O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Download 44.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqO`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g`risida»gi qonuni1 bilan tartibga solingandir.Qonunga binoan O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – O`zbekiston Respublikasi Hukumati, O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o`zi tashkil etadigan xo`jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko`rsatishini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Vazirlar Mahkamasi o`z faoliyatida: kollegiallik; demokratiya va qonuniylik; O`zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish prinsiplariga asoslanadi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalarining raislari kiradilar. Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining boshlig`i o`z lavozimi bo`yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O`zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir nomzodini ko`rib chiqish va tasdiqlash uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi hamda uni vazifasidan ozod qiladi. Vazirlar Mahkamasining a'zolarini Bosh vazir taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi va vazifasidan ozod qiladi. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o`z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Vazirlar Mahkamasi o`z vakolatlari doirasida: iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uygunlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi; xo`jalik yuritishning yangi shakllari - konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa shunga o`xshash tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga yordamlashadi, iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi talab-ehtiyojlarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo`naltiradi va muvofiqlashtiradi; O`zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko`maklashadi, yagona narx siyosatini o`tkazish, mehnatga haq to`lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta'minot darajasini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol ko`rsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi; boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to`g`risida, vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda O`zbekiston Respublikasi davlat va xo`jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to`g`risida takliflar ishlab chiqadi; fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga bo`lgan huquqlarini ta'minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko`radi, ijtimoiy ta'minot tizimini takomillashtiradi; sog`liqni saqlash, xalq ta'limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko`maklashadi; O`zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini, davlat chegaralari qo`riqlanishini ta'minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi; davlat boshqaruvi organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o`tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi, yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini ko`radi; O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta'minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini ko`radi; tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda davlat va xo`jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda yo`naltirib boradi. Vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda O`zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ta'minlanadigan davlat boshqaruvi boshqa organlarining markaziy devoni xodimlari sonini va ular ta'minotiga ajratiladigan mablag`lar miqdorini belgilaydi. Vazirlarning o`rinbosarlari, davlat qo`mitalari raislarining o`rinbosarlari hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o`rinbosarlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo`jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini hamda ularning boshqaruvlarining a'zolarini, shuningdek, vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hay'atlarining a'zolarini tasdiqlaydi. Vazirlar Mahkamasi zarurat bo`lganda o`z vakolatiga kiruvchi davlat boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi qonun hujjatlarida O`zbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga kiritilgan bo`lmasa, vazirliklar, davlat qo`mitalari va o`z bo`ysinuvidagi davlat boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda davlat va xo`jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo`lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega. Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko`rib chiqish uchun o`z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini, O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy ko`rsatkichlarini va unga kiritiladigan o`zgartishlarni ishlab chiqadi hamda ularni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko`rib chiqishi uchun taqdim etadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi muayyan a'zosining o`zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo`jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishlari hamda zarur bo`lganda uni iste'foga chiqarish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ko`rib chiqishi uchun taklif kiritishlari mumkin. Vazirlar Mahkamasining a'zolari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari majlislarida, palatalarning qo`mitalari majlislarida hozir bo`lish va axborot berishga haqli. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning muayyan a'zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo`yilgan taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga haqli. Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo`mitalarining O`zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko`rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko`radi. Tavsiyalar va takliflarni ko`rib chiqish natijalari haqida hamda ko`rilgan chora-tadbirlar to`g`risida Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo`mitalariga kelishilgan muddatda ma'lum qiladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan, Qonunchilik palatasi deputatidan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatidan, Senat a'zosidan O`zbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga bo`ysinuvchi davlat yoxud xo`jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir parlament so`rovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O`zbekiston Respublikasi Hukumati a'zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida og`zaki yoki yozma javob berishi shart. Vazirlar Mahkamasi: Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan o`zaro hamkorlik qiladi, uning O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda xo`jalik va ijtimoiy-madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujjatlar qanday bajarilayotganligi haqidagi ma'lumotlarini eshitadi; Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini ko`rib chiqadi; vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda davlat va xo`jalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan tarmoqlararo va mintaqaviy o`ta muhim kompleks dasturlarni amalga oshirishda Qoraqalpog`iston Respublikasi huquqlariga rioya etilishini ta'minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi; Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid bo`lgan qarorlari va farmoyishlarining ijro etilishini o`z vakolati doirasida to`xtatib qo`yish huquqiga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlantirishga, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga taalluqli masalalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilayotganda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri hisobga olinadi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy vakolatxonasi bo`ladi. Vazirlar Mahkamasi o`z vakolatlari doirasida: hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini ta'minlash bilan bog`liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir takliflarini ko`rib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga haqli; vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar hamda davlat va xo`jalik boshqaruvi boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan o`zaro hamkorligini ta'minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi; hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko`rsatkichlarini tasdiqlaydi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devonining soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi; viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid bo`lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to`xtatib qo`yish hamda ularni bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasi o`z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o`zaro hamkorlik qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq ularga zarur ko`mak ko`rsatadi. Davlat boshqaruvining, xo`jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta o`tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o`tkazadi. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli. Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling