlarini birlashtirish va bezash 

-Fartukka oxirgi ishlov berish 



  

 

Bichishga qo’yiladigan talablar: 

-Bichishdan oldin gazlamaga yaxshilab dazmollanadi va taxlab qo’yiladi 

-Gazlamaning  bo’ylama  ipini,  gullarini,  sirtidagi  nuqsonlarni  hisobga  olib  andaza 

qismlarini gazlamaga ketma-ket joylashtiriladi 

-Andaza qismlarining atrofini bo’r, sovun yoki oddiy qalam bilan chizib chiqiladi 

-Gazlamadagi qoldirilgan chok haqi andaza qismlarida qoldirilgan chok haqi bilan bir 

xil bo;lishi kerak 

-Andaza qismlarini aniq chizilgani bo’yicha qirqiladi 

-Bichish  vaqtida  andazani  gazlamaga  tejamkorlik  bilan  joylashtirish,  mumkin  qadar 

chiqindini kam chiqarish kerak 

 

Tikilayotgan kiyim qismlarining sifatiga qo’yiladigan talablar: 



-Qo’l choklari bir xil uzunlikda tikiladi 

-Mashina choklari belgilangan joydan va chetidan bir xil masofada o’tishi, burchaklari 

tyokis chiqishi kerak 

-Salqi qaviqqator va to’g’nag’ich, ko’klangan qaviqqatordan keyin olib tashlanadi, bu 

ko’klash choki esa baxyaqatordan keyin olib tashlanadi 

-Hamma choklari va qismlari dazmollanadi 



Tayyor kiyimning sifatiga qo’yiladigan talablar: 

-Tayyor kiyimning tashqi ko’rinishi tanlangan moda  bilan bir xil bo’lishi kerak 

-Kiyimning o’xshash qismlari o’zaro teng va simmetrik joylashgan bolishi shart 

-Tayyorlangan kiyim yaxshi dazmollanishi lozim. 

 

Fartuk va ro’molni bichish 

 

Asbob va moslamalar: ish qutichasi,bo’r,to’g’nag’ich, fartuk va ro’mol andazasi, sm 

lenta, dazmol, qaychi. 



Gazlamani bichishga tayyorlash: 

-Gazlamaning  sifatini    dog’lari,  ipi    uzilgan  (yirtiq,teshik)  joylari  va  boshqa 

kamchiliklari bor yo’qligini tekshirish 

-Gazlamaning  enini  va  bo’yini  o’lchash  (andazani  tejamkorlik  bilan  joylashtirish 

uchun) 


-Gazlamaning guliga, bo’ylama ipininh yo;nalishiga qarab o’ngi va teskarisini aniqlash 

-Gazlamani dazmollash. Uzunligi bo’yicha milkiniu qirqib olib tashlash 

-Belbog’ining    kengligini  qo’yib  (7  sm)  bo’ylama  ipi  bo’yich  va  gazlamani  o’ng 

tomonidan bo’r bilan chizib chiqish 

-Gazlamaning  o’ngini  o’ngiga  qaratib,  bo’r  bilan  chizilgan  joyiga  tushiriladi  va 

to’g’nag’ich bilan qadab qo’yish 

-Gazlamaning ko’ndalang (en) tomonini tyokislab qirqish (chizg’ich yordamida bo’r 

bilan chizish va ortiqchasini qirqib tashlash) 



 

 

Bichish 

-Fartukning  etak  qismi  andazasini  gazlamaning  buklangan  joyiga  ko’rsatilgan  chok 

haqini hisobga olib joylashtirish.Andaza atrofini chizib chiqish. 

-Etak  qismidan,yon  choki  va  ishlov  berish  (tikish)  uchun  chok  haqini  qoldirib  bo’r 

bilan chizib chiqish 

-Fartuk 

andazasining 

qolgan 

hamma 


qismlarini 

gazlamaga 

ketma-ket 

joylashtiriladi,Ularning  chetidan  chiziladi  va  chok  haqini  qoldirib  bo’r  bilan  chizib 

chiqish 

-Andaza qismlarining  gazlamaga to’g’ri joylashtirilganini tekshirish: bo’ylama ipning 

yo’nalishi, gullari va andaza qismidagi chok haqini to’g’ri tushirish 

-Gazlamaning  bir qavatini buklangan joyigacha qirqish va to’gi’irlab, ustiga ro’mol 

andazasini qo’yish (rasmda ko’rsatilgan) Chok haqlarini qoldirib andazaning atrofidan 

chizib chiqish 

-Qoldirilgan chok haqi bo’yich andazaning qismlarini qirqish,ya’ni bichish, Fartukning 

etagi, ko’krak qismi, cho’ntak, belbog’I ikki qavatli, bog’ichi bilan ro’mol esa bir qavatli 

-Andazani bichiq bilan birlashtirib turgan to’g’nag’ichlarni sug’urib andazani ajratib 

olish va to’g’nag’ichlarni bichiladigan ikki qavatli qismlarga qadab qo’yish 

Ishni bajarish tartibi 

1.Hamma qismlarning o’rtasiga ko’klab, qaviqqator solish 

2.Fartukning etak qismiga cho’ntak o’rnini belgilash uchun salqi qaviqqator solish 

3.Salqi chokning o’rtasini qirqish-cho’ntak o’rnini belgilash 

4.Belbog’ning o’rtasidan ikki tomonga nazorat chizig’i o’tkazish 

5.Belgi va salqi choklarning to’g’riligini tekshirish 

6.Nazorat chizig’ining aniqligini tekshirish 

 

Fartukning qismlarini birlashtirish 

1.Tayyor cho’ntakni belgilangan joyiga qo’yib,to’g’nag’ich bilan qadab qo’yiladi 

2.Cho’ntakni ko’klab chiqib, to’g’nag’ichni va salqi qaviqqatorni so’kib olinadi 

3.Cho’ntakning  chetidan  0,1-0,2  sm  qoldirib  mashinada  baxyaqator  bostirib 

tikiladi,yuqori burchagini uchburchak shaklida mustaxkamlab tikiladi 

4.Cho’ntakning bstidan bostirib dazmollanadi 



5.Fartukning  etak  qismini  teskari  tomoniga  ko’krak  qismining  teskari  tomonini, 

o’rtadagi qo’l choklarini bir-biriga tushirib, chetlarini tyokislab to’g’nag’ich qadaladi 

6.Ko’krak qismining ustiga belbog’ni o’ng tomonining o’rtadagi qo’l choklarini bir-

biriga  tushirib,  chetlarini  to’g’rilab  qo’yiladi.Etak  qismining  yon  tomonini  belbog’i  

belgilangan joyiga to’g’nag’ich bilan hamma qismlarini qo’shib qadab qo’yiladi 

7.Etak qismini belgilangan joyiga hamma qismlarini qo’shib burmaga solingan chokni 

o’rtasidan ko’klab qaviqqator tikib chiqiladi va to’g’nag’ichlar olinadi 

8.Ko’klash qaviqqatori ustidan fartukning etak tomoni chetidan 1 sm qoldirib, bostirma 

baxyaqator tikiladi 

9.Ko’klash qaviqqatori so’kib tashlanadi. Belbog’ni aylantirib,o’ng tomondan choklari 

tyokislanadi 

10.Belbog’ning  ochiq  tomoni  chetidan  1sm  ichiga  buklanadi,to’g’nag’ich  qadab 

chiqiladi. Buklangan joyining chetidan 0,1-0,2sm qoldirib, ko’klab chiqiladi  va mashina 

baxyaqatorida bostirib tikiladi. Ko’klash qaviqqatori olib tashlanadi. 

 

 


3. Tikuv buyumlarini modellashtirish tartibi. 

Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga 

alohida e’tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo 

mahsulotlari yetishtiriladi. Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab 

chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni 

o‘z ichiga oladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab 

chiqarishdek mas’uliyatli vazifani talab etadi. 

Hozirda yangi texnika va texnologiyaning respublikamizga kirib 

kelishi ham amaliy, ham nazariy bilimga ega bo‘lgan, maxsus fanlardan 

chuqur bilimli ishchilar kerakligidan dalolat beradi. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’limni mazmunli va 

tashkiliy rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda 

aniq belgilangan. 

Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradigan omillardan 

biri yangi texnika va texnologiyadan mohirona foydalanib, ijodiy va 

yuksak unumli ishlay oladigan, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘la 

oladigan, mutaxassislikka oid har qanday masalalarni yechishga qodir 

malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. 

Hozirda respublikamizda bu masalaga katta e’tibor qaratilgan. 

Ko‘plab kasb-hunar kollejlarining tashkil topishi, ularning zamonaviy 

asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi o‘quvchilarning mutaxassislik 

fanlarini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilganligidan 

dalolatdir. 

«Òikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi» fanidan yozilgan 

ushbu o‘quv qo‘llanma kiyim haqida umumiy ma’lumotlar, tikuv 

buyumlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bosqichlari, ya’ni 

tayyorlov-bichish jarayoni, tikuv buyum detallarini biriktirish usullari

ustki kiyim tikish texnologiyasi asoslari yoritilgan bo‘lib, bunda, ishlov 

berishning an’anaviy va takomillashtirilgan usullari berilgan  

Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga  

alohida e’tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo  

mahsulotlari  yetishtiriladi.  Xomashyodan  tayyor  mahsulot  ishlab  

chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni  

o‘z  ichiga  oladi.  Bu  esa  sifatli  va  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  

chiqarishdek mas’uliyatli vazifani talab etadi. 

Hozirda yangi texnika va texnologiyaning respublikamizga kirib  



kelishi ham amaliy, ham nazariy bilimga ega bo‘lgan, maxsus fanlardan  

chuqur bilimli ishchilar kerakligidan dalolat beradi. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  uzluksiz  ta’limni  mazmunli  va  

tashkiliy rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda  

aniq belgilangan. 

Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradigan omillardan  

biri yangi texnika va texnologiyadan mohirona foydalanib, ijodiy va  

yuksak unumli ishlay oladigan, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘la  

oladigan, mutaxassislikka oid har qanday masalalarni yechishga qodir  

malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. 

Hozirda  respublikamizda  bu  masalaga  katta  e’tibor  qaratilgan.  

Ko‘plab kasb-hunar kollejlarining tashkil topishi, ularning zamonaviy  

asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi o‘quvchilarning mutaxassislik  

fanlarini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilganligidan  

dalolatdir. 

«Òikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi» fanidan yozilgan  

ushbu  o‘quv  qo‘llanma  kiyim  haqida  umumiy  ma’lumotlar,  tikuv  

buyumlari  ishlab  chiqarish  texnologik  jarayonlari  bosqichlari,  ya’ni  

tayyorlov-bichish jarayoni, tikuv buyum detallarini biriktirish usullari,  

ustki kiyim tikish texnologiyasi asoslari yoritilgan bo‘lib, bunda, ishlov  

berishning an’anaviy va takomillashtirilgan usullari berilgan. 

 

 



 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling