O'zbekiston Respublikasi pul tizimini shakllanishi va elementlari


Download 181.88 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi181.88 Kb.
#1197232
Bog'liq
7.O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMINI SHAKLLANISHI VA ELEMENTLARI

O'zbekiston Respublikasi pul tizimini shakllanishi va elementlari

Xolmo’minov kamoliddin

8bh-2020

Reja:

  • 1.Pul tizimi va uning mazmuni. 2.Pul tizimining shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. 3. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish prinsiplari. 4. Ba’zi xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari.

Pul tizimining mazmun mohiyati va elementlari

  • XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi. Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1.pul tizimini tashkil etish tamoyillari; 2.pul birligi; 3. baho masshtabi; 4. pulning turlari; 5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari; 6. pul muomalasini tartibga solishning usullari; 7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.

Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi. Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olishqobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi.

  • Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi. Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olishqobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi.
  • Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir. 2. Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi. Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi 1. Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini ta’minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi. 2. Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik printsipi. XX asrning 70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi.
  • Pul aylanmasini nazorat qilish printsipi Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. 1. Metall pul muomalasi tizimlari.2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pul-ning barcha funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin; Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. 4. Ba’zi xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
  • Xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi – Respublikamizda xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi 2003- yilni 15-oktyabradn joriy etilgan va unga tashqi savdo, savdo bilan bog’liq bo’lmagan pul junatmalari, xalqaro munosabatlarda kreditlar, qarzlar, xorijiy davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar va boshqa to’lovlar kiradi.

Download 181.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling