Mavzu:O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va uning sababalari.O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining konsitutsiyaviy maqomi.
Reja:
1.O’zbekistonda Prezidentlik Respublikasi boshqaruvining joriy etilishi.
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy – huquqiy maqomi.
3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari.
4.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqaradigan huquqiy hujjatlar.
Demokratiyani, jamiyatni rivojlantirishning tezlashuvi davlatchilik tizimining asta-sekin yangilanishi, prezidentlik
lavozimining demokratik tabiatini belgilovchi kafolatlarning SSSR Konstitutsiyasida mustahkamlanish 1990 yilda Sovet
Ittifoqida prezidentlik lavozimining ta`sis etilishiga olib keldi. Shundan so’ng, ittifoqdosh respublikalarda ham
prezidentlik lavozimlari ta`sis etilib, respublikalar prezidentlik boshqaruviga o’ta boshladilar.
O’zbekiston Respublikasi ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo’lib prezidentlik boshqaruviga o’tdi va respublikada
Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi.
«Prezident» tushunchasi Konstitutsiyaviy – huquqiy ma`noda davlat boshlig’ini anglatsa, lug’aviy ma`nosi «oldinda
o’tiruvchi» yoki «yuqorida o’tiruvchi» demakdir.
Prezident davlatni jipslashtirishi, davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta`minlashi lozim.
Prezident davlat organlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda
O’zbekistonning oliy vakilligini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |